Nerv (asab) sistemsi


Nerv sistemasining tuzilishi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix03.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#86388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

Nerv sistemasining tuzilishi 
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv 
sistemasi. 
Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft 
sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan 
chiqa¬digan 12 juft nervlva hamda umurtqa pog'onasi atrofida 
va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari 
kiradi. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (1 - 
rasm). Markaziy nerv sistemasining segmentar, ya'ni quyi 
qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni 
uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda 
miyacha kiradi.


Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv sistemasi ikki qismga bo'linadi: 
somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam 
tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini 
boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon 
aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya 
bezlari ishini boshqaradi. 
Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi 
kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi 
30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv 
hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, 
lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi. 
Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta 
qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi. 
O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa 
miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va 
bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki 
qismi 1-2- Bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan 
pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori 
qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining 
dum qismida tugaydi. 
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin 
qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum 
qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil 
moddadan: tashqi qismi oq odda, ichki qismi kulrang 
moddadan tuzilganligi ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda kapalak 
yoki H harfiga o'xshash bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil 
topgan.Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan 
bo'lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-
biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. 
nervva tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin