O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Ma’naviyat — ochiq tizim.
Butunlik sifatida ma’naviyatning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning ochiq tizim 
ekanidadir. Ma’naviyatning asrlar va ming yilliklar davomida uzluksiz rivojlanib borish sababi ham xuddi mana shu 
ochiqlikda. Ma’naviyatni tashkil qiluvchi unsurlarning har biri boyib va boshqa unsurlar bilan mutanosiblikda rivojlanib 
borgani sari ma’naviyat ham boyib, rivojlanib boradi. Bu rivojlanish shuningdek, eskirgan unsurlarning chiqib ketishi 
va yangi unsurlarning kirib kelishi evaziga ham ro’y beradi. Agar jahondagi biror xalq o’z ma’naviyatini boshqa xalqlar 
ma’naviyatiga qarshi qo’ysa, yoki ulardan ihotalab olsa, u tanazzulga yuz tutadi. Har bir xalq ma’naviyati boshqa 
xalqlar ma’naviyatidan oziqlanib va ularga oziq berib boyiydi. 
Ma’naviyatda milliy va umuminsoniy jihatlar
o’zaro uyg’un tarzda mavjuddir. Bu uyg’unlik ma’naviyat tarkibiga kirgan 
unsurlarda milliy va umuminsoniy jihatlarning uzviy bog’liqligi bilan izohlanadi. Jumladan, axloq, san’at, din singari ijtimoiy 
hodisalarda ham milliy, ham umuminsoniy jihatlar mavjud bo’lib, ularning mutanosibligi ma’naviyatdagi milliylik va 
umuminsoniylik mutanosibligini belgilaydi. Shuning uchun ham ma’naviyatdagi milliylik va umuminsoniylik nisbati uning 
tarkibidagi axloq, san’at, mafkura singari hodisalarda shu jihatlarning qanday mutanosiblikda ekaniga bog’liq. 
O’zbeklar axloqidagi oriyat, diyonat, kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik kabi sifatlarga ularning 
ruhiyatidagi samimiylik, insof, bag’rikenglik, sharm-hayolilik jihatlari, milliy adabiyot va san’ati qo’shilib o’zbek 
ma’naviyatining o’ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi. 
Sho’rolar davrida o’zbek milliy ma’naviyatining hayotbaxsh sarchashmalarini, xalq tarixidan uzib qo’yishga, sun’iy 
va zo’raki baynalmilallashtirishga harakat qilindi. Ular totalitar tuzum kutgan natijani bermagan bo’lsa ham, lekin izsiz 
o’tib ketmadi. Markazning millat va xalqlarni bo’lib tashlash va hukmronlik qilish siyosati amalga oshirilishi natijasida 
millatning muayyan qismi ruhiyatida boqimandalik singari illatlar tomir ota boshladi. Milliy istiqlol qo’lga 
kiritilganidan keyin bu salbiy sifatlardan qutulish va milliy ma’naviyatning o’zagi bo’lgan milliy g’oya, milliy mafkura 
atrofida xalqni jipslashtirish imkoni tug’ildi. 
Ma’naviyat falsafasi uning tarkibi, mazmuni va mohiyatini tahlil qilishdan tashqari, uning ijtimoiy hayotdagi 
o’rnini tahlil etishni ham taqozo qiladi. Jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning o’rni naqadar muhimligini shundan ham 
bilib olsa bo’ladiki, bu taraqqiyot o’zaro uzviy bog’liq ikki jarayon, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy 
boyliklar ishlab chiqarishning birligidan iborat. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin