Inson ehtiyojlarining tipologiyasi



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə1/5
tarix08.04.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#94932
  1   2   3   4   5
marketing


Reja:


Kirish
1. Ehtiyoj tushunchasi
2. Absolyut va nisbiy ehtiyojlar
3. Murrayning inson ehtiyojlari reyestri
4. Maslowning taklif etgan ehtiyojlar iyerarxiyasi
5. Rokeach va uni izdoshlarining taklif etgan qadriyatlar reyestri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

  1. Ehtiyoj tushunchasi

Ehtiyoj tushunchasi shunday atamaki, uning ustida tinimsiz bahs boradi, chunki unda ba`zan ahloq yoki mafkuraga asoslangan subyektiv fikrlash elementlari mavjuddir.
Ehtiyoj biror narsani tanlashdan avval his qilinishi lozim. Buning ma`nosi shuki, mantiqan qaraganda, biror narsani afzal ko`rish samarali tanlash jarayonidan avval yuz beradi. Agar shaxs tafakkur jihatdan yetuk va aqlli bo`lsa, uning xulq-atvorini oldindan aytib berish mumkin bo`ladi, chunki xulq-atvor oqilona hisob-kitobning natijasi bo`ladi.
Ehtiyoj – individ shaxsining madaniy darajasiga asosan spesifik shaklga kirgan muhtojlikdir. F.Kotler ehtiyojga “hayot sharoitlari bilan bog`liq bo`lgan va his qilinadigan qoniqmaslik holati” deb ta`rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan asliy ehtiyojga berilgan ta`rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi tendensiyalarning har biriga mos keladigan asliy ehtiyojni tasavvur qilish mumkin, bunda ushbu tendensiyalar soni cheklangandir. Shuning uchun asliy ehtiyojni inson tabiati belgilaydi, va binobarin, jam iyat yoki marketing tomonidan vujudga keltirmaydi, u talab yuzaga kelihdan avval ham yashirin yoki ifodalangan holda mavjud bo`ladi.
F.Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o`rtasidagi tafovutlarni o`rnatadi. Istaklar chuqurroq ehtiyojlarni qondirishning maxsus vositalaridir. Asliy ehtiyojlar barqaror va kam sonli bo`ladi, istaklar esa ko`p bo`lib, o`zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar doim ta`sir qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan mustahkamlansa, maxsus tovarlarga bo`lgan potensial talablarga aylanib boradi. Kotlerning fikricha, marketing istak va talablarga ta`sir qilishga urinadi hamda tovarning o`ziga jalb qiluvchi va arzon bo`lishini ta`minlaydi. Marketing ehtiyojlarni hosil qilmaydi, sababi, ehtiyoj marketologlar paydo bo`lishidan avval ham bor edi.
F.Kotler marketing iste`molchining ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni muayyan rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta`kidlagan.
Ehtiyoj, istak va talabni ko`pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi,
holbuki bu uch konsepsiya o`rtasida jiddiy farqlar bor. Ammo marketingning ijtimoiy roli haqidagi bahsni yopishga bu tafovutlarning o`zi kamlik qiladi. Ko`rinib turibdiki, ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo`lsa-da, marketing ularga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining yetarli bo`lmaganligi uchun talabga aylantirib bo`lmaydigan istaklarning hosil bo`lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va yemirishlarning muhim manbaidir. Marketing aynan shu narsa uchun bevosita javobgardir va aynan shu narsa uni qo`llashda cheklashlar qo`yish zarurligini izohlaydi. Ehtiyojlarni bir nechta turlarini ko`rsatish mumkin.

Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin