Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


REKLAMA VA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


 

REKLAMA VA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR TEXNOLOGIYALARI 
Reja:  
1.  Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari tushunchasi  
2.  Reklama  faoliyatida  jamoatchilik  bilan  aloqalar  texnologiyalaridan 
foydalanish 
3.  Reklama maxsulotining jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  29-moddasida  «Har  kim 
fikrlash,  so‘z  va  e'tiqod  erkinligi  huquqiga  ega.  Har  kim  o‘zi  istagan  axborotni 
izlash,  olish  va  tarqatish  huquqiga  ega,  amaldagi  konstitutsiyaviy  tuzumga  qarshi 
qaratilgan  axborot  va  qonun  bilan  belgilangan  boshqa  cheklashlar  bundan 
mustasnodir»
13
, deb e'tirof etilgan. Fuqarolar bu huquqlaridan to‘laqonli foydalana 
olishlari  uchun  ular  bilan  davlat  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalarni  tartibga  keltirish 
zarurati  tug‘iladi.  Bu  vazifani  bajarishning  aniq  mexanizmini  ishlab  chiqish, 
axborot yetkazishning yangi, zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash hozirgi kunning 
dolzarb  masalalaridan  biriga  aylandi.  Xorijda  keng  qo‘llanilayotgan    shunday 
texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridir.  
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalariga  I.Solovyov  tomonidan 
berilgan  ta'rif ham  e'tiborga  loyiq:  “«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari 
axborot  texnologiyalarining  bir  turi  bo‘lib,  biror  siyosiy  maqsadni  amalga 
oshirishda  retsipient
14
ni    hurmat  qilgan  holda  axborot-tahliliy  faoliyat  yuritishni 
nazarda  tutadi,  -  deb  yozadi  u.  –  Ushbu  texnologiyalar  kommunikator
15
  va 
retsipient  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  yaxshilashga  xizmat  qiladi. 
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalarining  haqiqatga  asoslanishi  mavjud 
muammolarni  keng  jamoatchilik  o‘rtasida  erkin  muhokama  qilish  imkoniyatini 
beradi  va  fuqarolarda  siyosiy  qarorlar  qabul  qiluvchi  markaz  haqida  ijobiy 
tassavvurlar  uyg‘otadi.  Bu  texnologiyalar  quyidagi  tamoyillar  asosida  ishlab 
chiqiladi: 
- axborotning xolisligi va oshkoraligi; 
- o‘zaro munosabatlarda ham kommunikatorning, ham retsipientning  manfaatlarini 
hisobga olish; 
- jamoatchilik fikriga tayanib faoliyat yuritish, jamoatchilik fikrini hurmat qilish. 
Axborot  yetkazish  faoliyatining  bunday  tashkil  etilishida  kommunikator 
retsipientga shunchaki axborot qabul qiluvchi deb  emas, balki o‘z duyoqarashiga 
ega  shaxs  sifatida  murojaat  qiladi.  Shu  sababli  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalarining  ishtirokchilari  jamoatchilik  fikridan  doimo  boxabar  bo‘lib 
turadilar»
16
.  
Olim  mazkur  muammoga  to‘xtalar  ekan,  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalari qanday maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab, uni bir necha turlarga 
ajratadi. 
«Masalan, 
«Jamoatchilik 
bilan 
aloqalar» 
texnologiyalarini 
                                                           
13
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. - Т., Ўзбекистон, 2001., 11-бет. 
14
 Реципиент - ахборотни қабул қилувчи. 
15
 Коммуникатор - ахборот етказувчи. 
16
 Соловьёв А.И. Политология: политическая теория, политические технологии. - М., Аспект Пресс, 2000, 
517-бет. 

kommunikatorning  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  aloqalarini  yaxshilashda 
(public affairs), shaxsning istalgan qiyofasini yaratishda (image making), ommaviy 
axborot  vositalari  bilan  aloqalarni  mustahkamlashda  (media  relations),  axborot 
yetkazish  va  uning  auditoriya  tomonidan  qabul  qilinishini  boshqarishda  (massage 
manegement),  axborot  markazlaridagi  kadrlar  bilan  ishlashda  (employee 
communications),  jamoatchilik  tomonidan  o‘tkaziladigan  tekshirishlarda  (public 
involvement),  homiylar  bilan  yaxshi  aloqalarni  ta'minlashda  (investor  relations), 
ko‘rgazmali,  tanishtiruvchi  tadbirlarni  o‘tkazishda  (spesial  events),  inqirozli 
vaziyatlarni  boshqarishda  (crisis  manegement)  va  boshqalarda  foydalanish 
mumkin»
17
, deb e'tirof etadi. U mazkur texnologiyalarning alohida ko‘rinishlarini 
sanab  o‘tadi  va  ularning  har  biri  o‘ziga  xos  vazifalarni  bajarishini  ta'kidlaydi. 
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalarining  bunday  tarkibiy  qismlarga 
ajratilishi  axborot  berish  jarayonini  boshqarish,  har  bir  informatsion  loyihaning 
o‘ziga  xos  jihatlarini  o‘rganish,  standartlashtirilgan  vazifalarni  amalga  oshirishda 
ijodiy  yondashish  imkonini  beradi.  Umuman,  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalari  axborot  yetkazuvchining  maqsadini  o‘zida  namoyon  etsa-da,  bu 
axborotlarni  kishilar  ongiga  «tiqishtirmaydi»,  balki  yangi  g‘oyalar  bilan  ular 
e'tiborini o‘ziga jalb qiladi, ularning manfaatini hisobga oladi. «Jamoatchilik bilan 
aloqalar»  texnologiyalari  demokratik  davlatlarda  mamlakat  tomonidan 
jamoatchilikka  axborot  yetkazishning  asosiy  usuliga  aylanganligi  bois,  davlat 
organlari  bilan  fuqarolar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari  muammosi  bo‘yicha  ilmiy 
izlanishlar 
olib 
borgan 
qator 
olimlar 
davlat 
boshqaruvida 
mazkur 
texnologiyalarning qo‘llanishi:  
- davlat faoliyati to‘g‘risida fuqarolarga axborot yetkazish; 
- siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash; 
- fuqarolar 
tomonidan  davlat  siyosati  va  dasturlarini  qo‘llab-
quvvatlanishiga erishish
- davlat  tuzilmalarining  ijobiy  imijini  yaratish»
18
  kabi  vazifalarni  amalga 
oshirishga xizmat qilishini ta'kidlaganlar.  
1978  yilda  o‘ttizdan  ortiq  mamlakatning  «Jamoatchilik  bilan 
aloqalar»  texnologiyalarini  qo‘llovchi  muassasa  vakillari  ishtirok  etgan 
Mexikodagi 
xalqaro 
forumda 
«Jamoatchilik 
bilan 
aloqalar» 
texnologiyalari  jamiyatda  vujudga  keladigan  tendensiyalar  va  uning 
oqibatini  oldindan  ko‘ra  bilish,  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni 
hayotga  tadbiq  etishda  jamoatchilik  va  tashkilot  (davlat)  manfaatlariga 
birdek xizmat qiluvchi san'at va ijtimoiy fandir»,
19
 deb baholandi. 
Fransiyadagi  Jamoatchilik  bilan  aloqalar  va  ilg‘or  texnologiyalar  oliy 
instituti  professori,  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari  bo‘yicha  qator 
ilmiy  izlanishlar olib  borgan olim  F.Buari  uni  «ishonch qozonish texnologiyasi», 
                                                           
17
 Соловьёв А.И. Политология: политическая теория, политические технологии. - М., Аспект Пресс, 2000, 
518-бет. 
18
 Почепцов Г.Г.  Паблик рилейшнз для профессионалов. - М., Рефл-бук, Ваклер, 1999, 316-317-бетлар. 
19
 Чумиков А.Н. Паблик рилейшнз - связи с общественностью. - М., Дело, 2000, 12-бет. 

deb  ataydi.  «Jamiyatdagi  munosabatlar,  jamoatchilik  bilan  aloqalar,  -  deydi 
F.Buari,  -  barcha  munosabatlarning  kesishish  nuqtasidir.  Jamiyatdagi  kishilarning 
qanchalik birdam bo‘lishi ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bevosita bog‘liq. 
Agar  bu  munosabatlar  u  qadar  yaxshi  bo‘lmasa,  kishilar  o‘rtasida  birdamlik  ham 
bo‘lmaydi.  Hatto  bir  fikrda  bir-birini  qo‘llab-quvvatlayotgan  jamiyat  a'zolari 
o‘rtasida ham kelishmovchiliklar kelib chiqadi»
20

Taniqli  psixolog  Erix  Frommning  ta'kidlashicha,  kishilarni  ko‘r-ko‘rona 
ishontirish, ularning dunyoqarashini boshqarish fikridan voz kechib, ongli va faol 
hamkorlik  muhitini  yaratish  zarur
21
,  bu  aynan  “Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalarining  mohiyatini  tashkil  etadi.  Shu  sababli  milliy  istiqlol  g‘oyasi 
targ‘ibotida  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalaridan  foydalanish 
insonning fikr erkinligiga daxl qilmaydi, aksincha, bu boradagi ishlarimizni  yaxlit 
tizim shakliga keltirishga xizmat qiladi. 
Bugungi  kunga  kelib,  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari  davlat 
boshqaruvini samarali tashkil etish maqsadida keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda 
rivojlangan mamlakatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari 
o‘z  faoliyatida  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalarini  qo‘llashni  keng 
yo‘lga qo‘yganligi buning yaqqol dalilidir.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  mafkura  targ‘iboti 
masalasiga  to‘xtalib:  «Biz  kishilar  dunyoqarashini  boshqarish  fikridan  yiroqmiz, 
balki biz odamlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma'no va mazmun bilan to‘ldirish 
tarafdorimiz.  Har  qanday  xalqni  xalq,  millatni  millat  qiladigan,  uning  yo‘li  va 
maqsadlarini  aniq-ravshan  va  charog‘on  etadigan  mafkura  -  milliy  g‘oyani 
shakllantirishning  asosiy  sharti  odamlarning  tafakkuri,  dunyoqarashining 
voqyelikka  nisbatan  ta'sirini  inobatga  olishdir»
22
,  deya  ta'kidlagan  edi. 
"Jamoatchilik  bilan  aloqalar"  texnologiyalari  targ‘ibot-tashviqot  masalalariga 
qo‘yilayotgan  ana  shunday  qat'iy  talabga  to‘la  mos  keladi.  Chunonchi, 
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari  qo‘llanilganida,  ommaning  fikrini 
boshqarish usulidan voz kechiladi.  
 «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari    aholiga  axborot  uzatibgina 
qolmay,  balki  undan  kelayotgan  ta'sirga  ham  javob  beradi,  ya'ni  ikki  tomonlama 
manfaatli  hamkorlik  tamoyiliga  tayanadi.    Bunda  jamoatchilik  bilan  aloqalar 
fuqarolar manfaatidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.  
Olimlar 
ham 
“Jamoatchilik 
bilan 
aloqalar” 
texnologiyalarining 
propagandadan keskin farq qilishini ta'kidlaydilar. Xususan, F.Teylorning fikricha, 
«Propaganda  -  axborot  yetkazishning  shunday  usuliki,  unda  faqatgina 
kommunikatorning  manfaatlariga  mos  g‘oyalar,  mafkuralar,  axborotlar  ommaga 
yetkaziladi.»
23
. S.Blekning fikricha, «Agar propaganda tarafdorlarni ko‘paytirishga 
xizmat  qilsa,  "Jamoatchilik  bilan  aloqalar"  texnologiyalari  o‘zaro  manfaatdorlik 
                                                           
20
 Филипп А.Буари. Паблик рилейшнз или стратегия доверия. - М., Имидж-Контакт, Инфра-М, 2001, 25-26-
бетлар. 
21
 Фромм Э. Бегство от свободы. - М., 1992, 227-бет. 
22
 Каримов И.А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. 7-жилд. - Т., Ўзбекистон, 1999, 298-бет.  
23
 Taylor.P.M. Munitions of the mind. History of Propaganda from Ancent World to the Present Day. - Manchester - 
New York, 1995. P-6.  

asosida  hamkorlik  muhitini  yaratishga  qaratilgan»
24
.  F.Jefkins  esa  «Propaganda 
hukumat tomonidan siyosiy hokimiyatni ushlab turishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, 
"Jamoatchilik  bilan  aloqalar"  texnologiyalari  hukumat  siyosatini  keng  ommaga 
tushuntirishga yo‘naltirilgan»
25
, deya uqtiradi. 
Ta'kidlash joizki, “Jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiyalarini qo‘llashda 
ham,  targ‘ibot-tashviqot  ishlarida  ham  axborot  yetkazish  ustuvor  vazifa  sanaladi. 
Bu  jihatdan  mazkur  uslublarning  bir-biriga  o‘xshash  tomonlari  yo‘q  emas. 
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalarini  qo‘llashda  targ‘ibot-tashviqot 
vositalaridan  ham  keng  foydalaniladi.  Biroq  bunda  axborotning  haqqoniyligi, 
retsipientni  hurmat  qilgan  holda  axborot-tahliliy  faoliyat  yuritish,  mavjud 
muammolarni  keng  jamoatchilik  o‘rtasida  erkin  muhokama  qilish  imkoniyatini 
yaratish talab etiladi.   
Rossiyalik 
olim 
D.Olshanskiy 
"Jamoatchilik 
bilan 
aloqalar" 
texnologiyalarini  “Siyosiy  reklamaning  tarkibiy  qismi,  siyosiy  psixologiyaning 
alohida  sohasi”
26
  sifatida  ta'riflaydi.  To‘g‘ri,  "Jamoatchilik  bilan  aloqalar" 
texnologiyalarini  targ‘ibotda  qo‘llashda  inson  psixologiyasi,  unga  ta'sir  etuvchi 
omillarga  alohida  e'tibor  qaratiladi.  Biroq  bu  texnologiyani  “siyosiy 
psixologiyaning  alohida  sohasi”  sifatida  tor  doirada  tavsiflab  bo‘lmaydi. 
"Jamoatchilik  bilan  aloqalar"  texnologiyalarini  siyosiy  reklama  bilan  aynan  bir 
narsa deb hisoblash ham noto‘g‘ri. Siyosiy reklama, targ‘ibot hamda "Jamoatchilik 
bilan aloqalar" texnologiyalari o‘rtasidagi farq  ularning asosiy  maqsadidan kelib 
chiqadi
27

Siyosiy  reklama  ham,  targ‘ibot  ham,  "Jamoatchilik  bilan  aloqalar" 
texnologiyalari  ham  insonlarni  muayyan  maqsadlarga  undovchi  vositalar 
ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning vazifalaridagi farq yaqqol ko‘rinadi: 
Ko‘rinib turibdiki, axborotni yetkazish asosida insonlarning dunyoqarashini 
shakllantirish,  muayyan  qadriyatlarni  singdirish    orqali  ularni  harakatga  undash 
targ‘ibotning  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  Demak,  mafkura  tashuvchi  axborot 
o‘zida  insonlar  turmush  tarzi,  dunyoqarashiga  ta'sir  ko‘rsata  oluvchi  g‘oyalarni, 
jamiyat  a'zolari,  katta-kichik  guruhlar  va  alohida  shaxslarning  manfaatlarini 
ifodalashi  lozim.  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalariga  oid  qator  ilmiy 
izlanishlar  olib  borgan    mutaxassis  G.Pochepsovning  yozishicha,  «Jamoatchilik 
bilan  aloqalar»  har  qanday  tuzilmadan  chiqayotgan  kommunikativ  oqimlarni 
nazorat  qilishga  yo‘naltirilgan  faoliyatdir.  Ushbu  vazifani  amalga  oshirishdan 
maqsad  mazkur  tuzilma  va  jamoatchilik  o‘rtasida  ijobiy  munosabatlarni  
shakllantirishdir.  Bu  esa  ko‘p  jihatdan  jamoatchilikka  yetkaziladigan 
axborotlarning  mazmuniga  bog‘liq.  Shunday  qilib,  har  qanday  tuzilma  samarali 
faoliyat  yuritishi  uchun  o‘z  xodimlari  bilan  bir  qatorda,  minglab  kishilar, 
jamoatchilikning ham shu tuzilmaga munosabatini, fikrlarini e'tiborga olishi lozim 
bo‘ladi»
28
. Demak, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining vazifalaridan 
                                                           
24
 Г.Почепцов. Психологические войны. - М., Рефл-бук, Ваклер, 2000 йил, 94-бет. 
25
 Jefkins. Public Relations. - London, 1992. P. 12-14.   
26
 Ольшанский Д. Политико-психологический словарь. - М., Академический проект, Екатеринбург, Деловая 
книга, 2002, 19-бет. 
27
 Почепцов Г. Психологические войны. - М., Рефл-бук, Ваклер, 2000, 10-бет. 
28
 Почепцов Г.Г.. Паблик рилейшнз для профессионалов. - М., Рефл-бук, Ваклер, 1999, 11-12-бетлар. 

biri jamoatchilikka yetkaziladigan axborotlar oqimini zaruriy o‘zanga yo‘naltirish 
hamdir.  
«Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalari  yigirmanchi  asrda 
keng  urf  bo‘lgan  bo‘lsa-da,  uning  tarixi  uzoq  ming  yilliklarga  borib 
taqaladi.  Qator  olimlar  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalarini 
qo‘llashning ilk ko‘rinishlaridan biri sifatida podsho Xammurapining  o‘z 
qonunlarini  ikki  metrli  tosh  ustunga  o‘yib  yozdirganligi  va  uni 
shaharning markaziga o‘rnatganligini ko‘rsatadi.  
O‘zaro  muloqot  san'ati  ko‘p  jihatdan  faylasuf  Suqrot  nomi  bilan 
bog‘liq.  U  demokratik  muloqot  uchun  zarur  shartlarni  ishlab  chiqdi.  Bu 
shartlarga  ko‘ra,  muloqot  tomonlarning  o‘zaro  tengligiga  asoslanishi 
lozim.  Garchi  uning  bu  qarashlarini  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalari  bilan  aynan  bir  narsa  deb  uqtirish  mumkin  bo‘lmasa -da, 
bu texnologiyalar tomonlarning o‘zaro tengligi asosida tashkil qilinishini 
e'tiborga olish lozim. 
Qadimgi  yunon  faylasufi  Platon  targ‘ibot-tashviqot  haqida  gapirar 
ekan:  «Kishilarning  e'tiborini  tortish  san'atdir.  Buning  uchun  ularga 
ko‘rish  ne'matini  ato  etish  shart  emas.  Bu  ne'mat  ularda  mavjud.  Faqat 
inson  kerakli  tomonga  emas,  boshqa  tomonga  qaraydi.  Uning  e'tiborini 
kerakli  tomonga  jalb  qilish  uchun  esa  ko‘p  mehnat  qilish  lozim»
29
,  deb 
ta'kidlagan  edi.  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar»  texnologiyalarini  qo‘llash 
natijasida, Platon aytganidek, «e'tibor kerakli tomonga jalb qilinadi».  
Jamoatchilik  fikrini  doimiy  kuzatib  borish  zarurligi  haqidagi 
fikrlarni  Sharqning  buyuk  mutafakkirlari  asarlarida    ko‘plab  uchratish 
mumkin.  Xususan,  Nizom-ul-mulkning  «Siyosatnoma  yoki  siyar  ul -
mulk»  asarining  «Sohibxabar  va  jarchilar  va  ularning  ish-tadbirlari 
haqida»gi  bobida  podshohni  raiyat  ahvolidan,  kishilarning  saltanatga 
bo‘lgan  munosabatlaridan  doimiy  xabardor  qilib  turuvchi  mas'ul  kishilar 
tayinlanishi  lozimligi  uqtiriladi.  «Podshohga  raiyat  va  lashkar  ahvolidan 
to‘la  xabardor  bo‘lish  va  ularga  qancha  xarajat  ketishini  bilish  vojibdir. 
Agarda shunday bo‘lmasa, katta xato bo‘ladi. Omillar sitamkorlikka qo‘l 
uradilar  va  mamlakatda  sodir  bo‘layotgan  fasod  va  zolimlikdan 
podshohning  yo  xabari  bor,  yo  yo‘q,  deydilar.  Agarda  bi la  turib  ma'n 
qilmasa,  unda  u  ham  shularga  o‘xshab  zolimlik  qilgan  va  o‘zi  zulmu 
sitamga  rozilik  bergan  bo‘ladi  va  agarda  bilmasa,  demak,  u  g‘ofildir. 
Shunday  ekan,  sohibxabarga  ehtiyoj  seziladi»
30
,  deb  ta'kidlaydi. 
Shuningdek,  Nizom-ul-mulk  agar  sohibxabar  hukmdorni    xalqning 
ahvolidan boxabar qilib tursa, podshohning amru farmonlarini to‘g‘ridan -
to‘g‘ri xalqqa yetkazuvchi jarchilar ham zarurligini yozadi.  
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Sharq va G‘arb allomalari 
jamoatchilik  bilan  doimiy  muloqot  qilish,  fuqarolarning  davlat  siyosati  haqidagi 
fikrlarini doimiy kuzatib borish, qabul qilingan qarorlardan jamoatchilikni doimiy 
xabardor  qilib  turish,  ular  bilan  aloqalar  o‘rnatishda  ikki  taraflama  hamkorlik 
                                                           
29
 Платон. Диалоги. – Харковь, Фолио, 1999, 260-261-бетлар.  
30
 Низом-ул-мулк. Сиёсатнома ёки сияр ул-мулк. – Т., Адолат, 1997. 69-70-бетлар. 

muhitini yaratishga intilish lozimligini ko‘rsatib o‘tganlar. Ushbu asarlar davlat va 
jamoatchilik o‘rtasida samarali muloqotni tashkil etish tarixini o‘rganishda muhim 
manba bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. 
Ayrim  yetakchi  xorijiy  mamlakatlar  "Jamoatchilik  bilan  aloqalar" 
texnologiyalarini qo‘llash orqali milliy g‘oyalarni singdirish borasida boy tajribaga 
ega.  XIX  asr  boshlarida  Samyuel  Adams  tomonidan  ishlab  chiqilgan  siyosiy 
kampaniyalarni  tashkil  etish  tamoyillari  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalari uchun zamin bo‘lib xizmat qildi. U siyosiy kampaniyalarni tashkil 
qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarurligini ta'kidlaydi: 
«Siyosiy kampaniyani samarali boshqarish uchun uning tashkiliy jihatlariga 
alohida e'tibor qaratish; 
kishilarning yodida uzoq vaqt saqlanuvchi ramzlardan keng foydalanish; 
ko‘rgazmali  vositalarda  mazkur  ramzlar  bilan  bir  qatorda  qisqa  va  lo‘nda 
matnlardan foydalanish; 
munozaralar  uyg‘otuvchi  va  kishilarning  fikriga  ta'sir  ko‘rsatuvchi  sahna 
ko‘rinishlari uyushtirish; 
axborotlarni talqin qilishda raqiblarga qaraganda tezkor harakat qilish
axborot  yetkazishning  turli  vositalaridan  foydalangan  holda  jamoatchilik 
fikriga doimiy ta'sir ko‘rsatish»
31
.  
Ushbu 
tamoyillarga 
tayanadigan 
"Jamoatchilik 
bilan 
aloqalar" 
texnologiyalari ilk bor AQSh amaliyotida qo‘llanilgan edi. 1914 yilda AQShning 
Kolorado  shtatidagi  ko‘mir  konlarida  ishchilar  mehnat  sharoitidan  norozi  bo‘lib, 
ish  tashlaydi.  To‘polonga  moyil  olomonni  tinchlantirish  maqsadida  ularga  qarshi 
kuch  ishlatiladi.  Mahalliy  gazetalarda  “Lodloudagi  xunrezlik”  sarlavhali  maqola 
chop  etilgach,  aholida,  konchilarda  ko‘mir  konining  egasi  J.Rokfellerga  nisbatan 
norozilik  kayfiyatlari  kuchayib  ketadi.  Bundan  tashvishga  tushgan  Rokfeller 
ommaviy  aloqalar  bo‘yicha  mutaxassis  Ayvi  Lini  “yarashtirish”  uchun  yollaydi. 
Masalani  chuqur  o‘rgangan  Li  muammoning  ildizi  kishilar  orasida  turli  mish-
mishlarning  ko‘payganida,  axborot  tanqisligining  paydo  bo‘lganida    ekanini 
aniqlaydi.  Konchilar  va  kon  egasi  o‘rtasidagi  munosabatni  yaxshilash  maqsadida 
A.Li qator vazifalarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb bildi. 
Birinchidan,  u  mehnat  munosabatlari  bo‘yicha  mutaxassis  yollab, 
konchilarning o‘limiga, ularning ish tashlashiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganib 
chiqdi.  Shundan  so‘ng,  olim  Rokfellerga  insonlar    muammolarini  o‘rganadigan, 
shikoyatlarini qabul qiladigan maxsus komissiya tuzishni taklif qildi.  
Ikkinchidan,  konchilarga  axborot  uzatish  maqsadida  ommaviy  axborot 
vositalaridan  keng  foydalanildi.  A.Li  tomonidan  yollangan  malakali  jurnalistlar 
turkum  maqola  va  pamfletlar  tayyorlab,  mahalliy  gazetalarda  chop  etdi.  Shtat 
aholisining  ishonchini  qozongan  gazetada  “Koloradodagi  janjalga  doir  faktlar” 
sarlavhali maqola e'lon qilinib, konchilar orasida tarqatildi.  
Uchinchidan,  mutaxassis  ishchilarga  qahrli  inson  sifatida    tanilgan 
J.Rokfeller  haqida  konchilarda  ijobiy  tasavvur  uyg‘otishga  intildi.    U  mahalliy 
gazetalarda  Rokfellerning  cherkovga  borishi,  nabiralari  bilan  suhbatlari,  hazil-
                                                           
31
 Связи с общественностью в политике и государственном управлении. Общ. ред.  Комаровский В.С.,  М., 
РАГС, 2001, 15-бет. 

mutoyibaga  ishqibozligi  haqida  maqolalar  e'lon  qildi.  Oradan  birmuncha  vaqt 
o‘tib, “qahrli qirol” kishilar ko‘z o‘ngida “mehribon oqsoqol”ga aylandi.  
Va,  nihoyat,  u  Rokfellerning  hayriya  faoliyati  haqida  konchilarga  axborot 
berib  bordi.  Rokfellerning  “Oxiratga  tayyorgarlik  ko‘rishning  eng  yaxshi  yo‘li 
boshqalar uchun yashashdir. Men aynan shunga harakat qilyapman”, degan so‘zlari 
ishchilar orasida mashhur bo‘lib ketdi
32
. Ushbu misol “Jamoatchilik bilan aloqalar” 
texnologiyalari,  avvalo,  odamlar  ishonchini  qozonishga  xizmat  qilishini  yana  bir 
karra ko‘rsatadi.  
E'tiborlisi  shundaki,  keyinchalik  AQShda  “Jamoatchilik  bilan  aloqalar” 
texnologiyalaridan  harbiy  sohada  -  askarlarning  jangovar  ruhini  ko‘tarish    va 
harbiy  siyosatning  jamoatchilik  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanishiga  erishish 
maqsadida  ham  foydalanildi.  Birinchi  jahon  urushi  vaqtida  AQShda  «Krill 
jamg‘armasi»
33
  tashkil etilib, butun mamlakat bo‘ylab 75 millionta  turli buklet va 
murojaatnomalar  tarqatildi.  O‘sha  vaqtda  hozirgidek  qudratli  radio  va 
televideniening  yo‘qligi  sababli  yetmish  besh  ming  kishidan  iborat  «To‘rt 
minutchilar korpusi» tashkil etilib, uning a'zolari maktablarda, korxona, cherkov va  
jamoat  joylarida  urushning  borishi  haqida  «Krill  jamg‘armasi»dan  olingan 
axborotlarni aholiga qayta hikoya qilib berar edilar.  
Axborot  yordamida  jamoatchilik  fikriga  ta'sir  ko‘rsatish  bo‘yicha  izlanish 
olib borgan mutaxassislardan biri Karl Xovland  1942 yilda AQSh qo‘shinlarining 
jangovar  ruhiga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatish,  Ikkinchi  jahon  urushidagi  AQShning 
ishtirokini  kishilarga  tushuntirish  ustida  izlanish  olib  bordi.  Uning  tadqiqotlari 
natijasi o‘laroq, 1942 yilda yettita 5 minutlik hujjatli film suratga olindi. Bu qisqa 
metrajli filmlar «Biz nima uchun urushga kirdik?», «Dushmaning kimligini bil!», 
«Bizning do‘stimiz kim?» deb atalib, harbiy xizmatga yangi chaqirilgan 12 million 
askarga namoyish etilgan edi.  
Keyinchalik  AQShda  axborot  orqali  ta'sir  ko‘rsatish    texnologiyalari 
sohasida 
fundamental 
izlanishlarga 
e'tibor 
kuchaydi. 
Ana 
shu 
soha 
tadqiqotchilaridan  biri  U.Lippman
34
  kishilar  real  voqyelikni  idrok  qilishda 
qadriyatlar  tizimi,  biror  hodisa  haqida  ilgaridan  shakllangan  qarashlar,  aniqrog‘i, 
stereotiplarga  tayanishlarini  uqtirdi.  Shu  asosda,  kishilar  ongida  shakllangan 
stereotiplarga  murojaat  qilish  davlat  va  jamoatchilik  o‘rtasidagi  aloqalarni  yo‘lga 
qo‘yishni  osonlashtirishi  haqida  xulosa  chiqardi.    U.Lipmann  siyosiy  muloqotda 
ommaga  axborot  yetkazishni  tartibga  solish,  axborotlar  ketma-ketligi  va 
mazmunini  oldindan  belgilash  zarurligini  ta'kidladi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  u 
siyosiy  kommunikatsiyaga  texnologik  jarayon  sifatida  yondashdi.  Shundan    kelib 
chiqib, u fanga yangi «kun tartibini belgilash» atamasini kiritdi
35
. Uning  fikricha, 
«kun  tartibini»  ishlab  chiqishda  uzatilgan  axborotlar  kishilar  tomonidan  o‘zaro 
muhokama  qilinishini,  ularga  nisbatan  aholining  munosabati  qanday  bo‘lishini 
hisobga olish zarur.  
                                                           
32
 MacDougall C.D. Understanding Public Oppinion. – N.Y. 1952, P. 565. 
33
 Асосчиси - Жорж Крилл. 
34
 Уолтер Липпман (1889-1974) іаёти давомида жами AQSH ning  12 президентига жамоатчилик билан 
алоқалар бўйича давлат маслаіатчиси лавозимида ишлаган. 
35
 Почепцов Г. Психологические войны. - М., Рефл-бук, Ваклер, 2000, 133-134-бетлар. 

"Jamoatchilik  bilan  aloqalar"  texnologiyalarini  qo‘llash  jarayonini 
texnologik  davriylik  nuqtai  nazaridan  ko‘rib  chiqish  maqsadga  muvofiqdir. 
Mafkura  targ‘ibotida  "Jamoatchilik  bilan  aloqalar"  texnologiyalarini  qo‘llash 
uchun Frenk Jefkins tomonidan ishlab chiqilgan modeldan foydalanish o‘rinli. Bu 
modelga ko‘ra, "Jamoatchilik bilan aloqalar" texnologiyalari quyidagi olti tarkibiy 
qismni o‘z ichiga oladi:  
-  «mavjud vaziyatni baholash;  
-  maqsadni belgilash;  
-  auditoriyani aniqlash;  
-  ommaviy ta'sir kanallarini, ta'sir texnikasini belgilash;  
-  xarajatlar smetasini ishlab chiqish;  
-  yakuniy xulosalar yasash»
36
.  
F.Jefkins mazkur model orqali kishilardagi “e'tiroz, qarshilik, ehtiyotkorlik, 
apatiya,  bexabarlik”  o‘rniga  “bilish,  qo‘llab-quvvatlash,  qiziqish”  kayfiyatlarini 
uyg‘otishga harakat qilishni taklif etadi.  
Jamoatchilik  bilan  aloqalar  bo‘yicha  mutaxassislar  taklif  etgan  «to‘rt 
qadamli» universal modeldan milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotida foydalanish ham 
samarali  natija  berishi  mumkin.  Bu  modelni  milliy  mafkurani  singdirish  nuqtai 
nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarga kelamiz.  
Avvalambor, mavjud muammoni aniqlab olish lozim bo‘ladi. Ya'ni, mafkura 
targ‘iboti orqali singdirilishi zarur bo‘lgan asosiy g‘oyalarni belgilab olish darkor. 
Bundan  tashqari,  «Nima  uchun  aynan  shu  g‘oyalarni  singdirishga  ehtiyoj 
tug‘ildi?»,  «Mazkur  g‘oyalarni  targ‘ib-tashviq  qilish  ishlariga  qaysi  tuzilmalarni 
jalb  qilish  mumkin?»,  «Ushbu  g‘oyalar  qaysi  ijtimoiy  guruhlar  orasida  targ‘ib 
qilinadi?»  kabi  savollarga  javob  topish  lozim.  To‘plangan  ma'lumotlar  tahlil 
qilinib, mavjud ahvol, muammo va yechimlar aniqlanadi. 
Keyingi  bosqich  insonning  muayyan  g‘oyaga  munosabati,  uning 
qadriyatlarini  chuqur  o‘rganishni  nazarda  tutadi.  Umuman,  bu  bosqichda 
targ‘ibotdan ko‘zlangan aniq maqsadlar belgilanib, ta'sir ko‘rsatish auditoriyasi 
aniqlanadi.  Mafkura  targ‘ibotida  auditoriyani  segmentlash,  ya'ni  turli  omillar 
asosida  guruhlarga  ajratish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Gap  shundaki, 
auditoriyani  segmentlash  targ‘ibotning  ta'sirchan  usullarini  ishlab  chiqish 
imkonini  beradi.  Masalan,  auditoriyani  qadriyatlar,  manfaat  va  qarashlardagi 
farqlarga  ko‘ra,  talabalar,  askarlar,  tadbirkorlar,  nafaqaxo‘rlar,  ziyolilar, 
erkaklar, ayollar, yoshlar  kabi  alohida  segmentlarga  ajratish  mumkin. Tabiiyki, 
milliy g‘oyani singdirishda ziyolilarga yetkaziladigan axborot bilan tadbirkorlar 
kayfiyatiga  ta'sir  ko‘rsatish  ancha  mushkul.  Yoki  yoshlarning  hissiyotlarini 
junbushga  keltirgan  murojaatlarga  katta  yoshdagilar  beparvo  munosabatda 
bo‘lishlari mumkin. Turli ijtimoiy guruh vakillarining dunyoqarashi, manfaati va 
qadriyatlari bir-biridan farq qilar ekan, mafkura targ‘ibotida bu omilni inobatga 
olish  o‘z  samarasini  berishi  tabiiy.  Ko‘pgina  olimlar  bir  vaqtning  o‘zida  juda 
ko‘p  ob'ektlarni  qamrab  olishga  intilish,  targ‘ibotda  barchaga  bir  xil  tarzda 
murojaat qilishning samarasi kam ekanligini uqtirgan. 
                                                           
36
 Почепцов Г. Паблик рилейшнз для профессионалов. - М., Рефл-бук, Ваклер, 1999, 58-бет. 

Auditoriyani  segmentlashda,  avvalambor,  insonlarning  yashash  joyiga 
e'tibor beriladi. Kishilarning yashash joyi ularning ijtimoiy-siyosiy faolligiga ta'sir 
ko‘rsatuvchi  muhim  omil  ekanligi  isbotlangan.  Mafkura  targ‘ibotida  bu  omilni 
e'tiborddan  qoldirish  mumkin  emas.  Shuningdek,  muayyan  hududda  yashovchi 
aholining  muammolaridagi  umumiylik,  qadriyatlar  va  tafakkur  tarzidagi 
o‘xshashliklar  ham  auditoriyani  geografik  makonga  ko‘ra  segmentlashning 
samaraliligini  ko‘rsatadi.  Masalan,  Surxondaryo  va  Qashqadaryo  viloyatlari 
aholisining  qarashlari,  qadriyatlari,  mahalliy  urf-odatlari  Toshkent  shahri  yoki 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisinikidan ancha farq qiladi.  
Ikkinchidan, kishilarning yoshi, jinsi va oilaviy ahvoli ham  dunyoqarashga, 
voqyea-hodisalarga  munosabatga  jiddiy  ta'sir  ko‘rsatadi.  Ushbu  belgilar  asosida 
auditoriyani  segmentlash  hamda  axborot  yetkazishda  bu  omillarni  hisobga  olish 
mafkura targ‘ibotining samaradorligini oshirishda qo‘l keladi.  
Uchinchidan, targ‘ibotda kishilarning ruhiy holatiga e'tibor berish nihoyatda 
muhimdir.  Garchi  insonning  ruhiy  holati  ancha  o‘zgaruvchan  ekanligi  ushbu 
vazifani birmuncha qiyinlashtirsa-da, lekin bu omil bilan hisoblashmaslik mumkin 
emas.  Zero,  islohotlarni  faol  qo‘llab-quvvatlovchilarga  ham,  jamiyat  hayotiga 
beparvo  bo‘layotganlarga  ham,  ijtimoiy  o‘zgarishlardan  norozi  kayfiyatdagilarga 
ham bir xil mazmunda axborot uzatish, bir xil usulda murojaat qilish bilan sezilarli 
natijaga  erishish  qiyin.  Shunday  ekan,  mafkura  targ‘ibotida  insonlarning  ruhiy 
holati,  jamiyatimizda  kechayotgan  islohotlarga  munosabati,  ularni  qo‘llab-
quvvatlash darajasi, albatta, inobatga olinishi darkor.  
To‘rtinchidan, insonlarning egallagan ijtimoiy maqomiga ko‘ra auditoriyani 
segmentlash  ham  targ‘ibotni  samarali    tashkil  etishda  qo‘l  keladi.  Turli  ijtimoiy 
maqomdagi  insonlarning  axborot  olish  imkoniyatlaridagi  farq  ularning  eshitgan 
axborotiga nisbatan turlicha munosabatini keltirib chiqaradi.  
Beshinchidan,  mafkura  targ‘ibotida  insonlarni  boshqalarga  ta'sir  o‘tkaza 
olish  qobiliyatiga  ko‘ra  ajratish,  aniqrog‘i,  fikr  yetakchilarini  ajratib  olish 
nihoyatda  muhimdir.  Fikr  yetakchilari  orqali  axborot  yetkazish  targ‘ibotning 
samarali usullaridan biri hisoblanadi. Kishilarga g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatishda obro‘-
e'tiborli    insonlardan,  xalq  ishonchi,  mehr-muhabbatini  qozongan  arboblardan 
foydalanish  nihoyatda  muhimdir.  Negaki,  insonlar  fikr  yetakchilarining 
aytganlariga ko‘proq ishonadilar, ulardan ibrat olib, ortidan ergashadilar.  
Va  nihoyat,  insonlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligi,  siyosatdagi  ishtiroki 
darajasi  ham  mafkura  targ‘ibotida  hisobga  olinishi  lozim.  Ma'lumki,  mahalliy 
darajada qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etayotgan, jamiyatdagi muammolarga 
befarq  qaramaydigan  faol  insonlar  hamda  o‘zini  «kichkina  odam»  deb 
hisoblaydiganlar  hayotga  turlicha  munosabatda  bo‘ladilar.  Bu  omil  ham  mafkura 
targ‘ibotida alohida yondashuvni shartlab qo‘yadi.  
Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda, ikkinchi bosqichda 
insonlarga muayyan g‘oyani jozibador tarzda targ‘ib qiluvchi, ular ishonchini 
qozongan axborot manbai tanlab olinadi. Axborot uzatuvchi hamda uning 
iste'molchisi o‘rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etishning aniq reja va 
dasturlari ishlab chiqiladi. Umuman, bu bosqichni strategik rejalashtirish 
bosqichi deb atash mumkin. 

Uchinchi  bosqich  faol  muloqot  bosqichidir.  Bu  bosqichdagi  vazifalar  aniq 
reja,  targ‘ibot  ishiga  ijodkorona  yondashuv  asosida  bajarilmog‘i  talab  etiladi. 
Buning  uchun,  birinchi  navbatda,  aholining  qarash  va  intilishlariga  moslashish, 
ularning  hissiyotlariga  ta'sir  ko‘rsatish,  targ‘ibotni  zimdan  amalga  oshirishga 
e'tibor  qaratiladi.  Ushbu  bosqichdagi  vazifalar  kommunikator  va  retsipient  nuqtai 
nazarlaridagi  umumiylikni  ko‘rsatish,  targ‘ib  etilayotgan  g‘oyalar  inson 
manfaatlariga  mosligini  uqtirish,  axborotni  ularning  qarashlari,  qadriyat  va  orzu-
intilishlariga  mos  tarzda  yetkazishdan  iborat.  Shunday  qilib,  uchinchi  bosqich 
strategik rejalarni amalga oshirishga  yo‘naltirilgan aniq harakatlar bosqichidir.  
Amalga  oshirilgan  targ‘ibot  ishlari  bo‘yicha  xulosa  yasash  yakuniy 
bosqichdir.  Bu  jarayonda  bajarilgan  ishlar  aniq  mezon  asosida  sarhisob  qilinadi 
hamda  aks  aloqalar  o‘rganiladi.  Bunda  targ‘ib  etilgan  g‘oya  insonlar  tomonidan 
qay  darajada  qabul  qilinganligi,  targ‘ibot  ularga  qanday  ta'sir  qilgani,  e'tiqod  va 
harakatlaridagi o‘zgarishlar empirik dalillar asosida aniqlanadi va tahlil  qilinadi.  
Milliy  istiqlol  g‘oyasi  targ‘ibotida  “Jamoatchilik  bilan  aloqalar” 
texnologiyalarini  qo‘llash  ommaviy  axborot  vositalaridan  samarali  va  oqilona 
foydalanishni  nazarda  tutadi.  Gap  shundaki,  ommaviy  axborot  vositalari  boshqa 
mafkuraviy  vositalarga  nisbatan  kengroq  auditoriyani  qamrab  olishga  qodir. 
“Zamonaviy  jamiyatda  mafkurani  o‘rganish  ommaviy  axborot  vositalarining 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohadagi rolini o‘rganish bilan chambarchas bog‘liqdir, - 
deb  yozadi  rossiyalik  olim  A.Tuzikov,  –  zero,  ommaviy  axborot  vositalari  bir 
jihatdan  g‘oyalar  makoni  hisoblansa,  ikkinchi  tomondan,  mafkuraviy  ramzlar 
yaratiladigan makon sanaladi. Bu media-makonda turli mafkuralar mavjud bo‘lib, 
ularning aksariyati yashirin ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shunday ekan, bu muammoni 
o‘rganish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega”
37
.  
Darhaqiqat,  bugungi  kunda  mass-medialar  mafkuraviy  ta'sirning  eng 
ta'sirchan  va  qudratli  vositasiga  aylangan.  Ular    insonlarning  bugungi  kundagi 
eng  yaxshi  “ustozi”  va  “suhbatdoshi”  hisoblanadi.  “Mass-medialar  u  yoki  bu 
siyosiy  voqyea-hodisaga  munosabat  shakllantiribgina  qolmasdan,  ijtimoiy 
voqyelikni media-dastur shakliga keltirib qo‘ymoqdalar”
38
. Garchi bu fikr biroz 
mubolag‘adek  ko‘rinsa  ham,  bugungi  kunda  ayrim  xorijiy  ommaviy  axborot 
vositalari bizga o‘z mafkurasini singdirishga urinayotganini    sezish qiyin emas. 
Bu  haqda  Prezidentimiz  Islom  Karimov  shunday  deydi:  «Sir  emas,  ba'zan 
beozorgina  bo‘lib  tuyulgan  musiqa,  oddiygina  multfilm  yoki  reklama  lavhasi 
orqali  ham  ma'lum  bir  mafkuraviy  maqsadlar  va  intilishlar  ifodalanadi»
39

Mazkur holat ham milliy istiqlol g‘oyasining targ‘ibotini susaytirmaslikni, uning 
ta'sirchanligini  oshirishni  hamda  har  qanday  mafkuraviy  tahdidlarga  nisbatan 
ogoh  bo‘lishni  shartlab  qo‘yadi.  Bunda  ommaviy  axborot  vositalariga  axborot 
terrori,  mafkuraviy  tahdidlarga  munosib  javob  berish,  ma'naviy-mafkuraviy 
jihatdan  xalqimizni  tobe  etishga  intilishlarning  payini  qirqish  va  O‘zbekiston 
fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari yuklatiladi.  
                                                           
37
 Тузиков А. Масс медиа: идеология видимая и невидимая.//ПолИС. 2002, №5, С.123.  
38
 Тузиков А. Масс медиа: идеология видимая и невидимая.//ПолИС. 2002, №5. С.133. 
39
 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. – Т., 
Ўзбекистон, 1998, 9-10-бетлар. 

Ma'lumki,  “jamoatchilik  fikri  –  fuqarolik  jamiyatining  holatini  o‘zida  aniq 
aks  ettiradigan  bamisoli  bir  ko‘zgu”
40
.  O‘zbekistondagi  demokratik  yangilanish 
jarayonlari  jamiyatda  oshkoralik  va  erkinlikning  ta'minlanishini  taqozo  etadi.  Bu 
esa,  o‘z  navbatida,  jamoatchilik  fikrini  o‘rganishni,  ijtimoiy  fikrni  ommaviy 
axborot vositalari orqali yoritish va tahlil qilib borishni talab etadi.  
Sotsiolog  olim  M.Bekmurodovning  ta'kidlashicha,  «Jamoatchilik  fikri  va 
ommaviy  axborot  vositalari  jamiyat  ma'naviy  hayotining  o‘zaro  uzviy  bog‘liq 
jihatlaridan  sanalib,  yagona  yaxlitlik  hosil  etuvchi  tizimiy  jabhalar  hisoblanadi. 
Ommaviy  axborot  vositalari  jamoatchilik  fikrini  uyg‘otish,  shakllantirish  va 
muayyan  manfaatlar  asosida  maqsadli  yo‘naltirishda  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Ayni  chog‘da  jamoatchilik  fikri  ham  targ‘ibot-tashviqot  ishlarining  shakl  va 
uslublari  mazmuniga,  ommaviy  kommunikatsiya  vositasida  amalga  oshiriluvchi 
mafkuraviy  faoliyat  tizimiga  sezilarli  ta'sir  ko‘rsata  boradi.  Shu  boisdan  ham 
ommaviy  axborot  va  jamoatchilik  fikri  tizimlarining  o‘zaro  uyg‘un  faoliyati 
jamiyat ma'naviy hayotini harakatga keltiruvchi muhim omil hisoblanadi»
41

Shu o‘rinda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan axborotlarga doir 
sotsiologik  so‘rov  natijalari  bilan  tanishsak.      “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  fikrini 
o‘rganish  markazi  tomonidan  o‘tkazilgan  so‘rovda  respondentlardan  “Axborot 
uzatishning  qanday  shakli  shaxsan  siz  uchun  qulayroq,  tushunarliroq  va 
qiziqarliroq?”,  deb  so‘ralganida,  ularning  69,3  %      “Informatsion  ma'lumotlar 
shaklida”,  30,7  %  “Rasmiy  hujjatlar  shaklida”,  34  %  esa  “Mutaxassislar  bilan 
intervyu  shaklida”,  deb  javob  berishgan
42
.  Ko‘rinib  turibdiki,  muayyan  g‘oyani 
singdirishda  axborot  iste'molchisiga  ma'qul  tarzda  muloqotga  kirishish,  axborot 
uzatishning ta'sirchan va noan'anaviy  usullarini ishlab chiqish targ‘ibot samarasini 
so‘zsiz oshiradi.  
Kishilar  ongi  va  qalbi  uchun  kurash  kechayotgan  bugungi  tahlikali  davrda 
mamlakatimizda milliy istiqlol g‘oyasining targ‘iboti  dolzarb masalalardan biriga 
aylangan.  Bu  esa  targ‘ibot-tashviqot  ishlariga  yangicha  texnologiyalar, 
yondashuvlar,  uslub  va    vositalarni  jalb  etishni  talab  qiladi.  Qator  rivojlangan 
mamlakatlar  amaliyotida  keng  qo‘llanilayotgan  “Jamoatchilik  bilan  aloqalar” 
texnologiyalari  mafkura  targ‘iboti  bilan  bog‘liq  ishlarimizni  yuqori  bosqichga 
ko‘tarishga xizmat qiladi. 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin