Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə48/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Adabiyotlar
  1. ҒозиевЭ.Ғ. Умумий психология.Т.:Ўқитувчи, 2010.


  2. Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.


  3. Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.




Nazorat savollari
    1. Insonning psixik jarayonlari va miya.


    2. MNS tuzilishi. Bosh miya, orqa miya, periferik va vegetativ nerv sistemasi.


    3. Aqliyvaichkiharakatlar.


    4. Birharakatdanikkinchi harakatga, aqliyoperatsiyalargao‘tish. Xatti-harakattushunchasi. (P.K.Anoxin).


    5. Koordinatsion harakat tushunchasi. (N.A.Bernshteyn) harakatlarni rivojlanishi.


    6. Psixomotorika tushunchasi Harakatningmaqsadsariintilishxususiyati.


    7. Harakatregulyasiyasi. Harakatasosiniorientirlashtushunchasi.


    8. Harakatningumumiyfaoliyatjarayonlarixususiyatigabog‘liqligi




9-mavzu. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi
Reja:
1. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning predmeti va vazifalari
2. Hayvonlar xulq-atvorining psixologik bilimlar tizimidagi o‘rni
3. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
4.Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning rivojlanish tarixi
5. Zoopsixologiyani tadqiqqilishning besh usuli
6. Asab tizimigacha bo‘lgan davr va asab tizimining paydo bo‘lishi


Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning predmeti va vazifalari
Qiyosiy psixologiya yuqori darajada rivojlangan umurtqalilarni atropogenetik holatlarini o‘rganuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy holati hayvonlarni intellektini o‘rganishdan iboratdir. Ba’zi holatlarda qiyosiy psixologiya fan sifatida emas balki usul sifatida talqin etilishi mumkin. Ba’zi bir olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, Masalan, Vladimir Aleksandrovich Vagner zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e’tirof etgan.
Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o‘rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi.
Qiyosiy psixologiyani predmeti sifatida inson va hayvonlarning holatlarini solishtirishdan iboratdir. Shuning uchun ham qiyosiy psixologiya zoopsixologik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi, inson va hayvonlarning ontogenez va filogenezidagi o‘zgarishlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani funksiyasi sifatida quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Zoopsixologiya fanga nisbatan an’anaviy ishonchsizlik holatlarining mavjudligi. Hayvonlarning psixikasini o‘rganish mumkin emas degan g‘oyalarning mavjudligi. Ilmiy zoopsixologiya hayvonlarning xissiyotlarini o‘rganishdan iborat emas, balki uning vujudga kelishi va evolyusiya natijasida o‘zgarishini o‘rganadi.
Amaliy funksiyalari sifatida hayvonlar psixikasi haqidagi bilimlarni kerakli bo‘lgan sohalarda ishlatishdan iborat, bunda uchta sohani keltirib o‘tishimiz mumkin:
Inson faoliyatining hayotiy va xo‘jalik sohasida;
Inson tomonidan tabiatni himoya qilish sohasida
Rivojlantiruvchi psixoterapevtik maqsadlarda.
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari:
  • Psixik aks ettirishni vujudga kelishi va uning rivojlanishi;


  • Hayvonlarda tug‘ma va orttirilgan xatti-harakatlar tavsifi;


  • Ontogenezdagi xatti-harakatlar qonuniyati, turli xil guruhdagi hayvonlarning psixikasi;


  • Hayvonlarning intellektini o‘ziga xosligi;


  • Hayvonlarning psixikasi va xatti-harakatlarini antropogenetik ahamiyatlari.





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin