Nerv (asab) sistemsi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix03.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#86388
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

Vegetativ nerv sistemasi 
Vegetativ Derv sistemasi haqida umumiy tushuncha. XIX asrning boshida fransiyalik fiziolog F. 
K. Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv sistemasi ikki qismga: somatik 
va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi. 
Somatik nerv sistemasi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi. 
Vegetativ nerv sistemasi ichki a'zolar (nafas olish, qon ayla¬nish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy 
va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. 
Skelet muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayo¬ni ham vegetativ nerv sistemasi tomonidan, 
boshqariladi, bu muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari esa somatik nerv sistemasi 
orqali boshqariladi. 
Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, 


somatik nerv sistemasining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis 
joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum 
qismlaridagina joylashgan. 
Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi. Vegetativ nerv siste¬masining markazlari orqa miyaning 
birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va 2-4- dumg'aza segmentlarida hamda 
bosh miyaning pastki qismJarida (uzunchoq va o'rta miyada) 
joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po'stloq 
ostidagi targ'il tanahamdabosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali 
boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki 
a'zolar atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi. 
Vegetativ nerv siqtemasi ikki qismga: simpatik va parasimpa¬tik nerv sistemasiga bo'linadi (11- 
rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin