O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Urf-odat, rasm-rusm, an’ana va marosimlarning ma’naviyat bilan o’zaro ta’siri



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Urf-odat, rasm-rusm, an’ana va marosimlarning ma’naviyat bilan o’zaro ta’siri
shundaki, oqilona jamiyatning 
taraqqiyot darajasiga mos keladigan an’ana va marosimlar ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. 
21
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Т
. «
Ўзбекистон
», 1-
том
, 1996. 72-
бет



Masalan, ilm-fanga, hunar o’rganishga intilish, kattalarga hurmat singari ko’plab an’analar ma’naviyat rivojiga xizmat 
qiladi. Ayni paytda, ortiqcha isrofgarchiliklar, dabdaba bilan o’tkaziladigan marosimlar millat ma’naviyatiga putur 
etkazish bilan birga iqtisodga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Bir paytlar xalqning iqtisodiy va ma’naviy darajasiga mos bo’lgan marosimlarning ba’zilari vaqt o’tishi, 
iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot tufayli shu xalq rivojiga to’siq bo’lib qolishi mumkin. 
Ma’naviyat tarkibidagi muhim hodisalardan biri e’tiqoddir. E’tiqod muayyan g’oyaga, ta’limotga bo’lgan qat’iy 
ishonchni anglatadi. Demak, e’tiqod bo’lishi uchun avvalo, o’sha g’oya, ta’limotning o’zi bo’lishi lozim. G’oya va 
ta’limotlarda odamlarning, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari aks etadi. Lekin g’oya va ta’limotlarning vujudga kelishi 
uchun manfaatlarning mavjudligi kifoya emas. 
Milliy yoki ijtimoiy g’oya vujudga kelishi uchun odamlar o’sha mavjud manfaatlarni anglashlari ham kerak. 
Manfaatlarni anglash darajasi ham turlicha bo’lishi mumkin. Odamlar va ijtimoiy guruhlar o’z manfaatlarini chuqur 
anglab etgach, bu manfaatlarni ro’yobga chiqarish yo’llari to’g’risida ham puxta tasavvur hosil qilganlaridan keyingina, 
milliy yoki ijtimoiy g’oyani yaratish imkoni tug’iladi. 
Ijtimoiy guruhlar mavjud manfaatlarni to’la anglamagan va ularni ro’yobga chiqarish yo’llari to’g’risida etarli 
bilimga ega bo’lmagan sharoitda ijtimoiy g’oya yaratilsa, u ko’pchilikning ongiga chuqur kirib bormaydi. Manfaatlarni 
anglash, ularni ro’yobga chiqarish yo’llari va usullari haqida etarli bilimlar asosida vujudga kelgan ijtimoiy g’oya shu 
ijtimoiy guruhning har bir a’zosi ongiga qanchalik chuqur singib borsa, shunchalik mustahkam e’tiqod paydo bo’ladi. 
E’tiqodga tayanmagan va e’tiqodga aylanmagan g’oya quruq safsata bo’lib qoladi. 
E’tiqod alohida bir fikr yoki xulosaga nisbatan emas, balki odatda, fikrlar va xulosalar tizimi negizida paydo 
bo’lgan g’oya yoki ta’limotga nisbatan shakllanadi. Siyosiy, diniy, axloqiy e’tiqodlar xuddi shu yo’sinda maydonga 
keladi. E’tiqod ma’naviyat ustunlaridan biridir. E’tiqodsiz ma’naviyat yuksaklikka ko’tarila olmaydi. Uni yuksaklikka 
qat’iy ishonch, mustahkam e’tiqodgina eltishi mumkin. 
E’tiqod muayyan g’oya va mafkuraga oddiy, jo’n ishonish emas, balki u qat’iy, kuchli ishonch natijasida 
shakllanadi. Kuchli ishonch kuchli his-tuyg’ular ta’sirida voyaga etadi. Insondagi eng kuchli va yuksak tuyg’ulardan 
biri esa muhabbatdir. Elga, diyorga, xalqqa muhabbat shuning uchun ham e’tiqod tarkibidagi eng muhim qismlardan 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin