— O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi.
Fuqarolik jamiyati kishilarning
yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir.
Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’pqirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat
tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro
kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi
negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini
barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi,
mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va
huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi,
ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o’z-o’zini boshqarish, demokratik
qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida,
ma’naviy etuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Shunday etuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat
to’g’risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o’zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.
Tayanch tushunchalar Jamiyat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy uyushma, davlat, tsivilizatsiya, taraqqiyot, milliy davlatchilik, taraqqiyotning
o’zbek modeli, jamiyat tarkibi, fuqarolik jamiyati, oila.