Научный вестник. ФерГУ


Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 204,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix16.03.2023
ölçüsü204,15 Kb.
#88172
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavlonova Shaxzoda Turg\'unovna 2

Ijtimoiy gumanitar fanlar
TILSHUNOSLIK
1051
2022
xos falsafiy xususiyatga ega. 5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bolib, inson
manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzuumidlar bilan yashaydi, ularni o‘z
dunyoqarashida aks ettiradi. 6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida
muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi
milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi
bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi
uchun xizmat qiladi. 7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va
amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy
umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qol kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek,
dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga
ega. Yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarning o‘zaro ichki bogliqligi falsafaning mushtarak
umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda
ahamiyatini har tomonlama o‘rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nihoyatda katta
ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo‘llarini topish
imkonini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos
keladi. Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivojlantirish zarurligi. Falsafa
umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma’lumki,
olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va
yomonlik kabi qadriyatlar bilan bogliq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo
falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o‘z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida
zikr etilgan umummsomy mavzu, masala va muammolarning barchasi awal-boshda xususiy, milliy,
mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon boladi. 0 ‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-
birodariarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg‘uradi, ularni
o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat
va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bolgan falsafada
milliylikning aks etishiga asos boladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bolmagani
singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas. Lekin sizning
xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bolishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o‘z mohiyati bilan
umum19 insoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?» — degan savollar charx urishi mumkin. Bu —
o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bolgan
savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan
qaraydigan bolsak, 0 ‘zbekistonda bu yo‘nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy
falsafa bolishi mumkin emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb
hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishnig
nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda
xususiy holda namoyon boladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi. Biz millat bor ekan, milliy
madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o‘rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi
nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat
mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo‘shilish jarayoni
milliy falsafani yaratish orqali sodir boladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad
qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
ADABIYOTLAR
1.Q.Nazarov va boshqalar. Falsafa asoslari . Toshkent-2018.
2.D.A.Yusubov, X. Sayitxo‘jaev, A. Mavlyanov Falsafa . Toshkent-2012.
3. M.A.Ahmedova,Falsafa .Toshkent-2006.

Yüklə 204,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin