Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
5c78e023dfdea (1)

Xalqaro hamkorlik 
Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro 
hamkorlikining 
asosiy 
yo'nalishlari 
O'zbekiston 
Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi bilan 


aniqlanadi. Tashqi siyosat strategiyasining asosiga 
mamlakatning milliy-davlat mafaatlari, xalqaro huquq 
ma’yorlari, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga 
aralashmaslik, barcha baxsli masalalarni tinch yo'l 
bilan hal etishdek ustivor umumqabul qilingan 
tamoyillar mustahkamlangan. 
Atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
halqaro faoliyatni yuritish va muvofiqlashtirish uchun 
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo'mitasi qoshida Xalqaro aloqalar va dasturlar 
bo'limi tashkil etilgan. 
Xalqaro aloqalar va dasturlar bo'limi Tabiatni 
muhofaza 
qilish 
davlat 
qo'mitasi 
bo'linmalari 
tomonidan xalqaro, davlatlar va hukumatlararo 
konvensiyalar, kelishuvlar va tegishli dasturlarning 
bajarilishi, rioya etilishi bo'yicha muvofiqlashtirish 
hamda nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, 
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro, 
davlatlar 
va 
hukumatlararo 
konvensiyalar, 
kelishuvlarga muvofiq davlat organi va tashkilotlar, 


xalqaro, davlatlararo hamda jamoatchilik tashkilotlari 
bilan hamkorlik qiladi. 
Respublika 
konvensiyalar 
doirasidagi 
o'z 
majburiyatlarini atrof tabiiy muhit holatini yaxshilash 
hamda barqarorlashtirishga yo'naltirilgan milliy va 
xalqaro loyihalarni amalga oshirish yo'li bilan 
bajaradi. 
Atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish 
va 
tabiiy 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish 
sohasidagi 
ikkitomonlama 
hamkorlikni 
mustahkamlash 
maqsadida 
xorijiy 
mamlakatlar 
bilan 
qator 
ikkitomonlama hamda ko'ptomonlama kelishuvlar 
imzolandi, ularning orasida: 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Ozarbayjon Respublikasi 
Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi o'rtasida atrof-
muhitni 
muhofaza 
qilish 
sohasida 
hamkorlik 
to'g'risidagi Kelishuv (2008 y.); 

O'zbekiston 
Respublikasi 
Hukumati 
va 
Qozog'iston 
Respublikasi 
Hukumati 
o'rtasida 


sayg'oqlarni muhofaza qilish, ko'paytirish va barqaror 
rivojlantirish bo'yicha Kelishuv (2010 y.); 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Koreya Respublikasi Atrof-
muhit vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida hamkorlik to'g'risidagi o'zaro anglashuv 
Memarandumi (2010 y.); 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Rossiya Federatsiyasi Tabiiy 
resurslar va ekologiya vazirligi o'rtasida atrof-muhitni 
muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi 
Kelishuv (2013 y.); 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Latviya Respublikasi Atrof-
muhitni muhofza qilish va mintaqaviy hamkorlik 
vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida hamkorlik to'g'risidagi Kelishuv (masala 
ko'rib chiqilmoqda); 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Gruziya Atrof-muhit 


vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida hamkorlik to'g'risidagi Kelishuv (masala 
ko'rib chiqilmoqda); 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Xalq universitetlari Nemis 
Assotsiatsiyasi (IIZ/DVV) vakolatxonasi o'rtasidagi 
o'zaro anglashuv Memarandumi (masala ko'rib 
chiqilmoqda); 
- O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo'mitasi va Germaniya Federativ 
Respublikasi, Mixael Zukkova jamg'armasi o'rtasidagi 
o'zaro anglashuv Memarandumi (masala ko'rib 
chiqilmoqda) eng so'nggilari hisoblanadi. 
O'zbekiston 
Orolni 
qutqarish 
Xalqaro 
jamg'armasi (OQXJ), Barqaror rivojlanish bo'yicha 
Markaziy Osiyo Davlatlararo komissiyasi (BRDK), 
Davlatlararo 
muvofiqlashtirish 
suv 
xo'jligi 
komissiyasi, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik 
markazining ta’sischisi hisoblanadi. 


O'zbekiston 
xalqaro 
miqyosda 
1992 
yil 
Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) a’zosiga 
aylandi va uning qator dasturlari hamda maxsus 
muassasalari bilan hamkorlikni boshladi: BMT Atrof-
muhit bo'yicha dasturi (YUNEP), BMT Taraqqiyot 
dasturi (TD), BMT Ta’lim, fan va madaniyat 
masalalari 
bo'yicha 
tashkiloti 
(YUNESKO), 
Butunjahon meteorologiya tashkiloti, Oziq-ovqat va 
qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), BMT Sanoat rivoji 
bo'yicha tashkiloti (YUNIDO), shuningdek, uning 
ikkita mintaqaviy komissiyasi: BMT Yevropa 
iqtisodiyoti komissiyasi va Osiyo hamda Tinch okeani 
uchun 
iqtisodiy-ijtimoiy 
komissiyasi 
shular 
jumlasidandir. 
O'zbekiston 
barqaror 
rivojlanish 
sohasida, 
shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkiloti (YEXHT), Yevropa ittifoqi (YEI), Jahon 
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qurg'oqchil hududlar 
uchun qishloq xo'jaligi tadqiqotlari Xalqaro markazi, 
Xalqaro 
hamkorlik 
bo'yicha 
Koreya 
agentligi 


(KOICA), Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yaponiya 
agentligi(JISA) 
va 
boshqalar 
bilan 
samarali 
hamkorlikni amalga oshiradi. 
O'zbekiston barqaror rivojlanish bo'yicha ko'p 
sonli xalqaro shartnomalar, chora-tadbirlar rejalari va 
anjumanlarning ishtirokchisi hisoblanadi, xususan, 
Atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha Deklaratsiya, XXI 
asrga kun tartibi, Mingyillik rivojlanish maqsadlari 
to'g'risida BMT Deklaratsiyasi, Bali harakatlar rejasi 
va boshqalar. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
qator 
xalqaro 
konvensiyalar va ular rivojlanishining tegishli 
protokollariga (bayonlariga) a’zo bo'ldi hamda 
ratifikatsiya qildi. Ularga quyidagilar kiradi: 
- Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risidagi 
Vena Konvensiyasi (18.05.1993 y.); 
- Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha 
Monreal Protokoli (18.05.1993 y.); 


- Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha 
Monreal Protokoliga London tuzatmalari (01.05.1998 
y.); 
- Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha 
Monreal 
Protokoliga 
Kopengagen 
tuzatmalari 
(01.05.1998 y.); 
- Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro 
ko'llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo'yicha 
BMT 
Yevropa 
iqtisodiyoti 
komissiyasining 
Konvensiyasi; 
- Tabiiy muhitga harbiy yoki har qanday 
tajovuzkorona ta’sir vositalaridan foydalanishni 
ta’qiqlash to'g'risidagi Konvensiya (26.05.1993 y.); 
- Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Hadli Konvensiya 
(20.06. 1993 y.).Ushbu konvensiyaga Kioto protokoli 
(1999 y.); 
- Cho'llanishga qarshi kurashish bo'yicha 
Konvensiya (31.08.1995 y.); 


- Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib 
chiqish va ularni yo'qotishni nazorat qilish bo'yicha 
Bazel Konvensiyasi (22.12.1995 y.); 
- Biologik xilma-xillik to'g'risidagi Konvensiya 
(06.05.1995 y.); 
- Umumjahon madaniy va tabiiy merosini 
muhofaza qilish to'g'risidagi Konvensiya (22.12.1995 
y.); 
- Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan yovvoyi 
fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish 
to'g'risidagi Konvensiya (01.07.1997 y.); 
- Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi 
turlarini muhofaza qilish to'g'risidagi Konvensiya 
(01.05.1998 y.); 
- Afro-Yevroosiyo ko'chib yuruvchi suvli-
botqoqli hududlar qushlarini muhofaza qilish bo'yicha 
Kelishuv (AEWA); 
- Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan asosan suvda 
suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-


botqoqli hududlar to'g'risidagi Ramsar Konvensiyasi 
(30.08.2001 y.).



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin