Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning rivojlanish tarixi Zoopsixologiya fani yosh fanlar qatoriga kiradi. Fanning paydo bo‘lishi 200 yil atrofida deb taxmin qilinadi. Biroq uning asosi qadimdan o‘rganilgan. Birinchi navbatda etologiya sohasining rivojlanishi bilan bog‘liq, ya’ni yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish asosida zoopsixologiya rivojlana boshlagan. Hayvonlarning xatti-harakatlarni empirik jihatdan o‘rganish turli xildagi hayvonlarni xonakilashtirish, qo‘lga o‘rgatish imkoniyatini yaratdi. Biroq qadimiy o‘rgatish usullari bizgacha etib kelmagan bo‘lsa-da, hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishning asosiy tamoyillari va mexanizmlarini tahlil qilish imkoniyatiga egamiz. Zoopsixologiya fani mustaqil fan sifatida emas, balki dunyoqarashning bir turi sifatida shakllangan. Hayvonlarning xulq-atvorifaylusuflar tomonidan ko‘proq o‘rganilgan. Bu esa teologik nazariyani keltirib chiqardi. Hech bir olim hayvonlarning xatti-harakatlarini tahlil qilish muammosini chetlab o‘tmagan. Ko‘pgina shaxsnazariyalarida ham albatta hayvonlar xulq-atvoriga murojaat qilinadi.
Zoopsixologiyada nazariyalar klassifikatsiyasi.Umuman olganda zoopsixologiya haqidagi nazariyalarni ikkita katta guruhga ajratishimiz mumkin: kreatsion (teologik) va ratsional (tabiiy ilmiy).
Kreatsion harakat nazariyasida yuksak darajada tuzilgan ongning mavjudligi qaror qabul qilish imkoniyatini vujudga keltirishi mumkinligi haqidagi faraz ilgari suriladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:kartezianlik va xulq-atvorning metafizik nazariyasi.
Ratsional nazariyahayvonlarning xatti-harakati ong orqali boshqarilishi haqidagi taxminni ilgari suradi. Bu jarayon instinktlar deb e’tirof qilinadi. Instinktlar esa shaxsiy tajribalar bilan umumlashtiriladi, bunda albatta shaxsiy tajribaning o‘rni katta deb hisoblanadi. Mazkur xususiyatlar insonda improvizatsiya deb ataladi. Bu farazlarmaterialistik xarakterga egadir. Qat’iy ratsional xulq-atvorshaklining o‘rniga hayvonlarda instinktiv xatti-harakatlar va individual xulq-atvor tushunchalaridan foydalanish tavsiya qilinadi, biroq evolyusion rivojlanish ularda cheklangan.
Ratsional nazariyalarni bir necha guruhga ajratishimiz mumkin:
- antropomorfoz yo‘nalishi nazariyalari;
- atomistik nazariyalar (tropizmlar nazariyasi, reflekslar nazariyasi);
- determinat nazariyalar(bixeviorizm, geshtalpsixologiya)
- tana tuzilishlari nazariyasi (Vagnerning metodologik nazariyasi, Lorensning ob’yektiv harakat nazariyasi).