O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Jamiyatning vujudga kelishi.
Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala 
qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo 
bilan bog’lab izohlashdir. 
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda 
yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib 
yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu 
munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan 
yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. 
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa 
(qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, 
mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar 
kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat 
mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson 
va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi. 
Insonning moddiy ehtiyojlari
oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot 
qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka 
intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl 
mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida 
moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy 
olamni uyg’unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va 
texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak 
ma’naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’laroq qoldirish imkoniga ega bo’ladi. 
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning 
moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin