Научный вестник. ФерГУ


Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 204,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix16.03.2023
ölçüsü204,15 Kb.
#88172
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavlonova Shaxzoda Turg\'unovna 2

Ijtimoiy gumanitar fanlar
TILSHUNOSLIK
1048
2022
inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil
va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda falsafani o‘rganish
deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan awalgi
520—460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali yoshsan, umringni
bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan awalgi 470—399-yillarda yashagan) bu
haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: « O‘z-o‘zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa
narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». Xuddi shuningdek, Sharqda ham
Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino,
Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini
umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan
to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko‘tarilganlar. Umuman
olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bolmaydi. Haqiqiy
faylasuflar hayotda nihoyatda kam boladi. Ular o‘z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat
tarixiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xudoning o‘zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quwat ato etgan, yorqin
tafakkurga ega bo‘lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran
insoni / g‘oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar
bolgan. ll Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda falsafa ixtisosligi
bo‘yicha ma’lumot olgan mutaxassisni faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so‘zi
ana shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi, uning asoslarini egallagan,
mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib boradigan yoki ilmiy darajaga ega bolgan kishilar tushuniladi,
xolos. Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini
belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o‘zaro
munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun
azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda tuglladigan va hal etiladigan o‘tkinchi
muammolar ham boladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko‘tarilmasa-da, o‘z davrining talab va
ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafa yangi g‘oyalarning
tugllishiga imkon beradi. Hayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy bogliq holda rivojlanadi. U tarixiy davr
bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi masala va
muammolarni qo‘yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tuglladi. Aynan ular orqali
falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi
zamonda yurtimiz falsafasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va xususiyatlarning falsafiy
asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi. Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha
sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur
usullari o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar
o‘z maqsad-muddaolari va g‘oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor
qarash va qoidalar davr mahsuli bolgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari
unda o‘z ifodasini topadi. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning shakllari. Falsafiy dunVHar bir
kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasawurlari,
xulosalari boladi. Ana shu tasavvurlar, tushuncha12 lar, qarash va xulosalar muayyan kishining
boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda,
dunyoqarash — insonning tevarak-atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati,
tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasawurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash —
olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki
alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun
jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy
dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig‘indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda
ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy
tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega
bolgan qarashlar, tushunchalar, g‘oyalar shakllanadi. Bu — dunyoqarashning o‘z-o‘zicha
rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko‘pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy
falsafaning doirasi juda keng bolib, ongning sodda namoyon bolish shakllarini ham, oqilona va
soglom fikrlarni ham o‘z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o‘ziga xos
turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar



Yüklə 204,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin