Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


      Milliy  g‘oyamizning  asosiy  negizlaridan  biri  bo‘lgan  ijtimoiy 
hamkorlik  prinsipi  jamiyatimiz  ma'naviyatini  yanada  rivojlantirib 
borishda muhim axamiyatga ega. Bu prinsi pning bu boradagi axamiyatini 
quyidagilarda  ko‘rish  mumkin:1)  Shaxslarning  o‘zaro  munosabatini 
shakllantiradi;  2)  Millat  va  ellatlarning  hamkorligini  ta'sis  etadi;  3) 
tashkilotlarning  o‘zaro  manfaatli  aloqalarini  yuzaga  keltiradi;  4) 
jamiyatda  muvozanat  va  mo‘tadillikni  saqlaydi;  5)  Jamiyatning  ma'naviy 
rivojlanib borishiga asos bo‘luvchi birodarlik ruhini tarkib toptiradi . Shu 
sababni  ijtimoiy  hamkorlik  prinsipi  hayotimiz  uchun  zaruriy  omillaridan 
biridir. 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Ijtimoiy  hamkorlik,  Milliy  istiqlol  g‘oyasi 
targ‘iboti, mafkura, shaxs, ijtimoiy guruh, xalq, o‘zaro ishonch, tenglik, sheriklik,  
manfaatdorlik 
Nazorat savollari:  
1.  Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti ishlarini tashkil etish zarurati nimada?  
2.  Ijtimoiy hamkorlik  deganda nimani tushunasiz? 
3.  Reklama vositalarida milliy g‘oya targ‘ibotini ashkil etishning qanday 
xususiyatlari bor?  
4.  Ijtimoiy hamkorlik tamoyili bilan bog‘liq qanday nazariyalarni bilasiz?  
 
 
REKLAMA FAOLIYATINING  SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI 
VA ISTIQBOLINI BELGILASH 
Reja: 
1.  Reklama faoliyatini samadrligini oshirish yo‘llari va choralari  
2.  Reklama faoliyati istiqbolini belgilash  va uning bosqichlari 
 
Reklama  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  yo`llari  iqtisodiyotda 
muhim  ahamiyatga  ega.  Reklamaning  samarali  bo`lis hi  uchun  avvalo 
tovarga 
ehtiyoj 
bo`lishi 
kerak. 
Tovar 
tanqis 
bo`lib 
turgan 
sharoitlardagina  bozor  tovarning  sifati,  narxi,  qanday  maqsadlarda 
ishlatilishi,  mavsumiyligi  va  talabni  yuzaga  keltiruvchi  boshqa 
echimlarni  ko`p  surishtirmay,  hammasini  qabul  qila di.  Shu  bilan  birga, 
bunda  tovarlarga  bo`lgan  talab  qondirilmay  qolaveradi.  Bozordagi  talab 
elastik  (o`zgaruvchan)  bo`ladi.  Bu  hodisa  talab  qonuni  bilan  izohlanadi. 
Talab  qonuniga  ko`ra,  bozordagi  talab  tovarlarning  narxiga  nisbatan 
teskari  mutanosiblikda  o`zgaradi.  Ammo  talabga  boshqa  omillarning 
ta`sirini  bu  qonun  bilan  izohlab  bo`lmaydi.  Bozor  iqtisodiyotida 
iste`molchi-  xaridorning  talabi  ustunlikka  ega.  Tovarlarning  sotilishi  har 
doim  ham  o`z  o`zidan  bo`lavermaydi.  Yuqoridagi  qonunga  asosan  qaysi 

tovarga  talab  mavjud  bo`lsa  aynan  shu  tovarni  reklama  qilish  maqsadga 
muvofiq  bo`ladi. 
Rivojlanib  borayotgan  bozor  sharoitlarida  tovarlarni  iste`molchiga 
etkazib  berishda  faollik  bilan  tijorat  targ’ib  otini  olib  borish  kerak 
bo`ladi.  Ana  shu  o`rinda  xaridorlar  diqqatini  tovarlarga  qaratib, 
odamlarning  qiziqishi  va  xohish-istagiga  ta`sir  etadigan,  rusum  bo`lib 
qolgan  talablar  o`rniga  yangilarini  yuzaga  keltiradigan  reklama  juda 
muhim. Aynan shunday reklama talab-ehtiyojlarni shakllantiradi. 
Reklamaning  asosiy  vazifasi  -  tovarlar  va  xizmatlar  to`g’risida, 
ularning  qay  tariqa  va  qaerlarda  sotilishi  to`g’risida  maxsus  axborot 
vositalaridan  foydalangan  holda  so`zlab  berishdir.  Reklamaning  o`ziga 
xos  tomoni  shuki,  u  axborot  berishni,  targ’ib    va  tashviqot  qilishni 
ishontirish  bilan  birga  olib  boradi.  Shunday  qilib,  ta`sirchan  reklama 
zarur  ma`lumotlarni  beradigan,  shu  bilan  birga,  ishontiradigan,  ma`lum 
maqsadga  qaratilgan,  faol  bo`lishi  kerak.  Ana  shunday  reklama  talabni 
ma`lum 
bir 
yo`nalishda 
shakllantiradi, 
tovar 
va  
xizmatlarning 
ehtiyojlarini  ochib  beradi  hamda  ularning  niyatlariga  ta`sir  o`tkazadi. 
Reklama  ishlab  chiqaruvchilar,  savdo-sotiq  bilan  shug’ullanuvchilar  va 
iste`molchilar  o`rtasida  tijoratga  doir  axborot  bilan  o`rtoqlashish 
imkonini beradi. 
Reklama  -tovarlar  va  xizmatlar  to`g’risida  ishlab  chiqarishdan  savdo 
va  xaridorlar  tomoniga  o`tib  turadigan  turli  ma`lumotlar  oqimidir. 
Reklamaning  pirovard  maqsadi  -  bozorda  taqdim  etilayotgan  tovarlarga 
xaridorlar  raqobatini  oshirishdan  iborat.  Reklama  qilinayotgan  b uyumlar 
rivojlantirilgan realizatsiya hajmiga muvofiq ko`proq sotiladigan bo`lishi 
kerak.  Bu  maqsadga  bosqichma-bosqich  erishib  boriladi.  Lekin  har  bir 
bosqichda  turli  vazifalar  o`rtaga  qo`yiladi,  xaridorlar  diqqatini  tovarga 
jalb  etish,  ularda  qiziqish  uyg’otish,  ehtiyojlarni  shakllantirish, 
odamlarning  xarid  qobiliyatini  tovarni  muayyan  savdo  korxonasidan 
sotib olishga yo`naltirish shular jumlasidandir.
72 
 
Reklama-ong-shuurga  ham  ta`sir  o`tkazadigan  omildir.  Uning  ta`sir 
kuchi  juda  zarur.  Masalan,  ko`pincha  xaridorlar  tovarning  bahosiga, 
uning  sifati,  aslliligining  mezoni,  ko`rsatkichi  deb  qarab,  qimmatroq  haq 
to`lashga tayyor turadilar. 
Reklama  faoliyatini  amalga  oshirayotganda  tovar  xususiyatlarining 
quyidagi ko`rsatkichlariga alohida e`tibor berish lozim: 

sifati (ishonchliligi, xizmat qilish muddati, dizayni);  

xizmatga yaroqliligi; 

narxning sifat va iste`mol qiymatiga muvofiq  kelishi;  

tovarga qo`shib jo`natiladigan hujjatlar;  

sotishdan keyingi servis sifati; 
                                                           
72
 Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi 
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005. 94-b.  

-tovar  xilining  ko`pligi,  tanlov  imkoniyatinin g  mavjudligi.  Masalan, 
"DAEWOO",  "PHILIPS"  kabi  transmilliy  korporatsiyalar,  shu  jumladan, 
ularning  O`zbekistondagi  filiallari  25  dan  ko`p  televizor  turlarini  ishlab 
chiqaradi.  Respublikamiz  televizorlar  bozorida  olib  borgan  tadqiqotlar 
shuni  ko`rsatadiki,  bozor  tovarlarni  tabiiy  ravishda  sarxillab  beradi. 
Bozorga  kiritilgan  10  xil  tovardan  8  tasi  quyidagi  sabablarga  ko`ra, 
bozordan chiqib ketadi: 

ehtiyojni aniqlashning noto`g’riligi - 45 %; 

reklama va so`rovning etarli emasligi - 25 %; 

narxning oshirib yuborilganligi - 20 %; 

raqibning javob harakatlari - 17 %; 

vaqtning noto`g’ri tanlanishi - 14 %; 

hal etilmagan ishlab chiqarish muammolarining mavjudligi - 12%. 
Demak, reklamani tashkil etishda bu omillar ham e`tibordan chetda  
qolmasligi kerak.
73 
Bundan  tashqari,  Reklama  faoliyatini  amalga  oshirishda  tovarga 
bo`lgan  ehtiyojlarni  aniqlab  olish  lozim.  Yakka  tartibdagi  ehtiyojlarni 
aniqlash  reklamani  mukammallashtirishning  muhim  yo`nalishlaridan 
biridir. U quyidagilarga ko`ra aniqlanadi: 

majburiyatlar doirasiga, oiladagi roliga qarab; 

kichik guruhlardagi boshqa odamlar bilan munosabatiga ko`ra;  

guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;  

katta jamoalarning faoliyatiga qo`shilishi bilan;  

jamiyatning ma`lum turkumiga mansublik bilan; 

yurtdoshlarga mansublik bilan. 
Reklama  professor  A.Ulmasov  ta`kidlaganidek,  "inson  yurish -
turishining  ijtimoiy  ko`rsatmalariga  suyanib  harakat  qiladi.  Bu 
ko`rsatmalar  tahlil  etilmaydi,  balki  anglab  etiladi".  Talabning  yuzaga 
kelishi  hamda  reklamani  yaratishning  asosi -  ehtiyojdir.  Odamlar 
faoliyatidan ehtiyoj kelib chiqib, u o`ziga buysundiradi.  
Iste`molchilarning  talablaridan  ehtiyojning  darajasi  va  shakli  yuzaga 
keladi  hamda  u,  eng  avvalo,  ishlab  chiqarish  munosabatlariga  taalluqli 
bo`ladi.  Ishlab  chiqarish  taktikasi  ehtiyojni  qon dirish  darajasi  bilan 
aniqlanadi.  Biroq  ehtiyojning  rivojlanishi  faqatgina  uni  qoniqtirish  bilan 
chegaralanmaydi. ehtiyoj uchun zarur bo`lgan narsalarning aynan nimalar 
ekanligi muhim o`rin tutadi. 
Bunday  holda  reklama  yordamida  beriladigan  ehtiyoj  uchun  z arur 
tovar  yoki xizmatlar,  predmetlar  haqidagi  axborotga  e`tibor berish  kerak. 
Tadqiqotlar  shuni  ko`rsatadiki,  qaysi  bir  tovarga  talab  ko`p  bo`lsa,  o`sha 
tovarni  reklama  qilish  oson  bo`ladi.  Shuning  uchun  talab  reklamaga  mos 
kelishi  zarur.  Savdo  siyosatining  ikkala  elementi  ham  ehtiyojni 
qondirishga  qaratilgan.  Ikkinchi  usulda  esa  hech  qanday  so`z  ishtirok 
etmaydi.  Iste`molchi  o`zining  tashqi    ko`rinishi,  kiyinishi  orqali  reklama 
                                                           
73
  Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi 
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005. 96-b.  

axborotini  tarqatadi.  Ayrim  iste`molchilar  ko`z -ko`z  qilish  uchun  bolalar 
aravachasi  yoki  biror  kiyimni  namoyish  qiladi  va  bu  bilan  boshqa 
iste`molchilarni  xarid  qilishga  chaqiradi.  Ba`zan  buning  aksi  ham 
bo`lishi,  ya`ni  xaridorning  aynan  shu  kabi  tovarni  sotib  olish  maqsadini 
chippakka  chiqarishi  mumkin.  Iste`molchi  xayolan  kostyum   yoki 
shlyapani  kiyib  ko`rishi  hamda  bu  tovarlarni  o`zida  qanday  turishini 
tasavvur  qilishi  mumkin.  Shunday  qilib,  turli  tovarlarga  turlicha 
qarashlar,  odatlar,  xarid  qilish  uchun  harakatlar  shakllanadi.  Shu  bilan 
birga,  bir  iste`molchini  umuman  qiziqtirma ydigan  tovar,  ikkinchi 
iste`molchi  uchun  hayotiy  zarurat  sanalishini  hisobga  olish  kerak.  Bu 
erda  moda(urf)  mexanizmi  katta  ta`sir  ko`rsatadi.  Iste`molchi  reklama 
axborotini  tarqatishda  kichik  va  yirik  ijtimoiy  guruhlarda  aktiv 
qatnashadi  hamda  tevarak  atrofdagilarning  reklamaga  ishonchini 
shakllantira  oladi  yoki  buning  aksi  bo`ladi.  Ko`pgina  insonlar  ayrim 
tovarlarga  salbiy  yondoshadilar.  Bunday  hollarning  aksariyatida  ular 
faqatgina  tanishlarining  fikriga  ko`ra  bu  tovarni  xarid  qilmayotganliklari 
ma`lum bo`ladi. 
Xalqimizda  "Ming  bor  eshitgandan  ko`ra,  bir  bor  ko`rgan  afzal"  deb 
bejiz  aytilmagan.  Shuning  uchun  ham  biz  reklama  samaradorligiga 
erishish 
uchun 
iste`molchilar 
tomonidan 
reklama 
tadbirlarining 
o`tkazilishini 
hisobga 
olishimiz 
lozim. 
Kamdan -kam 
hollarda 
iste`molchilarning  tanqid  qilishlari  bilan  reklamaning  omma  o`rtasida 
ishonch  qozonishiga  erishiladi.  Chiroqli  reklamaning  yoniq  yoki 
uchganligi,  reklama  matnining  to`g’ri,  bexato  yozilganligi,  uning  estetik 
jihatdan  talabga  javob  berish  -  bermasligi  ularning  nazaridan  chetda 
qolmaydi.  Bularning  hammasi  tabiiy  bo`lib,  butun  reklama  faoliyatiga 
iste`molchilarning  munosabatini  ko`rsatadi.  Iste`molchilar  fikrini  bilish 
uchun  reklama  tadqiqotlarini  utkazish  va  uning  natijalaridan,  albatta, 
reklama  yaratish  maqsadida  foydalanish  zarur.  Iste`molchi  axborot 
izlaydi  va  agar  bu  axborotni  topa  olmasa  yoki  axborotga  ishonmasa,  u 
boshqa  iste`molchiga  maslahat  soladi.  Lekin  olingan  axborot  har  doim 
ham  ishlab  chiqarish  manfaatlariga  mos  kelavermaydi.  Bu  axborot 
alohida  iste`molchi  hamda  ommaning  umumiy  qiziqishlariga,  reklama 
axborotining  mazmuniga  mos  kelmasligi  mumkin.  Shuning  uchun  ham 
reklama  mutaxassislari bu dalilni inkor etmay, aksincha uni hisobga olib, 
reklama vositalarining sifatini oshirish uchun izlanish lari zarur. 
Iste`molchi  -  bu  bevosita  tovar  yoki  xizmatlardan  foydalanuvchi 
shaxs.  Iste`molchi  bilan  sotib  oluvchi  o`rtasida  birmuncha  farqlar 
mavjud.  Ona  (sotib  oluvchi,  xaridor)  chaqaloq  uchun  (iste`molchi) 
bolalar  ozuqasini  sotib  oladi.  Sotib  oluvchi  po tentsial  va  real  bo`ladi. 
Savdo  tashkilotlarini  aylanayotganlar  ichidan  ayrimlarigina  xarid 
qiladilar.  Xaridor  bilan  iste`molchi  o`rtasidagi  farqni  yozuvchi  va 
ko`chirib  bosuvchi,  nusxa  oluvchi  orasidagi  farqqa  o`xshatish  mumkin. 
Iste`molchilar  xaridorlardan  bir  necha  barobar  ko`p  bo`lishi  mumkin. 
Hatto  yuridik  shaxs  tomonidan  tovar  sotib  olinib,  invidiual  iste`molchi 

undan foydalanishi mumkin. Tovarning ko`p qismini bevosita iste`molchi 
sotib  olishi  mumkin.  Iste`molchining  (mijoz,  buyurtmachi,  xaridor) 
amaliy  jihatdan  tovar  turlarini  tanlash  va  qaysi  joydan  sotib  olish 
imkoniyati keng. 
Iste`molchi-savdo  faoliyatining  asosiy  nuqtasi  va  uning  maqsadi 
hisoblanadi.  Bu  omil  savdoga  va  shu  orqali  ishlab  chiqarishga  faol  ta`sir 
ko`rsatadi.  Har  bir  iste`molchi  -  bu  aniq,  bir-biriga  o`xshamaydigan 
shaxs.  Uning  savdo  vaqtida  o`zini  qanday  tutishi  va  nimalarni  xarid 
qilishini  taxminiy  aniqlash  ancha  mushkul.  Uni  bir  necha  guruhlarga 
(talabalar,  ziyolilar,  ishchilar,  harbiylar,  dehqonlar)  guruhiga  bo`lib 
o`rganiladi. 
Bo`sh  vaqtning  mavjudligi  aholi  madaniyatini  ko`tarishga  xizmat 
qiladi.  Musiqa  asboblari,  sport  buyumlari  sayohat  anjomlariga  bo`lgan 
talabni  oshiradi.  "O`zing  yasa"  shiori  natijasida  esa  elektr -xo`jalik 
tovarlari,  qurilish  materiallari  kabi  faqat  mutaxassis lar  tomonidangina 
sotib  olinadigan  tovarlarga  bo`lgan  ehtiyoj  ortadi.  Avvallari,  iste`molchi 
umumqabul  qilingan  namunalarning  (kiyim-kechak)  nusxasini  olardi, 
hozir esa u boshqalarga o`xshamagan narsalarga ega bo`lishni istaydi.  
Buyurtma  bo`yicha  tiktirish,  individual  loyiha  bo`yicha  uy  qurish  va 
hokazo.  Iste`molchilar  sonining  o`sishi  tovarlar  turini  ko`payishiga  olib 
keladi.  Odamlarning  qiziqishlari  va  talablari  kundan -kunga  o`zgarib, 
keng  ko`lamdagi  tovarlar  assortimenti  ular  ehtiyojini  qondirishini  tala b 
etadi. 
Tovarlar 
assortimenti 
tobora 
kengayyapti 
va 
ota -onalar 
farzandlariga  tovar  (texnik  mukammal  mahsulot)  sotib  olishda  yordam 
bera olmayaptilar, natijada reklamaning roli o`sib bormoqda.  
Tovar  sotib  olishda  yoshlarning  turlichaligi  ham  katta  ta`sir 
kursatmotsda.  YOshlar  sport  mollari,  zamonaviy  kiyim -bosh,  poyafzal, 
tutsimachilik  mahsulotlari  va  boshqa  tovarlarni  ko`proq  sotib  oladilar. 
YOsh oila birinchi navbatda oshxona jidozlari, chinni idishlar, tsoshitslar 
va  so`ngra  texnik  asboblar  xarid  qiladi.  Ular  orasida  katta  talab 
tutsimachilik  mahsulotlari  va  kiyimga  tsaratiladi.  Hozirgi  kunda 
iste`molchilarning  jismoniy  ko`rsatkichlari  uzgarayotganligi,  statistik 
ma`lumotlarga  ko`ra,  aholining  o`rtacha  30  yoshdagilarining  buylari  5 
smga  usgan.  Utkazgan  tadqiqotlarimiz  natijalariga  ko`ra,  zamonaviy 
iste`molchilarning  ko`p  qismini  ayollar  tashkil  qilishi  ma`lum  buldi. 
Iste`molchi-xaridor  har  doim  tovar  sotib  olishda  oila  a`zolari,  tanishlar 
bilan  masladatlashadilar  va  ularning  ta`sirlari  juda  katta  bo`ladi.  Ular 
tovar bilan qiziqadilar. Bu tovarning sotilishida katta ahamiyatga ega.  
Reklama  iste`molchiga  xizmat  qilishi  va  iste`molchi  dam,  o`z 
navbatida,  reklamani  tsullab-tsuvvatlashi  kerak.  Bu  erda  reklama  bilan 
bevosita  aloqa  urnatmaydigan,  lekin  uning  masla datlariga  amal  qiladigan 
iste`molchilar  tushuniladi.  Bu  ogzaki  reklama  tsadimdan  mavjud  bo`lib, 
hozirgi  kunda  ham  juda  samaralidir.  Aynitssa,  Sharts  bozorlaridan  bunga 
yatstsol misol topish mumkin. Iste`molchilar kupgina dollarda bir - birlari 
bilan  axborot  almashadi.  Bu  axborot  almashish  ham  reklamaga  xosdir. 

Chunki  bu  axborot  iste`molchilarning  aniq  "ha"  yoki  "yo`q"  javoblarini 
bera  oladi.  Reklamadagi  xalqaro  shaxsiy  aloqalar  element  lari  bo`lib, 
sudbatlar, 
axborot 
lar, 
tanish-bilishlar 
masladati, 
mutaxassislar 
tavsiyalari,  tan  olingan  avtoritetlarning  holati,  mashdur  shaxslar  yoki 
belgilangan  tovarlardan  foydalanish  hisoblanadi.  Agar  reklama  aniq -
ravshan  bo`lsa,  iste`molchilar  ham  uning  yanada  kengroq  tarqalishiga 
xizmat  qiladi.  Biron  bir  jurnal  sahifasida   ("Bizga  maktub  yo`llabsiz" 
kabi)  aniq  bir  reklama  vositasi  haqida  iste`molchilar  yozishlari  mumkin. 
Iste`molchilarning  tavsiyalari  har  hol  reklama  faoliyatiga  ta`sir 
ko`rsatish  qobiliyatiga  ega.  Ko`pgina  hollarda  iste`molchi  o`z  fikriga 
asoslanib,  shu  reklama  vositasiga  baho  bersa,  hamda  boshqa  potentsial 
iste`molchilarga qarshi chiqa olsa, bu reklama vositasiga juda katta ta`sir 
qiladi.  Bunday  holda,  bu  iste`molchining  ishlab  chiqarish  korxonalari 
bilan hamkorligi ham yuksak samara beradi. 
Iste`molchining  qaysi  firmaning  tovar  belgisi  tushirilgan  sumka 
ko`tarib  yurishi,  qanday  sport  kostyumi  kiyishi  ham  nazardan  chetda 
qolmaydi.  Iste`molchi  avvaldan  rejalashtirmay,  o`zi  sezmagan  holda, 
reklama  axborotini  ikki  xil  usulda  tarqatadi.  Birinchidan,  u  mexanik 
jihatdan  reklama  axborotini  berishi  mumkin.  Boshqa  bir  iste`molchi 
undan  suhbat  chog’ida  o`zini  qiziqtirgan  savolni  berib  maslahat 
so`raganda,  og’zaki  reklama  axboroti  iste`molchining  o`z  shaxsiy 
tajribasi,  dunyoqarashi  hamda  odatlariga  asosan  uzatiladi.  Ko` pgina 
iste`molchilar  qaysidir  do`kondan  yoki  aniq  bir  boshqa  savdo 
shaxobchasidan  qilgan  xaridlarining  omadli  bo`lgani  bilan  maqtanadilar. 
Natijada 
esa 
iste`molchilar 
reklama 
axborotiga 
ishonib, 
uning 
maslahatlariga  amal  qiladilar.  Reklama  tilining  ta`sirc hanligini  oshirish 
uni takomillashtirishning muhim yo`nalishlaridan biridir.  
Hozirgi  kunda  reklama  urf-odat,  kundalik  hayot,  moda,  savdo-sotiq 
sohalarining  tarkibiy  qismiga  aylangan.  Gazetalar,  jurnallar,  televidnie, 
radio  va  hatto  badiiy  adabiyotda  ham  reklama  tiliga  ancha  o`rin 
berilmoqda. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  jarayonida  reklama  xizmati  o`ta 
rivojlangan 
mamlakatlarga 
nazar 
tashlasak, 
biz 
"yo`l 
boshida" 
turganligimizga  amin  bo`lamiz.  Reklama  tilining  xususiyati  uning 
serma`noligi  va  serjiloligidadir.  Uzoq  vaqt  davomida  reklama  tili 
ta`sirchanligini oshirish maqsadida uning o`z uslubi yaratildi. Oddiy so`z 
zaminida o`ta ta`sirchan ma`noli so`z, turli amaliy uslubga molik so`zlar, 
so`zlarning  ko`chma  ma`nolarda  qo`llanilishi  va  boshqalar  keng 
ishlatiladi. 
Asosiy  maqsad  so`zning  ifodalanishi,  ta`sirchanligini  kuchaytirish 
asosida  e`tiborni  o`ziga  jalb  qilishdir.  Har  qanday  sotuvchi  tovarining 
chiroyli  tomonlarini  ko`rsatishga,  reklama  yordamida  ma`lumotlar  berib, 
xaridorni o`ziga jalb qilishga harakat qi ladi. Xaridorga murojaat qilish — 
bu  o`ziga  xos  san`atdir.  Turli  e`lonlarni  o`qishga  majbur  qilish  uchun 
omma  e`tiborini  ko`chaytirish,  qiziqishlarini  ko`zlash,  kunglini  ovlash, 

lol  qoldirish  orqali  xaridorni  tovarni  tanlash  va  sotib  olishga  majbur 
qilish  -  murojaat  maqsadlaridir.  Reklama  e`loni  matnining  asosiy  bugini 
—  sarlavhadir.  Mijozlar  uni  matnga  nisbatan  besh  marta  ko`proq 
o`qiydilar.  Psixologlar  va  reklama  mutaxassislarining  dalolat  berishicha, 
yo`lovchilarning ko`zlari e`lonning chap tomonidan ko` ra, o`ng tomoniga 
ko`proq tushar ekan. Shunga ko`ra, reklamaning asosiy ahamiyatga molik 
jihatlari,  so`zlari  va  rasmlarni  o`ng  tomonga  joylashtiradilar.  Reklama 
qilishning  o`ziga  xos  xususiyati  reklama  matni  va  mazmuniga  ta`sir 
etadi.  So`z  tartibi  telegrafda  qo`llaniladigan  so`z  tartibiga  o`xshash 
bo`ladi:  otlar  ko`p  ishlatilib,  fe`llar  (kesimlar)  odatda  nazarda  tutiladi. 
(Masalan: "Biz taklif qilamiz ...", "sotuvga chiqarildi").  
Ko`pincha  kesim  vazifasini  reklama  taxtasinining  o`zi  bajaradi. 
Chunki  unda  mavjud  buyumlar  reklama  qilinadi.  Reklama  qiluvchining 
maqsadi  yulovchining  beixtiyor  e`tiborini  ixtiyoriylashtirishdan  iborat. 
Ixtiyoriy e`tiborni paydo etishga rang-baranglik sabab bo`ladi. 
Reklamani  tuzuvchilar  doimo  biror  narsani  aniq  ifoda  qilishga 
harakat  qiladilar.  Til  nuqtai  nazaridan  qaralsa,  tovar  belgilarining 
so`zdagi  ifodasi  shakli  va  ma`nosi  jihatdan  o`xshash  so`zlar  bilan 
uyg’unlikka  ega  bo`lishi  lozim.  Tovar  belgilarini  tuzishda,  so`z  ma`nosi 
tushunarli  bo`lishidan  ham,  uning  ta`sirli  bo`lishi   haqida  ko`proq 
uylanadi.  Shunday  qilib,  tovar  belgisi  qanchalik  g’ayri  odatiy  bo`lsa, 
e`tiborni  jalb  qilish  maqsadiga  shunchalik  tez  erishiladi.  Ko`pgina  tovar 
belgilari 
o`zlari 
mo`ljallagan 
kishilar 
nazarida 
ma`nosizdek, 
asoslanmagandek 
tuyulishining  sababi  shundadir, 
qabul 
qilingan 
an`anaga muvofiq, tovar belgisi sifatida firma, do`kon va shu kabilarning 
nomlari  ham  ruyxatga  olinishi  mumkin.  Agar  biror  davriy  nashr  talaffuzi 
engil,  esda  qolishi  qulay,  sermazmun  nomga  ega  bo`lsa,  uning  egasi  bu 
suzni  ruyxatdan  o`tkazib,  qonun  tomondan  himoya  qilinadigan  so`zni 
o`zining  shaxsiy  mulki  qilib  oladi.  Ma`lum  doiradagi  dunyoga  mashhur 
kishilar, 
asarlar 
qahramonlarining 
ismlari, 
joylar 
hamda 
san`at 
asarlarining  nomlari  tovar  belgilari  sifatida  qullanilishi  ularnin g  jahon 
madaniyatiga  aloqador  ekanliklarini  ko`rsatish  bilan  birga,  mijozlarda 
ongli taassurot tug’dirish uchun mo`ljallangan. 
Tovarlarni  belgilash  (nomlash)da  shaxsiy  ismlar  keng  tarqalgan, 
chunki  bu  so`zlarning  talaffuzi  engil,  oson  esda  qoladigan  va 
qiyinchiliklarsiz  aytiladigan  bo`lishi  kerak.  Jo`g’rofiy  nomlar  esa  biroz 
boshqacharoq.  Ular  buyumga  ma`lum  tamg’a  belgilaydi,  «Paris»  tovar 
belgisi  "Parij"  -  poytaxt,  modalar  markazi,  xushbichimlik,  orastalik 
taassurotlarini paydo qiladi. 
Bu  o`rinda  chet  el  namunalariga  taqlid  qilish  noo`rin,  chunki 
modalar  qonuniyati  turli  o`lkalarda  turlicha  bo`ladi.  Ma`lumki, 
reklamaga  mazmunan  tovarlarni  va  ularni  iste`mol  qilish  xususiyatini 
tashviqot  qilish  deb  qaraladi.  Ayrim  qarash  va  g’oyalarning 
shakllanishini  tashviqot  qilish  reklamani  rivojlantirishning  yangi 
imkoniyatlarini  ochadi.  Marketing  faoliyati  tajribasi  shuni  tasdiqlaydiki, 

reklamaning  ta`sirchanligi  unga  tovarlarni  ishlab  chiqaruvchidan  tortib, 
to  iste`molchigacha  bo`lgan  harakat  tizimidagi  o`rniga  nechog ’li 
ahamiyat  berilishiga  bog’liqdir.  Reklamaning  samaradorligi  esa 
jamoatchilik  fikrining  shakllanishi  va  iste`mol  baholarining  o`zgarishi 
bilan belgilanadi. 
Reklamaning faoliyat doirasi: 
1. 
Iste`molchining  reklama  qilinayotgan  tovar  va  xizmatga 
hamda bozorga bo`lgan ehtiyojini o`rganish. 
2. 
Maqsadga  erishishni 
strategik 
rejalashtirish, 
bozor 
chegarasini  aniqlash,  reklama  vositalaridan  foydalanish  rejalarini  ishlab 
chiqish va uni moliyalashtirish yuzasidan zarur tadbirlar ishlab chiqish.  
3. 
Reklama  vositalarini  tanlash  bo`yicha  xarajatlar  tizimini 
belgilashda  taktik  qarorlar  qabul  qilish,  matbuotda  e`lonlarning 
yoritilishi va namoyish qilinishi yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;  
4. 
Matn  yozishni  hisobga  olgan  holda,  e`lon  tuzish,  maket 
tayyorlash,  uni  badiiy  bezash  va  ularni  ishlab  chiqarishni  o`z  ichiga 
oladi. 
Reklama  umumiy  axborot  vositasi  sifatida  turli  mavzulardagi 
matnlarda  ma`lum  ahamiyatga  ega  bo`lib,  nafaqat  jamiyatning  iqtisodiy 
tomonini,  balki  uning  ma`naviyligini,  siyosiy  dunyoqarashini  va  badiiy 
didini aks ettiradi.
74 
Reklamada  haqqoniylik  majburiy  belgi  bo`lib,  tovarlar,  uning  sifati, 
fazilatlari, ustunliklari to`g’risidagi ma`lumotlar daqiqatga to`g’ri kelishi 
lozimligini  bildiradi.  Bundan  tashqari  haqqoniylik,  ishonarli  dalil  — 
isbotlarda  va  reklama  vositasi  bayonida  foydalanilgan  raqam  va 
ma`lumotlarda  ifodalanadi.  Ikkita  butunlay  bir  xil  firma  bo`lmaganidek, 
reklama  beruvchi  firma  va  reklama  faoliyatini  shakllantirishga  ham 
umumiy yondashuv mavjud emas. 
Barcha  reklama  beruvchi  firmalar  o`z  reklama  xizmatl arini 
bajarishda quyidagi funktsiyalarga e`tibor berishlari lozim:  

boshqaruvchanlik reklama xizmati ham kasblarining boshqaruvi;  

firmaning reklama faoliyatini rejalashtirish;  

reklama  beruvchining  boshqa  xizmatlar  (sanoat,  ishlab  chiqarish, 
sotish, moliya) faoliyatidagi o`rni; 

reklama berish masalalarida tashqi  damkasblar faoliyati;  

reklama byudjetiga taallutsli moliyaviy xizmat va yuqori rahbariyat 
takliflarini ishlab chiqish. 
Reklama  marketing  funktsiyalarining  bir  bo`lagi  hisoblangani  uchun 
ham,  reklamani  boshqaruvchi  marketing  xizmati  doirasidagi  reklama 
faoliyati  o`rnini  aniq  belgilashi  kerak.  Bundan  tashqari,  reklama 
faoliyatining  yuridik  xizmat,  kadrlar  masalasi,  ishlab  chiqarish, 
moliyalashdagi  o`rnini  belgilash  muhim.  Firmaning  reklama  xizmati,  u 
qanchalik  yirik  bo`lmasin,  butun  reklama  faoliyatini  mustaqil  tashqi  
                                                           
74
  Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi 
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005.   104-b.  

reklama  xizmatidan  foydalanmay,  bajara  olmaydi.  Korxona  rahbari 
samarali  reklamaga  erishish  uchun  qancha  xarajat  qilishni  boshqalardan 
ko`ra  ko`proq  biladi.  Chunki  rahbar  doimo  reklama  age ntliklari  bilan 
birgalikda  reklama  dasturlari  ishlab  chiqadi.  Shu  bilan  birga,  rahbar 
reklama byudjetini ishlab chiqishi muhim.  
Reklama  funktsiyalarini  kichik  korxonalarda  bitta  xodim  bajarsa, 
juda  yirik  korxonalarda  bir  necha  yuz  xodimlarga  reklama  xizmat i 
yuklangan.  Korxonaning  reklama  xizmati  tuzilmasi  bir  necha  omillarga 
bog’liq. Quyidagilar ular ichidagi eng muhimlari sanaladi: 

firmaning  o`lchami,  hamkasblar  orasida  mehnat    taqsimotining 
zaruriyati; 

firmaning  faoliyat  turi  (ishlab  chiqarish,  sanoat,  xi zmat 
ko`rsatish, sotish.); 

ishlab  chiqarilayotgan  tovarning  bozorda  tutgan  o`rni  va 
xususiyatlari; 

firmaning 
marketing 
strategiyasi, 
marketing 
majmuasida 
reklamaning o`rni va ahamiyati; 
- firma rahbariyatining reklama faoliyatini yaratishdagi mavqei.  
Shu  bilan  birga,  reklama  firma  marketing  xizmatining  asosiy  qismi 
ekanligini  unutmaslik  kerak.  Shuning  uchun  ham  reklamaning  o`rni  ko`p 
tomonlama  firma  rahbariyati  tomonidan  ishlangan  marketing  xizmatini 
tashkillashtirish  sxemasi  orqali  aniqlanadi.  Odatda  tuzil ma  quyidagi 
turlarga bo’linadi: 
a)  marketingni funktsional tashkillashtirish;  
b)  marketingni tovarli tashkillashtirish; 
v)  marketingni hududiy tashkillashtirish; 
g)  marketing bozorini tashkillashtirish. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida,  reklamadan  yangi  tovar ni  bozorga 
chiqarish  uchun  foydalanilar  ekan,  avvalambor,  uning  yo`nalishlarini 
tanlab 
olish 
zarur. 
Reklama 
mutaxassislari 
tovar 
sifatiga 
oid 
ma`lumotlarni  yig’ib,  tovarni  ishlab  chiqarish  istiqbollari  to`g’risida 
axborot,  aholi  tarkibi  qanday  bo`lishi  haqida  oldindan  sotsiologik 
so`rovlar, kuzatuvlarni tahlil qilib olishlari zarur.  
Bundan  tashqari,  tovar  zahiralarini,  reklama  qilayotgan,  tovarlarni 
uzluksiz  etkazib  berish  imkoniyatini  ham  hisobga  olishlari  zarur.  Shu 
bilan birga, bozordagi tovarning sig’imi, normadan ortiq tovar zahiralari, 
tovarning istiqbolini baholashda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. 
Reklama  faoliyatini  istiqbolini  belgilash  va  takomillashtirish  yo`llarini 
belgilashda reklama bozor sharoitida ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi 
o`rtasidagi 
bog’liqlikni  ta`minlaydigan  mezon  ekanligini,  uning 
kelajakdagi  o`rnini  va  takomillashtirish  yo`llarini  ko`rsatishimiz  zarur. 
Reklamaning istiqbolini belgilashni uch bosqichga ajratish mumkin:  

1) 
Qisqa  muddatli  reklamani  amalga  oshirish.  Bunda  rekl ama 
istiqbolini  1  yildan  kam  bo`lgan  muddatga  reklama  tarqatuvchi  ob`ektlar 
(biznes  markaz,  reklama  agentliklari,  korxonalarning  reklama  xizmati) 
amalga oshirishlari zarur. 
2) 
Bu  reklama  faoliyati  2  -  3  yil  muddatga  istiqbolni  belgilashga 
qaratilgan bo`lishi kerak. Bunda reklama faoliyati va uning rivojlanishiga 
ta`sir etuvchi ichki va tashqi  omillarni hisobga olish lozim.  
3) 
Reklama istiqboli 5 yil muddatga muljallab tuzilishi zarur. Bunda 
reklama  istiqbolini  belgilashda  strategik  yo`nalishlarni  to`g’ri  belgila b 
olish kerak. 
Reklama 
istiqbolini 
belgilashda 
bozordagi 
talab 
va 
taklif 
o`zgarishlari,  unda  sub`yektlar  harakati  va  tanlash  variantlariga  alohida 
e`tibor  qaratish  lozim.  Ma`lumki,  talab  va  taklifni,  asosan,  bozor 
kon`yunkturasi  belgilab  beradi.  Bozorda  qaysi  mahsulotga  talab  katta, 
qaysinisiga  kam  ekanligida  buning  o`rni  yuqoridir.  Aynan  reklama 
istiqboli shu holatni o`zida belgilay olishi kerak.  
Reklama  istiqbolini  belgilashda  xaridor  va  sotuvchining  amaliy 
faoliyatini  hisobga  olish  lozim.  Tanlash  imkoniyati  yuqori  bo`lgan 
sharoitda istiqbolni belgilashda eng yuqori optimal variantni tuzish zarur.  
Bozor  munosabatlari  sharoitida  reklama  istiqbolini  belgilash  ikki 
yo`nalishda  olib  boriladi,  iqtisodiy  analitik  va  matematik  yo`nalishlar. 
Ular  mutaxassislarning  mantiqiy  fikr  mulohazalaridan  foydalanib, 
alohida  mamlakatlarning  (tovar  bozorlari)  iqtisodiy  ahvoli  yoki  tovar 
bozorlarining  tahlili  bilan  shug’ullanishni  o`z  ichiga  oladi.  Reklama 
istiqbolini belgilash kon`yunkturasini vujudga keltiruvchi omillar majmui  
sub`ektiv  tahlil  qilishga  asoslanadi  va  kelajakning  ma`lum  davrlaridagi 
kon`yunktura 
rivojlanishi 
to`g’risidagi 
ekspertlarning 
taklifidan 
iboratdir. 
Bunda 
kon`yunkturani 
o`rganish 
nafaqat 
iqtisodiyot 
rivojlanishida  nisbatan  uzoq  bo`lgan  yo`nalishlarni  tad qiq  qilish,  balki 
xo`jaliklarda  bo`lib  o`tayotgan  yangi  hodisa  va  jarayonlarni  chuqur  va 
amaliy  tahlil  qilishni  ham  o`z  ichiga  oladi.  Ko`pgina  reklama 
mutaxassislari alohida reklama mablag’lari tartibiga e`tibor beradilar. Bu 
vositalarning  ko`lami  kengligini  hisobga  olsak,  bu  masala  echimining 
ham  ancha  murakkabligi  ko`zga  tashlanadi.  Bunga  shu  masala  bo`yicha 
adabiyotlarning  ozligi  ham  yaqqol  isbotdir.  Ayrim  ko`rsatkichlar  mos 
keladigan  reklama  mablag’lari  nuqtai  nazaridan  o`zining  faoliyat 
masshtabining  kengligi,  assortimenta  jihatidan  boshqalaridan  yuqori 
turadilar.  Reklama  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda,  qay  birining 
ko`proq  tosh  bosishi  bo`yicha  solishtiriladigan  va  belgilanadigan 
ko`rsatkichlar  bo`yicha  aniqlanadigan  reklama  mablag’larining  joy-
joyiga qo`yilishi ahamiyatliligining anchagina qulayligiga olib keladi.    
 
Xulosa  qilib  aytganda,  bozor  munosabatlari  sharoitida  reklama 
istiqbolini  belgilash  bozordagi  talab  va  taklif  o`zgarishlari,  undagi 
sub`ektlarning  harakati  va  tanlash  variantlariga  aloh ida  e`tibor  qaratish 
kerak.  Bozor  kon`yunkturasi  talab  va  taklifni  belgilab  berib,  qaysi 

mahsulotga  talab  katta,  qaysinisiga  kam  ekanligini  aniqlab  bera di. 
Bundan  kelib  chiqib,  reklama  istiqbolini  shu  holatni  o`zida  belgilashda 
xaridor  va  sotuvchining  amaliy  faoliyatini  hisobga  olish  ham  katta 
ahamiyatga  ega.  Bu  sharoitda  istiqbolni  belgilashning  optimal  variantni 
tuzish  va  belgilash  kon`yunkturasini  vujudga  keltiruvchi  omillar  majmui 
sub`ektiv tahlil  qilishi kerak. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Iste`molchi, Tovar urf-odat, tovar belgisi, Reklamaning 
faoliyat doirasi,  Bozor munosabatlari,  sifati (ishonchliligi, xizmat qilish muddati, 
dizayni),  xizmatga  yaroqliligi,    narxning  sifat  va  iste`mol  qiymatiga  muvofiq  
kelishi, tovarga qo`shib jo`natiladigan hujjatlar, sotishdan keyingi servis sifati 
Nazorat savolllari: 
1.  Reklama faoliyati istiqbollarini belgilashda qaysi tamoyillarga tayaniladi?  
2.  Reklama faoliyati doirasi deganda nimani tushunasiz? 
3.  Reklama istiqbolini belgilashning qanday bosqichlari mavjud?  
4.  Bozor munosabatlari sharoitida reklama istiqbolini belgilashda talab va taklif 
muvozanati qanday ahamiyatga ega?  
 
 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin