Inson ehtiyojlarining tipologiyasi


Murrayning inson ehtiyojlari reyestri



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə3/5
tarix08.04.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#94932
1   2   3   4   5
marketing

3. Murrayning inson ehtiyojlari reyestri


Murray individning ehtiyojlarini quyidagi to’rt mezonga ko’ra tasniflovchi ancha tartiblangan reyestrini keltiradi: kelib chiqishi fiziologik yoki fiziologik bo’lmagan birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; obyekti individni o’ziga tortishi yoki uni o’zidan itaruvchi ijobiy va salbiy ehtiyojlar; ehtiyojning haqiqiy yoki xayoldagi xulq-atvorni belgilashiga ko’ra yaqqol va latent ehtiyojlar; individning retrospektiv jarayonlari bilan bog’liqligiga ko’ra anglangan yoki anglanmagan ehtiyojlar. Murray o’z reyeyestrida shu mezonlar asosida ehtiyojlarning 37 xilini keltiradi.
Murrayning fikricha, ehtiyojlar barcha kishilarda bir xil, biroq u yoki bu ehtiyojlar turli kishilar uchun shaxsiy va muhit omillarining ta’siriga ko’ra turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Ehtiyojlar ichki va tashqi stimullar tomonidan vujudga kelishi va turli paytlarda kuchli yoki kuchsiz bo’lishi mumkin. Ehtiyojlar uch xil holatda bo’ladi: [1] refraktor holat, bunda ehtiyojning uyg’onishiga hech qanday stimul ta’sir qilmaydi; [2] ishontiruchi holat, bunda ehtiyoj passiv bo’lsada, biroq uni qo’zg’atish mumkin; 3) faol holat, bunda organizmning xulq-atvorini shu ehtiyoj belgilaydi (H.Murray). Shunday qilib, marketing sohasidagi faoliyat his qilinadigan ehtiyojlarga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin.


4. Maslowning taklif etgan ehtiyojlar iyerarxiyasi

Psixologlar tomonidan inson motivasiyasining bir qator nazariyalari yaratilgan. Ularning orasida Z.Freydning “Motivasiya nazariyasi” va A.Maslouning “Ehtiyojlar iyerarxiyasi” nazariyalari mashhurdir.


Olimlarning fikricha, har qanday motivasiya zamirida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individ rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq bo’lgan omilidir. Ehtiyojlarni biologik, fiziologik, psixologik hamda ijtimoiy ko’rinishlarda farqlash mumkin.
Z.Freydning fikricha, odamlar o’z xulqlarini shakllantiradigan real ruhiy kuchlarni anglamaydilar. Yosh ulg’aygan sayin mayllarning ko’pi to’la yo’qolib ketmaydi, balki ongda saqlanib qoladi. Shu sababli, kishilar o’z motivasiya manbalari jihatidan o’zlariga oxiriga qadar hisobot bermaydilar.
Abraham Maslow (1908–1970) – mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo’lib, u bu sohada psixotahlil va bexiviorizm yo’nalishlarini bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi “uchinchi kuch”i atamasini kiritgan olimdir.
A.Maslou (A.Maslow) izlanishlari asosida, o’ziga xos, noyob konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega sifatida jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilarMaslowning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun qobiliyatlarni faoliyatlarda amalga oshirish darkor, zero, psixik buzilishlar ana shu ichki imkoniyatlar tormozlash yoki ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi.
Muallif mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasiii sxemasini yaratgan bo’lib, bu unga ko’plab ravishda e’tiroz va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlar (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini takomillashtirish)dan oldin qondirilishi kerak. O’zini o’zi ro’yobga chiqarish inson xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boraveradi.
Maslow nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularningiii fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, Maslow nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil hamda isbotlar bilan qo’llab-quvvatlanmagan. Maslowning o’zi bu nazariyani eksperimental tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin ko’pchilikning shaxsiy tajribalariga mos kelganligi hamda ularga hayot mazmunini anglashga yordam berganligini alohida ravishda ta’kidlaydi.
U bixevioristlardan birinchilardan bo’lib o’z izlanishlarida ehtiyojlar darajasining murakkabligini va ularni motivasiyaga ta’sirini asoslab beradi. 1940 yilda o’zining motivasiya nazariyasini yarata turib, inson tabiatiga xos bo’lgan ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkinligiga e’tiborni qaratadi.
Natijada, Maslow ehtiyojlarning iyerarxik modeliniiv yaratadi (5.1-chizmaga qarang) va ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qiladi: fiziologik ehtiyoj. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy hamda jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi; xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyoji. Bu ma’lum bir guruh psixologiyasiga xos bo’lib, o’z ichiga insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi va o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi, qo’llab-quvvatlashi kabi ehtiyojlarni qamrab oladi. Shuning uchun ham Maslow bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari sirasiga kiritadi; ijtimoiy ehtiyoj. Shaxs tomonidan o’zining jamiyatdagi mavqeini his qilinishi ehtiyoji; hurmat qilish ehtiyoji. Bunga o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga taalluqlidir; yuksalish ehtiyoji (o’zini ko’rsatish) – bu eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir.


Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin