Научный вестник. ФерГУ


Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 204,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix16.03.2023
ölçüsü204,15 Kb.
#88172
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavlonova Shaxzoda Turg\'unovna 2

Ijtimoiy gumanitar fanlar
TILSHUNOSLIK
1047
2022
asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi, olamni yaxlit va bir
butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi sifatida
shakllangan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu fan bilan ko‘proq aslzodalar
shug‘ullangan, uning asosan ular uchun tushunarli bolgan muayyan tushunchalari va atamalari,
o‘ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan. Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz
jarayon bolib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo
etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish, ko‘r-ko‘rona tanqid qilish lozim degani emas, balki
ularga xos barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir.
Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir. Bu fanning
oldiga qo‘yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o‘rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida
unga bolgan munosabat ham o‘zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bolib va
ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq
shakllana boshlagan. Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o‘rni, jamiyat va shaxs hayotidagi
ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bolgan. Ayniqsa, tarixiy
taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g‘oyalari
kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq
rivojlanmagan. Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan maglubiyatlar, farovonliklar izidan
zavolga yuz tutishlar ta’qib etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik
taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or falsafiy ta’limotlarga
ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomondan, madaniy-intellektual
rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o‘zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan
tarixiy burilish davrida «Falsafa nima o‘zi?» degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham
shundan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini
yangicha idrok etganlar. Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon olgan ikki ming yildan
ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa e idi yo‘q boldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati qolmadi»
qabilidagi gaplar ko‘p bolgan. Lekin zamonlar o‘tishi bilan odamzod baribir falsafaga 9 ehtiyoj
sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch
hosil qilgan. Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda yashab
o‘tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab: «Ustoz, fanning boshqa
sohalariga oid ilmlar juda ko‘payib ketdi. Endi falsafani o‘rganishning hojati bormikan?» — debdi.
Shunda ulug‘ faylasuf bamaylixotir gap boshlab: «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk
allomalar yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu
fanni o‘rganmaslik har qaysi nodonning ham qolidan keladigan ish bolib qoldi», — degan ekan.
Falsafa kishilarga olam to‘g‘risida yaxlit tasawur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini
o‘rganadi. Masalan, biologiya o‘simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o‘zgarishi va
takomillashib borishi kabi masalalarni o‘rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo‘nalishdagi
jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin,
biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan
qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o‘zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan
«shu taxlitda qo‘yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan
mavzu oddiy ilm sohasidagi yo‘nalishdan falsafiy muammo tusini oladi. Endi Faylasuf kim, degan
savolga javob beraylik. «Filosof» so‘zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va
mutafakkir Pifagor qollagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya o‘yinlari misolida quyidagicha
tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va
o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun,
uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana
shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi. Bu, bir qarashda,
oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham
shunday. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga 10 chiqadi va o‘z rolini
o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari
to‘g‘risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uyro‘zqor tashvishlari bilan
o‘tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam
hikmatlarini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bolarli hayot
kechiradi. Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan,



Yüklə 204,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin