Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə11/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Referat - Bezgak

Antropometriya (anthropos – odam, metron – o’lchov) – odamning gavda tuzilishini, ya’ni bo’yi, ko’krak aylnasi va gavda og’irligini aniqlash usulidir. Antropometrik ko’rsatkichlar orqali tashxis uchun muhim ma’lumotlar olish mumkin.
Bemorning bo’yi maxsus bo’y o’lchagich bilan o’lchanadi. U santimetrlarga bo’lingan tik taxta va unga biriktirilgan siljib yuruvchi gorizontal o’rnatilgan kichik taxtachadan iborat. Bo’y o’lchanayotganda kishi o’lchagich tagidagi taxtachaga orqasi bilan turadi. Bunda gavdasining uch joyi: tovon, dumba va ko’krak taxtaga tegib turishi va tashqi eshituv yo’lining ustki chegarasi ko’zningtashqi burchgi bilan bir gorizontal chiziqda turishi kerak. Shundan keyin o’lchagichning siljuvchi taxtachasi bosh ustiga tushiriladi va uning qaysi son ustida turgani belgilanadi.
Ko’krak qafasining aylanasi santimetrli tasma bilan osoyishta nafas olinib chiqarilgan, qo’llar pastga tushirilgan vaqtda o’lchanadi. O’lchov lentasi orqa tomondan ko’krakning burchagi ustidan, old tomondan esa VI qovurg’aning ustidan o’tishi kerak. Ko’krak aylanasidan tashqari uning old-orqa va ko’ndalang diametrlari sirkul yordamida o’lchanadi.
Bemorlar shifoxonaga kelganlarida va u yerdan davolanib chiqib ketayotganlarida ularning vazni o’lchanadi. Bemor vazni kiyimsiz kiyimsiz holda erta bilan nonushta qilmasdan, bemor qovug’ini bo’shatgandan keyin o’lchanadi. O’lchash uchun oddiy yuk tarozidan foydalaniladi. Tortilgandagi natija kasallik tarixidagi harorat varag’iga yozib qo’yiladi.
Benorning og’irligi me’yoridaligini bilish uchun uning santimetrda ifodalangan bo’y uzunligidan 100 ni ayiriladi. Masalan, bo’yi 180 sm – 100=80 kg. Demak, bo’yi 180 sm bo’lgan kishining og’irligi 80 kg bo’lishi kerak. Bundan 2 -3 kg ko’p yoki kamligi katta ahamiyatga ega emas. Kishining yoshi ortib borgan sari uning og’irligi ham ortda boradi. Masalan, 60 yashar bo’yi 180 sm bo’lgan odamning og’irligi 90-95 kg bo’lsa ham norma hisolanadi. Yetarlicha oqatlanmaslik, yuqumli jarayonlar, intoksikatsiyalar, iste’mol qilingan ovqatning singmasligi (ich ketish,qusish), endokrin a’zolar faoliyatining buzilishi (Bazedov kasalligi), xavfli o’smalar, asab kasalliklari va boshqalar tufayli bemorning og’irligi kamayib ketadi. Og’irlikning oshib ketishi esa quyidagi hollarda, ya’ni ko’p ovqat yeyish, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, shishlar paydo bo’lishi, tanadagi bo’shliqlarga suv yig’ilishi va boshqalar sababli kuzatiladi. Aniqlangan antropmetrik ko’rsatkichlar asosida bir necha amaliy ahamiyatga ega bo’lgan indekslar hisoblab chiqariladi.

  1. Bo’y – og’irlik kuchi – gavda tuzilishining mutanosibligini ko’rsatadi. Buni aniqlash uchun kilogrammlar bilan ifodalangan gavda og’irligini 100 ga ko’paytirib, santimetrlar bilan ifodalangan bo’y uzunligiga bo’linadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin