Nerv (asab) sistemsi


-rasm. Bosh miya po`stlog`ining mikroskopik tuzilishi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix03.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#86388
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

9-rasm. Bosh miya po`stlog`ining mikroskopik tuzilishi: 
I-eng ustki qavat, nerv hujayralarining kalta o`simtalaridan tashkil 
topgan; II- donodor hujayralar; III-piramidasimon hujayralar; IV - 


yulduzsimon hujayralar; V - piramidasimon yirik hujaylar; VI-
duksimon hujayrakar. 
10-rasm. Bosh miya yarim 
sharlari po'stlog'ida oliy 
Derv markazlariniDg 
joylashuvi: 
1- hid bilish; 2- yozuv (o'ng 
qo'l); 3- siypalash (o'ng 
qo'I); 4-eshitish; 5- 
gapirish; 6-hisoblash; 7- 
o'qish; 8- ko'rish; 9- 
siypalash (chap qo'l); 10- 
ohang, intonatsiya; 11- 
oriyentirlash (o'zi 
turganjoyni aniqlash); 12- 
geometrik shakllami 
aniqlash markazi. 
bir-biri bilan bog'laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish a'zolaridan 
kelgan ta'sirni analiz va sintez qiIadi. 
Bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismi odam oliy nerv 
faoliyatining flziologik asosi hisoblanadi. Odamning flkrlashi, ongi, 
o'zlashtirishi, eslab qolishi, boshqalar bilan muomala qilishi
madaniyati, bilim olishi, hunar o'rganishi, murakkab harakatlarni 
bajarishi miya po'stlog'ining faoliyatidir. 
Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi 
nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, po'stloqning ensa qismida 
ko'rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari 
sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida 
harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari 
joylashgan (10- rasm). Miya po'stlog'i markazlaridaginerv hujayralari 
bosh miyaning pastki qismi va orqa miyadagi nerv markazlari bilan 
maxsus nerv yo'llari orqali bog'langan. Bu nerv markazlari esa o'z 
navbatida ishchi a'zolar (ko'z, quloq, muskullar va hokazo) bilan nerv 
tolalari orqali bog'langan. Shuni ta'kidlash kerakki, har bir a'zo nerv 
markazining miya po'stlog'ida egallagan o'rni uning ish faoliyati 
muhimJigiga qarab har xil bo'ladi. Masalan, odamning kundalik 
hayotida uning qo'l panjalari juda ko'p vazifani bajaradi. Shuning 
uchun ularning harakatini boshqaruvchi nerv markazi miya 
po'stlog'ida, hatto ko'krak, qorin, yelka qismlarining markaziga 
nisbatan ham kattaroq joyni egallaydi. 


Yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh 
miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim shardagi nerv markazlari odam 
tanasining o'ng tomonidagi to'qima va a'zolar, o'ng yarim shardagi nerv markazlari esa tananing 
chap tomonidagi to'qima va a'zolar ishini boshqaradi. 
Bosh miya yarim sharlarining ichki (po'stloq osti) qismi oq moddadan iborat bo'lib, u miya 
po'stlog'idagi nerv hujayralarining o'simtalaridan tashkil topgan. Ular miya po'stlog'ining turli 
qismlaridagi hujayralarni, ya'ni nerv markazlarini bir-biri bilan va bosh miyaning quyi qismidagi 
(miya stvolidagi) markazlar bilan bog'laydi. 
Ma'lumki, gapirish qobiliyati barcha tirik mavjudotlar ichida odamda rivojlangan. Shuning uchun 
ham gapirish markazining joylashishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy gapirish markazi chap 
yarim shar po'stlog'ining chakka qismida joylashgan. Bu joydagi miya to'qimasi zararlansa, odam 
gapirish qobiliyatini yo'qotadi. O'ng yarim shar po'stlog'ining chakka qismida gapga ohang
intonatsiya berish markazi joylashgan. Bu markaz zararlansa, chap yarim shardagi gapirish markazi 
orqali odamning gapirish qobiliyati saqlanaveradi, lekin gapining ohangi, intonatsiyasi bo'lmaydi, 
ya'ni gap qo'pol bo'ladi. Bunday odam oldin eshitgan musiqalarni unutib qo'yadi, ya'ni musiqa 
ohangi farqini bir¬biridan ajrata olmaydi. 
Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam 
tanasining barcha to'qima va a'zolari ishini boshqaradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin