Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


L.I.Karimova  tomonidan  o`rganilgan  ilmiy  ma`lumotlar  yurtimizda  ushbu 
yo`nalishda konkret emperik izlanishlar uchun yo`l ochdi . 
Reklama qilinayitgan mahsulotlar esa reklama vositalari orqali tanishtirilayotgan , 
ma`lumotlar  berilayotgan  yangi  mahsulotlardir  .  Bugungi  kundagi  zomonaviy 
reklamalar keng imkoniyatlar eshigini ochishi bilan bir qatorda muhim vazifalarni 
ham bajarishi haqida ta`kidlangan . Jumladan ular quydagilardir : 
 1 Iqtisodiy . 
2 Ijtimoiy . 
3 Ta`limiy . 
Reklamaning  iqtisodiy  vazifasi  .Iqtisodiy  sohani  faollashtirish  va  tezlashtirish 
hisoblanadi .Iste`molchilarda harid qarorining qabul qilinishida , yangi mahsulotlar 
va  xizmatlarning  turlari  ,  imkoniyatlari  ,  qulayliklarining  targ`ib  qilinishida 
reklama asosiy vazifani bajaradi . 
Reklama  yangi  mahsulotlar  yoki  xizmatlarga  iste`molchilar  diqqatini  , 
qiziqishlarini    jalb  qilib  ,  ehtiyojlarining  qondirishiga  ta`sir  qiladi  .Shu  nuqtai 
nazardan  ,  rossiyalik  olim  R.Mokshansev  reklamani  quydagicha  ta`riflaydi 
:”Reklama bu- aholini mahsulot bilan tanishtirish , u haqida axborot berish , 
sotib  olishga  jalb  qilishdir  .Reklama  kuchli  raqobatli  bozor  sharoitida  eng 
asosiy mezon bo`lib xizmat qiladi .”
58
   
Shuningdek , olim reklamaning quydagicha maqsad va vazifalarini ta`kidlaydilar :  
1. Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchisini va savdogarni identifatsiya qilish . 
2. Mahsulot , xizmat yoki g`oyalarning yashovchanligini ta`minlash . 
3. –Xaridorlarni ogohlantirish . 
4. Talab va didni shakllantirish va b . 
Reklama beruvchilar mahsulotlar haqida uning bahosi , xususiyatlarini , yangiligini 
,  foydali  tomonlari  va  foydalanish  usullari  haqida  axborot  berishlari  zarur  . 
Reklama barcha ommaviy kommunikatsiya vositalarida mavjud bo`lib , ular uchun 
iqtisodiy  manba  biznes  muvaffaqiyati  hisoblanadi  .  Xaridorlarning  yangi 
talablarini  o`stirishda  ,  tanlash  imkoniyatlarini    oshirishda  ,  yangi  mahsulot  yoki 
xizmatlar  bilan  tanish  bo`lishlarini  ta`minlashda  reklamalar  asosiy  ahamiyat  kasb 
etadi  .  Reklama  iqtisidiyotining  bir  bo`lagi  sifatida  aholining  yangi  ish  o`rinlari 
bilan ta`minlanishida , yangi mahsulot va bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishida , 
ishlab  chiqaruvchilar  hamda  iste`molchilarning  o`zaro  foydali  aloqalarida 
vositachilik vazifasini o`taydi . 
Shuningdek  ,  reklama  nafaqat  iqtisodiy  sohani  rivojlantiruvchi  turtki  vazifasini  , 
balki insonlar turmush tarzini o`zgartiruvchi omil vazifasini ham o`taydi . Reklama 
                                                           
57
 Karimova L.I Sotsialno-psihologicheskie i etnopsihologicheskie osobennosti sotsialnix predstavleniy I ustanovok 
lichnosti po otnosheniyu k reklame : Diss….kand ..psihol..nauk.-Tashkent 2004 . 116 s. 
58
 Mokshansev R I .Psihologiya reklami .Ucheb. posobie.M:INFRA-M; Novosibirsk : Sibirskoe soglashenie , 2001-
9s. 

iqtisodiy  soha  vositachisi  sifatidagi  vazifasiga  A  .A.  Azlarova    quydagicha  izoh 
beradi  :  “Reklama  ,  birinchidan  ,  raqobatbardosh  tovarlar  to`g`risida 
ma`lumot  beradi  ,  ikkinchidan  esa  ,  tovarlar  va  mablag`lar  aylanishini 
tezlashtiradi  ,  iqtisodiyot  rivojiga  katta  foyda  keltiradi  “
59
.Demak  ,  reklama 
iqtisodiy  vazifasiga  ko`ra  ham  bir  qancha  sohalarning  muvaffaqiyatli  yechimini 
o`zida qamrab olish imkoniga ega . 
Reklamaning ijtimoiy vazifasi . Xar qanday reklama mamlakatning madaniyatini 
, turmush tarzini , tarixiy madaniy an`analarini ,hayotiy qadriyatlarini targ`ib qiladi 
.  Avvalo  ,  reklamalar  jamiyatdagi  insonlar  guruhiga  ta`sir  etish  ,  ularda  yangi 
tasavvur    tasavvur  va  tushunchalarni  hosil  qilish  ,  qiziqishlarni  orttirishga 
qaratilgan bo`ladi . 
Rossiyalik  olim  Alina  Dudareva  reklamaning  ijtimoiy  vazifasini  shunday 
ta`riflaydi  :”Reklama  faqatgina  mahsulotlar  va  xizmatlar  haqida  axborot 
berib  qolmay  ,balki  jamiyatdagi  ommaviy-siyosiy  va  boshqa  munosabatlar 
haqidagi , jumladan , erkaklar va ayollarning o`zaro munosabatlari haqidagi 
axborotlarni ham beradi “
60 
Reklama ma`lumotlarlari bilan tanishish davomida turli ijtimoiy munosabatlar 
haqida  –qatlamlar  va  millatlar  urf-odatlari  ,  stereotiplari  ,  turli  oilalardagi 
qadriyatlar  tizimi  haqida  tasavvurlar  shakllanib  boradi  .Reklama  insonlar 
tomonidan  bir  yoqlama  qabul  qilinmaganligi  bois  ham  bugungi  kunda  kundalik 
hayotimiz  haqidagi  axborotlar  tizimida  asosiy  o`ringa  ega  bo`lib  qolmoqda  .Buni 
mashhur 
psixolog 
I.V.Groshev 
ta’biricha  shunday  izohlash  mumkin 
:
61
”Zamonaviy  inson  hayotini  reklamasiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi,  chunki  u 
tobora faol va ta’sirchan bo’lib bormoqda’’ 
Bugungi  kunda  ommaviy  axborot  vositalari  asosan  reklama  manbai  sifatida 
xizmat qilmoqda .K.A.Farfievning ta’kidlashicha ,Yaponiyada 70 foiz bolalar o’z 
sevimli  ko’rsatuvlarining  vaqtini  va  kunini  ongli  ravishda  bilib,  televizorni 
yoqadilar.  Bolalar  ko’rsatuvlari  ularning  jismoniy  kuchlari,  ehtiyojlari,ruhiyatini 
hisobga oladi. Demak,bolalar va onalar uchun mo’ljallangan reklamalar mazmunan 
mana  shu  jihatlarni  ko’proq  o’zida  qamrab  olishi  zarur.  Chunki  onalar  o’z 
bolalarining  sevimli  mahsulotlarini  harid  qilinishida  o’zlarini  ma’sul  sifatida 
biladilar.  Reklamalarda  doimo  ijobiy  hayot  manzarasi,  ijobiy  munosabatlar 
mazmuni aks etiriladi. A.V.Kostina jamiyatdagi insonlar ,ijtimoiy qatlamlar ongiga 
ta’sir  etish  ,ijobiy  tasavvurlarni  shakllantirish,  hayotiy  qadriyatlarni  singdirish 
maqsadida  reklamalar  ommaviy  ong stereotiplariga  tayanishini  va  gender belgilar 
bo’yicha  jamiyatning  ichki  tuzilishini  ko’rsatishini  qayd  etadi.  Reklama 
kommunikatsiyasi  ta’sirida  oilaviy  roller,  turli  xulq  ko’nikmalari  o’zlashtirilib 
,estetik  ta’b  va  did  ,iqtisodiy  fikrlash,  oilaviy  xo’jalikni  yuritish,  turli  qadriyatlar 
birligini inson ongiga singdirish kabi ijtimoiy jarayonlar shakllantiriladi. Psixolog 
R.I.Mokshansevning 
ta’kidlashicha 
,reklamalarni 
milliy 
stereotiplarga 
                                                           
59
 A.A.Azlarova . Tovarlar reklamalarni tashkil qilish va samaradorligi :Diss.iqt.fan.nomzodi-Toshkent :2005 -18 
bet. 
60
 Alina Dudareva . Reklamniy obraz.Mujchina I jenshina. –M; RIP –xolding :2003-64 s. 
61
 Groshev I.V. Polorolevie stereotipi I gendernaya neverbalnaya kommunikatsiya v zerkale reklami .Vestnik 
Tambovska gosudarstvennovo texnicheskovo universiteta,1998.-4.T.4.-34 s. 

yondashilgan  bo’lishi  uni  idrok  qilinishi  imkonini  osonlashtiradi.  Reklamada 
doimo  ta’sirchan  ijtimoiy  hayot  ko’rinishi  ifodalanadi.  Qadriyatlar  inson  ongiga 
singdirilib,  shu  qadriyatlarga  asoslanilgan  holda  hayot  tarzi  targ’ib  qilinadi. 
Reklamaga  munosabat  bildirish  jarayonida  shahsda  turli  vaziyatlarda  yuzaga 
keladigan  xulq-atvor  xususida  tasavvurlar  shakllanadi.  Bu  bilan  reklama  insonni 
jamiyat  hayotiga  jalb  etish  ,  ijtimoiylashtirish  vazifasini  bajaradi.Tarixan 
reklamalar  faol  ijtimoiylashtiruvchi  omil  vazifasini  bajarib  ,u  yoki  bu  davlatlar, 
millatlar  turmush  tarzi,  an’analari,  taraqqiyoti  xususida  ma’lumot  bergan. 
Jamiyatdagi kishilarni muvaffaqiyat va ijobiy faollik sari undovchi , baxtli,farovon 
hayot sirlarini targ’ib qiluvchi ijtimoiy hodisa sifatida tan olingan.  
Ko’p  hollarda  reklama  yangi  ehtiyojlarni  qondirish  bilan  birga  murakkab 
psixik bilimlarni hosil qiladi. Jumladan, dunyoqarash, estetik did, ijtimoiy qadriyat, 
hayot  usulini  shakllantiradi.  Bugungi  kunda  reklama  mahsulotlari  o’zini  hayot 
bilan  hamnafas  yashovchi  deb  biluvchi  har  bir  inson  kundalik  hayotining  bir 
qismga  aylanib  qolgan.  Reklamalar  shaxs  xulq-atvori  va  ijobiy  sifatlarining 
shakllanishida  ,jamiyat  qatlamiga  chuqurroq  kirib  borishida,  o’z  ichki 
imkoniyatlarini  to’la  namoyon  etishida  kuchli  ta’sirlovchi  ahamiyatga  ega. 
Reklama  mahsulotlari  ijtimoiy  tabiatiga  ko’ra  ijobiy  turmush  tarzi  obrazini 
ifodalashga  qaratilgan  bo’lib,  ko’proq  qadriyatlarga,  milliy  stereotiplarga  , 
umuminsoniy  g’oyalarga  asoslangan  bo’ladi.Xususan  ,turli  mavzudagi  ijtimoiy 
reklamalar  boshqa  reklama  turlariga  nisbatan  ko’proq  ijobiy  qabul  qilinadi,ta’sir 
etishi va idrok etilishi ham  yuqori bo’ladi. Ijtimoiy reklamalar shaxs tasavvurlari 
tizimiga,  ijtimoiy  ustanovkalar  sohasiga  bevosita  yo’naltiriganligi  bilan  samarali 
ta’sirga  ega  .  Reklamalar  doimo  u  yoki  bu  davlatlar,  xalqlar  xayot  tarzi, 
madaniyati,  shakllangan  qadriyatlari,  ijtimoiy  rollari  haqida  ma’lumot  beradi. 
Shaxsda  reklamalar  ta’sirida  turli  xalqlar  hayot  obrazining  taqqoslanishi  orqali  u 
yoki  bu  ijtimoiy  meyorlarga,  qadriyatlarga  yo’nalganligi  xususida  mustaqil 
xulosalar  boshqarish  imkoni  yuzaga  keladi.  Har  bir  mamlakt  reklamasi  o’zida 
madaniy-tarixiy  an’analarni  ifoda  etadi.  Bu  haqida  D.Brustin  shinday 
ta’kidlaydi:Menga u yoki bu mamlakat reklamasini ko’rsating , men sizga bu 
mamlakat  haqida  hamma  narsani  aytaman:
62
      Demak  reklama  ijtimoiy 
ahamiyatiga  ko’ra,  shaxsni  ijobiy  maqsadlar  sari  undovchi  faoliyat  motivini 
kuchaytiruvchi  ,  ijobiy  hayot  obrazini  shakllantiruvchi  ,  ijtimoiy  qadriyatlar  va 
stereotiplarni targ’ib qiluvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Reklamaning ta’limiy vazifasi-bu yuqoridagi vazifalardan tubdan farq qilib , 
uni  anglash  ,  idrok  qilish  yangi  bilim  ,  ma’lumot  va  tasavvurlarning  hosil 
bo’lishiga , intellectual salohiyatning oshishiga ta’sir qiladi . Insoniyat jamiyatning 
eng  noyob  va  amaliy  isbotlangan  kashfiyotlari,  tajriba  va  izlanishlarning  mahsuli 
sifatida  paydo  bo’lgan  eng  yangi  texnika,  texnologiya  turlaridan  foydalanish 
qoidalarini  is’temilchilarga  tanishtirish  imkonini  reklama  xizmatlari  bajaradi. 
Reklamalar  ddoimo  aniq  bilim  va  maqsadga  asoslanilgan  tarzda  ishlab  chiqiladi, 
bu esa reklama samaradorligini ta’minlaydi. Bu haqida Alina Dudareva “Reklama 
obrazi. Erkak va ayol “ kitobida shunday ta’kidlagan :Samarali reklama to’g’ri 
                                                           
62
 Karimova L.I. Sotsialnaya psixologiya I relama. Ucheb.posobie.-Tashkent:Sentr po podgotvke k izdaniyu 
uchebniy literature , 2004.-20 s. 

tanlangan  va  bilimlarga  asoslangan  faoliyat  natijasidir.  Reklama  ta’sir 
etishining  psixologik  mexanizmlarini  bilish  xatoga  yo’l  qo’yishning  oldini 
olibgina  qolmay  ,  balki  uning  maksimal  darajada  samarali  chiqishini 
ta’minlaydi”
63
  Reklama  is’temolchi  fikriga  va  xulq-atvoriga  ta’sir  qiladi. 
Shuningdek  ,  reklamaning  samaradorligi  unda  ruhiy  jarayonlarga    qay  darajada 
ahamiyat  berilganligiga  bog’liq.  Insonning  u  yoki  bu  reklama  qilinayotgan 
mahsulotlarning  idrok  qilinishida  ishonch  muhim  rol  o’ynaydi,  chunki  reklama 
ishlab  chiqaruvchilarda  mijoz  ishonchini  qozonish  qobiliyati  mavjud  .  Insondagi 
bu  sifat  shaxs  xulq-atvoridagi  konformizm  yoki  nokonformizm  fenomeni  bilan 
bog’liq  ekanligini  ko’rsatadi.  Xulosalarga  ko’ra,  odamlarda  reklamalarga  tez 
ishonmaslikka moyillik yuqori bo’ladi. F.G.Pankratov fikricha, reklamaning inson 
xulq-atvorida ifodalanishga ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi. 
 Tashqi  omil  ayni  paytda  atrofda  yuz  berayotgan  barcha  narsalar  bo’lishi 
mumkin. Bu tabiat sharoitlari, yonma-yon turgan odamlar va boshqalar. Ichki omil 
–ichingizda  ayni  vaqtda  yuz  berayotgan  barcha  hodisalar.  Masalan,  turli 
buyumlarga  sizning  munosabatingiz,  sog’lingiz,  qarashlaringiz,  ta’sirlanishingiz, 
o’tmish  tajribalaringiz  va  boshqalar  bo’lishi  mumkin.  Bunday  ichki  va  tashqi 
omillar  ta’sirida  paydo  bo’lgan  psixologik  holat  natijasida  aniq  faoliyat  yuzaga 
keladi.  Reklama  axborotlarini  qo’zg’atuvchi,  ta’sirlantiruvchi  sifatida  baholash 
to’g’ri  bo’ladi.  Bunday  qo’zg’atuvchilarga  rang,  tasviriy  shakl,  kontrasy,  hajm, 
intensivlik, reklamaning yangilik darajasi va boshqalarini kiritish mumkin. 
Iste’molchida  mahsulotni  sotib  olishga  bo’lgan  xohishning  hosil  bo’lishida 
mahsulotning iste’molchilik qiymatidan tashqari uning qulayligi, yoqimli bo’lishi, 
ramziy  qadri,  boshqa  mahsulotlardan  afzalligi,  yangi  imidj  bilan  nomlanganligi 
xarid hissini uyg’otish ahamiyatiga ega. 
Reklamadagi  ta’sir  etish  va  ishontirish  usuli  uning  iste’molchilar  ongaga 
bevosita  kuchli  ta’sir  etishni  belgilaydi.  Ongdagi  o’rnashib  qolgan  stereotiplarga 
ko’ra  ishonchning  namoyon  bo’lishi  turlicha  tafovutlanadi.  Tadqiqotchi  olimlar 
D.F.Endjel,  R.D.Blekuell,  P.U.Miniardlarning  ta’kidlashlaricha  ,  ayollar 
erkaklarga  nisbatan,  keksalar  yoshlarga  nisbatan  ko’proq  mahsulot  yorlig’iga 
etibor  beradilar.  Iste’molchilarning  deyarli  80  foizi  xarid  davomida  doimiy  yoki 
orada  mahsulot  yorlig’ini  o’qiydilar.  Ko’chilik  iste’molchilar  ana  shu  yorliq 
ma’lumotlari ta’sirida xarid qiladilar. Demak, reklamalarni adekvat idrok qilishda 
va  samarali  xaridni  amalga  oshirishda  shaxs  ijtimoiy  xususiyatlari  va  hayotiy 
tajribalari muhim ta’sir ahamiyatiga ega. 
Ta’sir  etish  reklama  mahsulotlarini  tanqidsiz  idrok  etishga  aloqador  bo’lib, 
bunda  biron  narsa isbotsiz  rad  etilmaydi yoki  tasdiq  etilmaydi. Bu  yerda  matbuot 
manbalari  asosiy  rol  o’ynaydi.  Olimlar  psixomotor  va  prestij  ta’sir  etishni 
farqlaydilar. Birlamchi psixomotor ta’sir etishning mohiyati tanqidsiz idrok etishga 
aloqador holat asosida axborot bilan kelishishiga tayyorgarlikni bildiradi. Tazyiqli 
ta’sir  etish  esa  yuqori  avtoritetga  ega  bo’lgan  manbalardagi  axborotlar  ta’sirida 
fikrning  o’zgarishidir.  G.M.Andreva  ta’sir  etish  kompanentiining  besh  shaklini 
alohida  ajratib  ,bu  kommunikatsiya  tizimini  ifodalanishini  ta’kidlaydi.  Bular 
                                                           
63
 Alina D.Reklamniy obraz. Mujchina I jenshina. – M.:RIP-xolding,2003.-10s. 

kommunikator,  xabar,  guruh,  kanal,  samaradorlik.  Kommunikator  ommaviy 
axborot sistemasida jamoa xarakteriga ega bo’ladi;radio suhandni bilan televidenie 
suhandoni  bergan  ma’lumot  turlicha  idrok  qilinadi.  Xuddi  shunday  og’zaki  va 
yozma muloqotning psixologik ta’siri farqlanadi. 
Ishontirish  usuli ommaviy  tarzdagi  kommunikatsiya  kanallari  orqali umumiy 
fikrni  shakllantirishning  ob’yektiv  usulini  ifodalaydi.  Ishontirish  –  mavjud 
qarashlar va munosabatlarni o’zgartirish yoki yangilarini shakllantirish maqsadida 
inson  tafakkuridagi  oqilona  daqiqalarni  qayta  ko’rib  chiqishdir.  G.M.Andreeva 
buni  quydagicha  ta’kidlaydi:”…ishontirish  bu  –  dalil  va  asoslar  bilan 
tasdiqlangan,  mantiqiy  idrokka  asoslanilgan  to’g’ridan-to’g’ri  g’oya  berish 
shaklidir.  Shaxsning  muloqotga  kirushuvchanlik  darajasining  yuqoriligi 
reklamada  ishontirish  orqali  ta’sir  etish  samaradorligini  ta’minlaydi”.
64
 
Shaxsdagi  muloqotga  kirushuvchanlik  darajasining  pastligi  uning  hatto  ommaviy 
kommunikatsiyaning  boobro’  vositalari  orqali  uzatiladigan  ma’lumotlarga  ham 
mantiqiy  idrok  orqli  ishonch  hosil  qilishga  imkon  bermaydi.  Reklama 
malu’motlariga  nisbatan  ishonchning  hisil  bo’lishida  malu’motlarning  psixologik 
ta’sirchanligi  bilan  birgalikda  shaxsning  komunikabillik  qobiliyati  ham  muhim 
ta’sir ahamiyatiga ega hisoblanadi. Muloqotga kirishuvchanlikka bo’lgan moyillik 
jins  xususiyatlariga  ko’ra  tafovutga  ega  bo’lib,  erkaklarga  qaraganda  ayollar 
muloqotga kirishishga moyil bo’ladi.  
Reklamaning  manipulyativ  funksiyasi  –  ham  mavjud  bo’lib,  u  berilayotgan 
ma’lumotlar,  musiqiy  ranglilik  va  ishonarli  tasvirlar  orqali  insonlarda  ishonch 
uyg’otadi  va  shu  orqali  inson  ruhiyatiga  emotsional  ta’sir  etish  bilan  to’la 
manipuliyatsiya  qila  oladi.  Ayni  shu  qonuniyat  bilan  biz  xulq-atvorimizni  ,  fikr-
o’ylarimizni  ham  unga  muvofiqlashtiramiz.  Demak,  reklama  ijtimoiy-psixologik 
hodisa sifatida kishilardagi ijtimoiy munosabatlarni boshqarish kuchga ega bo’lgan 
manipulyativ ta’sirga ham ega.    
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Reklamaning  ijtimoiy  vazifasi,  Reklamaning 
manipulyativ  funksiyasi,  Reklamaning  ta’limiy  vazifasi,  Reklamaning  iqtisodiy 
vazifasi . 
Nazorat savollari:  
1.  Reklamaning  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ta'limiy  vazifalari  haqida  qaysi  fikrlarni 
keltira olasiz?  
2.  Reklamaning ijtimoiy vazifalari nimalardan iborat?  
3.  Reklamaning iqtisodiy vazifalari nimalardan iborat?  
4.  Reklamaning ta'limiy  vazifalari nimalardan iborat?  
5.  Reklamaning manipulyativ vazifalari nimalardan iborat?  
 
 
 
 
 
                                                           
64
 Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. Uchebnik dlya universitetov. – M.,2002.-41s. 

REKLAMA VOSITASIDA MILLIY   MAFKURANI SINGDIRISH 
IMKONIYATLARI VA  IJTIMOIY HAMKORLIK TAMOYILI 
Reja:  
1.  O‘zbekiston Respublikasida milliy mafkura  targ‘iboti  
2.  Reklama – milliy mafkurani singdirish omili  
3.  Reklama faoliyati va ijtimoiy sherikchilik masalasi  
 
Har bir davlat o‘zining yangi taraqqiyot yo‘lini tanlab olar ekan, bunda avvalo 
o‘zining  tarixiy  tafakkuri,  milliy  mentalitetiga  murojaat  qiladi.  Mustaqil 
O‘zbekistonimiz  ham  yangilanishlarning  dastlabki  bosqichidanoq  o‘tmish  merosi 
va  bugungi  kun  an'analari,  tafakkur  rivojidan  kelib  chiqib,  o‘z  milliy  istiqlol 
g‘oyasini  ishlab  chiqdi  hamda  hayotga  keng  targ‘ib  qilishga  kirishdi.  Chunki 
bugungi  o‘ta  murakkab  o‘zgarishlar  sodir  bo‘layotgan,  inson ongi  va tafakkuriga 
bo‘lgan  tazyiqlarning  keskinlashgan  bir  davrida  milliy  g‘oya  va  mafkura 
targ‘ibotini kuchaytirish asosiy masalalar sirasiga kiradi.  
Prezidentimiz  bu  borada  katta  tarixiy  tajribaga  tayanib  ish  yuritishni  ma'qul 
ko‘rib,  «Oldimizda  turgan  eng  muhim  masala  –  bu  milliy  istiqlol  mafkurasini 
yaratish  va  hayotga  tatbiq  etishdir»,-  degan  edilar.  Shu  asosda  Milliy  istiqlol 
mafkurasining  asosiy  mohiyati  belgilandi  va  bunda  asosan  -    xalqimizning  azaliy 
an'analariga,  udumlariga,  ruhiyatiga,  tiliga,  diniga  mos  g‘oyalar  asosida  odamlar 
ongiga  kelajakka  ishonch,  mehr-oqibat,  insof,  sabr-toqat,  adolat,  ma'rifat 
tuyg‘ularini singdirish, milliy istiqlol mafkurasi orqali xalqimizda o‘zining qudrati 
va  himoyasiga  suyangan  holda,  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslanib,  jahon 
hamjamiyatida, ilg‘or davlatlar orasida teng huquqli va  munosib o‘rin egallashga 
intilish  hissini  tarbiyalash,  sog‘lom,  ma'naviy  boy,  komil  avlodni  shakllantirish 
kabilar  o‘z  aksini  topdi.  Milliy  istiqlol  mafkurasining  asosiy  negizi  sifatida  esa, 
vatanparvarlik,  erkinlik,  milliy  iftixor,  insonparvarlik,  baynalmilallik  kabilar 
e'tiborga olindi. 
Milliy istiqlol mafkurasi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, 
demokratiya tamoyillariga asoslanadi
2.    Xalqimizning  asrlar  davomida  shakllangan  yuksak  ma'naviyati,  an'ana  va 
udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi; 
3.    Adolat  va  haqiqat,  erkinlik  va  mustaqillik  g‘oyalari  hamda  xalqimizning 
ishonch va e'tiqodini aks ettiradi; 
4.  Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi; 
5.  Jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagini 
yaratishga safarbar etadi; 
6. Millati, tili va dinidan qati nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona 
Vatanga muhabbat, mustaqllik g‘oyalariga sadoqat va  o‘zaro hurmat  tuyg‘usini qaror 
toptiradi; 

7.  Jamoatchilik  qalbi  va  ongiga  fikrlar  xilma-xilligi,  vijdon  erkinligi 
tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yo‘l  bilan singdiriladi. 
 Shunday  ekan,  milliy  istiqlol  g‘oyamizning  insonparvarlikka  asoslangan 
tamoyillari  kishilar  ongi-shuurida  avvalo  Vatanga,  millatga,  tarih  ma'naviyat, 
milliy  qadriyatlarga,  qolaversa  butun  insoniyat,    borliqqa  bo‘lgan  munosabatini 
tubdan o‘zgartirishga xizmat qiladi desak xato bo‘lmas.  
    Milliy  mafkura targ‘iboti  va  mafkuraviy  tarbiya  masalasi o‘z mustaqilligini 
qo‘lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini 
yaratayotgan  mamlakatimiz  uchun  o‘ta  muhim  hayotiy  ahamiyatga  ega.  Zero, 
ko‘zlangan 
maqsadlarga 
ushbu 
orzu-umid 
va 
intilishlarni 
o‘zida 
mujassamlashtirgan  g‘oyaviy-nazariy  qarashlar  majmui  bo‘lmish  milliy  mafkura 
va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emas.  
«Millat  bor  ekan,  milliy  davlat  bor  ekan,  uning  mustaqilligi  va  erkinligiga, 
an'ana  va  urf-odatlariga  tahdid  soladigan,  uni  o‘z  ta'siriga  olish,  uning  ustidan 
hukmronlik  qilish,  uning  boyliklaridan  o‘z  manfaati  yo‘lida  foydalanishga 
qaratilgan  intilish  va  harakatlar  domiy  xavf  sifatida  saqlanib  qolishi  muqarrar»,- 
deb Prezidentimiz. Ayni paytda voyaga yetayotgan har bir farzandimizni ma'naviy 
barkamol,  irodasi  baquvvat,  iymoni  butun,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  kuchli 
mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin 
va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi. 
Inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan bugungi kunda xilma-xil 
qarashlarning  mafkura  maydonida  hukmronlik  qilishga  intilishi  tabiiy,  albatta. 
Bunga  e'tiqod  umumiyligiga  asoslangan  holda  yakka  mafkura  hukmronligini 
ta'minlash  orqali  jahon  maydonlarini  mafkuraviy  jihatdan  o‘ziga  qaram  qilishga 
bo‘layotgan hatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. 
Davlatimiz  rahbari  ta'kidlaganidek,  «Tabiatda  ham,  jamiyatda  ham  bo‘shliq 
bo‘lmaydi. Qaerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hyech shubhasiz, uni albatta kimdir 
to‘ldirishga  harakat  qiladi.  Hozirgi  kunda  kim  ko‘p  –  ana  shunday  ma'naviy 
bo‘shliqni  to‘ldirishga  urinadigan,  shuning  hisobidan  o‘zining  g‘arazli 
maqsadlarini  amalga  oshirishni  o‘ylab  yurganlar  ko‘p.  Ming  afsuski,  bu 
kuchlarning  asl  qiyofasi,  maqsad-muddaolari  va  imkoniyatlarini  to‘la  va  aniq-
ravshan  tasavvur  qilish  oson  emas.  Nega  deganda,  ular  ko‘pincha  turli  niqoblar, 
jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostida ish ko‘radi. Bunday kuchlarning ixtiyorida 
juda  katta  moddiy,  moliyaviy  resurslar  va  imkoniyatlar  mavjud  bo‘lib,  ularning 
puxta  o‘ylangan,  uzoq  va  davomli  yovuz  maqsadlarga  xizmat  qilmoqda.  Eng 
yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va 
xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga 
loqayd bo‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilganda namoyon bo‘lmoqda»
65
.      
G‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi mafkuraviy ta'sir o‘tkazishda 
«bo‘lib  tashla  va  hukmronlik  qil»  degan  tamoyilga  amal  qilishga  urinishni 
ta'kidlash  zarur.  Bu  tamoyilni  ro‘yobga  chiqarishning  birinchi  yo‘li  mamlakat 
ichida  parokandalikni  keltirib  chiqarishdir.  Va  u  jamiyat  hayotining  ijtimoiy, 
iqtisodiy,  siyosiy  va  ma'naviy  sohalarida  o‘ziga  xos  ko‘rinishda  namoyon 
                                                           
65
 Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Т. 2008 йил, 15 бет. 

bo‘lmoqda.  «Bo‘lib  tashla  va  hukmronlik  qil»  tamoyilini  amalga  oshirishning 
ikkinchi yo‘li mintaqa davlatlari o‘rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishdir. Bu 
yo‘lning eng keng tarqalgan usuli guyo mintaqada gegemonlikka talabgor bo‘lgan 
davlat  borligini  asoslash,  ta'bir  joiz  bo‘lsa,  shunday  davlat  obrazini  yaratishdir. 
Bunday  obrazning  yaratilishi  yer  yuzining  turli  nuqtalarida  nizoli,  kam  deganda 
davlatlararo munosabatlarda tanglikni yuzaga keltirganligi to‘g‘risidagi misollarni 
istagancha topish mumkin.  
Mafkuraviy  ta'sir  va tahdidlar  haqida  gap ketar  ekan, ularni  aniqlash, baholash, 
xususiyatlarini  yaqqol  ko‘rish  uchun  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  ilmiy 
muomalaga  kiritilgan  bir  qator  tushunchalar,  xususan,  «mafkuraviy  immunitet», 
«mafkuraviy  profilaktika»  kabilarni  qayd  etish  lozim.  Ana  shu  tushunchalarning 
mazmuni 
oydinlashtirilganda 
hozirgi 
dunyoda 
kechayotgan 
mafkuraviy 
jarayonlarning yanada yakqolroq tasavvur qilish imkoni tug‘iladi. 
Bugungi tezkor davrda jamiyatimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimizga bevosita 
yoki  bilvosita  ta'sir  ko‘rsatayotgan  bu  kabi  muammolarning  oldini  olishda  milliy 
g‘oya  va  mafkuramiz  yo‘lchi  yulduz  bo‘la  oladi.  Zero,  Prezidentimiz  ham  – 
«Agarki mendan, hozirgi kunda ma'naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim 
va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men 
avvalambor  shu  yurtda  yashayotgan  har  qaysi  inson  o‘zligini  anglashi,  qadimiy 
tariximiz  va  boy  madaniyatimiz,  ulug‘  ajdodlarimizning  merosini  chuqurroq 
o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqyeligiga ongli qarab, mustaqil 
fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi 
zarur, deb javob bergan bo‘lardim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob insoniy 
fazilatlarga,  yuksak  ma'naviyatga  ega  bo‘lgan  xalq  hyech  kimga  hyech  qachon 
qaram bo‘lmaydi, o‘zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi
66
» – deya ta'kidlaydi.  
  Milliy  istiqlol  mafkurasi  fanining  negizi  vatanparvarlik,  milliy-madaniy 
merosimiz,  milliy  g‘urur,  o‘zbek  xalqining  ulug‘  fazilatlari,  umumiy  qonunlari 
to‘g‘risida  bilimdonlik,  donolikni  o‘rgatishdan  iborat  ekan,  xalq  ongiga  milliy 
g‘oya  qanchalik  chuqur  singsa,  uning  o‘zligini  anglashi,  ichki  mushtarakligi, 
millati,  tili  va  dinidan  qat'iy  nazar,  o‘zini  yagona  xalq  -  o‘zbekistonlik  deb  his 
qilishi  shunchalik  kuchayadi.  Buning  uchun  u  juda  oddiy  xalqning  kundalik 
tafakkuriga  mos,  turmushiga  bevosita  bog‘langan  shaklda  ifodalanishi  lozim. 
O‘zbekiston  jamiyatining  milliy  istiqlol  mafkurasi,  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra, 
xalqimizning  asosiy  maqsad-muddaolarini  ifodalaydigan,  uning  o‘tmishi  va 
kelajagini  bir-biri  bilan  bog‘laydigan,  asriy  orzu-istaklarini  amalga  oshirishga 
xizmat qiladigan g‘oyalar  tizimi ekanligi ma'lum. Milliy mafkura faqat  bugun emas, 
balki  hamma  zamonlarda  ham  eng  dolzarb  siyosiy-ijtimoiy  masala,  jamiyatni 
sog‘lom,  ezgu-maqsadlar  sari  birlashtirib,  uning  o‘z  muddaolariga  erishishi  uchun 
ma'naviy-ruhiy  kuch-quvvat  beradigan  poydevor  bo‘lib  kelgan.  U  har  bir 
vatandoshimizning  oilasi,  jamiyat,  el-yurt  oldidagi  burch  va  mas'uliyatini  qay 
darajada ado etayotganini belgilaydigan ma'naviy mezondir. 
Bu  O‘zbekistonda istiqomat  qiladigan  va o‘z  taqdirini  shu  muqaddas  zamin 
bilan  bog‘lagan  har  bir  kishining  «Vatan  menga  nima  berdi»  deb  emas,  balki 
                                                           
66
 Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Т. 2008 йил, 17 бет. 

«Men Vatan ravnaqi uchun nima qilayapman» degan mas'uliyat tuyg‘usi bilan yashashi 
demakdir. 
Milliy  mafkura  haqida  gapirganda  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to‘liq 
ta'minlaydi.  Asosiy  Qonunimizning  12-moddasida  bu  qoida  quyidagicha  ifodalangan: 
«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning 
xilma-xilligi  asosida  rivojlanadi.  Hyech qaysi mafkura davlat  mafkurasi sifatida  o‘rnatilishi 
mumkin emas
67
». 
Bugun  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ezgu  ishlarni  sanab  adog‘iga 
yetib  bo‘lmaydi.  Ammo  ayni  paytda  yurtimizdagi  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 
ma'naviy  jarayonlarga  chetdan  xalaqit  berayotgan  va  xalaqit  berishi  mumkin 
bo‘lgan  turli  xildagi  g‘oyaviy  va  mafkuraviy  ta'sirlarning  davom  etayotgani 
barchamizga  ma'lum.  Ana  shunday  ta'sirlarning  tub  mohiyatini  aniqlash  hamda 
oldini  olish  oldimizda  turgan  eng  muhim  masaladir.  Buning  uchun  esa  avvalo 
mamlakatimiz aholisini, aniqroq qilib aytganda o‘sib kelayotgan yosh avlod ongini 
turli zararli ta'sirlardan himoyalash, ular ongida vatanga, el-yurtga hurmat, sadoqat 
hissini  shakllantirib  borish  milliy  istiqlol  g‘oyasini  ularning  ongiga  chuqur 
singdirish ustivor vazifalardan biridir. 
Bu yo‘lda olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat bo‘lishi lozim. 
1.  Mamlakatimiz  aholisining  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  yoshlar  qalbi  va 
ongiga tez ta'sir etuvchi omillarini aniqlab olish. Masalan, hyech kimga sir emaski, 
bugungi kunda diniy aqidaparastlik orqali o‘z niyatlarini amalga oshirishga harakat 
qilayotgan  oqimlar  talaygina.  Bular  Sharq  xalqlarining,  ayniqsa  mamlakatimiz 
aholisiinng milliy qadriyatlari, an'ana va udumlari, urf-odatlari diniy e'tiqodi bilan 
uyg‘unlashib  ketganini  yaxshi  biladi.  Shuning  uchun  ham  yoshlarimizga  bunday 
oqimlarning  ta'siri  kuchaymoqda  va  eng  achinarlisi,  ularning  domiga  ilinib 
qolganlar ham uchramoqda.  
Bunga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  diniy  tarbiya  va  uning  samaradorligini 
oshirishga  e'tiborni  kuchaytirish  lozim.  Masalan,  umumta'lim  maktablarida 
dinshunoslik  yoki  diniy  bilimlarning  ilk  saboqlari  haqida  tushuncha  beruvchi 
darsliklar va qo‘llanmalarni ko‘chaytirish zarur. 
 2.  Mafkuraviy  tazyiqlarning  oldini  olishda  va  mafkuraviy  tarbiya 
samaradorligini  oshirishda,  ayniqsa  xalqimizning  mafkuraviy  immunitetini 
mustahkamlashga  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  islohotlarning  amaliy 
ahamiyatini  keng  xalq  ommasiga  chuqur  tushuntirish  zarur.  Masalan,  milliy 
mafkuramizni tashviqot qilishni xalqimizning ijtimoiy hayotiga bevosita bog‘lagan 
holda  amalga  oshirish  kerak.  Buning  uchun  tashviqot  ishlarini  ta'lim  tizimidan 
emas,  eng  avvalo  oiladan,  oilada  boshchilik  qilayotgan  ota-onalarning  ma'naviy 
saviyasini  oshirishdan,  boshlash  kerak.  Chunki  xalqimizda  «Qo‘sh  uyasida 
ko‘rganini qiladi» degan dono ugit bor. 
3.  Milliy  mafkuramizni  xalqimizning  qalbi  va  ongiga  yetkazish 
samaradorligini  oshirish  uchun  targ‘ib-tashviqot  ishlarini  olib  borayotgan 
                                                           
67
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т. 2009 йил. 5-бет 

kadrlarimizni har tomonlama rag‘batlantirib borish kerak. Chunki hyech bir islohot 
yo‘qki, uning amaliy ahamiyatini targ‘ibotchining o‘zi tushunib yetmas ekan oliy 
maqsadlarimizga erishish qiyin. 
Axborot  texnologiyalar  asri  yutuqlaridan  foydalanib,  mafkuraviy  hujumning 
xilma-xil  usullarini  topib,  ishga  solmoqdalar.  Ularning  g‘arazli  maqsadi  inson 
qalbi  va  ongi  uchun  kurashga  qaratilgan.  Shu  bois  mafkuraviy  kurashning  bosh 
maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda. Bu 
borada globallashuv davrida o‘zini ko‘rsatishga urinayotgan AQSh, Fransiya kabi 
mamlakatlarda  bu  yo‘lda  milliard-milliard  dollor  mablag‘  sarflanmoqda.  Maqsad 
bitta  bu  ham  bo‘lsa,  qudratli  targ‘ibot  tizimiga  ega  bo‘lish  va  u  orqali  dunyoga 
xukmronlik  qilishga  erishish.  Ularning  es-yodi  bugun  mafkuraviy  janglarda  yutib 
chiqib,  kishilarimiz  va  ayniqsa,  yoshlar  ongini  zaxarlash,  ko‘proq  o‘zlarining 
turmush tarzini singdirish, urf-odatlarini tan oldirishdir.  
Biz sharq xalqlarimiz, o‘zimizning zebo qadriyatlarimiz, urf –odatlarimiz bor. 
Keksalarni  xurmat  qilish,  salom  berish,  o‘zidan  kattaga  joy  bo‘shatish.  Sharmu-
xayo,  or-nomus  degan  qadriyatlarimiz  borki,  yurtboshimiz  ta'biri  bilan  aytganda 
uni boshqa tilga tarjima qilishning iloji yo‘q. Ayniqsa, g‘arb axloq normalarida bu 
qadriyatlar  ko‘zda  tutilmagan.  Ammo  biz  uchun  axloqsiz  deb  sanaladigan    g‘arb 
qadriyatlari oqib kirib  kelmoqda. Yana o‘sha mafkuraviy jang, yana o‘sha ustasi 
farang,  g‘arbliklar  bobolarining  yo‘li  va  nasihatlari,  bular  mafkuraviy  
dushmanlarimizga  qo‘l kelyapti.  
  Mana bularning nasixatgo‘y bobolari nima demoqda?  
  «Biz  butun  dunyoni  egallamog‘imiz  uchun  bundan  buyon  katta 
maxorobilarda  qatnashishimiz,  jangu  jadallar    yuritib,  dunyoning    qariyb  uzoq 
o‘lkalarida  farang  askari  xalok  bo‘lishi-yu,  uning  jasadi  va  etiklari  chirib  bitishi 
mutlaqo shart emas. Agar biz boshqa mamlakatlarga, xususan Sharqqa axloqimizni 
(to‘g‘rirog‘i  ahloqsizlikni)  menikiday  kitoblar  va  boshqa  yo‘llar  bilan  tarqata 
olsak,  uni  o‘sha  xalqlarning  turmush  tarziga  aylantira  bilsak,  jumlai  jaxon 
oyog‘imiz  ostiga  o‘zi  yiqilib  keladi,  butun  odamzotning  qalbiga  egalik  qilishga 
muvaffaq bo‘lamiz»
68
 deydi fransuz yozuvchisi Markiz De Sad. 
Ana  gapning  ochig‘i,  ularning  qora  niyatlari  nimada?  Bugungi  kunda  chet 
elda  ishlab  chiqarilgan  va  radio,  televideniyalar  orqali  namoyish  qilinayotgan 
qo‘shiqlar  «o‘ldir,  o‘ldir»  kinolar,  butun  axloqsiz  va  kishi  qalbini 
so‘qirlashtiradigan  DVD  disklaridagi  millionlab  ahloqsiz    filmlar  Markiz  De 
Sadning nasihatlari, orzulari emasmi?  
  Bular  yoshlar  tarbiyasiga  qanday  ta'sir  qilyapti.  Bu  ta'sirlardan  himoya 
qilishning  yo‘li qaysi?  
  Nega  pul,  daromad  orqasidan  quvib  tijorat  radiolari,  tijorat  telestudiyalari 
ularga keng yo‘l  ochib bermoqda.            
   O‘tish  davrining  bunday  bo‘hronlaridan    yoshlarimizni  saqlash,  ularni  yot 
va  begona    g‘oyalar  ta'siriga  tushib  qolishini  oldini  olish  xar  qachongidan  xam 
zarur  va  muhim  ish.  Ammo  bu  ishning  nozik  tomoni  shundaki,  endi  birorta 
mafkuraviy hujumni, birorta begona g‘oyalar ta'sirini taqiq yoki tazyiq bilan to‘sib, 
                                                           
22
 “Тафаккур" журнали 2002 йил феврал сони.  

to‘xtatib  bo‘lmaydi.  Yurtboshimiz  aytganlaridek:  «Fikrga  qarshi  fikr,  g‘oyaga 
qarshi  g‘oya  va  jaholatga  qarshi  ma'rifat  bilan  baxsga  kirishish,    olishish 
mumkin.»
69
      
  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi, 
Vazirlar  Maxkamasi  va  Prezident  devonining  O‘zbekiston  mustaqilligining  16 
yilligiga  bag‘ishlangan  qo‘shma  majlisidagi  ma'ruzasida  aytganidek:  «Biz  bugun 
yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e'tibor berishimiz 
lozim. Ya'ni kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng 
jamiyatda  paydo  bo‘lgan  g‘ayaviy  bo‘shliqdan  foydalanib,  chetdan  biz  uchun 
mutlaqo  yot  bo‘lgan,  ma'naviy  va  axloqiy  tubanlik  illatlarini  o‘z  ichiga  olgan 
«ommaviy madaniyat» kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo‘lishi kerak. 
Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan, turli xuruj va g‘arazli 
intilishlar  xorijiy  markazlar  tomonidan  katta  kuch  va  mablag‘  sarflanayotgan 
xarakatlar  va  bu  kabi  xovf  xatarlar  bizga  qanday  zararli  oqibatlar  olib  kelishidan 
ogoh bo‘lishimiz kerak.»
70 
Bugun yosh avlod tarbiyachilari oldida hamma vaqtdan ham zarur hushyorlik 
talab qiladigan  bu ajnabiy oqimlarni  yurtimizga oqib, kirib kelishini oldini olish 
katta  pedagogik  va  ilmiy  g‘oyaviy  muammo  bo‘lib  turibdi.  Agar  biroz  bo‘shroq 
qaralsa, biroz beparvoroq bo‘linsa, bu  begona mafkuralar ta'sirida  fuqarolarimiz,  
ayniqsa,  o‘sib  kelayotgan  yoshlarni    to‘g‘ri  yo‘ldan  adashtirib,  ma'naviy 
kamolatiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 
Fuqarolarimiz  va  yoshlarimiz  qalbi  va  ongini  zabt  etishga  qaratilgan  bunday 
mafkuraviy  xurujlar  va  xujumlarga    qarshi  kurashning  sinalgan  yo‘li  yoshlar 
ongida  mafkuraviy  immunitet  hosil  qilish,  ularning  ma'naviy-mafkuraviy 
tarbiyasini  yuqori  darajada  tashkil  qilib,  milliy  istiqlol  g‘oyasini  ongiga 
singdirishdir.  Ammo  shuni  ham  aytish  kerakki,  yoshlarga  ayniqsa,  maktab 
o‘quvchilariga  o‘tilayotgan  milliy  g‘oya  va  ma'nviyat  asoslari  darslari,  ma'naviy-
ma'rifiy  tadbirlarning  ko‘proq  qismi  quruq  ma'ruzalar  bo‘lib  qolmasligi  kerak, 
davra suxbatlari, baxs-munozara, ekskursiya- sayoxat, uchrashuv darslarini tashkil 
qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  O‘zbekiston  Prezidentining  1996  yil  9 
sentyabrdagi  «Ma'naviyat  va  Ma'rifat  jamoatchilik  markazi  faoliyatini  yanada 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmonining 2-bandida 
shunday  deyilgan:  «Yoshlarimiz  ongiga  ona-Vatanga,  buyuk  ajdodlarimiz  merosi 
va xalqimizning bugungi misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak extirom 
tuyg‘ularini  singdirish  maqsadida  ularni  dunyoni  hayratga  solgan  qadimiy 
yodgorliklar  va  mustaqillik  davrida  bunyod  etilgan  ulkan  inshoatlar,  ma'rifat 
maskanlari,  yurtimizning  go‘zal  tabiati  bilan  muntazam  tanishtirib  borish  uchun 
maxsus  tanishtiruv  sayohatlari  tashkil  etish  barcha  hokimlar  zimmasiga 
yuklatilsin».  Demak,  yoshlar  ongiga  milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  milliy  istiqlol 
mafkurasi    tushunchalarini  chuqurroq  singdirish  uchun  darslar  faqat  quruq 
varzxonlikdan  iborat  bo‘lib  qolmasligi  kerak.  Darhaqiqat,  yosh  avlod  qalbi  va 
ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, ularda vatanga muxabbat, vatanparvarlik 
hissini  uyg‘otish,  milliy  g‘ururni  shakllantirish,  ularning  ongida  mafkuraviy 
                                                           
33
 “Баркамол авлод орзуси” “Шарқ” нашриёти. Матбаа концерни бош тахририяти Тошкент – 1999 й.35 бет.  
44
 “Ўзбекистон овози” 31 август. 2007 йил. 

immunitetni  shakllantirishda  yanada  kengroq  qamrovli  ish  olib  borishga  to‘g‘ri 
keladi.  Jahon  tajribasidan  yana  shular  ma'lumki,  yosh  avlod  ongiga  milliy 
mafkurani singdirish, ma'naviy barkamol inson qilib tarbiyalash faqat 45 daqiqalik 
darsdagina  amalga  oshib  qolmaydi.  Masalan:  G‘arbiy  yevropa  va  AQShda  ham 
XX asrning 60-70 yillarida mafkurasizlashuvga ya'ni ijtimoiy hayotni mafkuradan 
holi  etishga  urindilar.  Ammo,  buning  natijasi  ayanchli  bo‘lib  chiqdi.  Yoshlar 
o‘rtasida  loqaydlik,  ruxsizlik,  befarqlik,  anglanmagan  norozilik,  beqarorlik 
kayfiyatlari  yuzaga  kela  boshladi.  Shu  bois,  bu  hatoni  tezdagina  tuzatib,  «Qayta 
mafkuralashuv» ga kuchli zarurat tug‘ildi.   
“Mafkuraviy  tarbiyani  amalga  oshirish  uchun  adabtatsiya  kurslari,  turli 
o‘yinlar orqali o‘quvchilar Amerika jamiyatining bo‘lajak «namunaviy fuqarolari» 
sifatidagi  axloqiy,  mafkuraviy  vazifalarni,  burchlarni  ado  etishga  amaliy 
tayyorlandilar.  Yoshlar  jamiyatlari,  uyushmalari,  «Ochiq  eshikli  uylar,  kasbiy 
klublar  ham  mazkur  maqsadga  xizmat  qildi»  (jamiyat  va  boshqaruv  1998  №3) 
O‘ylab ko‘ring, bolaga milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi: «Ozod va obod 
Vatan,  erkin  va  faravon  hayot  barpo  etish»  haqida  gapirib  berish  qayda-yu, 
mamlakatimizda  shu  borada  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  ustiga  olib  borib 
ko‘rsatish, ya'ni ekskursiya va sayoxatlar uyushtirish yoki qisqa metrajli videofilm 
orqali  ko‘rsatib,  namuna  qilish  qayda?  Agar  video  tasmada  namoyishni  ko‘rsa, 
aytaylik, mamlakatimiz poytaxti Toshkentning 1990 yilgacha bo‘lgan ko‘rinishini 
bugungi 2009 yilgi ko‘rinishi bilan taqqoslab beruvchi kichik metrajli «videofilm» 
namoyish  qilinsa,  yoki  «Kamchiq»  davonidagi  yangi  qurilgan  yo‘l,  davondagi 
tunnellarni  yurtboshimiz  tomonidan  ochib  berilishi,  davondan  o‘tgan  yo‘lning 
avvalgi  ko‘rinishi  bilan  solishtirilgan  video  lavhani  namoyish  qilinsa, 
o‘quvchilarda  obod  mamlakat  bunyodga  kelayotganiga  ishonch,  g‘urur  paydo 
bo‘ladi, yoki shu ko‘rinishlarni tasvirlovchi plakatlar bo‘lsa, xuddi shunday ishlar 
bobokalonimiz  Imom  Ismoil  al-Buxoriy,  Baxovuddin  Naqshbandiy,  Imom 
Moturudiy, 
Imom 
at-Termuziy, 
Burxoniddin  Marg‘iloniy,  Axmad  al-
Farg‘oniylarning  yubiley  tantanalari,  ularga  qurilgan  xotira  majmualarini  hikoya 
qiluvchi  videofilmlar  yaratilsa,  xalqimizning  bugungi  misli  ko‘rilmagan 
bunyodkorlik  ishlari,  masalan  Asaka  O‘zdeu,  Samarqanddagi  chet  el  bilan 
xamkorlikdagi      avtozavod,    «O‘z  deu  tekstil»  va  shunga  o‘xshash  bunyodkorlik 
ishlari qisqa metrajli videofilmlar qilinsa, darslarda o‘quvchilarga namoyish etilsa, 
«yuz  marta  eshitgandan,    bir  marta  ko‘rgan  afzal»  deganlaridek  o‘quvchilar 
tasavvurida xalqimiz ijodkorligi, bunyodkorlik faoliyati haqida qanchalar tasavvur 
paydo bo‘lar edi. 
Ularda  ona  Vatanga  muxabbat,  bunyodkor  xalqiga  sadoqat  ruxi  shakllangan 
bo‘lardi.  Inson  qalbi  va  ongida  mafkuraviy  immmunitetni  shakllantirishning 
boshlanishi  ham  Vatanga  muxabbat,  ona  xalqiga  sadoqatdan  boshlanadi,Milliy 
g‘ururni shakllanishidan boshlanadi. 
Vatanimizdagi buyuk o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda, mamlakat 
fuqarolarida,  ayniqsa  jamiyatimiz  kelajagi  bo‘lgan  yosh  avlodda  milliy  g‘ururni 
shakllantirish umumdavlat miqiyosidagi muhim vazifa bo‘lib qoldi. Chunki, bozor 
iqtisodiyotiga  asoslangan  yangi  jamiyatni  bunyod  etish  jarayonida  yanada 

jadallashtirish,  kishilardagi  milliy  g‘urur  tushunchasi  bilan  chambarchas 
bog‘liqdir.  O‘z  taqdirini  mamalakat,  xalq  taqdiri  bilan  mustahkam  bog‘lay 
oladigan,  yangi  jamiyatni  bunyod  etish  jarayonini  yanada  jadallashtirish, 
kishilardagi milliy g‘urur tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘z taqdirini 
mamalakat,  xalq  taqdiri  bilan  mustahkam  bog‘lay  oladigan  kishigina,  mustaqil 
davlatimiz manfaatlarini hammadan ko‘proq, ortiqroq himoya qiladi. Milliy g‘ururi 
bor  kishigina  o‘z  taqdirini,  o‘z  manfaatini  Vatan,  xalq  taqdiri  bilan  Vatan,  xalq 
mafaati bilan bog‘lay oladi. Vatan xalqning manfaatlarini yurakdan himoya qiladi. 
Mamlakat  fuqarolarining  milliy  g‘ururi  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  ularning  mamlakat 
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Yosh avlod qalbida milliy g‘ururni tarbiya qilish, ularning murg‘ak qalblariga 
jo etish, ana shuning uchun ham zarur. Bunday sahovatli ishni amalga oshiruvchi 
muallimlar,  pedagoglar  jamoasi,  eng  avvalo  milliy  g‘ururni  shakllantirish 
yo‘llarini, uslublarini chuqur bilishlari va bunga tayyor bo‘lishlari kerak. 
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  mafkura  targ‘iboti  dolzarb  masalalardan 
biriga  aylanganligini  inobatga  oladigan  bo‘lsak,  uning  targ‘ibot-tashviqotiga 
yangicha texnologiyalar, usul va vositalarni jalb qilish foydadan holi emas. Qator 
rivojlangan  mamlakatlarda  bu  maqsadda  «Jamoatchilik  bilan  aloqalar» 
texnologiyalaridan  keng  foydalaniladi..  Shu  bois,  xorijiy  davlatlarda  bu 
texnologiyalarni  amalda  qo‘llash  bilan  maxsus  shug‘ullanadigan  “Jamoatchilik 
bilan aloqalar” xizmatining faoliyatiga alohida ahamiyat beriladi
71
.   
Mafkuraviy  jarayonlarni  tartibga  solish  quyidagi  yo‘nalishlarda  amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 
- belgilangan  tadbirlarning  yuqori  darajada  uyushqoqlik  bilan  o‘tkazilishini 
ta'minlash; 
- milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti sifatini muntazam oshirib borish; 
- davr  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  mafkuraviy  ishlarni  tashkil  etishning 
yangi, noan'anaviy, samarali yo‘llarini izlash; 
- bu  sohada  eski  uslublarning  mutlaqlashtirilishiga,  andozalashtirishga  yo‘l 
qo‘ymaslik; 
- mafkuraviy jarayonlarni tartibga solishda ijtimoiy muhitni hisobga olish; 
- mafkuraviy  jarayonlarni  tashkil  etishda  uchraydigan  rasmiyatchilik  va 
majlisbozlik ko‘rinishlariga qarshi kurash; 
- mafkuraviy  faoliyatning  samaradorligini  aniqlash  maqsadida    doimiy 
monitoring tashkil etish. 
       Jamiyatimiz ma'naviyatida milliy g‘oya muhim negiz bo‘lib, uning asosiy 
tushunchalari fuqorolarimizning ongi va qalbida tarkib topmoqda. Bu prinsiplardan 
biri ijtimoiy hamkorlikdir.

       Ijtimoiy  hamkorlikning  prinsipi  o‘zbek  olimlari  tomonidan  ta'riflab 
o‘tilgan.

Bular  orasida  faylasuf  olimlarimizning  fikirlari  keng  qamrovligi  bilan 
diqqatni    tortmoqda.

Ayni  paytda  ijtimoiy  hamkorlik  prinsipini  atroflicha  tadqik 
                                                           
71
 Оқ Уйдаги “Жамоатчилик билан алоқалар” хизматининг фаолиятига ³ар йили 400 млн. доллар сарфланади. 
Пентагоннинг “Жамоатчилик билан алоқалар” хизматида 1227 мутахассис ишлайди.  

etish  va  uning  jamiyatimiz  xayotidagi  ahamiyatini  odamlar  ongiga  sindirish 
dolzarb bo‘lib turibdi. 
1. 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining mazmuni 
     Ijtimoiy  hamkorlik  prinsipining  mazmun  –  mohiyatiga  nisbatan 
yondashuvlar  turlicha  bo‘lsa-da,  lekin  ularda  asosan  shaxslararo 
hamkorlikka  urg‘u  beriladi.
4
    Kuzatishlar  shuni  ko‘rsatadiki,  milliy 
g‘oyamizda  ijtimoiy  hamkorlik  deganda  «jamiyatda  barcha  millat  va 
elatlarning  tinch-totuv  va  ahil  bo‘lib  yashashi  ularning  o‘zaro 
munosabatlariga  kirishishi»  tushuniladi.
1
  Bu  ta'rifni  yodda  tutib,  Ona 
Vatanimizda  130  dan  ortiq  millat  va  elat  vakillari  uchun  ijtimoiy 
xamkorlik  prinsipi  naqadar  axamiyatli  ekanligini  anglash  mumkin.  Shu 
ma'noda  ijtimoiy  hamkorlik  umumiy  xarakterga  ega  bo‘lgan  keng 
ko‘lamli prinsipdir. 
2. 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining hususiyatlari 
O‘zbekistonda ijtimoiy hamkorlik prinsipiga amal qilish mustaqillik yillarida 
ro‘y  berdi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  milliy 
taraqqiyot  modelimizning  to‘rtinchi  yunalishi  sifatida  kuchli  ijtimoiy  siyosat 
belgilangan  edi.

  Mazkur  siyosat  asoslaridan  birini  ijtimoiy  hamkorlik  tashkil 
qiladi.  1997  yilga  kelib  yurtboshimiz  jamiyat  rivojida  ijtimoiy  xamkorlik 
prinsipining katta axamiyatga egaligiga diqqatni qaratdi.

Natijada bu prinsip 2000 
yilda  milliy  g‘oyamizning  asosiy  prinsiplaridan  biri  sifatida  belgilandi.
4
  Bugungi 
kunga  kelib  omma  o‘rtasida  ijtimoiy  hamkorlik  prinsipining  asoslarini  chuqur 
anglab olishga ehtiyoj bor. 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipi bir necha o‘ziga xos xususiyatlarni qamrab oladi. 
Bu xususiyatlarning eng muximlari sifatida qo‘yidagilarni qayd etish mumkin. 
Ijtimoiylashtirish.  Ijtimoiy  hamkorlik  prinsipi  shaxs  ongida  ijtimoiy 
munosabatlarni  shakllantiradi.  Unga  ko‘ra,  shaxs  o‘z  ehtiyoji  va  manfatlarini 
qondirish  uchun  o‘zgalarning  yordamiga  extiyoj  sezadi.

Natijada  u  ijtimoiy 
munosabatga  kirishadi.  Bu  munosabat  manfatli  bulishi  uchun  shaxs  uzganing 
manfaatlarini xam xisobga olishi kerak. Aynan shu urinda ijtimoiy hamkorlikning 
manfaatlar  uyg‘unligi  qoidasi  ro‘yobga  chiqadi.  Ijtimoiy  munosabatlarda 
manfaatlar uyg‘un kelmas ekan, ijtimoiy hamkorlik yuzaga kelmaydi. Bola oilada 
va  bog‘cha,  o‘quvchi  maktab  va  do‘stlari  davrasida,  talaba  o‘quv  dargohida  va 
jamoatchilik  orasida,  hodim  mehnat  joyi  va  jamiyatda  ijtimoiy  hamkorlikka 
kirishishga  majbur.  Buni  real  hayot  taqozo  etadi.  Bundan  ma'lum  bo‘ladiki 
ijtimoiylashtirishda  uning  yosh  davriga  nisbatan  takomillashib  borish  usuliga 
asoslanadi. 
  Munosabatni ta'sis etish. Ijtimoiy hamkorlik prinsipi bir jamiyatda yashovchi 
turli  millat  va  elatlarning  o‘zaro  munosabatini  ta'sis  etadi.  Misol  uchun,  bugungi 
kunda  ona  yurtimiz  O‘zbekistonda  130  dan  ortiq  millat  va  elat  vakillari  axil 
yashamoqda.  Ular  ma'naviy,  madanib,  ijtimoiy  va  moddiy  jixatdan  o‘zaro 
munosabatga  kirishib,  milliy  tili,  urf-odatlari  va  an'analarini  rivojlantirib 
bormoqda.  Natijada  bir  xalk  bo‘lib  birlashishdek  qadriyat  tarkib  topgan.  Bu 
ijtimoiy  xarakterning  o‘ziga  xos  ko‘rinishidir.  Shu  ma'noda  bu  prinsip  xalqlar 
o‘rtasida o‘zaro mo‘tadil munosabatni shakillantiradi, ularning bir-biridan madaniy 

ta'sirlanishini  ta'minlaydi.  Masalan,  yurtimizda  umumhalq  hashari  e'lon 
qilinganida,  diyorimizda  yashayotgan  barcha  millat  va  elat  vakillari  bu  tadbirda 
faollik  bilan  ishtirok  etmoqda.  Demak,  ijtimoiy  hamkorlik  prinsipi  jamiyatda 
uyuushuvchanlik, birdamlik va birodarlikni yuzaga keltiradi. 
Aloqalarni  yo‘lga  qo‘yish.  Ijtimoiy  hamkorlik  prinsipi  davlat  va  jamoat 
tashkilotlarining o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yadi. Bunda ikki jihat 
   1.  Farobiy  A.N.Fozil odamlar shahri. –T.:1993 106-bet. 
mavjud:  1)  muayyan  turdosh  tashviqotlarining  o‘zaro  aloqasi;  2)  davlat  va 
jamoat  tashkilotlarining  o‘zaro  aloqasi.  Bu  aloqalarga  o‘zaro  ishonch,  tenglik, 
sheriklik  va  manfaatdorlik  qoidalariga  amal  qilinadi.Shunisi  aniqki  bunday 
aloqalar  natijasida  tashkilotlar  ijtimoiy  manfaat  ko‘radi,  bu  –  ijtimoiy  hamkorlik 
prinsipining o‘ziga xos hususiyatlaridan biridir. 
Ma'lum bo‘ladiki, ijtimoiy xarakterning prinsipi xarakterli xususiyatlarga 
egaligi bilan diqqatga sazovor. Shu sababli bu prinsip ma'rifiy jamiyatda asosiy 
rivojlanish  yo‘naliishlaridan biri sifatida qabul qilinadi. 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining qoidalari. 
Har bir prinsip negiziga xos bo‘lganidek, ijtimoiy hamkorlik prinspi    ham 
o‘zining qoidalariga ega. Bu qoidalardan eng muhimlari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
1. 
O‘zaro ishonch. 
2. 
Tenglik. 
3. 
Sheriklik 
4. 
Manfaatdorlik 
      
 Shaxs,  ijtimoiy  guruh,  xalk  va  tashkilotlar  o‘zaro  aloqalarda  bu 
qoidalarsiz ijtimoiy hamkorlikka kirisha olmaydi. Bu qoidalarning birortasiga amal 
qilmaslik  yoki  bir  tomonlama  amal  qilish  ishtimoiy  hamkorlikning  to‘laqonsiz 
bo‘lishiga  olib  keladi.  Shu  jihatdan  ijtimoiy  hamkorlik  prinsipi  kelishuvchanlik 
yo‘lidir. 
      Ijtimoiy  hamkorlik  prinspining  hajmi,  miqdori  va  o‘lchami  bo‘lmaydi.  U 
real sharoitda real imkoniyatlardan kelib chiqib real aloqada bo‘lishni taqozo etadi. 
      Olimlar,  keyingi  vaqtlarda  dunyoda  tadbirkor  kuchlarining  ijtimoiy 
hamkorlik  prinsipiga  qatiy  amal  qila  boshlaganini  qayd  etishib,  tadqiqotlar  ham 
yaratishmoqda.  Misol  uchun  Amerikaning  mo‘tadil  faylasuf  –  olimlar  Richard 
Anderson  va  Pitr  Shixirev  xalqaro  tadbirkorlikdagi  ijtimoiy  hamkorligini 
o‘rganishib, qiziqarli xulosalarga kelishgan. Ularning fikricha, dunyodagi tadbirkor 
kuchlar  ijtimoiy  xamkorlikda  «akulalar»  va  «delfinlar»ga  bo‘linishadi.  Bu  ikki 
yirik  guruhning  qoidalari  shakllangan  bo‘lib,  quyidagichadir:    1)  «akulalar» 
qoidasi:  «Fakat  foyda,  xamma  narsaga  erishish  mumkin»,  2)  «delfinlar»  qoidasi: 
«Yaxshilikni  qadrla,  o‘g‘irlama».
  1
  Biroq,  bunda  ijtimoiy    hamkorlik  prinsipi 
muayyan  qadriyatga qat'iy  amal  qilishni taqozo  etardi. Shu sababli  «akulalar» va 
«delfinlar» alaloqibatda    mana bu  oltin qoidaga  amal  qilishadi:  «Agar biz  to‘g‘ri 
bo‘lsak  ikkalamiz  ham  yutamiz».
2
  Shu  sababli  tadbirkor  kuchlarning  ijtimoiy 
hamkorligi samara beradi. 

      
Ma'lum  bo‘ladiki,  ijtimoiy  hamkorlik  prinsipi  tomonlarga  manfaat 
keltiradigan muayyan qoidalarga qat'iy amal qilishni taqozo etadi.     
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin