Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


Reklama  strategiyasini  ishlab  chiqish



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


Reklama  strategiyasini  ishlab  chiqish.  Marketing  strategiyasi  maqsadlariga 
mos  kelishdan  tashqari,  firmaning  reklama  faoliyati  firmada  vujudga  kelgan 
kommunikatsiya  siyosati  doirasida  amalga  oshirilishi  lozim.  Kommunikatsiya 
siyosatini  tashkilot  tomonidan  o’z  marketing  maqsadlariga  erishish  uchun 
kommunikatsiya sohasida harakat qilish va qarorlar chiqarish uchun qabul qilingan 
umumiy dasturilamallar, mezonlar, mo’ljallar tizimi deb ta’riflash mumkin. 
Kommunikatsiya 
siyosati 
kommunikatorlar 
tanlagan 
kommunikatsiya 
strategiyalari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Hozirgi  kunda  bu  strategiyalar 
ko’pincha  yagona  uyg’unlashgan  marketing  kommunikatsiyalari  strategiyasiga 
birlashtiriladi.  Uning  bo’limlari sifatida marketing  kommunikatsiyasining  alohida 
vositalari,  shu  jumladan,  reklama  bo’yicha  ishlab  chiqiladigan  strategiyalarni 
ko’rib  chiqish  mumkin.  Reklama  strategiyasini  ishlab  chiqish  jarayoni  haqida 
batafsilroq to’xtalamiz. 
Reklama strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) mo’ljaldagi 
auditoriya: 2) reklama predmeti, tovar konsepsiyasi; 3) reklama kommunikatsiyasi 
kanallarini ishlab chiqish; 4) reklama murojaati. 
Mo’ljaldagi  auditoriya    reklama  kommunikatsiyasi  adresatini  tashkil  etadi. 
Reklama  strategiyasini  shakllantirishda  boshqaruvchi  reklama  predmeti  haqida 
aniq tasavvurga ega bo’lishi bilan birga uning konsepsiyasini ham ishlab chiqishi 
kerak.  Reklama  qilinayotgan  tovar  konsepsiyasi  ushbu  holatda  reklama  tovarni 
mo’ljaldagi  auditoriyaga  qay  tarzda  taqdim  etishining  sodda  bayonidan  iborat 
bo’ladi.  Bu  reklama  strategiyasining  boshqa  barcha  elementlarga  katta  ta’sir 
ko’rsatadigan  eng  murakkab  elementlaridan  biridir.  Sodda  bayon  ko’pgina 
savollarga  javob  topishni  talab  qiladi:  *tovar  bozorda  qanday  joylashtiriladi? 
Uning  muayyan  xos  bozorga  aloqadorligi  va  asosiy  raqobatchilardan  ajratib 
turadigan asosiy belgilari qanday? Uning marketing kompleksidagi o’rni qanday? 
Tovar  yashovchanlik  davrining  qaysi  bosqichida?  U  qaysi  tovarlar  guruhiga 
mansub? Qadoqlanishi, sifati, markasi/tamg’asi qanday?  
Reklama faoliyatini tashkil etish. «Tashkil etish» degan boshqaruv kategoriyasi 
yetarlicha  keng  va  ko’pma’noli  tushunchadir.  Agar  u  boshqaruv  vazifasi  nuqtai 
nazaridan  ko’rib  chiqilsa,  ikki  asosiy  yondashuvni  farqlash  mumkin.  Birinchi 
yondashuv ancha tor bo’lib, u tashkil etishni «odamlarga birgalikda maqsadlariga 
erishish  yo’lida  samarali  mehnat  qilish  imkoniyatini  beradigan  korxona 
strukturasini  yaratish  jarayoni»  sifatida  talqin  etadi.  Ikkinchi  yondashuv  tashkil 
etishni  firma  rejalarini  amalga  oshirishga  qaratilgan  vazifalar,  jarayonlar  va  turli 
tuman strukturalar yig’indisi sifatida ta’riflaydi. 
Boshqaruvchilar  amalga  oshiradigan  asosiy  tashkiliy  vazifalar  quyidagilardan 
iborat: 
1.Xodimlarga  rahbarlik.  
2.Ishni xodimlar orasida taqsimlash. 
3.Mas’uliyatlarni  topshirish,  ya’ni  vazifa  va  vakolatlarni  ularni  bajarilishi 
uchun javobgarlikni  qo’l ostidagi xodimga berish.  
4.Ishni muvofiqlashtirish, ya’ni xodimlar, bo’linmalar va tashqi strukturalararo 
firma  oldidagi  vazifalarini  to’la  bajarish  va  ichki  ziddiyatlarni  bartaraf  qilish 
imkoniyatlarini yaratuvchi samarali munosabatlarni ta’minlash.   

5.Byudjetni  ishlab  chiqish  muayyan  turdagi  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun 
zarur. 
Reklama faoliyatini tashkillashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. 
Agar  uning  ishtirokchilari  haqida  gapiradigan  bo’lsak,  reklama  faoliyati 
subyektlarining quyidagi turlarini  ko’rsatish  mumkin: 1)  reklama  beruvchilar    — 
o’zini,  o’z  tovarlari  va  xizmatlarini  reklama  qiluvchi  tashkilot  va  firmalar;    2) 
reklama  agentliklari  –  buyurtma  bo’yicha  maxsus  reklama  ishlarini  bajaruvchi 
mustaqil  firmalar. Ularning  vazifalari:  reklama  tadqiqotlarini  olib  borish, reklama 
kampaniyalarini  ishlab  chiqish  va  o’tkazish,  reklama  materiallarini  tayyorlash  va 
joylashtirish  va  boshqalar;  3)  reklama  murojaatlari  uchun  ularni  xos 
auditoriyalarga  yetkazish  maqsadida  o’rin  va  vaqt  ajratib  beruvchi  ommaviy 
axborot  vositalari;  4)  reklama  faoliyatini  ta’minlovchi  yordamchi  ishtirokchilar: 
tadqiqot  (o’tkazuvchi)  kompaniyalari,  foto  va  kinostudiyalar,  rassomlar, 
bosmaxona  hamda  reklama  beruvchilar  va  reklama  agentliklariga  reklama 
materiallarini tayyorlashga yordam beradigan barcha ishtirokchilar. 
Reklama beruvchining tashkilotchiligi. Xuddi ikkita aynan bir xil firma mavjud 
bo’lmagani  kabi,  hech  qachon  reklama  beruvchi  firmalar  tomonidan  reklama 
faoliyatini tashkil qilish masalasiga bir xilda yondoshilmaydi. Ayni paytda barcha 
reklama  beruvchilar  o’z  reklama  xizmatlari  tomonidan  quyidagi  tashkiliy 
vazifalarning bajarilishi ta’minlanmog’i lozim: 1) reklama xizmatini boshqarish va 
xodimlarga rahbarlik qilish; 2) firmaning reklama faoliyatini rejalash. 3) faoliyatini 
boshqa  xizmatlar  (ishlab  chiqarish,  sotish,  moliyaviy)  bilan  muvofiqlashtirish;  4) 
faoliyatni  tashqi  hamkorlar  bilan  hamda  reklamani  o’tkazish  masalalari  bo’yicha 
muvofiqlashtirish; 5) yuqori turuvchi rahbariyat va moliya xizmatiga  taqdim etish 
uchun reklama byudjeti borasida  takliflar ishlab chiqish. 
Uncha katta bo’lmagan firmada yuqorida bayon qilingan vazifalarni bajarishni 
bir kishiga topshirish mumkin. Ba’zi hollarda esa, reklama xizmatiga bir necha yuz 
kishi jalb etilishi mumkin.  
Reklama xizmatining tashkiliy tuzilishi. Reklama xizmatining tashkiliy tuzilishi 
ko’pgina omillarga bog’liq va ularning asosiylari quyidagilar: 
1. Firmaning  hajmi,  zahiralarning  mavjudligi,  xodimlar  orasida  mehnat 
taqsimotiga bo’lgan zaruriyat darajasi. 
2.  Firma  faoliyat  ko’rsatayotgan  soha  (ishlab  chiqarish,  sotish,  xizmat 
ko’rsatish va boshqalar).  
3. Xos bozorning alohida xususiyatlari  va ishlab chiqarilayotgan tovar tavsifi.  
4.  Firmaning  marketing  va  marketing  strategiyasi  kompleksida  reklamaning 
o’rni va ahamiyati.  
5.  Firma  rahbariyatining  reklama  faoliyatini  amalga  oshirishga  jalb  etishi 
darajasi.  
Bundan  tashqari,  reklama  xizmati  firmadagi  marketing  xizmatining  bir  qismi 
hisoblanishini  unutmaslik  kerak.  Shu  munosabat  bilan  uning  firma  tashkilotidagi 
o’rni  firmaning  yuqori  rahbariyati  tanlagan  marketing  xizmatini  tashkil  etish 
sxemasi bilan belgilanadi. 

Odatda  marketingni  tashkil  etish  sxemalarining  quyidagi  turlari  farqlanadi:  a) 
vazifalar sxemasi; b) tovar sxemasi; v) hududiy sxema; g) bozor (yoki segmentlar) 
sxemasi. 
Marketing  xizmatini  tashkil  etishda  mo’ljaldagi  vazifalarini  belgilab  olish 
uning tarkibiy bo’linmalari tomonidan bir turdagi marketing ishlarining bajarilishi 
mezon qilib olinadi. 
Marketing  strukturasini  shakllantirishning  bunday  usuli  nisbatan  bir  turdagi 
tovar  assortimentiga  ega  bo’lgan  uncha  katta  bo’lmagan  firmalar  uchun  o’zini 
oqlagan. 
Vazifalar  tizimini  tashkil  etishning  afzalligi  uning  soddaligi  va  marketing 
xizmati bo’limlari o’rtasidagi vazifalar taqsimotining aniqligidadir. 
Ayni  paytda,  tovar  nomenklaturasining  ancha  kengayishi  bilan,  bir  turga 
mansub  bo’lmay,  har  xil  tovar  assortimentlariga  mansub  mahsulotlarni  ishlab 
chiqarishda marketing xizmatini tashkil etish uchun tovar mo’ljalidan foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
Bunday  yondashuvda  eng  muhim  tovar  markalari  ustidan  bevosita  tovarlar 
segmenti bo’yicha boshqaruvchiga bo’ysunuvchi boshqaruvchi biriktiriladi. 
Boshqa  xizmatlar  rahbarlari  unga  nisbatan  maslahat  yoki  shtab  ishlarini 
bajaradilar. Ba’zan bu firmadagi ichki nomuvofiqlik va nizolarga olib keladi.  
Marketing xizmatining hududiy va bozor mo’ljallari tvar mo’ljali bilan deyarli 
bir  xil.  Oradagi  farq  shundan  iboratki,  muayyan  jug’rofiy  bozorlarning 
boshqaruvchilari  va  muayyan  segmentlarni  boshqaruvchilar  bevosita  mol  sotish 
reklama 
xizmati 
boshqaruvchisiga 
bo’ysunadilar. 
Reklama 
xizmati 
boshqaruvchisining roli uning tovarni tashkil qilishdagi roli bilan aynan bir xil. 
Yuqorida aytilgan fikrlardan reklama faoliyatini tashkil etishni moliyalashning 
nechog’lik muhim ekanligi ma’lum bo’ladi. 
1. «Tashkil etish» degan boshqaruv atamasining ikki asosiy talqini mavjud: 1) 
firma  rejalarini  amalga  oshirishga  qaratilgan  vazifalar,  jarayonlar  va  turli  tuman 
strukturalar  yig’indisi;  2)  maqsadlarga  erishish  yo’lida  birga  samarali  ishlash 
imkoniyatini beradigan korxona tuzilmasini yaratish jarayoni  
2. Reklama  faoliyatini  tashkil  qilish  subyektlarini  quyidagi  asosiy  turlarga 
bo’lish  mumkin:  reklama  beruvchilar;  reklama  agentliklari;  ommaviy  axborot 
vositalari; reklama faoliyatini ta’minlovchi yordamchi subyektlar  
3. Rejalash jarayoni butun firma ierarxiyasi mantiqiga bo’ysundirilgan.  
4. Reklama  strategiyasi  firma  marketing  strategiyasining  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi.  Ularning  asosiylari:  mo’ljaldagi  auditoriya,  reklama  predmeti,  tovar 
konstepstiyasi,  reklama  kommunikatsiyalari  kanallarini  ishlab  chiqish,  reklama 
murojaati.  
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Reklama  strategiyasi,  vazifalar  sxemasi;  tovar 
sxemasi; hududiy sxema; bozor (yoki segmentlar) sxemasi. 
Nazorat savollari 
1.  Nima  uchun  reklama  maqsadlari  tizimini  firma  marketingi  maqsadlarining 
yanada  murakkabroq  boshqa  tizimining  elementi  sifatida  ko’rib  chiqish  muhim 
hisoblanadi?  

2.  Marketing va reklamani rejalashning asosiy bosqichlarini sanab bering.  
3.  O’z javobingizni aniq misol yordamida izohlab bering.  
4.  Kommunikatsiya  siyosati,  reklama  strategiyasi,  va  reklama  taktikasi 
o’rtasida qanday bog’lanish bor?  
5.  Siz  bir  firma  reklama  xizmatining  rahbarisiz.  Qaday  tashkiliy  vazifalarni 
amalga oshirasiz, qaysi vazifalarni xodimlarga yuklaysiz.  
6.  Reklama  faoliyatini  tashkil  etish  sub’ektlari  turli  guruhlarga  mansub 
bo’lgan tashkilotlarga misollar keltiring. 
7. O’z korxonangiz uchun reklama xizmatini tashkil etishning qaysi sxemasini 
tanlagan bo’lardingiz? Javobingizni asoslab bering.  
 
REKLAMA BYUDJETINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MOLIYAVIY 
MANBALARI 
Reja: 
1.  Reklama xarajatlari  
2.  Reklama mablag’larini taqsimlash 
 
Reklama  boshqaruvining  deyarli  barcha  vazifalarini  amalga  oshirish  reklama 
byudjetini  moliyalash,  ishlab  chiqish  va  bajarish  masalalari  bilan  uzviy  bog’liq. 
Byudjetni shakllantirish reklama faoliyati maqsadlarini aniqroq belgilash va ularga 
erishish  dasturlarini  ishlab  chiqishda  yordam  beradi.  Ishlab  chiqilgan  byudjet 
rejalarni  amalga  oshirish  jarayonida  resurslarni  yanada  samaraliroq  taqsimlash  va 
asosiy  ijrochilarni  tayinlash  imkonini  beradi.  U  nafaqat  reklama  mablag’ini 
sarflash  ustidan,  balki  butun  reklama  faoliyatining  samaradorligi  ustidan  ham 
nazorat yuritishni ta’minlaydi.  
Milliy iqtisodiy nazariyotda reklama xarajatlariga joriy  xarajatlar, yoki sarf-
xarajatlar  sifatida  qaraladi.  Ayni  paytda  xarajatning  bu  turi  tovar  savdosi  hajmini 
kengaytiruvchi  va  reklama  beruvchining  rentabelligini  oshiruvchi  asosiy 
omillardan  biri  hisoblanadi.  Ba’zida  tovar  reklamasi  uchun  uning  yashovchanlik 
davrining  birinchi  bosqichlarida  sarflanadigan  pul  miqdori  reklama  qilinayotgan 
tovardan foyda olishni ancha muddat o’tgach cho’zib yuborishi mumkin. 
Bundan  kelib  chiqish  reklamani  asosiy  vositalarga  tashlanadigan  mablag’  kabi 
ko’p yillar ichida o’zini oqlaydigan investitsiya xarajatlari deb atash mumkin. 
Tajribaning  ko’rsatishicha,  reklama  xarajatlari  katta  bo’lmagan  taqdirda  ularning 
sotish  hajmining  o’sishida  aks  etadigan  ta’siri  nulga  teng  keladi  (Merfi  qonuni). 
Shu  bilan  birga,  Vundt  chizmasida  ko’rganimizdek,  reklama  tashuvchilarning 
reklama oluvchilarga miqdoriy ta’sirning muayyan maksimal chegarasi mavjudki, 
bundan  keyin  uning  samaradorligi  pasayadi.  Bu  reklama  xarajatlarining  o’sishi 
bilan  ham  bevosita  aloqadordir.  Agar  bunda  ta’sirning  miqdoriy  noaniqligini 
reklamaning  asosiy  xususiyati  ekanligini  esga  olsak,  Amerikalik  biznesmen  Dj. 
Vanameyker fikriga to’la qo’shilish mumkin. Quyidagi gaplar unga tegishli: «Men 
bilamanki,  reklamalarimning  yarmi  besamar  ketadi,  lekin  qaysi  yarmi  ekanligini 
bilmayman.  Men  reklama  ikki  million  dollar  sarflayman,  ammo  bu  kerak 
narsalarning yarmimimi yoki keragidan ikki hissa ko’pmi». 

Varton  universitetining  bir  guruh  olimlari  tomonidan  bu  borada  olib  borilgan 
tadqiqotlar bir qarashda qiziqarli tuyulishi mumkin. Tadqiqot davomida shu narsa 
oydinlashdiki,  reklama  beruvchining  nuqtai  nazaridan,  reklama  keltirayotgan  sof 
foyda  hisob-kitobi  reklama  byudjetning  54  foizi  bekorga  sarflanayotganini 
ko’rsatar ekan. 
Vanameykerning  reklama  uchun  ketadigan  foydasiz  xarajatlar  borasidagi  fikrlari 
haqiqatdan uncha yiroq emasligi o’z ilmiy tasdig’ini topgan.  
1998 yilda dunyoning eng yirik reklama beruvchilari o’nligi quyidagi ko’rinishda 
bo’lgan: 
№   
Reklama 
beruvchinin
g tartib 
raqami  
REKLAM
A  
beruvchi 
kompaniya 
Shtab-kvartirasi 
joylashgan mamlakat 
REKLAMA 
byudjetining  
umumiy hajmi, 
 $ mln. 
 

 
Proster & 
Gambl 
 
AQSh 
 
4747, 6 
 

 
Unilever 
 
Niderlandiya G’ Buyuk 
Britaniya 
 
3428,5 
3. 
General 
Motors 
SShA 
3193,5 
4. 
Ford 
Motors O 
SShA 
2229, 5 
5. 
Philip 
Motors. 
SShA 
1980, 3 
6- 
Nestle 
Shveystariya 
1833, 0 
7. 
Toyota 
Yaponiya 
1692, 4 
8. 
Sony orp 
Yaponiya 
1337, 7 
9. 
Sosa-sola 
So 
SSHA 
1327, 3 
10. 
Vokswagen 
Germaniya 
1325, 8 
Reklama  byudjetini  ishlab  chiqish  jarayoni,  boshqa  reklama  faoliyatlari  kabi, 
sezilarli darajada subyektiv, ijodiy  elementlarni o’z  ichiga oladi  va ko’p  jihatdan 
bu  jarayon  uchun  javobgar  bo’lgan  tajribali  va  o’z  tavsifnomalariga  ega 
mutaxassislarning hissiyoti, “oldindan sezish” qobiliyatiga bog’liq. 
Reklama  byudjetini  ishlab  chiqish  bo’yicha  qabul  qilingan  qarorlarning 
barchasini shartli ravishda ikki katta blokka bo’lish mumkin: 
A. Reklamaga ajratiladigan mablag’ning umumiy hajmini aniqlash.  
B.  Reklama  byudjeti  mablag’ini  uning  xarajatlari  moddalari  bo’yicha 
taqsimlash.  
Reklama xarajatlari hajmini belgilaydigan asosiy omillar quyidagilardir: 
reklama qilinayotgan tovarning o’ziga xosligi va yashovchanligi davrining qaysi 
bosqichida ekanligi; reklama beruvchining ko’lami va qudrati; reklama 

beruvchining marketing strategiyasida reklama egallagan o’rin; uning asosiy 
raqobatchilarining reklama uchun ajratadigan xarajatlari hajmi va boshqalar. 
Ushbu omillarning asosiylari haqida qisqacha to’xtalamiz. 
1.  Reklama  qilinayotgan  tovarning  o’ziga  xosligi  va  yashovchanligi  davrining 
qaysi bosqichida ekanligi. Reklama faoliyati tajribasi ko’rsatadiki, eng reklamabop 
tovarlar  sirasiga  markali  qadoqlangan  oziq  ovqat  mahsulotlari,  dorivor 
tayyorlanmalar,  tozalash  vositalari,  kosmetika  va  tamaki  mahsulotlari  kiradi.  
Dunyodagi  o’nta  eng  yirik  reklama  beruvchilarning  beshtasi  aynan  shunday 
tovarlarni  ishlab  chiqaradi.  Reklama  uchun  sarflanadigan  xarajatlar  umumiy 
sotishlar hajmining 3-6,5 foiz ulushini tashkil etadi. Ammo ayrim hollarda bundan 
ham  yuqori  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  dorilar  ishlab  chiqaradigan  Noksu-ell 
korporatsiyasi  reklama  uchun  sotish  lar  hajmining  22  foizidan  ko’proq  mablag’ 
sarflaydi.  
Tovarning  o’z  yashovchanligi  davrida  (2-bo’lim,  2.13-rasmga  qarang) 
bosqichdan bosqichga o’tishi reklamaning uni quvvatlashdagi roli o’zgarganligini 
nazarda tutadi. 
Tovar  yashovchanligi  davri  bosqichlarida  (TYaD)  kiritish  reklamasidan 
foydalaniladi.  Bunday  reklamaning  maqsadi  iste’molchilarga  yangi  tovar  haqida 
xabar  berishdir.  O’sish  bosqichlari  va  etuklik  bosqichining  boshida  tasdiqlash 
reklamasi  usullari  ishga  solinadi.  TYaDning  oxirgi  bosqichlarida  eslatuvchi 
reklama  qo’llanadi.  Kiritish,  tasdiqlash  va  eslatish  reklamalarini  birin  ketin 
qo’llash. 
Reklama faoliyatini tashkil etish sohasi reklama spirali tushunchasini o’z ichga 
oladi.  Ko’pchilik  hollarda  kirituvchi  reklama  tovarni  yashovchanlik  davrida 
quvvatlab  turish  uchun  sarflanadigan  jami  xarajatning  yarmidan  ko’pini  talab 
qiladi.  
Bozorning  hajmi  va  jug’rofiy  hududlari,  reklama  beruvchining  sotish  va 
daromadi ko’rsatkichlari. Firma xos bozorining hududlari, sotish va daromadining 
hajmi  –  o’zaro  yaqin  aloqada  bo’lgan  omillar  bo’lib,  ularning  reklama  byudjeti 
hajmiga ta’sir ko’rsatishi tabiiy. xalqaro va umummilliy reklama kompaniyalarini 
amalga  oshirish  bir  shaharcha  doirasida  o’tkaziladigan  reklamaga  nisbatan  ancha 
ko’p mablag’ talab etadi. Umummilliy reklamani moliyalashni faqatgina etarlicha 
qudratga ega bo’lgan firmaning amalga oshira olishi ham yuqoridagi kabi tabiiy bir 
holdir.  
Reklamaning  marketing  kompleksidagi  o’rni.  Reklamaning  marketing 
kompleksidagi  roli  yoki,  agar  jarayonga  kengroq  nazar  bilan  qaralsa,  marketing 
strategiyasini amalga oshirishda ham, reklamaga ajratiladigan mablag’lar hajmiga 
ta’sir  ko’rsatadi.  Bir  tovarni  bozorga  olib  kirish  uchun  firma  bir  necha 
strategiyalarni, masalan, tanlab kirib borish strategiyasi yoki tajovuzkor marketing 
strategiyasi  qo’llashi  mumkin.  Birinchi  holatda  reklamaning  roli  (shundan  kelib 
chiqib, uning xarajatlari darajasi ham) ikkinchisiga nisbatan ancha past bo’ladi. 
Raqobatchilarning  xarajatlari.  Bozordan  muayyan  ulushga  ega  bo’lish  uchun 
raqobatchilar bilan kurashishda reklama beruvchi ko’pincha iste’molchining uning 
tovari va raqobatchining muqobil moliga e’tibor berishi darajasi ikkala firmaning 

reklama  uchun  xarajatlari  hajmiga  mos  keladi,  degan  taxmindan  kelib  chiqib  ish 
ko’radi. Reklama uchun katta hajmda xarajat qilish har doim  ham  yuqori samara 
beravermasligiga qaramay, bunday yondashuvda o’ziga yarasha mantiq bor. Biroq 
faqatgina  raqobatchilarning  xarajatlariga  qarab  o’z  reklama  byudjetini  ishlab 
chiqish uncha aqldan emas. 
Reklama  faoliyatini  amalga  oshirishda  firmaning  yuqori  rahbarlarining 
ishtiroki. Bu reklama xarajatlari ko’lamini belgilab beradigan subyektiv omillardan 
biridir.  Firmalarning  rahbarlari,  o’z  ixtisosligi,  tajribasi,  shaxsiy  tavsifnomalari 
bo’yicha  o’zaro  farqlanishlaridan  tashqari,  reklamaga  ham  har  xil  munosabatda 
bo’ladilar. Unga munosabat doirasi juda keng – aniq ifodalangan yoqtirmaslikdan 
tortib  to  murojaatlar,  shiorlar  yozish  va  firma  uslubini  ishlab  chiqishda  shaxsan 
ishtirok etishgacha. 
Reklama mablag’larini taqsimlash. Reklama byudjeti hajmi tushunchasi eng 
ko’p qo’llanadigan bir necha ta’riflari mavjud. Ularning ba’zilari haqida qisqacha 
to’xtalamiz. 
1.  Byudjetni  mavjud  pul  mablag’laridan  kelib  chiqib  tuzish.  Mazkur  usulning 
qo’llanishi shuni ifodalaydiki, firma reklama uchun uning rahbariyati fikriga ko’ra 
qancha mablag’ ajratish lozim topilsa, shunchasini ajratadi. 
Bu  usul  mayda,  faoliyatini  endigina  boshlayotgan  firmalar  qo’llashi  mumkin 
bo’lgan  yagona  usul  hisoblanadi.  Ayni  paytda  reklama  xarajati  va  reklama 
faoliyatining  o’ngi  natijalari  orasidagi  sabab  va  oqibat  bog’lanishlari  butunlay 
inkor etiladi. 
2. Sharoitning  o’zgarishiga  ko’ra  tuzatilib  boradigan  reklama  byudjetini  uning 
oldingi davr hajmidan kelib chiqib shakllantirish.  
3. Reklamaga  ajratiladigan  mablag’larni  savdo  hajmiga  nisbatan  qayd 
etiladigan foizlarni aniqlash yo’li bilan rejalashtiri.  
Ushbu  usul  sodda  va  qo’llashga  qulay.  Avvalgi  ikki  usuldan  farqli  ravishda 
bunda  reklama  xarajatining  hajmi  va  tovar  aylanish  hajmi  o’rtasidagi  o’zaro 
aloqadorlik  tan  olinadi.  Ayni  paytda  sabab  va  oqibat  bog’lanishlari  bu  vaziyatda 
teskari  tus  oladi:  reklamaga  ajratilgan  mablag’  hajmi  sotish  hajmi  bilan 
belgilanadi, lekin aksincha emas. 
4.  Reklama  byudjetini  raqobatchi  firmalar  tajribasini  e’tiborga  olgan  holda 
hisob-kitob  qilish.  Reklama  xarajatlari  hajmini  raqobatchilarning  xarajatlari 
darajasida  belgilash  usulining  tarafdorlari  odatda  ikki  asosiy  dalilni  keltiradilar. 
Birinchidan, bu usul, ularning fikricha, “jamoaviy donishmandlik”, “betaraf nuqtai 
nazar” natijasi ekan. Ikkinchidan, reklama byudjetining raqobatchlarniki bilan teng 
bo’lishi  xaridorlarga  tazyiq  ko’rsatishda  “reklama  urushlarini”  chetlab  o’tish  va 
muayyan muvozanatni saqlab turish imkoniyatini beradi.  
Biroq  bu  vajlarni  yetarlicha  asosli  deb  bo’lmaydi.  Masalan,  raqobatchilar 
reklama  xarajatlarini u qadar  yaxshi  rejalashtirmasliklari  mumkin. Hech  kim  xato 
qilishdan  himoyalangan  emas.  Bundan  tashqari  turli  firmalarning  maqsadlari, 
nufuzi,  imkoniyatlari,  mashhurligi  turlicha,  reklama  samarasining  esa  miqdor 
ko’rsatkichi  shu  qadar  mavhumki,  o’zga  firmaning  reklama  byudjetidan  nusxa 
ko’chirib olishdan naf chiqishi amri mahol.   

5  Shroer  uslubi.  Bu  usuldan  bir  necha  hududda  sotiladigan  va  turib  qolgan 
markalarning  reklama  byudjetlari  strategiyasini  ishlab  chiqishda  foydalaniladi. 
Uning  birlamchi  shart-sharoittlari  reklama  qilinayotgan  tovar  toifasi  o’z 
yashovchanlik  davrining  etuklik  bosqichiga  o’tganligi  haqida  taxmin  qilishdir. 
Shuning  uchun  unga  bo’lgan  talab  boshqa  oshmaydi,  va  bu  shundan  dalolat 
beradiki,  sotishni  rivojlantirishning  yagona  chorasi  asosiy  raqobatchini  siqib 
chiqarish orqali bozordagi o’z ulushini kengaytirishdan iborat bo’lib qoladi. 
Shundan 
so’ng  ikki  ko’rsatkich  tadqiq  etiladi:  kommunikator  va 
raqobatchisining  bozor  ulushi  va  shu  firmalarning  “ovoz  ulushlari”.  Keyingi 
ko’rsatkich  reklamaning  kategoriya  bo’yicha  umumiy  hajmidagi  ulushni  nazarda 
tutadi.  Shundan  so’ng  reklama  byudjetini  o’zgartirish  tendenstiyalarini  izlash 
uchun quyidagi matristadan foydalanish mumkin bo’ladi. 
6. Reklama byudjetini kommunikatsiya darajasi va iste’molchining munosabati 
orasidagi bog’liqlikni modellash asosida ishlab chiqish. 
Ushbu  usulninig  qo’llanishiga  rejalangan  sotish  hajmini  bajarish  uchun 
yetarli miqdorga xaridorlarga ega bo’lib, ularning har biri muayyan miqdordagi 
tovar  birliklarini  bir  donasining  narxiga  sotib  olishlari  kerak,  degan  taklifning 
tushishi  birlamchi  sabab  bo’ladi.  Buning  uchun  tovar  bozorga  kirib  borgan 
vaqtdan  boshlab  bir  yil  davomida  muayyan  darajada  tanilishi,  xarid  etib 
ko’rishga undash, xarid sur’atini ushlab turish qobiliyatlari egallab olishi zarur. 
Xarid  qilishga  tayyorlikning  ko’rsatilgan  bosqichida  turgan  auditoriyalar 
orasidagi  miqdoriy  nisbat  reklama  tadqiqotlari  natijasida  aniqlanadi.  Ular 
aniqlangach,  ta’sir  qamrovi  va  tezligining  kerakli  darajasi  hisobga  olinadi, 
reklama  vositalarinini  qo’llash  rejasi  ishlab  chiqiladi.  Shundan  keyingina 
reklama xarajatlarining taxminiy hajmini belgilash mumkin. 
Mazkur  usulning  afzalligi  shundaki,  u  reklama  xarajatlari,  ularning  qo’yilgan 
kommunikastion  maqsadlar  bilan  o’zaro  mos  kelishini  xolisona  asoslaydi. 
Kamchiliklari: murakkabligi, ko’p mehnat talab qilishi, o’ta qimmatligi.  
7.  Reklama  byudjeti  hajmini  ekspert  baholash  asosida  bashorat  qilish  usuli. 
Mazkur  usul  jarayonining  mohiyati  quyidagicha.  Besh-o’nta  kishidan  iborat 
ekspertlar  guruhi  taklif  etiladi.  Ammo,  ular  kommunikatorning  reklama 
bo’limlarida ishlashlari shart  emas.  Ekspertlar sotish  hajmiga ta’sir ko’rsatadigan 
omillarning  qisqacha  ro’yxati  va  har  bir  omilning  sotish  hajmiga  qanday  va  qay 
darajada  ta’sir  ko’rsatishi  haqida  ma’lumotga  ega  bo’lishlari  maqsadga  muvofiq. 
Keyin  ekspertlar  bir-birdan  mustaqil  ravishda  o’zlarining  reklama  byudjeti  hajmi 
loyihalarini  ishlab  chiqadilar.  Loyihalardagi  ma’lumotlarning  o’rtacha 
ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi.  
Ekspert  baholash  usulining  zamonaviy  shakllari  mavjud.  Ular  qatoriga  Dj. 
Rossiter va L. Persi taklif etgan NUPG’5V usuli kiradi. 
Mazkur  usulning  afzalligi  uning  kam  xarajatli  ekanligidadir.  Ayni  paytda 
ekspert baholarni etarlicha aniq deb bo’lmaydi.  
8.  Reklama  xarajatlari  va  sotish  hajmining  o’zgarishi  o’rtasidagi 
aloqadorlikning    har  xil  matematik  modellarini  qo’llash.  Bunday  modellarni 
ko’plab  uchratish  mumkin.  Biz  esa,  usulning  qo’llanishini  M.  Vaydel  -  X.  Volf 

modeli misolida ko’rib chiqamiz. Model tovar savdosi hajmining birinchi davrdagi 
o’zgarishi  to’rt  omilning,  reklama  xarajatlari,  reklamaning,  bozorning  reklama 
qilinayotgan  tovarlarga  to’laligi  darajasining  savdoga  ta’sirini  ifodalovchi 
konstantlari;  sado  hajmining  pasayishini  aks  ettiruvchi  konstantlarninig  natijasi 
degan farazga asoslanadi.  
Usulning  afzalligi  shundaki,  reklama  xarajatlari  nafaqat  sotish  hajmining 
ko’ngildagidek o’sishiga, balki bozor xususiyatlariga ham mos keladi. Kamchiligi 
murakkabligi  va  ko’p  mehnatni  talab  etishidadir.  Budan  tashqari,  reklama  ta’siri 
miqdorining  mavhumligi  uning  ajralmas  xususiyati  bo’lib  qolar  ekan,  model 
ko’rsatkichlararo  funkstional  tobelikni  ham  nazarda  tutadi.  Tenglama 
parametrlarini belgilashda, keyinroq esa, ularninig yordamida amalga oshiriladigan 
hisob-kitoblarda  yo’l  qo’yiladigan  xatolar  ekspert  baholash,  tajribali  amaliyotchi 
mutaxassislardan  foydalanishda  yo’l  qo’yiladigan  kamchliklarga  nisbatan  ancha 
ko’p bo’lishi mumkin.  
9.  Reklama  byudjetini  xarajatlarni  rejalash  asosida  ishlab  chiqish.  Reklama 
xarajati rejasi qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan har xil reklama 
tadbirlariga  sarflanadigan  xarajatlar  smetasidan  iborat.  Mazkur  usul  reklama 
byudjetini  ishlab  chiqish  masalalarining  ikkinchi  katta  bloki  –  reklamaga 
ajratiladigan mablag’ni taqsimlash, bilan bevosita aloqador. 
Reklamaga  ajratilgan  mablag’ni  taqsimlash  quyidagi  yo’nalishlarda  amalga 
oshiriladi: 
a) 
reklama faoliyatining vazifalariga ko’ra;  
b) 
sotish hududlariga ko’ra;  
v) 
reklama vositalariga ko’ra;  
g) 
reklama qilinuvchi tovarga ko’ra.  
Vazifalariga ko’ra reklama byudjetining asosiy moddalari quyidagilardir:  
1)  ma’muriy  xarajatlar  –  reklama  xizmati  xodimlarining  oylik  ish  haqlari, 
ustama xarajatlar va boshqalar;  
2)  reklama  tarqatish  makonini  uchun  sarflanadigan  xarajatlar  (eng  katta 
moddalardan  biri)  —  gazeta  sahifalaridan  o’rinlar,  televidenie  va  radio  efirlari 
vaqtini,  maxsus  reklama  shchitlaridan  beriladigan  joylarni,  varaqalar  yopishtirish 
va  turli  reklama  tashuvchilarni  transport  va  boshqalarda  joylashtirish  uchun 
o’rinlar sotib olish. 
3)  reklama tashuvchilarni – videoroliklar, plakatlar, bosma reklamaning boshqa 
vositalari,  tashqi  reklama  tashuvchilari  va  boshqalarni  ishlab  chiqarishga 
sarflanadigan xarajatlar;  
4)  reklama agentliklari gonorarlari (qalam haqlari);  
5)  reklama  xarajatining  boshqa  turlari  (masalan,  ma’lumotlar  bazasini  sotib 
olish, pochta, transport xarajatlari va boshqalar).  
Reklamaga ajratilgan xarajatlar yo’nalishini belgilovchi qolgan uch mezonning 
mohiyati  ularning  nomlarida  o’z  ifodasini  topgan:  sotilish  hududlari  bo’yicha; 
reklama vositalari bo’yicha; reklama qilinuvchi tovarga ko’ra. 
Reklama  byudjetini  ishlab  chiqishning  bayon  etilgan  usullari  tahliliga  yakun 
yasar ekanmiz, shuni qayd etish joizki, keltirilgan usullarning hech birini umumiy 
deb tan olish va ular reklama xarajatlarining aniq va yagona hisob-kitobi darajasini 

kafolatlaydi  deb    ishonish  mumkin  emas.  Kommunikator  mustaqil  tarzda,  o’z 
marketing  va  reklama  faoliyati  xususiyatlarini  hisobga  olib,  eng  samarali  usulni 
tanlashi lozim.  
Reklama  faoliyati  –  reklama  agentliklarini  amalga  oshirishda  reklama 
beruvchilarning  asosiy  hamkorlari  faoliyati  xususiyatlari  haqida  batafsilroq 
to’xtalamiz. 
1. Reklama xarajatlari hajmini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardir: bozor 
hajmi  va  o’lchamlari;  reklama  qilinuvchi  tovarning  o’ziga  xosligi  va 
yashovchanlik  davrining  qaysi  bosqichida  ekanligi;  reklama  beruvchining 
andozalari  va  qudrati;  reklama  beruvchining  marketing  strategiyasida  reklamaga 
berilgan  o’rin,  asosiy  raqobatchi  sarflaydigan  reklama  xarajatlarining  hajmi  va 
boshqalar. 
2.   Reklama  byudjetini  ishlab  chiqish  bo’yicha  chiqariladigan  qarorlarning 
barchasini  shartli  ravishda  ikki  katta  blokka  bo’lish  mumkin:  reklama  uchun 
ajratiladigan  mablag’ning  umumiy  hajmini  belgilashga  oid  va  reklama  byudjeti 
mablag’larini uning xarajatlari moddalari bo’yicha taqsimlashga oid qarorlar.  
3.   Reklama  uchun  ajratilgan  mablag’ni  taqsimlash  quyidagi  yo’nalishlarda 
olib boriladi: reklama faoliyatining vazifalariga ko’ra; sotilish hududlari bo’yicha; 
reklama vositalari bo’yicha; reklama qilinuvchi tovarlar bo’yicha.   
4.  Yuklatilgan  vazifalariga  ko’ra  reklama  byudjetining  asosiy  moddalari 
quyidagilar:  ma’muriy  xarajatlar;  reklama  makoniga  ega  bo’lish  uchun 
sarflanadigan  xarajatlar;  reklama  tashuvchilarni  ishlab  chiqarish  uchun  ketadigan 
moddiy sarf-xarajatlar; gonorarlar va xarajatlaning boshqa turlari.  
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  menchaydayzing,  tashqi  reklama,  prezentatsiya, 
chastotalik  
Nazorat savollari:  
1.  Tashkilotning  reklama  byudjetini  oliy  darajada  shakllantirishga  qanday 
omillar ta’sir ko’rsatadi? 
2.  Reklama  byudjetini  ishlab  chiqishning  asosiy  bosqichlarini  sanab  bering. 
O’z javobingizni gipotetik misol yordamida izohlab bering.  
3.  Reklama  xarajatlarining  qanday  yo’nalishlari  va  qaysi  moddalari  sizning 
tasavvuringizdagi firmada ustunlikka ega bo’ladi? Nima uchun? 
 
   REKLAMA VOSITALARIDA PSIXOTEXNOLOGIYANING BIR 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin