Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Inson individualligining shakllanish qonuniyatlari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə44/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Inson individualligining shakllanish qonuniyatlari
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko‘rish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyusinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli o‘laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo‘nalish vakillari tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’yekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- sub’yekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda sub’yekt voqelikning o‘zini boshqa odamlar va hodisalar bilan tenglashtirgan holda, ob’yektlar o‘rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo‘yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosita emotsional his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o‘xshatish shakllari orqali boshidan kechiradi. Ongsizlikda ko‘pincha o‘tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qo‘shilgan holda birgalikda mavjud bo‘ladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, ozuqaga bo‘lgan ehtiyoj va boshqalar); anglanmagan mayllarni siqib chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin hafagarchilik); tushda sodir bo‘ladigan psixik hodisalar (tush ko‘rish); sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko‘rsatadigan ta’sirotlarga nisbatan javob reaksiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga oid ayrim mayllar va boshqalar kiradi. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahsirash, gallyusinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik ko‘rinishlari to‘rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakka yo‘naltirilgan mayllari ko‘rinishiga ega bo‘lgan faoliyatning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). Bu sinf hodisalari sub’yektning gipnotik holatdan chiqqandan so‘ng xulq-atvorini tadqiq qilish natijasida aniqlangan;
- faoliyatning yo‘nalishli va barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan, uning bajarilish usullarining anglanmaydigan boshqaruvchilari (operatsional mayllar va avtomatlashgan xulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar echish jarayoni asosida yotadi va anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo‘lib o‘tgan o‘xshash vaziyatlardagi xulq-atvorning o‘tmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari obrazlariga bog‘liq bo‘ladi;
- subsensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo‘lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar sub’yekt ongida mavjud bo‘lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig‘indisi sifatida 18asrda G.V.Leybnits tomonidan ifodalangan edi. 19 asrda ongsizlik psixologik tadqiqotlarning predmetiga aylandi (I.F.Gerbert, G.T.Fexner, V.Vundt). Uni o‘rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z.Freyd ishlari turtki berdi. Uning fikriga ko‘ra ongda mavjud bo‘lmagan ongsizlik psixik mazmun sifatida unga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Z.Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga tegishli bo‘lgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud bo‘lmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan qo‘zg‘atuvchilar ta’siri ostida aktuallashadi, masalan, Er - sayyora. Shunday qilib, ong – bu muztog‘ning ko‘zga ko‘rinayotgan qismi, uning katta qismi esa inson tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo‘yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin xulq-atvorimizga katta ta’sir ko‘rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o‘tishidan iborat. Bu ikki mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko‘rsatishlarning faoliyati bilan tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z.Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion energiya manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar, Freydga ko‘ra, ong «nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo‘ladigan ong osti mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo‘lishga intilib, himoya mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimatsiya (o‘rin olish), omilkorlik va regressiyaga murojaat qiladi.
Shunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda faoliyat ko‘rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug‘ma instinktiv-refleksga asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi – ma’lum individ tajribasidagi xulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari – malakalari, ko‘nikmalari, odatlari, ichki tuyg‘ulari.
Tush ko‘rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli ko‘rinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor hodisalar), fobiyalar, qo‘rquvlar, asabiy xayollar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish – sanab o‘tilgan bu hodisalar anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin