Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


Televideniyada reklama.  Televideniyadagi reklama eng qimmat, obro‘li va 
ommaviyligi  bilan  ajralib  turadi.  Shunga  qaramay  bu  eng  samarali  vosita  degani 
emas. 
   Televideniya  -  reklama  vositalari  ichida  eng  keng  qamrovlidir.  U  namoyish 
qilinayotgan  narsa  orqali  mijozlarni  o‘ziga  ishontirishga  harakat  qiladi. 
Televideniya  xaridorning  ongida  sotib  olishning  turli  yo‘llari  borligi  bilan 
imkoniyat  tug‘diradi.  Televideniya  reklamasining  noyob  xususiyatlari 
quyidagilarda ko‘rinadi: 
1. Tasvir va ovozning o‘zaro mutanosibligi 
2. Odamlar  sevib  tomosha  qiladigan  ko‘rsatuvlar  (teleseriallar  va b) orasida 
berilishi; 
      Televideniya  bizning  nazarimizda  ovozli  rasmlarni  ko‘rsatish  vositasi  kabi 
taassurot  qoldiradi.  Bu  yerda  televideniya  ekranida  ketayotgan  ma'lumotning 
tomoshabin  tomonidan  qanday  qabul  qilinayotganligini  bilish  muhimdir. 
Televideniya  o‘tkir  ta'sirga  ega  ovoz  hamda  tasvir  orqali  ta'sir  etuvchi  vositadir. 
Yaxshi  telereklamada  g‘oya  keng  ochilgan  bo‘ladi.  Bunda  tasvir  dastlab  ovozsiz 
namoyish  qilinishi  so‘ngra  unga  ovozning  qo‘shilishi,  tomoshabinni  ko‘proq  jalb 
etadi.  Telerolikning  davomiyligiga  kelganda  mutaxassislarning  fikricha,  uni 
namoyish qilishning vaqti 30 soniyadan 2 daqiqagacha davom etishi samarali deb 
hisoblanadi.  Radiodagi  kabi  telereklamada  dam  tomoshabinni  o‘ziga  jalb  qilish 
uchun 3 soniya yetarli bo‘ladi.  Bu vaqt agar boy berilsa  reklama o‘ziga e'tiborni 
tortmay qoladi. 
     Radioreklamadan  telereklamaning  farqi  bu  tovarni  yoki  xizmat  ko‘rsatishni 
birinchilardan bo‘lib namoyish qilishidir. 
        Boshqa  reklama  vositalari  singari  telereklamada  yumorning  ishlatilishiga 
alohida e'tibor beriladi. 
    Televideniyadagi  reklama  firma  ochishda  yoki  uning  mahsulotini  keng 
tarqatishda foydalidir. Televideniyadagi reklamaning  shunisi yaxshiki, u reklama 
qilayotgan  firmaning  mahsulot  yoki  xizmatlarini  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  reklama 
beruvchining ismi bilan bog‘laydi. 
   Televideniyadagi  reklama  xizmatlari  firma  uchun  qulay,  chunki  qisqa  vaqt 
ichida  ommaviy  bozorga  yangi  mahsulot  markalarini  tanitadi.  Xizmat  ko‘rsatish 
yoki savdo – sotiqning kengayishida telereklama firma uchun yaxshi variantdir. Bu 
yerda  xaridorga  teledastur  orqali  ko‘rsatilgan  reklama  qilinayotgan  mahsulot 
psixologik ta'sir ko‘rsatadi. 
   Ommaviy  xizmat  ko‘rsatish  bilan  shug‘ullanmaydigan  kompaniyalar  ham 
telereklamalar  orqali  o‘z  mavqyeini  ko‘tarishi  mumkin.  Televideniyada 
reklamaning paydo bo‘lishi reklama beruvchining holatini ko‘rsatib beradi, chunki 
efirda 10 martalab reklamaning qo‘yilishi reklama beruvchining obro‘sini oshiradi, 
ko‘p  bo‘lmasada  mijozlarning  hurmatiga  sazovor  bo‘ladi.  Eng  yaxshi 
mahsulotning  reklamasi  agar  to‘g‘ri  kelmaydigan  vaqtda  efirga  qo‘yilsa  yaxshi 
natija bermasligi mumkin. 
    Qanday variantlarni telereklama taklif kiladi? 

    Birinchidan,  reklama  roliklari.  Ular  reklama  roliklari,  o‘yinli,  hujjatli  va 
multiplikatsionli bo‘lishi mumkin. Reklamaning eng yaxshi tomoni ist'molchilarga 
yuqori  darajada  texnologik  ta'sir  qilishdadir.  Uning  kamchiligi  esa  bu  reklama 
tayyorlanishidagi  jarayonning  qimmatga  tushishi  va  efirda  ko‘p  vaqtni  olishidir. 
Yana  bir  kamchiligi  reklama  roligining  dasturda  noqulay  paytda  qo‘yilishi 
teletomoshabinlarning jig‘iga tegadi. 
   Ikkinchidan,  ekranda  ob  -  havo  haqida  dastur  berilayotgan  paytda  reklama 
beruvchining  reklamasining  logotipi,  emblemasi  va  shiori  berilishi  maqsadga 
muvofikdir. 
Uchinchidan,  taniqli  dasturlarga  xomiylik  qilish.  Masalan,  teledastur  orqali 
berilayotgan  tanlovlarda  shu  firmaning  mahsulotini  sovg‘a  sifatida  takdim  etish. 
Ko‘rsatuv  paytida  dasturni  olib  boruvchi  firmaning  nomini  takrorlab  boradi. 
Studiyada 
o‘rnatilgan 
firmaning 
reklama 
xiti 
vaqti 
–vaqti 
bilan 
teletomoshabinlarga ko‘rsatib turiladi. 
   Xomiylik  boshqa  telereklama  variantlaridan  ko‘ra  ko‘proq  psixologik 
mavkega  ega.  Axir  xomiy  -  bu  shunday  yaxshi  insonki,  u  tufayli  yaxshi 
ko‘rsatuvlar doim mavjud va efirga chiqmoqda. 
  To‘rtinchidan,  maxsus  dasturlarda  ishtirok  etish.  Bunday  dasturlarda  reklama 
beruvchi firma vakilining chiqishidir. 
  Beshinchidan,  diktor  teksti  va  ekranning  tagida  satrning  o‘tishi  yoki  filmlar 
ko‘rsatilayotgan  paytda  faqat  satrning  o‘tishi.  Bu  eng  arzon  variant  hisoblanadi. 
Psixologik  tomondan  yutqaziladi,  chunki  bir  tomondan  film  ko‘rayotgan  vaqtda 
halaqit  beradi  va  o‘tayo'tgan  satrlarga  kam  ahamiyat  beriladi.  Ikkinchi  tomondan 
manzilni va telefon raqdamni yozib olishga iloji bo‘lmaydi. 
    Televideniyada reklama roliklari qisqa bo‘lishi kerak.  Roliklar davomiyligi 15- 
20  soniya  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq.  20  soniyadan  ko‘proq  davom  etadigan 
roliklar ham mavjud. Odatda blits - roliklarda firmaning nomi, logotipi, manzili va 
telefon  raqami  beriladi.  Ba'zida  firmaning  asosiy  yo‘nalishlari  to‘g‘risida 
ma'lumotlar qo‘yiladi. 
   Ko‘pincha  blits  -  roliklarda  kompyuter  gafiklari  yoki  o‘yinli  kinolardan 
foydalaniladi.  Blits  -  rolikning  asosiy  vazifasi  -  doimiy  ravishda  firma  va  uning 
mahsuloti to‘g‘risida eslatib turishdir. 
   Psixologik nuqtai nazardan reklamada asosiysi bu - tabiiylikdir. Tabiiylik yo‘q 
ekan bunday reklama rolik o‘z haqqoniyligini va ishonchliligini yo‘qotadi. 
   Qayd  qilish  kerakki,  har  doim  ham  har  qanday  aktyor  ham  ozik  –  ovqat 
mahsulotlarini  reklama  kilishda  samimiy  kuchli  zavq  bilan  birday  yetkazib  bera 
olmaydi,  ayniqsa  kichik  yoshdagi  artistlar  buning  uddasidan  chiqa  olmaydi. 
Ishonchsiz reklama - bu antireklamadir. 
   Eng  avvalo  namunali  reklama  oson  va  zamonaviy  bo‘lishi  kerak.  Bunday 
parametrlardan iborat bo‘lmagan reklama xabarlari eng zerikarli va axmoqonadir. 
Yuqori sifatli va professional telereklamaning tasviri uning aktivligi, optimalligi va 
yorqinligi bilan bog‘liqdir. 
    Psixofiziologiyaning  xususiyati  ekranda  o‘zining  quyidagi  talablarini  taklif 
qiladi: 

   -o‘ngdan - chapga qaraganda chapdan - o‘ngga qaraganda harakat osonroq qabul 
qilinadi; 
    -   chapdan - o‘ngga dioganal bo‘yicha pastdan – yuqoriga bo‘lgan harakat; 
    -   o‘ngdan - chapga va pastdan yuqoriga dioganal bo‘yicha harakat ta'sirchanlik 
darajasi past bo‘ladi; 
     -      keskin  ravishda  va  tezkorlik  bilan  kadrlarning  almashinuvi,  ayniqsa  o‘rta 
plandan  yirik  planga  o‘tish  jarayoni  tomoshabinda  salbiy  holatlarning  paydo 
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Tashqi reklama. Tashqi  reklama  reklamaning  eng  qadimiy  shakllaridan  biri 
bo‘lib,  hozirgi  kunga  qadar  tovar  va  xizmatlar  reklamasining  eng  ko‘p  tarqalgan 
turi hisoblanadi. yevropa davlatlarida unga bo‘lgan harajatlar reklama byudjetining 
15%  ni  tashkil  qiladi  hamda  matbuot  va  televideniyadagi  reklamaga  bo‘lgan 
harajatlardan keyingi o‘rinni egallaydi. 
Ko‘pgina    yirik  shaharlarda  tashqi  reklamada  yevropada  tan  olingan 
vositalardan foydalaniladi: 
-   turli o‘lcham va shakldagi shitlar; 
 turli xil chirokli qurilmalar
-   "tomdagi qurilmalar" deb ataluvchi reklamalar; 
-   elektron tablo va ro‘znomalar; 
-    vedio devorlar; 
-   dekorativ ko‘cha soatlari; 
-   ustunlardagi turli xil chiroqli qurilmalar; 
 hajmli qurilmalar
-   stendlar; 
-   yer usti transport bekatlaridagi tashqi reklama; 
-   sport inshootlaridagi tashqi reklama; 
 transportdagi tashqi reklama
Maxsus  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  tashqi  reklama  ob'ektlari  nafaqat 
reklamani tarqatish ob'ekti, balki shahar arxitekturasining elementi sifatida xizmat 
qiladi. 
Tashqi reklamaning ikki turi eng samarali hisoblanadi: 
-   avtomobil yo‘llaridagi yirik gabaritli shitlar; 
-      transportdagi  reklama  -  avtobus,  trolleybus,  metropoliten  vagonlari  saloni  ichida  va 
tashqarisida. 
   Ularning  har  ikkalasi  shahar  markazlarida  ham  shahar  chetida  ham  an'anaviy  tarzda 
qo‘llaniladi. 
   Tashqi  reklamaning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  shundan  iboratki,  uning 
televideniya  kabi  ko‘p  millionlab  auditoriyasi  mavjud  bo‘lib,  bu  unga 
yuklanadigan  vazifalarni  ancha  yengillashtiradi,  ya'ni  u  qiyosan  arzon  bo‘lib 
iste'molchilar bilan ommaviy aloqa uchun xizmat qiladi. 
  Tashqi  reklamani  ishlab  chiqaruvchilar  oldida  transport  haydovchilar  va 
yo‘lovchilar  xotirasida  eslanib  qoladigan  ta'sirchan  qiska  gaplarni  o‘ylab  topish 
bilan  bog‘liq  ko‘pgina  muammolar  mavjud.  Gap  shundaki,  deyarli  barcha  tashqi 
reklama  iste'molchilar  tomonidan  reklamadagi  gapni  o‘qish  yoki  rasmni  ko‘rish 
uchuy ketadigan vaqt bir necha daqiqadan oshmaydi. 

  Tashqi reklama uchun "ko‘zdan kechirish nuqtasi" va "ko‘rish burchagi" kabilar juda 
muhim hisoblanadi. 
  Shitni joylanish joyini tanlashda katta e'tibor ko‘zdan kechirish nuqtasiga 
qaratiladi. Eng yaxshi joy ko‘zdan kechirish nuqtasi maksimal ko‘p bo‘lgan joydir. 
Rulda  o‘tirgan  insonning  va  piyoda  yo‘lovchining  ko‘rish  burchagi  turlichadir. 
Omma  ichida  va  yolg‘iz  ketayotgan  insonlarning  ko‘rish  burchaklari  ham 
turlichadir. 
Shit 
tayanchlarining 
balandligini 
yoki 
shitning 
balandligini 
loyihalashtirishda ko‘rish burchagini e'tiborga olish lozim.  
Iste'molchilar, 
foydalanuvchilar,  qatnovchilarning  e'tiborini  jalb  etish  uchun  tashqi  reklama 
elementlari yorqin ko‘zga tashlanuvchan tarzda bezatilgan hamda kechgi va tungi 
vaqtda chiroq bilan yoritilishi lozim. 
  Tashqi  reklamaning  paradokslaridan  biri  -  bu  uning  atrof  muhit  bilan  mos 
tushishi va shu bilan birga ulardan ajralib turishi kerakligidir. Shitli reklama uchun 
tasvir  eskizlarini  va  matnlarini  ishlab  chiqishda  shuni  e'tiborga  olish  lozimki,  
reklama firma obro‘siga mos tasvirni ifodalaydi. 
  Biron  joyda  joylashgan  plakatni  samaradorligi  nafaqat  uning  qanday 
bezatilganligi, balki uni joylashuv joyiga ham bog‘liq. 
   Yakuniy  hisobda  plakat  qabul  qilinishi  nafaqat  o‘zining  bezagiga,  balki  u 
qo‘yilgan hudud yoki transport vositasining tashqi ko‘rinishiga ham bog‘liq. 
      Tajribalar natijasida quyidagilar kuzatilgan: 
-      tomoshabinlar  e'tiborini  odatda  ko‘plik  ta'sirini  paydo  qiluvchi 
elementlarning zich joylashuvi jalb qiladi; 
-   qabul qilishning birinchi bosqichlarida to‘g‘ri geometrik figurani yoki uning 
fragmentini tashkil qiluvchi nuqtalarning moslashuvi ajralib turadi; 
-   nuqtalar yordamida dinamik va statik kompozitsiyalar yaratilib, dinamiklar 
tomoshabin nazarini jalb qiladi. 
   Albatta bu umumiy prinsiplar ma'lum hollarda turli xillarda individual ahamiyat 
kasb etadi. 
  Haydovchi va piyodalar uchun reklama vositalari o‘zining psixologik xususiyatlariga ega. 
Haydovchilar uchun mo‘ljallangan reklama va axborot ularga moslangan bo‘lishi kerak. 
Bu bir qator omillar natijasida aniqlanadi: 
-   haydovchi harakat vaqtida transportni boshqarish va uni nazorat qilish bilan 
bog‘liq qiyin mehnat bilan banddir; 
    -      haydovchi  doimo  yo‘lga  qarashi  lozim.    Ayniqsa  yo‘lning  o‘ng  tarafi  bilan 
band.  Shuning  uchun  o‘ng  tarafda  haydovchilar  uchun  mo‘ljallangan  reklama 
mavjud. 
   Shitlar joylashgan axborotni eng yaxshi qabul qilinadigan joylar -bular avtomobil odatdagi 
tezlikdan  kichkinaroq  tezlikda  harakat  qiladigan  joylar:  tezlik  cheklangan  joylar,  yer 
usti o‘tish joylari, svetaforlar, DAN postlar. 
   Haydovchilar uchun mo‘ljallangan plakat reklamalar haydovchiga nisbatan sidirg‘a yoki 
yonida joylashgan bo‘lsa, ular kamroq samaralidir. 
      Ko‘pgina  hollarda  plakatlar  transport  harakatiga  nisbatan  burchak  ostida 
joylashtiriladi.  Ko‘pgina  reklama  shitlari  transport  harakati  yo‘nalishiga  parallel 

ravishda  joylashtiriladi,  bu  esa  psoxologlarning  fikricha  qabul  qilishni  juda 
qiyinlashtiradi va shu bilan birga samarasizdir. 
   Psixolog  nuqtai  nazaridan  ma'lumki,  insonning  axborotni  qabul  qilib  uni 
qayta  ishlash  jarayoni  hisoblash  qurilmalaridagi  jarayonlardan  katta  farq  qiladi. 
Ba'zi  reklamistlar  -  rassomlar,  dezaynerlar  reklamani  xuddi  uni  inson  emas, 
mashina  o‘qiydigan  qilib  bezatadilar  va  tuzadilar.  Agar  kuzatuvchiga  katta 
miqdordagi  detallarga  shriftlar,  rasm,  manzil,  telefon  raqamlariga  to‘la  reklama 
plakatini  takdim  etadigan  bo‘lsak  -bu  uning  psixologik  jarayonlariga  -  e'tibor, 
xotira  tafakkur  va  hissiyotlariga  bo‘lgan  yuklamaning  yuz  marotaba  oshib 
ketishiga sabab bo‘ladi. 
  Reklama  shitlaridagi  axborot  hajmini  ishlab  chiqishda  insonning  kognitiv 
imkoniyatlarini hisobga olish zarur. 
  Reklama shitlari nimasi bilandir yarmarkalarga o‘xshab ketadi. Ular yorqin va 
rang-barangdirlar. Reklama shitlari faqatgina yuzaki e'tiborni jalb qiladilar, yuzaki 
qiziqish  va  ajablanishga  olib  keladilar,  ularning  matnlarida  mazmun  kam,  ammo 
his-hayajon  ko‘pdir.  Ular  potensial  iste'molchilarni  ko‘ndirmaydilar,  balki  jalb 
qiladilar. 
   Kognitiv psixologiyaning  tayanch konsepsiyalariga  ko‘ra  tashqi  reklama  eng 
samarali  vositadir.  Bu  ularning  mazmunidir,  materialni  uzatish  shakli  maksimal 
oddiy va ravon bo‘lishi talab etiladi. 
Psixologlar  tomonidan  o‘tkazilgan  maxsus  laboratoriya  tadqiqot  natijalari 
tashqi  reklama,  xususan  shit  elementlarining  insonlarga  qay  darajada  ta'sir  etish 
samaradorligini  baholash,  taqqoslashga  imkon  yaratadi.  Masalan,  emblema  va 
matnning nisbati matndagi so‘zlar o‘rtasidagi joylar, turli shriftlar, shtrix kengligi 
va boshqalar. 
Reklama shitlari psixologik ekspertizasi metodikasining ba'zi bir parametrlarini 
sanab o‘tamiz: 
-      baholanayotgan  ob'ekt  suratini  taxiskopik  namoyon  etishda  uni  o‘qish    va 
matnini eslab qolish imkoniyati; 
-   reklama matnidagi elementlar soni so‘zlar, shriftlar, rasmlar, belgilar, rangli 
bo‘yoqlar va boshqalar; 
-   belgi (harf) balandligining uning kengligiga nisbati; 
-   gorizontal so‘zlar orasidagi masofa; 
-   vertikal belgilar orasidagi masofa; 
-   shit da harflarning vertikal yoki gorizontal joylashuvi; 
-   figura (matn, emblema, rasm) va fon o‘rtasidagi kontrast darajasi; 
-   shitni yerdan qancha balandlikda joylashtirilishi
-   shit ko‘rinarli bo‘lgan joyda piyodalarning o‘tishi; 
-   shitni atrof muhit foni bilan estetik moslashuvi- joy, binolar bilan; 
-   raqobatchi reklamalar orasida shitni yaqqol ko‘zga tashlanishi; 
-      shitni  qabul  qilish  maydonida  odamlarning  to‘planishi  -avtobus  bekatlari, 
tarixiy yeki boshqa diqqatga sazovor joylar
-   shitni piyoda va avtomobillar qatnovi uchun xavfsizligi. 
   Shu  tariqa  bu  metodika  tashqi  reklamaning  psixologik  samaradorligini  tahlil 
qilishga,  axborotlar  hajmini  baholashga,  iste'molchida  yorqin  hissiyotlarni 

uyg‘otishga, uning e'tiborini jalb qilib, qiziqish paydo qilishga, shaxsiy manfaatni 
oshirishga va axborotni oson esda saqlab qolishga yordam beradi. 
   Tashqi reklama tahlili unchalik zehnli bo‘lmagan iste'molchi nuqtai nazaridan 
olib  boriladi.  Bu  holda  tashqi  reklamaning  eng  asosiy  vazifasi  sub'ektda 
"harakatning yo‘naltirilgan asoslarini" samarali shakllantirishdir. 
   Reklama  e'lonlari  va  plakatlar  insonlarga  u  yoki  bu  firmaning  borligini 
eslatadilar.  Ular  o‘zlari  ishlasalarda,  ko‘pgina  hollarda  ular  boshqa  reklama 
vositalari bilan birgalikda  samarali bo‘ladilar. Bu reklama tashuvchilarning asosiy 
funksiyasi  potensial  iste'molchiga  tovar  yoki  xizmat  mavjudligini  eslatishdan 
iborat. 
Sir  emaski,  plakat  mazmunida  mavjud  bo‘lgan  axborotdagi  do‘kon  yoki 
korxonani  topish  uchun  anchagina  vaqt  sarflash  mumkin.  Bu  elementlar 
ko‘rsatkichlarni  qo‘ymaganlik  natijasida  kelib  chiqadi.  Albatta,  bu  hol  reklama 
qilinayotgan ob'ekt o‘sha daha yoki tumanda joylashgan bo‘lsa ish beradi. Balki bu 
borada  e'lonlar  doskasida  ikkitagina  so‘zni  qo‘llash  kifoyadir.  Ular  odatda 
reklamada  qo‘llaniladigan  so‘zlarga  o‘xshamaydi,  ammo  odamlarga  ajablanarli 
ta'sir qiladi. Bu so‘zlar "kirish shu yerda" yoki "xuddi shu yerda" kabilardir. Agar 
ularni o‘z o‘rnida qo‘llansa, ular katta samara beradilar. 
Tranzit  reklama  (trasportdagi  reklama)  Reklamaning  bu  turi  o‘zining 
ommaviyligi bilan ustundir. Ya'ni u ko‘chadagilarning barchasiga yetib boradi. Bu 
yerda uning bir kamchiligi ham mavjud.  Bu maqsadga yunaltirilmaganlikdir. Shu 
uchun  reklamaning  bu  turi  orqali  umumiy  talab  bilan  yo‘llanuvchi  tovar  yoki 
xizmatlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq. 
   Uning yana bir ustunligi mavjud: xuddi o‘sha auditoriyaga bir qancha daqiqa, 
masalan 20 daqiqa davomida yoki har bir qatnov vaqti mobaynida ta'sir qilishidir. 
Metro  vagonida,  avtobus  yoki  trolleybus  salonida,  jamoat  trasportlari  bekatida 
yo‘lovchilarda reklama matnini o‘qishga yetarlicha vaqt mavjud. Bu kabi hollarda 
ma'lum vaqt mobaynida o‘rganish yoki kuzatish uchun kulguli yoki aniq tasvirlarni 
qo‘llash katta samara  beradi.  Bu  reklama  tashuvchining  yana bir  ustunligi shuki, 
auditoriyaga u davomiy ravishda ta'sir ko‘rsatadi. 
    Harakat  paytida  yo‘lovchilar  odatda  reklama  yoki  sotib  olingan  jurnal  va 
ro‘znomadan  boshqa  qaerga  qarashni,  nimani  kuzatishni  bilmaydilar.  Shuning 
uchun  transport vositalarida joylashtirilgan reklama materialari puxta grafik bilan 
bezatilgan va katta matnga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
   Trasportda  reklamani  ikki  usulda  joylashtirish  mumkin  -  salon  ichida  va 
tashkarisida. Ularning har biri o‘z cheklanishlari va samaradorlik resurslariga ega. 
Shaxsiy  avtomobilga  ega  bo‘lganlar  reklama  ta'siri  doirasidan  chiqib  ketadilar. 
Boshqa  tomondan  esa  salondagi  reklama  mazmunini  anchagina  ochiq  va  keng 
tarzda  namoyon  qilish  mumkin.  Salonda  ketayotgan  inson  telefon  yoki  manzilni 
yozib olish imkoniyatiga ega. 
    Shuni  e'tiborga  olish  lozimki,  ba'zi  shriftlar  avtotransport  harakati  paytida 
juda  qiyin  o‘qiladi.  Yirik  shaharlarda    yaxshi  ko‘rmaydigan  insonlar  ham  ko‘p, 
bekatlarda navbat katta, tig‘iz paytda esa yo‘lovchi trasportlar juda tirband. Xuddi 
shuning uchun reklama e'lonlari juda yorqin va aniq bo‘lishi lozim. 

Metrodagi  reklamaga  bo‘lgan  talab  va  taklif  yil  sayin  oshib  bormoqda: 
masalan  1991  yilda  metropolitenda  barcha  reklama  turlari  uchun  78  shartnoma 
bo‘lgan  bo‘lsa,  1996  yilga  kelib  u  1300  dan  ortib ketdi.                  Tadqiqotlar  shuni 
ko‘rsatadiki,  metrodagi  yo‘lovchilarning  fikricha  47%  metrodagi  axborot  juda 
foydali va ular bu axborotni ko‘proq bo‘lishini xohlaydilar. Inson har kuni bir xil 
e'lonni  o‘qiyvergandan  so‘ng  uni  yodlab  oladi,  hatto  u  hyech  narsa  sotib  olmasa 
ham,  u  uzoq  davrgacha  tovar  yoki  xizmatning  potensial  xaridori  bo‘lib  qoladi. 
Metrodagi  yopishtirilgan  e'lonlarga  ham  ma'lum  talablar  mavjud:  vagonlardagi 
yorqin yetikerlar salbiy hissiyotlarni, g‘azabni uyg‘otmasligi lozim, chunki metro 
baribir yopik, maydon ekanligini unutmaslik zarur. Buni kompaniyalarni tanlashda 
e'tiborga olish lozim. xulosa qilib aytganda bizda hanuz reklamaga daromad manbai 
sifatida  bir  tomonlama  qarash  nuqtai  nazaridan  voz  kechilgani  yuk.  Aslida  reklamaga 
daromad  manbai,  pul  topishping  oson  yo‘li  sifatida  emas,  san'at,  ijod  sifatida 
qarash kuchliroq bo‘lishi lozim. Yurtimizda ham reklamaning ana shunday qiziq va foydali 
bo‘lib shakllanishiga shubha yo‘q. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:  reklama vositalarining bir tomonlama aloqasi, reklama 
vositalarining ikki tomonlama aloqasi. radio reklama, reklama roliklari, shitdagi 
reklama, tranzitdagi reklama 
Nazorat savollari:  
1.  Reklama vositalarida psixotexnologiya tushunchasi qanday qo‘llaniladi?  
2.  Reklama vositalarida psixotexnologiyaning bir tamonlama aloqasi nima? 
3.  Radio reklamaning psixotexnologiyasi xususiyatlari nimadan iborat?  
4.  Televidenie reklamasining psixotexnologiyasi xususiyatlari nimadan iborat?  
5.  Gazeta reklamasining psixotexnologiyasi xususiyatlari nimadan iborat?  
 
REKLAMA  KOMMUNIKASIYASIDA KODLASHTIRISH 
Reja: 
1. 
Reklama kommunikasiyasida kodlashtirish tushunchasi  
2. 
Reklama kommunikasiyasida kodlashtirishda ramz va orazlar  
 
Reklama  kommunikasiyasida  kodlashtirish  kommunikasiya  goyasini 
axborot  kabul  kiluvchiga  matnlar,  «ramzlar  va  obrazlar  kurinishda 
tavdim etish jarayoni sifatida tushuniladi.  
Bu  shakllarning  xdmmasi  kommunikasiya  nazariyasining  bulimlaridan 
biri bulgan semiotikashtt urganish predmeta xisoblanadi.  
Semiotika  -  belgilarning  umumiy  xususiyatlarini,  axborotni  saklash  va 
uzatishga  kodir  belgilar  tizimining  tuzilishi  va  faoliyat  kursatishini 
urganadigan fandir. 
belgilar  nisbatining  xususiyatiga  kura  semiotikaning  uchta  asosiy 
yunalishini farkdash mumkin: 
-  sintaktika  -  nutk  zanjiridagi  belgilar  urtasidagi  munosabat  (belgi  va 
belgi nisbati); 

-  semantika  -  belgilar  (shakl  sifatida)  va  vokelikning  belgilanayotgan 
obyekti urtasidagi munosabat (belgi va referent nisbati);  
-  pragmatika  -  belgi  va  junatuvchi/kabul  kiluvchi  urtasidagi  munosabat 
(belgi va odam munosabati). 
Ta`kidlash 
joizki, 
semiotikaning 
xar 
uchala 
yunalishi 
reklama 
amaliyotida  uta  muxim  rol  uynaydi.  Sintaktika  yutuklari  va  vosita -
usullari  matnli  reklama  ishlab  chikishda  kullaniladi.  Sintaktika,  , 
semantika  va  pragmatikaning  amaliy  jixatlari  reklama  murojaatini 
shakllantirish  va  uning  kabul  kiluvchiga  ta`sirini  baxolashda  uta 
muximdir.  Bu  muammo  boshka  manbalarda  batafsilrok  kurib  chikiladi. 
Reklama  kommunikasiyasi  sxemasiga  kaytamiz.  Ta`kidlash  lozimki, 
xabar  shakllantirar  yekan,  kommunikator  ishlatilayotgan  kod  uni  kabul 
kiluvchiga  yaxshi  tanishligidan  kelib  chikishi  kerak.  Aks  xolda 
kommunikasiyaning samaradorligi past buladi. 
Rasmda  1998  yildagi  Ispaniyaning  Guasch  DDB  reklama  agentligiga 
tegishli  «Kann  sherlari»  aks  yettirilgan.  Rolik  avvalida  ekranning  chap 
yukori  burchagidan  uning  markazi  tomon  tuya  tasviri  xarakatlanadi.  SHu 
narsa xammaga  ma`lumki, tuya kupchilik odamlar tomonidan chidamlilik 
va  kamsukumlik  ramzi  sifatida  kabul  kilinadi.  Ekranda  uning  yonida 
avtomobilning  100  km  yulga  yonilgi  sarf  kilish  texnik  xususiyat i 
xakidagi  ma`lumotlar  paydo  buladi.  Ung  tomonda  ekraning  pastki 
kismidan  tuyaning  karshisiga  gepard  (koplon)  tasviri  xdrakatlanadi.  U 
sayyoramizdagi  eng  uchkur  xayvon  yekanligini  urta  maktabda  biologiya 
fanini  ukigan  xamma  biladi.  Ushbu  xolatda  gepard  tez lik  ramzidir. 
Avtomobilning  tezlik  imkoniyatlari  xakidagi  ma`lumotlar  xam  ekranda 
keltiriladi.  Ekran  markazida  uchrashgach  tuya  va  gepard  klip 
rejissyorlarining  xoxishiga  kura  upishadilar.  YAna  bitta  ramz.  Bu  gal 
kushilish  ramzi:  reklama  kontekstida  -  chidamlilik  (funksionallik)  va 
tezlik  birlashadi.  Mazkur  kiska  rolikni  yakunlovchi  shior  reklamaning 
asosiy goyasini mustaxkamlaydi :   
«Hamishabirga!» 
Bunday  yorkin  kodlar  yukori  professional  darajadagi  reklamada  tez -tez 
uchrab  turadi.  Masalan,  1Uinterfregi  («kish  nafasi»)  sakichini  iste`mol 
kilgandan  keyin  nafasdan  oynada  kolgan  «ayoz  izlari»ni  xam  yeslash 
mumkin.  YOki  Flatrop  televizor  l  arining  reklama  roligidagi  maxsus 
yeffektlar 
yordamida 
odamlarning 
kuzini 
koplagan 
parda 
olib 
tashlanishini bir yeslab kuraylik. 
Rossiya  reklama  tajribasidan  reklamada  ramzlardan  foydalanshi  buyicha 
bizning  nazarimizda  muvaffakiyatli  chikkan  bir  misol  keltiramiz. 
Reklama  radiospoti  yeldor  Ryazanovning  «Avtomobildan  yextiyot 
buling»  deb  nomlangan  kinokomediyasidagi  musikadan  boshlanadi. 
Reklama  chakirigi  matn  kismining  boshiga  joylashtirilgan  va  unda 
«YUriy  Detochkin  tavsiya  kiladi...»  deyiladi.  Keyin  avtomobillar  uchun 
olib  kochishga  karshi  tizim  buyicha  maxdlliy  dilerlar  tugrisida  axborot 
ketadi.  Ushbu  murojaatning  kodi  fakat  mazkur  filmni  kurgan  kishilarga 

tushunarli.  Fakat  komediyani  kurgandan  keyin  YUriy  Detochkin  deyarli 
professional avtomobil olib kochuvchi yekanligini bilish mumkin. Bu uni 
olib  kochishga  karshi  vositalarni  tanlab  olish  masalalarida  obruli 
yekspert  sifatida  namoyon  kilishga  im  kon  beradi  (tomoshabinlarning 
yodidaki,  bunday  vositalar  katorida  Detochkin  xatto  burilarga  karshi 
ishlatiladigan  kopkonlarga  xam  duch  kelgan).  Birok  YUriy  Detochkin 
shunchaki  olib  kochuvchi  emas.  Aslida  u  yumshok  kungilli  odam. 
Sotilgan  avtomobillardan  tushgan  pullarni  esa  u  bolalar  uylariga  beradi. 
SHunday  kilib,  film  ijodkorlari  YUriy  Detochkinning  murakkab  kiyofasi 
yaratilgan bulib, unga nisbatan xatto avtomobil egalarida xam anik ijobiy 
munosabat  mavjud.  SHuning  uchun  xam  yeslatib   utilgan  reklama  shiori 
xamma «xabardorlar»ga tushunarli bulib, darrov kulgili yumor uygotadi.  
( Reklama  murojaatida koddan muvaffakiyasiz foydalanilganiga misol keltiramiz. 
90  yillarning  boshida  rielter  firmalaridan  biri  «Ostankino»  kanalida  reklama 
roligini  namoyish  kilgan  yedi.  Kuchmas  mulk  sotish  bilan  shugullanadigan  firma 
uz 
faoliyatidagi 
xarakatchanlikni 
ta`kidlashni 
xoxlagandi. 
Slogan 
«Xdrakatlanadigan  kuchmas  mulk»  deb  nomlangan  suz  uyini  tarzida  berilgandi. 
Viderolikning  birinchi  kadrlarida  manzarali  urmon  bagrida  joylashgan  chiroyli 
kichik  uy  kursatiladi.  Birok  kamera  ortag  ketib  panorama  kiladi  va  uy  avtombil 
platformasida  turganligi  ma`lum  bulib  koladi.  Urmon  shovullashi  orasidan 
motorning  ishga  tushganligi  yeshitiladi.  Platforma  uy  bilan  birga  kadrdan  chika 
boshlaydi.  Ekranda  uning  urnini  reklama  chakirigi  egallaydi.  Reklama 
kampaniyasi  muvaffakiyasizlikka  uchragani  xakida  gapirmasa  xam  buladi. 
Mijozlar  murojaat  kilishi  urniga  firmaga  xajmi  katta  yukni  tashib  berishni 
xoxlovchilardan bir nechta kungiroklar bulgan. 
Ayiiksa,  xorijiy  auditoriya  bilan  ishlashda  «kodlashtirish/koddan 
chikarish»  muammosi  juda  muximdir.  Milliy  mentalitet,  madaniy 
kadriyatlardagi  farklar  bir  xil  murojaatga  turlicha  aks -ta`sirlarga  sabab 
bulishi mumkin. 
Semantik 
buzilishlarga 
xorijiy 
kommunikatorlarning 
boshka 
mamlakatlardagi  kutilmaganda  «nourin  jaranglab  koladigan»  reklama 
kilinayotgan  narsalar  nomlari  misol  kilib  keltiramiz.  Buni  rus  tilida 
suzlashuvchi  mamlakatlar  misolida  kurib  chikamiz.  Masalan,   Blue 
Wamep («Blyu Vote» mineral suv rusumi), Kaloderma (teri uchun krem), 
Rika1a  («Pukala»  choy  rusumi),  Warn  &  Go  («Vosh  yend  gou» 
shampuni),  Dolbu  («Dolbi»  videoappparaturasi).  Wucpa  («Vispa» 
shokoladi) yoki Dirы («Duru» sovun turi) ukrain tilida suzlashuvchilarda 
kulgi  uygotadi  (chunki  bu  ukrain  tilidi  «ospa»  (chechak)  va 
«obmanuvayu»  (aldayapman)  kabi  ma`nolarni  beradi).  YUgoslaviyada 
ishlab  chikariladigan  bolalar  ovkati V1  yedina,  suzini tarjima  kilishga til 
ojiz,  chunki  uning  omonimi  me`yordagi  suz  boyligi  doirasidan  tai щariga 
chikib ketadi,boshkacha kilib aytganda sukinishni anglatadi.  
SHuningdek,  Tavriya-Nova  rusumli  ukrain  avtomobili  xam  Ispaniyada 
muammolarga duch kelishi mumkin, chunki «no va» ispan tilidan tarjima 
kilinganda — «yurmaydi» ma`nosini anglatadi. 

Bunday  salbiy  misollar  bilan  birga,  reklama  kilinayotgan  narsalar 
nomining  muljaldagi  auditoriyatili  bilan  organik  uygunlashib  ketganligi 
mieollarini  xam  ta`kidlab  utish  mumkin.  Masalan,  «Tozalik  nimadir  ayt, 
tozalik toza Tayd» shaxar ogzaki ijodidan aforizm kabi urin olgan. 
SHunday  kilib,  biz  reklama  kommu  nikasiyasi  sxemasining  asosiy 
unsurlarini  kurib  chikdik.  Ulardan  ba`zilarini  biz  darslikning  keyingi 
boblarida anikrok taxlil kilamiz. 
Kiskacha  xulosalar.  Reklama  ijtimoiy  kommunikasiya  shakllaridan  biridir.  Uning 
auditoriyaga  ta`sirining  yukori  samaradorligiga  yerishish  kommunikasiyachar 
nazariyasi tadkik yetadiganAsosiy konuniyatlarni urganishni talab kiladi. 
YUtuklaridan  amaliyotdan  keng  foydalanilayotgan  kommunikasiyalar 
nazariyasining bulimlari sintaktika, s emiotika, pragmatikadir. 
Reklama  kommunikasiyasi  sxemasi  junatuvchi  (adr  esant),  kodlashtirish  tizimi, 
filtralar  (tusislar),  kommunikasiya  kapali,  murojaat  (maktub),  kommunkastiya 
vositachisi (kommunikant), kodddan chikarish tizimi, sabul kiluvchi (adr esat), aks 
aloka (jumladan javob aks-ta`siri) kabi yelementlarni uz ichiga oladi. 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  animasion  reklama  ,  bannerbannerli  reklama,  virtual 
do‘kon, vitrina 
Nazorat savollari:  
1  Reklamaning kanday ta`riflarini bilasiz vaular nimani anglatadi? 
2  Marketing  kommunikasiyalari  vositalarining  tarkibiy  kismi  sifatida  reklama 
kanday asosiy kirralarga ega? 
3. Xomiysining turiga kura reklamaning turlarini sanab bering . 
4. Ijtimoiy kommunikasiyalar tizimida reklamaning urnini tavsiflab 
bering. 
5. Minatakaviy  (umumilliy)  reklama  amaliyotidan  sizning  nazaringizda  m): 
affakiyatli  (muvaffakiyasiz)  chikkan  reklama  kodidan  foydalanishga  m'-geol 
keltiring. 
6. Ukituvchi  bergan  (yoki  duch  kelgan  jurnaldan  siz  tanlab  olgan)  muayyan 
reklama  murojaati  misolida  kabul  kiluvchining  istalayotgan  javob  aks-  ta`siri 
borasida  uz  taxminlaringizni  ayting.  Uni  ushbu  reklama  murojaagi  par 
eatlantiradimi? 
 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin