Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


-modda.  Reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


29-modda.  Reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun 
javobgarlik. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 
O‘zR  17.09.2010  y.  O‘RQ-259-son  Qonuniga  muvofiq  ikkinchi va  uchinchi 
qismlari  quyidagi  mazmundagi  ikkinchi-yettinchi  qismlar  bilan  almashtirilgan 
(Oldingi tahririga qarang) 
Reklama  beruvchilar,  reklama  tayyorlovchilar  va  reklama  tarqatuvchilar  - 
yuridik shaxslar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga 
tortilishi mumkin: 
noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama 
qilinishi  qonun  hujjatlari  bilan  taqiqlangan  mahsulotni  reklama  qilganlik  uchun  - 
eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  buzilishini  tugatish  haqidagi 
ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga 
rioya  qilmaganlik  uchun  -  eng  kam  ish  haqining  o‘ttiz  baravaridan  ellik 
baravarigacha mikdorda; 
reklama  axborotiga  taalluqli  hujjatlar  va  materiallarni  vakolatli  davlat 
organiga  belgilangan  muddatda  taqdim  etmaganlik  yoki  atayin  noto‘g‘ri 
ma'lumotlar takdim etganlik uchun - eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma 
baravarigacha miqdorda. 
Reklama  beruvchi  reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  reklama 
tayyorlash  uchun  taqdim  etiladigan  axborotning  mazmuniga  doir  qismi 
buzilganligi  uchun,  agar  ushbu  qonunbuzarlik  reklama  tayyorlovchining  yoki 
reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar bo‘ladi. 
Reklama  tayyorlovchi  reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  reklama 
tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi. 
Reklama  tarqatuvchi  reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  reklamani 
tarqatish  vaqti,  joyi  va  vositalariga  taalluqli  qismi  buzilganligi  uchun  javobgar 
bo‘ladi. 
Tadbirkorlik  sub'ektlariga  jarima  solish  sud  tomonidan,  ular  sodir  etilgan 
huquqbuzarlikdagi  aybiga  iqror  bo‘lgan  va  jarimani  ixtiyoriy  ravishda  to‘lagan 
taqdirda  esa,  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Reklama 
to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun  tadbirkorlik  sub'ektining  oxirgi 
hisobot  sanasidagi  joriy  aktivlari  summasining  jami  yigirma  foizidan  ortiq 
miqdorda  jarima  undirish  tadbirkorlik  sub'ektiga  undirish  to‘g‘risida  qaror  qabul 

qilingan  kundan  e'tiboran  undiriladigan  summani  olti  oy  mobaynida  oyma-oy 
bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. 
Jarima  to‘lash  vakolatli davlat organining qarori  yoki ko‘rsatmasini bajarish 
yoki reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni 
sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi. 
30-modda. Nizolarni hal etish. Reklama tayyorlash va tarqatish jarayonida kelib 
chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
O‘zbekiston  Respublikasining  reklama  to‘g‘risidagi  qonuni,  reklama 
beruvchi,  reklama  tayyorlovchi,  reklama  tarqatuvchi,  reklamadan  foydalanuvchi, 
reklama vositalari, mahsulot, aksilreklama  
Nazorat savollari:  
1.  O‘zbekiston Respublikasida reklama faoliyatini tartibga soluvchi qonun 
xujatlariga misollar keltiring. 
2.  O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonuni qachon qabul 
qilingan?  
3.  Reklama faoliyatida shartnomaviy munosabatlar qanday amalga 
oshiriladi?  
4.  Reklama faoliyati bo‘yicha xalqaro norma va xujjatlar mavjudmi? 
 
 
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA REKLAMA FAOLIYATINING 
NAZARIY ASOSLARI 
Reja: 
1.  Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama 
2.  Reklama faoliyati bilan bog‘liq nazariyalar  
 
Reklama  muayyan  korxona  yoki  ijtimoiy  faoliyatning  biror 
mahsulotiga  yoki  xizmat  turiga  keng  jamoatchilikning  e`tiborini  jalb 
etadi.  Yaxshi  tashkil  qilingan  reklama  bozor  talabini  oldindan  ko`ra 
bilish  va  bozor  sharoitida  xaridorlar  oqimini  boshqara  olish  imk onini 
beradi.  U  mahsulotning  xaridorga  etib  borishini  ta`minlashda  vujudga 
kelgan, sinovdan o`tkazilgan samarali usullarini qo`llaydi.  
Hozirgi 
vaqtda 
"reklama" 
tushunchasiga 
iqtisodchilar 
va 
marketologlar tomonidan turli xil ta`riflar berilmoqda.  
“Reklama 
siz 
shug’ullanmoqchi 
bo`lgan 
faoliyatning 
eng 
qizig’idir”,- degan edi, Djerri Della Femina
2

"Reklama  mahsulot  va  xizmat  turining  ishlab  chiqarishdan  savdo  va 
xaridorgacha  bo`lgan  yuli  haqidagi  xilma-xil  axborotlar  oqimidir"
3
,  deb 
ta`riflaydi  zamonaviy  marketing  nazariyasining  asoschilaridan  biri 
bo`lgan F.Kotler. 
                                                           
2
Батра,Раджив, Айерс, Джон Рж.,Аякер, Девид А.,Рекламный менеджмент. М.: СПб, К. Вильямс, 2000.  5с 
3
 Котлер Ф. Маркетинг -менеджмент.  -СПб.:Питер -Пресс. 1998. 699 -с. 

Rus  marketologlari  A.Pankratov  va  Yu.Bajenovlar  esa  reklamaga 
quyidagicha  ta`rif  berishgan:  "Reklama  -  ishlab  chiqaruvchi,  savdo  va 
xaridor o`rtasida tijoriy axborot almashuviga imkon beradi"
4

Yuqorida  keltirilgan  ta`riflardan  va  milliy  bozor  xususiyatlaridan 
kelib  chiqib  O`zbekistonlik  olimlar  ham  reklamaga  o`z  ta`riflarini 
berganlar.  Jumladan  iqtisodchi  olim  A.Azlarova  "Reklama  milliy 
iqtisodiyotda 
yaratilgan 
tovar 
va 
xizmatlarni 
sotish 
jarayoni ni 
tezlashtirish 
maqsadida 
vositachilik 
faoliyatini 
ifodalab, 
ishlab 
chiqaruvchi  bilan  iste`molchini  bozor  raqobati  sharoitida  maqsadli 
uchrashuvini ta`minlaydi"
5
 deb ta`riflaydi.  
Reklama    tushunchasiga  berilgan  ta`rifni  quyidagilar  bilan  izohlash 
mumkin: 
1. 
Reklama  ishlab  chiqarish  mavjud  bo`lgan  sharoitda  yuzaga 
chiqadi. 
2. 
Reklama  orqali  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  to`g’risidagi 
ma`lumotlar iste`mol bozoriga kirib keladi. 
3. 
Reklama  orqali  tovar  va  xizmatlar  iste`molchilarga  tezda 
etkazilib, ular tez xarid qilinadi. 
Tovarlar 
harakatida 
reklama 
asosiy 
o`rinni 
egallab, 
bozor 
faoliyatining  ko`p  qirrali  ko`rinishi  shaklida  ba`zan  mustaqil  yo`nalishga 
ajratiladi.  Marketing  va  reklama  bir  jarayonning  ikki  tomonini  tashkil 
etib,  reklama  marketing  tizimida  o`ziga  xos  o`r inni  egallaydi. 
Mutaxassislar  fikricha,  reklama  kommunikatsiya  shakli  deb  qaraladi.  U 
tovarlarning  sifati  va  xizmat  ko`rsatishni,  shuningdek  g’oyani 
iste`molchining  talab  va  ehtiyojiga  muvofiq    ravishda  tashkil  qilishga 
qaratilgan bo`ladi. 
"Reklama  savdoni  harakatga  keltiruvchi  kuchdir"  degan  iboraning 
tez-  tez  ishlatilishi  bejiz  emas.  Reklama  -  mahsulot  va  xizmat  turining 
ishlab  chiqarishdan  savdo  va  xaridorgacha  bo`lgan  yuli  haqidagi  xilma -
xil axborotlar oqimidir. 
Reklamaning  mohiyati  milliy  iqtisodiyotda   yaratilgan  tovar  va 
xizmatlarni  sotish  jarayonini  tezlashtirish  maqsadida  vositachilik 
faoliyatini  ifodalaydi.  U  odatda  ishlab  chiqaruvchi  bilan  iste`molchini 
bozor raqobati sharoitida maqsadli uchrashuvini ta`minlaydi.  
Reklamaga  tovar  ishlab  chiqaruvchining  o`z  tovari  bilan  bozorga 
kirayotganligi  to`g’risidagi  axboroti  deb  qarash  lozim.  Bunda  tovar 
iste`molchining ehtiyojini ma`lum darajada qondirayotganligi haqida so`z 
bormoqda.  Ishlab  chiqaruvchi  mahsulotni  bozorda  sotishdan,  xaridor  esa 
o`z ehtiyojini qondirishdan manfaatdor bo`ladi. 
Reklama korxona va bozor orqasidagi butun aloqa tizimini o`z ichiga 
oladi.  Iste`molchi  reklama  qilinayotgan  tovar  to`g’risida  malakali 
bilimga  ya`ni  tasavvurga  ega  bo`lishi  kerak.  Reklama  xabarlari  shunday 
                                                           
4
Панкратов А, Баженов Ю. Рекламная деятельность-М.: 2001.- 8-с. 
5
 Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi 
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005.    

bo`lishi  zarurki,  u  iste`molchida  tovarga  nisbatan  ijobiy  munosabat 
uyg’otishi va uni sotib olishga ishonch uyg’ota olishi lozim.  
Reklamaning 
funktsiyalariga 
to`xtalganda 
esa 
shuni 
aytish 
mumkinki,  unga  tovarlar  va  ularning  iste`mol  xususiyatini  tashviqot 
qilish  deb  qaralishi  shart.  Reklama  sifatli  va  kerakli  tovarlarning 
sotilishini tezlashtiradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi
6


reklama tovarning nufuzini (imidji) uzgartirishi;  

bozordagi talabni uzgartirishi; 

raqobatbardosh 
korxonalarning 
faoliyatini 
sustlashtirishi 
mumkin. 
Umuman  olganda,  reklama  ishlab  chiqaruvchi  va  iste`molchini  bir - 
biriga uzviy bogaab, iqtisodiyotning rivojiga katta xizmat qiladi.  
Reklama  faoliyati  reklama  vositalari  (televizor,  radio,  gazeta,  jurnal, 
tashqi    reklama)  orqali  iste`molchilar  bilan  yaqin  aloqa  o`rnatishga 
xizmat  qilib,  ayrim  qarash  va  goyalarning  shakllanishini  moliyaviy 
ta`minlash reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.  
Zamonaviy  reklama  insonning  barcha  sezgi  a`zolariga  (ko`rish, 
eshitish,  did  bilish)  ta`sir  etadigan  qilib  tuziladi.  Matn  va  rasmlar  avvalo 
odamlarning  ko`rish  va  eshitish  a`zolariga  ta`sir  qiladi.  Nafaqat  radio  va 
televidenie  orqali  beriladigan  reklamalar,  balki  maxsus  ayrim  ovozli 
reklamalar ham xaridorlarning sezgi a`zolariga ta`sir etadi.  
Masalan,  Parij  ko`chalaridan  biriga  o`rnatilgan  vinoni  reklama 
qiluvchi  elektron  qurilma  shisha  og’zidan  otilib  chiqqan  tiqin  hamda 
quyilayotgan vinoning tovushini aks ettiradi.  
Reklamaning  asosiy  qoidalaridan  biri  faqat  sertakalluflik,  ommaning 
zaif  tomonlarini  bilib  ta`sir  etishgina  emas,  balki  omma  orasida 
mahsulotga  nisbatan  norozilik  paydo  bo`lishining  oldini  olish  vazifasini 
hal  etish  hamdir.  Reklamada  sifat,  xaridorlar  soni  ham  nazardan  chetda 
qoldirilmaydi.  Sifati  o`rtacha  buyumlarni  reklama  qilishda  xarido rning 
e`tibori  arzon  baho  bilangina  emas,  balki  qulay,  chidamli,  sizga  loyiq  va 
shunga o`xshash tashviqotlar bilan jalb qilinadi.  
Reklama 
faoliyatiga 
bag’ishlangan 
ko`rgazmalarda 
reklama 
tashkilotlari  bir  qancha  shartnomalar  tuzish  imkoniyatiga  ega  bo`ladi . 
Tadbirkorlik faoliyati samarasi nafaqat boshlang’ich kapitalning o`lchovi 
bilan  emas,  ishbilarmon  kommunikatsiya  sifati  bilan  belgilanadi. 
Ishbilarmon kommunikatsiya sifati turlicha bo`lib, unda konferentsiyalar, 
ko`rgazmalar, 
seminarlar, 
ochilish 
marosi mlari, 
matbuot 
konferentsiyalari,  ish  yuzasidan  yoziladigan  dasturxonlar,  ishbilarmonlik 
o`yinlari,  shartnomalar  va  hokazolar  ko`zda  tutiladi  va  bu  erda  reklama 
birinchi  o`rinda  turadi.  Reklama  samaradorligini  belgilashda  ikki 
yondashuv  mavjud:  birinchisi,  reklamaga  nisbatan  qisqa  yondashuvda 
faqat  pullik,  bir  tomonlama,  shaxsiy  bo`lmagan  va  o`rtacha  murojaat 
mavjud holatda, raqobatbardosh tovarning foydasi ko`zda tutiladi.  
                                                           
6
 Ромат Е.В. Реклама.М.: СПб;2 003.-17 6с.-23с. 

Ikkinchisi  reklamaga  nisbatan  keng  yondashuvda  har  qanday  ishlab 
chiqaruvchi yoki ularning iste`molchigacha bo`lgan har qanday murojaati 
mavjud bo`ladi. 
Hozirgi  kunda  reklama  bozori  dunyo  miqyosida  jadal  o`sib 
kelayotgan  dinamik  bozorlardan  biridir.  1998  yilda  AQShda  bu  sohaning 
tashqi  reklama  turida  200  mlrd.  dollarni,  Rossiyada  esa  2  ml rd.  dollarni 
tashkil  qilgan
7
.  O`zbekistonda  hanuzgacha  bu  sohadagi  olinishi  mumkin 
daromad hisoblab chiqilmagan. 
Bugungi iqtisodiyot  rivojlanishida  reklamadan  tushadigan  daromadni 
hisoblash  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Markazlashgan  davlat  siyosati 
davrida  O`zbekistonda  reklama  faqat  do`kon  sarlavxalari,  manekenlar, 
narx  ko`rsatkichlari,  tovar  haqida  ma`lumot  yozilgan  tovar  tamgalari 
(etiketlari) va e`lonlaridagina namoyon bo`lardi .  
Mustaqillikka 
erishganimizdan 
so`ng, 
respublikamizda 
jahon 
bozoriga  chiqish  maqsadida  ko`plab  turdagi  sifatli  mahsulotlar  ishlab 
chiqarilmoqda.  Bularning  barchasi,  ommaviy  axborot  vositalari  orqali 
reklamaga  ehtiyojni  oshirdi.  Bu  bir  tomondan  tovarlarni dunyoga  tanitsa, 
ikkinchi tomondan davlat byudjetiga katta daromad keltiradi.  
Rivojlangan  davlatlar  allaqachon,  biron  firma  uchun  foydali  bo`lgan 
reklama  davlat,  aholi  uchun  zararli  bo`lgan  holatlarni  tushunib  etgan. 
Xorijda  reklama  qonuniga  rioya  qilmaganlik  uchun  reklama  beruvchi, 
reklamani  yaratuvchi  va  reklama  tarqatuvchilar  ja zolanadi
8
  va  bizning 
fikrimizcha, 
O`zbekiston 
Respublikasida 
qabul 
qilingan 
reklama 
to`g’risidagi  qonun  ham  respublikamizda  bu  sohadagi  ishlarning 
rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Reklamaning  davlat  tomonidan  reklama  qonunini  buzuvchilarni 
ustidan  nazorat  olib  boriladi.  Respublikamizda  qabul  qilingan  reklama 
to`g’risidagi  qonunga
9
  asosan,  tovarning  sifati  a`lo  darajada  bo`lishi  va 
reklama 
e`lonida 
va`da 
qilinayotgan 
sifatlarining 
haqqoniyligi, 
ishonchliligi,  tovarning  xizmat  qilish  muddati  ko`rsatilganligi  va  dizayni 
iste`molchi talabiga mos kelishi lozim. Shuningdek, reklama qilinayotgan 
tovarning  xizmatga  yaroqliligi  ham  nazarda  tutilishi  reklamada  ta`kidlab 
o`tilishi  joiz.  Reklama  faoliyatining  asosiy  maqsadlaridan  biri  foyda 
olish bo`lib, reklama savdoning muhim tarkibiy qismlaridan sanaladi. 
Reklamaning  asosiy  vazifasi  iste`molchiga  tovar  haqidagi  axborotni 
etkazishdir.  Masalan,  tovar  ishlab  chiqaruvchi,  iste`molchi  bor,  lekin 
reklama  yuq  deylik.  Albatta,  bu  holatda  iste`molchi  o`ziga  kerakli 
tovarni  bozorlardan,  do`konlardan  uzoq  qidiradi.  O`z  navbatida,  ishlab 
chiqaruvchining 
ham 
xaridorlarni, 
iste`molchilarni 
topishi 
oson 
bo`lmaydi.  Shuningdek,  do`konlar  tashqarisidagi  peshlavdalarni  trtri 
tanlay  olmaslik  ham  ishni  qiyinlashtiradi.  Masalan,  mashxur  "Okean " 
                                                           
7
http://www.anderson.ucla/research/marshak/. 
8
Гольман И. А. Рекламное планирование. Рекламные технологии. Организация рекламной деятельности/. - 
М.: Гелла - Принт, 1996. 290-с. 
9
 O’zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonuni.1998 yil. 28 dekabr. 

do`konidan  kiyim-kechak,  avtomashinalar  ehtiyot  qismlaridan  tortib, 
barcha  narsalarni  sotib  olish  mumkin.  Faqat  u  erning  nomidan  chiqib, 
do`konda  baliq  sotilmasligi  g’ayritabiiydir.  Agar  iste`molchini 
reklamaning asiri deb hisoblansa, bu xato bo`ladi. Re klama iste`molchiga 
gazetalar, 
teleko`rsatuvlar, 
radio 
va 
dokazolar 
orqali 
singadi. 
Iste`molchilar  reklamaga  katta  ahamiyat  berib,  uni  sinchkovlik  bilan 
tekshiradilar.  Bu  iste`molchilarning  psixologik  holati  bilan  bog’liq 
bo`lib,  avval  ham  mavjud  bo`lgan  shirinso`z  sotuvchilar  va  oliy  sifatli 
tovarlarni inkor etmaydi. 
Reklama  tovarlar  dunyosida  iste`molchiga  mahsulotni  topishga 
ko`maklashadi. Bu zanjirda reklama iste`molchiga tovar haqida ma`lumot 
beradi. Agar tovar yangi bo`lsa, uning xususiyatlarini ochib  beradi, bordi 
yu  avvaldan  iste`molchiga  tanish  bo`lsa,  uning  yangi  xususiyati 
ta`kidlanadi. 
Bu  turdagi  reklama  korxonaning  katta  hajmdagi  tovarlarini 
sotilishini  ta`minlashga  ko`maklashadi.  Bundan  tashqari,  u  investorlarga 
korxona faoliyati yaxshi ketayotganligidan ham darak beradi. 
Keyingi  paytlarda,  Respublikamizda  umumjamiyat  muammolarini 
o`z  ichiga  olgan  tashviqot  reklamalari  ham  ko`plab  kirib  kelmoqda. 
"Raqobatbardosh  reklama"  atamasi  esa  tovarning  ma`lum  xususiyatini 
alodida  ko`rsatishini  o`z  ichiga  oladi.  Agar  reklamada  bir  necha  tovarlar 
bir  biriga  solishtirilsa  bu  solishtirma  reklama  faoliyatidir.  Umummilliy 
reklama,  butun  mamlakat  bo`ylab  tovarlari  yoyilgan  kompaniyalarning 
moliyaviy  manbalariga  asoslanadi.  Kooperativ  reklama  mahalliy  ulgurji 
va  chakana  savdochilarning  birgalikda  hududiy  reklama  berishlaridan 
iborat. 
Reklamada  chiroyli,  kishilar  va  mashdur  aktyorlar  ishtirok  etsa,  u 
katta  foyda  keltirib,  bunday  reklamalar  uta  samarali  bo`ladi.  Bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida,  reklamaga  ehtiyoj  mavjud   bo`lib,  usiz  ishlab 
chiqarish  va  sotish  sustlashadi,  eski  tovarlar  omborlarda  joy  egallab 
yotadi.  Bu  to`g’rida  hatto  hammaga  tanish:  "Kimki  pulni  tejash  uchun 
reklamadan  voz  kechar  ekan,  u  soatni  ayash  uchun  soatni  to`xtatib 
qo`ygan kishi bilan barobardir" iborasi mavjud
10
 . Shunday ekan, reklama 
tovarlarni  bozorga  tanishtirib,  ularning  tez  sotilishiga  yordam  beradi  deb 
hisoblaymiz. 
Reklamani  yuzaga  keltirishga    ko`p  mablag’  sarflanadi,  shu  bilan 
birga,  reklama  samarali  chiqsa  u  reklama  tarqatuvchiga  katta  foyda 
keltiradi.  Reklama  sotishni  kengaytirishga  xizmat  qilib,  tovarlar  sotuvi 
qoniqarli  bo`lmasa,  reklama  bozor  va  iste`mol  muhiti  haqida  ma`lumot 
berish  orqali  sotuvni  yo`lga  qo`yadi.  Bundan  tashqari,  reklama 
jamiyatning boshqa sohalarining rivojiga ham  xizmat qiladi. 
Reklama  xarajatlari  ham  mazkur  natijaga  tayanadi.  Butun  savdo 
zanjirini qamrab olgan holdagi reklama katta foyda keltiradi.  
                                                           
10
 Уткин.Э.А.Качеткова А.И. «Рекламное дело» , М.:Тандем, 1997. 57-с. 

Yaqin  o`tmishimizda  tovarlarni  xaridorga  etkazib  berishning  4  ta 
asosiy  bosqichi  mavjud  edi:  injenerlik  loyihalari,  i shlab  chiqarish,  sotish 
va tayyor mollar.
11 
Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bu  bosqichlarni  marketing  o`z 
ichiga  qamrab  olgan.  Marketingda  reklamani  boshqarish  reklamaning 
maqsadi  va  vazifalaridan  kelib  chiqar  ekan,  u  mahsulotning  maqbul 
jihozlanishi  va  bezalishi  bo`yicha  tadqiqotlarni  ham,  narx -navo 
masalalarini  ham,  sotuvgacha  reklama  va  mahsulot  sotilgandan  keyingi 
xaridorga  xizmat  ko`rsatishni  ham,  xullas  ishlab  chiqaruvchidan  to 
iste`molchigacha  bo`lgan  butun  munosabatlarni  boshqarishni  o`z  ichiga  
olishi kerak. 
Reklamani 
boshqarish 
esa, 
o`z 
navbatida, 
marketingning 
vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  amalga  oshirilib,  turli  marketing 
kontseptsiyalarida  kuzda  tutiladigan  reklama  to`g’risida  aytilgan  bu 
fikrlarning  hammasi  reklama  ishlarini  o`tkazish  v a  reklama  faoliyatini 
olib  borishdan  avval  qilinadigan  juda  katta  va  murakkab  yumushlar 
to`g’risida to`la tasavvur bermaydi. 
Reklamaga  oid  har  bir  ish  tovar  va  xizmatlarning  xususiyatlarini, 
potentsial  xaridorlar  va  iste`molchilar  doirasini,  reklama  kimga 
qaratilgan  bo`lsa,  o`sha  kishilarning  ruhiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan 
holda, yuksak did hamda haqqoniy qilib ishlanishi kerak.  
Raqobat  kurashi  sharoitlarida  reklama  bo`yicha  mutaxassislar 
reklamaga  oid  o`z  echimlarining  tijorat  sirlarini  saqlab  borsala r,  eng 
muvaffaqiyatli  chiqqan  echimlarga  patentlar  berilsa,  mualliflarning  haq -
huquqlari  qonun  tomonidan  mudofaza  qilinsa,  reklama  samarali 
rivojlanadi.  Hozirgi  kunda,  respublikamiz  iqtisodiyotini  rivojlantirishda 
marketing  boshqaruvi,  reklamaga  bo`lgan  eh tiyoj  yanada  ortdi.  Ko`pgina 
korxonalar  uchun  reklama  zaruriy  shart  sharoit  bo`lib  qoldi.  Shunday 
dolzarb  kunlarda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning 
tashabbusi  bilan  1998  yil  oktyabr  oyida  "Reklama  to`g’risida"  gi  qonun 
loyihasi  ishlab  chiqildi  va  keng  omma  muhokamasiga  qo`yildi.  1998  yil 
28  dekabrda  O`zbekiston  Respublikasining  "Reklama  to`g’risida"gi 
qonuni  qabul  qilinishi  bilan  bu  sohada  keskin  ijobiy  o`zgarishlar  yuzaga 
keldi.  Bu  qonun  reklamaga  bo`lgan  zaruriyatni  bu  borada  qilinishi  kerak 
bo`lgan chora-tadbirlarni belgilab berdi. 
Tarixdan ma`lumki, reklama bozor bilan bir vaqtda yuzaga kelgan va 
har  ikkisi  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’liq.  Shu  o`rinda  O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimovning 
"O`zbekiston 
iqtisodiy 
siyosatining  ustuvor  yo`nalishlari"  kitobida  quyidagi  yozilgan  jumlalarni 
ta`kidlab  o`tish  joiz:  Bozor  munosabatlariga  o`tish  insonning  ijodiy  va 
mehnat    salohiyatini  namoyon  qilishga,  boqimandalikni  bartaraf  etishga, 
yo`qolib  ketgan  egalik  tuyg’usini  qayta  tiklashga  imkon  beradi.  Faqat 
bozorgina  mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  hukmini  bartaraf  etib, 
                                                           
11
 Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi 
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005. 18-b. 

respublikaning  g’oyat  katta  boyliklaridan  samarali  foydalanishni 
ta`minlay oladi".
12 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  marketing  tizimidagi  reklama  faoliyati 
katta  ahamiyatga  ega  bo`lib,  mutaxassislarning  fikriga  ko`ra,  u 
kommunikatsiya  shakli  deb  qaraladi.  Reklama  tovar,  sifat  va  xizmat 
ko`rsatishni,  shuningdek,  g’oyani  iste`molchining  talab  va  ehtiyojiga 
muvofiq    tashkil  qilishga  intiladi.  Reklama  birinchidan,  raqobatbard osh 
tovarlar  to`g’risida  ma`lumot  beradi,  ikkinchidan  esa,  tovarlar  va 
mablag’lar  aylanishini  tezlashtiradi,  iqtisodiyot  rivojiga  katta  foyda 
keltiradi. 
Reklamaning  mohiyati  ishlab  chiqaruvchi  manfaatidan  kelib  chiqib, 
xaridorda  tovarni  sotib  olish  to`g’risida  tasavvur  uyg’otishdir. 
Reklamaga  tovar  ishlab  chiqaruvchi  o`z  tovari  bilan  bozorga  kirayotgani 
to`g’risidagi  axborot  deb  qarash  mumkin.  Reklama  xabarlari  shunday 
bo`lishi  zarurki,  toki  ular  iste`molchida  tovarga  nisbatan  ijobiy 
munosabat va uni sotib olishga ishonch uyg’ota olsin. Turli mavzulardagi 
matnlardagi 
reklama 
umumiy 
axborot 
vositasi 
sifatida 
ma`lum 
ahamiyatga  ega  bo`lib,  nafaqat  jamiyat  iqtisodiy  hayotining,  balki  uning 
ma`naviyligini, siyosiy dunyoqarashiga oid tomonlarni ham aks ettiradi.  
Respublikamizda  tovarlar  reklamasi  faoliyatini  shakllantirishdagi  o`ziga  xos 
xususiyatlarni,  ularning  mohiyati  va  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishdagi 
reklamaning  rolini  ochib  berish,  reklama  faoliyatini  takomillashtirish  va  tahlil 
qilish,  reklama  faoliyatini  milliy  qadriyatlarimiz  boy  madaniy  merosimiz  asosida 
yaratish, uning ta`sirchanligi uchun harakat qilish yo`llarini shakllantirish zarur. 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Bozor  iqtisodiyoti  sharoiti,  reklama  xarajatlari  Rus 
marketologlari  A.Pankratov  va  Yu.Bajenovlar  nazariyalari,  Djerri  Della  Femina 
reklamaga  old  fikrlari,    A.Azlarova  nazariy  qarashlari,  potentsial  xaridorlar  va 
iste`molchilar 
Nazorat savollari:  
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama qanday ahamiyat kasb etadi? 
2. Reklama faoliyati bilanbog‘liq qanday nazariyalar mavjud?  
3. Reklama nazariyalarida  reklamaga qo‘yilgan talablar qanday?  
4.Reklama va uni ishlab chiqaruvchi munosabatlari xaqida nima deya olasiz?  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                           
12
 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.-T.: O‘zbekiston. 1999. 85-b. 

MARKETING KOMMUNIKATSIYALAR TIZIMIDA REKLAMA 
Reja:  
1.  Reklama–marketingning muhim tarkibiy qismi sifatida  
2.  Kommunikatsiyalar nazariyasining asosiy qonuniyatlari 
3.  Reklama kommunikatsiyalarining asosiy vositalari 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin