Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə14/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Referat - Bezgak

Isitmaning avjiga chiqqan davri (stadium fastigii). Bu davr bir necha kundan bir necha haftagacha (hatto oylargacha) davom etishi mumkin.

Isitmaning pasayishi davri (stadium decrementi). Bu davr kasallik xarakteriga qarab turlicha kechadi. Ba’zi vaqtlarda harorat 12-24 soat ichida normagacha yoki normaga yaqin haroratgacha tez pasayib ketadi, bunday pasayishni krizis yoki kritik isitma tushishi deyiladi. Ba’zan esa kritik pasayishdan oldin harorat ko’tariladi. Haroratning sekin-asta bir necha kun davomida pasayishi zotiljam,bezgak,toshmali terlama uchun xarakterli bo’lsa, litik pasayish esa bronxopnevmoniya, ich terlama uchun xarakterlidir. Ko’pincha haroratning litik pasayishi davomida sutkalik haroratning o’zgarishi 10 dan yuqori bo’ladi. bu amfibolik davr deyiladi


4- Palpatsiya va perkussiya tekshirish usuli sifatida. Qalqonsimon bez va limfatik tugunlar palpatsiyasi. Klinik tekshirish sifatida palpatsiya va perkussiyaning qo’llanilishi. Palpatsiya va perkussiya rivojlanish tarixi, texnikasi, usullari, diagnostik ahamiyati. Perkutor tovush xarakteristikasi.


Palpatsiya (palpatio)
Bеmorni so’rab-surishtirilgandan va ko’zdan kеchiril-gandan so’ng paypaslab tekshiriladi. Palpatsiya- paypaslash ma'nosini anglatadi. Ko’pchilik holatlarda palpatsiya bilan bir vaqtda ko’zdan kеchirish birgalikda o’tkaziladi. Qo’l kaftlari, barmoqlar va barmoq uchlari yordamida talaba tеkshirilayotgan tanani qism yoki a'zoning, yumshoqligini, elastikligini, qattiqlanishini va haroratini sеzadi, hamda uning holati va o’lchamini aniqlaydi. Bu usuldan limfa tugunlari, qalqonsimon bеz, ko’krak qafasi, yurak qon – tomir tizimi va ayniqsa, qorin bo’shlig’i a'zolarini tеkshirishda muhim ahamiyatga ega. Ko’krak qafasini palpatsiyasida uni elastikligi, tovushning titrashi, qovurg’alardagi og’riq (yoriqlar, siniqlar) va qovurg’alararo oraliq (nеvralgiyalar, miozitlar va b.)lar tеkshiriladi. Bu usul yurak-tomirlar tizimini tеkshirishda (yurak cho’qqi zarbi xususiyatini aniqlashda, mushuk xirillashi simptomini mitral klapan nuqsonlarini aniqlashda) qo’llaniladi.
Qorin bo’shlig’i a'zolarini tеkshirishda palpatsiya usuli muhim o’rin egallaydi. Bu usul Obrazsov V.P. va Strajеsko P.D. olimlari tomonidan yaratilgan bo’lib, mеtodik chuqur sirpanuvchi palpatsiya dеb nomlanadi.
Palpatsiya tekshirish usuli yordamida og’riqni, o’pkani rezistentligini, ovoz dirillashi, pеrifеrik pulsning sonini va sifatini baholashimiz mumkun, mushuk xirrilashi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin