Nerv (asab) sistemsi


Bosh miya katta yarim sharlari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix03.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#86388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

Bosh miya katta yarim sharlari 


Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon 
tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Qadoqsimon tana nerv 
tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular o'ng va chap yarim sharlaming 
bir-biri bilan aloqasini ta'minlaydi. Bosh miya yarim sharlari ikki 
qavatdan iborat: I) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq 
qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. 
Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavatining qalinligi 25-30 mm 
bo'ladi. Po'stloq tekis bo'lmasdan pushta va egatlardan iborat (8- 
rasm). Miya po'stlog'ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko'p 
miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya 
po'stlog'ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. Qizig'i 
shundaki, miya po'stlog'i pushtalarining soni barcha odamda deyarli 
bir xii, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo'l kafti chiziqlari singari 
xilma-xil bo'ladi. Agar miya po'stlog'ining pushta va egatlari yozib 
tekislansa, 
uning umumiy sathi 1468-1670 sm' ni tashkil qiIadi. Miya yarim 
sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bo'linadi. 
Miya po'stlog'i mikroskopda tek¬shirilganda, undagi nerv hujayralari 
olti qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan (9- rasm): 
8-rasm. Bosh miyaning 
tashqi ko`rinishi: 
1-uzunchoq miya; 2-
miyacha; 3-bosh miya 
yarim sharlarining 
ko`rinishi. 


birinchi, ya'ni miya po'stlog'ining eng ustki qavati nerv 
hujayralarining kalta o'simtalaridan tashkil topgan; 
- ikkinchi qavatida donasimon nerv hujayralari joylashgan; 
- uchinchi qavatda piramidasimon hujayralar bo'ladi; 
- to'rtinchi qavat yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralaridan 
iborat; 
- beshinchi qavatni yirik piramidasimon hujayralar tashkil 
qiIadi; - eng pastki, ya'ni oltinchi qavatda duksimon nerv 
hujayralari 
joylashgan. 
Miya po'stlog'ining turli qismlarida joylashgan nerv 
hujayralarining po'stloq sathi funksiyasiga ko'ra uchta zonaga 
bo'linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar. 
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam 
tanasining barcha sezgi a'zolarining oliy markazi hisoblanadi. 
Bu markazlar teri, ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish kabi sezgi 
a'zolari retseptorlaridan impuls qabul qiladi. 
Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari 
to'plami muskullar, paylar, bo'g'imlar, suyaklarning 
retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha 
qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini 
bajaradi. 
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining 
to'qima va a'zolari bilan nerv yo'liari orqali bog'lanmagan, ular 
miya po'stlog'ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv 
markazlarini) 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin