Научный вестник. ФерГУ


Hozirgi o‘zbek dramalarining tadqiqi xususida........................................................................... 1111 A.S.Toshmatov



Yüklə 204,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix16.03.2023
ölçüsü204,15 Kb.
#88172
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavlonova Shaxzoda Turg\'unovna 2

1
Hozirgi o‘zbek dramalarining tadqiqi xususida........................................................................... 1111
A.S.Toshmatov
Chet tilida yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda lingvodidaktik omillar ............................ 1114
M.R.Turdimatova,.R.A.Xamrakulova
Tilning bir tilda yoki tillararo muammolari .................................................................................. 1119
I.Jo‘rayev
Tarix ibrati va hayot hikmati ...................................................................................................... 1123
Sh.R.Karimjonova
Ingliz tilining intonatsiya tizimi bo‘yicha muammolari ................................................................. 1125
O.Q.Abbozov
So‘x tumani toponimlarining lingvokulturologik xususiyatlari...................................................... 1129


Ijtimoiy gumanitar fanlar
TILSHUNOSLIK
1046
2022
UDK: 101.1
ALLOMALAR YARATGAN XAZINA
СОКРОВИЩЕ, СОЗДАННОЕ УЧЕНЫМИ
A TREASURE CREATED BY SCHOLARS
Mavlonova Shahzoda Turg‘unovna
1
1
Mavlonova Shahzoda Turg‘unovna
– Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya
Falsafa va uning tarixini o‘rganish, anglash va ushbu fanning mazmun mohiyatini tushuncha hosil qilish orqali
o‘rganishdan iboratdir.Falsafa barcha fanlar rivojlanishida asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan ,ayni paytda ularning
rivojlanish yollarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal ilm sohasidir.
Kalit so‘zlar: Falsafa ,donishmandlik, umuminsoniy, universal, faylasuf, tafakkur, rivojlanish.
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning mazmun-mohiyati. «Falsafa»
tushunchasining asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
«filosofiya»
so‘zidan
olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» —
donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Shu ma’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga
asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yollarini belgilab
beradigan umuminsoniy va universal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlarning
otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechogliq mos
ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bogliq. «Falsafa»
atamasi «filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi,
mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan.
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga,
olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni
e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani,
abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri
tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa,
Sharq xalqlari hayotida bu hoi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni
qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda
qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdanko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim
sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. «Filosofiya» atamasini
dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, alloma Pifagor ishlatgan.
Yevropa madaniyatiga esa, u yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Asrlar davomida
filosofiyaga nisbatan xilma-xil qarashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi
o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga kelgan, bu atamaning mohiyat-
mazmuni ham o‘zgarib borgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga,
to‘g‘rirog‘i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan. Qadimgi Yunonistonda fanlarning
barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar.
U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to‘g‘risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya
olam va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi qarashlar tizimi bo‘lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan
vujudga kelgan edi. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot
to‘g‘risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bolganini aksariyat olimlar alohida
ta’kidlaydilar. Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston va Rim bilan boglash
ham bu borada yetarli tasawur bermaydi. Chunki usnbu hududning dastlabki faylasufi Fales ko‘p
yillar Osiyoda bilim olib qaytganidan so‘ng falsafiy fikrlarni alohida ilm sohasi sifatida talqin eta
boshlagani ma’lum. Alloma Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarashlari
qadimgi yunonlarniki bilan o‘xshash edi, degan fikri ham bejiz aytilmagan, albatta. Bu o‘z
navbatida, falsafiy dunyoqarashning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli umumiy
hodisa ekanini isbotlaydi. Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan awalgi VII—III



Yüklə 204,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin