Научный вестник. ФерГУ


Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 204,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix16.03.2023
ölçüsü204,15 Kb.
#88172
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavlonova Shaxzoda Turg\'unovna 2

Ijtimoiy gumanitar fanlar
TILSHUNOSLIK
1050
2022
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy
dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun
jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bolmoqda. Diniy dunyoqarashni teologiya
deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni,
hayot va olim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan boglab tahlil
qiladi hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir
talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bogliq regulyativ
faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati
benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik
fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik
madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishlar ham paydo boldi.
Ular olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o‘rganishga yordam
beradi. Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, o‘ziga xos bolib, asosiylari
quyidagilardir: Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to‘g‘risidagi
falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bolgan
munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir. 16 Gnoseologiya — bilish falsafasi bolib, olamni
anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g6risidagi ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot. Praksiologiya —
insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot. Metodologiya —
bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari to‘g‘risidagi ta’limot. Logika — tafakkur shakllari (tushuncha,
hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonumyatlari), ularning
mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta’limot. Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy
tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan. Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson
hayotida go‘zallikning o‘rni, qonun-qoidalari to‘g‘risidagi qarashlar maj~ muyi. Bundan tashqari,
inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy falsafa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya),
san’at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi
(politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan
ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi. Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va
odam, borliqning asosi bilan bogliq masalalar qanday usulda hal qilinishiga qarab belgilanadi.
Bunday tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, teizm, ateizm kabi
ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Falsafani o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p
duch kelamiz va o‘rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz. Bu tizimda
falsafa tarixi bilimning muhim tarmogi hisoblanadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida
falsafiy tizimlar o‘rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qollanmada falsafa tarixi ana
shunday tamoyil asosida o‘rganilgan. Falsafiy bilimlar tizimining o‘zgarishi va mazmunan boyib
borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bolib, u jami17 yarning rivojlanish darajasiga mos
keladi va uni o‘zida ifoda etadi. Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davrda
o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umumiy tamoyillari mavjud. Ya’ni,
birinchidan, har bir falsafiy bilim yo‘nalishi jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos determinant (sabab)
vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi subyektiv omil
bolsa ham, vujudga kelish asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchidan,
falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bogliqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi
yaxlitligini ta’minlaydi. Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret
dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bolib xizmat ' qiladi. 1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir,
Chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi boglanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong
darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy
dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning olm ishi dunyoqarashlar tarixidan
iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi
tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan
izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan
va izchil aks ettirishiga putur yetadi. 4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash
shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga



Yüklə 204,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin