O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Takrorlash uchun savollar 
1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz? 
2. Jamiyatga xos belgilarni sanang. 
3. Jamiyatning kelib chiqishi to’g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz? 
4. Fuqarolik jamiyati nima? 
5. Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyat qanday o’rin tutadi? 
7. Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., «O’zbekiston», 1992. 
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda T., «O’zbekiston», 1999. 


3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. – «Fidokor» gazetasi, 2000 yil, 
8 iyun. 
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 2000 
5. Falsafa kursining ayrim masalalari (T. Sharipov tahriri ostida). — «Farg’ona», 1994. 
6. Falsafa. — T., «Sharq», 1999. 


3-mavzu. Ma’naviyat falsafasi. 
Jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti 
Reja: 
1. Ma’naviyat-ijtimoiy hodisa. 
2. Ma’naviyatda milliylik va umuminsoniylik. 
3. Ma’naviyatda axloq va e’tiqod birligi. 
4. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. 
Ma’naviyat tushunchasi.
Ma’naviyat o’zbek tilida ko’p ishlatiladigan, shu bilan birga, eng kam o’rganilgan 
tushunchalardan biridir. Xuddi shunday fikrni boshqa olimlar ham bayon qiladi: «Ma’naviyat atamasi rasmiy 
hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanilishiga qaramasdan, ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil 
etilmagan va ta’riflanmagan»
19
. Kundalik turmushda ko’p qo’llanadigan bu tushunchaning ilmiy jihatdan deyarli 
o’rganilmagani g’alati tuyuladi. Lekin bunday holatning ildizlari turli davrlarda unga bo’lgan munosabatda ko’rinadi. 
Bu munosabat esa, sobiq Ittifoq davrida, asosan, uni inkor qilish va unga past nazar bilan qarashda edi. 
Fanda, xususan, falsafada bu tushunchaning kam o’rganilgani, avvalo, shunda namoyon bo’ladiki, juda ko’p 
falsafiy tizimlarda unga mutlaqo e’tibor berilmagan, ularning asosiy tushunchalari — kategoriyalar silsilasida unga 
o’rin ajratilmagan. Bunday holning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning o’rnini ilg’ay bilmaslik yoki uni 
inkor qilishda edi. Marksizm falsafasi bu tushunchaning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rniga e’tibor bermas edi. Shuning 
uchun Marks falsafasidagi kategoriyalar tizimida unga o’rin ajratilmagan. Sho’rolar davrida falsafa bo’yicha bosilib 
chiqqan risola va maqolalarda, darslik va o’quv qo’llanmalarida, hattoki falsafiy atamalar lug’atlarida ham bu 
tushuncha tilga olinmagan. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning taraqqiyot rejalari tuzilar ekan, rivojlanishning faqat iqtisodiy 
jihatlariga emas, ma’naviyat masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Bu e’tibor faqat nazariya sohasida emas, 
amaliyotda ham namoyon bo’ldi. «Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, — deb yozgan edi 
Prezident Islom Karimov, — O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir»
20
. Mamlakatimizda 
ma’naviyat masalalari bo’yicha o’quv rejalari va dasturlar tuzildi, o’rta va oliy o’quv yurtlarida ma’naviyat fani kiritildi. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilib, barcha viloyat, shahar va tumanlarda uning bo’limlari ochildi. 1999 
yilda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuzildi. 
Bu sohada respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilgani va oshirilayotganini qayd etish bilan birga, bu 
tushunchani falsafiy tahlil qilish bo’yicha harakatlar juda sekin amalga oshayotganini ta’kidlash joiz. Mavzu bo’yicha 
e’lon qilingan bir necha maqola, risola va uch-to’rtta kitoblar hisobga olinmasa, tadqiqotlar olib borish endi 
boshlanayapti. Bunday vaziyatning sabablarini esa, bizning nazarimizda, totalitar tuzum qoliplaridan, asoratlaridan 
hanuzgacha qutula olmayotganimizdan izlash kerak. Biz ham o’zimizda shakllanib qolgan munosabatni keskin 
o’zgartira olmayapmiz. 
Boshqa fanlarda bo’lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o’rganish, ko’pincha ularni ifodalaydigan so’zlarning 
kelib chiqishini aniqlashdan boshlanadi. «Ma’naviyat» so’zining negizida arabcha «ma’ni» so’zi yotadi. «Ma’naviy» 
so’zi ma’niga aloqadorlikni bildirsa, «ma’naviyat» «ma’naviy» so’zining ko’plikdagi shaklidir. 
«Ma’naviyat» atamasining negizida ma’no so’zi yotar ekan, uning mazmuni, ko’lami, tarkibini aniqlab olish ma’naviyat 
atamasini to’laroq anglashga yordam beradi. Ma’no mohiyatning ifodalanish shaklidir. Shu bilan birga, ma’noning ham o’z 
ifodalanish shakli bor. Bu shakl so’z va ibora, tildir. Ma’no, bir tomondan, mohiyatning shakli bo’lsa, ikkinchi tomondan, 
uning o’zi so’z va jumla uchun mazmundir. «Chun g’araz so’zdin erur ma’ni anga», deb yozganida Navoiy xuddi shuni 
nazarda tutgan edi. 
Ayni bir mohiyatga turlicha ma’no berilishi faqat fan emas, adabiyot va san’at uchun ham xosdir. Ko’pgina 
adabiyot va san’at asarlari odamlar, tanqidchilar, mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Agar fanda 
mutaxassislar mohiyatning ko’p ma’noliligidan bir ma’nolilikka qarab harakat qilsalar, san’atda bir shakl yordamida 
ko’pgina ma’nolarni berish san’atkorning mahoratidan dalolat beradi. 
«Ma’naviyat» atamasining kelib chiqishiga, uning mohiyati bilan munosabatlariga biroz aniqlik kiritib oldik, deb 
hisoblasak, navbatdagi vazifa unga yaqin bo’lgan yana bir qator tushuncha va hodisalar bilan umumiy xususiyatlari va 
tafovutlarini aniqlashdir. 
19
Эркаев
А

Маънавият
– 
миллат
нишони
. - 
Т
.: 
Маънавият
, 1999. 12-
бет

20
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Т
. «
Ўзбекистон
», 1-
том
, 1996. 80-
бет



«Ma’naviyat» so’zi qanchalik purma’no ekani, uning ko’p qirraliligi to’g’risida Islom Karimov shunday yozadi: «Er, oila, 
ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, 
xotira, erkinlik – ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng»
21

Falsafiy tizimlar va adabiyotlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar ichida «ma’naviyat»ga eng yaqin turadigani 
«ong» tushunchasidir. Ular o’rtasidagi munosabatlar shunday yaqinki, ma’naviyatsiz ong yoki ongsiz ma’naviyat 
bo’lishi to’g’risida gap ham yuritib bo’lmaydi. Lekin, bundan «ma’naviyat» va «ong» aynan bir tushuncha, degan 
xulosa chiqmaydi. 
Ma’naviyat va ong o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish ong tarkibiga kiruvchi bir qator hodisalar bilan ma’naviyat 
munosabatini alohida-alohida tahlil qilishga zarurat qoldirmaydi. Shuning uchun ong tushunchasining ko’lamini va 
mazmunini aniqlab olish zarur. 
Ijtimoiy ongning turli shakllari, nomidan ham ko’rinib turganidek, shakl vazifasini bajarsa, ularning mazmuni 
ma’naviyatni tashkil qiladi. Bizningcha, ba’zi izohlar bilan, ong shakl va ma’naviyatning mazmuni, deb qabul qilish 
mumkin. Shu bilan birga, ma’naviyat ham o’z tarkibidagi hodisalarga nisbatan shakl vazifasini bajarishi mumkin. 
Ong bilan ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni shakl va mazmunga qiyosan aniqlash ma’naviyat mohiyatini o’rganishdagi 
dastlabki qadam, xolos. Navbatdagi vazifa esa, mazmunga qiyoslanayotgan ma’naviyatning tarkibini aniqlashdir. Bu masalaning 
muhimligi shundaki, ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyati ko’p jihatdan uning tarkibiga bog’liq. Shunisi ham 
borki, ma’naviyat tarkibi, shu tarkibdagi hodisalar salmog’i turli xalqlar, turli millatlar ma’naviyatida turlicha bo’lishi mumkin. 
Xuddi shuning uchun ham turli xalq va millatlar o’z milliy ma’naviyatiga ega ekani, aytiladi. Milliy xususiyatlarni 
o’rganishni milliy ma’naviyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan boshlashning sabablari ham, bizningcha, xuddi 
shundadir. Keltirilgan jumlada ma’naviyatning funktsiyalaridan tashqari uning tarkibiga kiruvchi unsurlardan asosiylari 
ham sanab o’tilgan. Ular iymon-iroda va vijdon kabilardir. Iymon to’g’risida shuni aytish lozimki, u musulmon Sharqi 
falsafasiga xos tushuncha bo’lib, uning boshqa tillardagi ekvivalentini topish ancha mushkul. Bu so’z keng ma’noli bo’lib, 
u o’z ichiga e’tiqod, ishonch, poklik singari axloqiy jihatlardan tashqari, iroda va sadoqat singari ruhiy sifatlarni ham 
qamrab oladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin