Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   207
5c78e023dfdea (1)

 
Ekologik javobgarlik tushunchasi 


Ekologiya sohasidagi javobgarlik davlat, jamiyat 
va insonning jamiyat oldidagi, hozir yashayotgan va 
kelgusi avlod oldidagi, muayyan inson va tabiatdan 
foydalanuvchi 
shaxs 
oldidagi 
javobgarligidir. 
Ekologik huquqiy javobgarlik esa — umumhuquqiy 
javobgarlikning turlaridan biri. U sodir etilgan 
ekologik huquqbuzar lik uchun huquqning bo’zilgan 
normasida belgilangan sanksyaga muvofiq noxush 
oqibatlarga duchor bo’lish majburiyatini bildiradi. 
Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar 
yetkazishning oldini olish va zarar etkazilgan 
taqdirda uni qoplash borasidagi munosabatlarni 
ifodalovchi normalardan iborat iqtisodiy huquqiy 
kompleksdir.
Ekologik javobgarlik uchta funksiyani bajaradi: 
1) rag’batlantirish, 
2) qoplash, 
3) preventiv (oldini olish). 
Rag’batlantirish funksiyasi 
ekologik muhofaza 
qilishga majbur etuvchi iqtisodiy va huquqiy 


rag’batlar mavjudligida namoen bo’ladi; 
qoplash 
funksiyasi 
tabiiy muhitga etkazilgan yo’qotishlarni 
natura yoki pul shaklida qoplashga qaratilgan; 
preventiv funksiyasi 
esa jazo choralarini qo’llash va 
zararni 
undirish 
orqali 
ekologik 
munosabat 
ishtirokchilarining xulq-atvoriga majburan ta’sir 
ko’rsatadi. 
Ekologik javobgarlik iqtisodiy va huquqiy 
shaklda namoyon bo’ladi. 
Iqtisodiy 
shakl 
huquqqa 
mos 
faoliyatga 
asoslanadi va atrof muhitni ifloslantiruvchi shaxsni 
chiqitlarni kamaytirshiga iqgisodiy usullar, avvalo, 
moddiy manfaatdorlik bilan qiziqtirish orqali tartibga 
solinadi. U jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro 
munosabatning «ifloslantiruvchi to’laydi» degan 
umumiy prinsipidan kelib chiqadi. 
Huquqiy javobgarlik 
huquqqa xilof qilmishlar 
natijasida yuzaga keladi hamda ma’muriy huquqiy 
usullar bilan tartibga solinadi. Umuman olganda, 


ushbu 
shakllar 
ekologik 
huquqiy 
javobgarlik 
institutini tashkil etadi va mustahkamlaydi. 
Ekologik iqtisodiy javobgarlik, huquqbuzarlik 
holati 
bo’yicha 
kelib 
chiqilgan 
huquqiy 
javobgarliqdan farqli ravishda, zarar yetkazish holati 
bo’yicha yuzaga keladi. 
Ekologik 
huquqbuzarlik 
O’zbekistonda 
o’rnatilgan ekologik huquqiy tartibga tajovuz qiluvchi 
hamda tabiiy muhitga zarar etkazuvchi yoki shunday 
zarar yetkazishshshg real xavfini yaratuvchi, aybli, 
g’ayriqonuniy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) dir. 
Uning tarkibiga huquqbuzarikning sub’yekt(lar)i, 
sub’yektiv tomoni, ob’yekti, ob’yektiv tomoni, 
oqibatlari hamda qonun buzilishi bilan yuz bergan 
natija o’rtasidagi sababiy aloqadorlik kiradi. 
Ekologik jinoyat 
O’zbekistonda o’rnatilgan 
ekologik huquqiy tartibga, jamiyatning ekologik 
xavfsizligiga tajovuz qiluvchi hamda atrof tabiiy 
muhitga va inson salomatligiga zarar etkazuvchi aybli 
ijtimoiy xavfli qilmishdir. “Ekologik jinoyat” 


tushunchasining mazmunini tashkil etuvchi asosiy 
jihatlar ekologik huquqiy tartib hamda atrof tabiiy 
muhit va inson salomatligiga hamda uni genofondiga 
etkaziladigan ekologik zarardir. 
Ekologik huquqiy tartib — 
tabiatni muhofaza 
qilishga qaratilgan qonunlarning ekologik talablarini 
amalga oshirish bo’yicha ekologik huquq-buzarliklar 
tizimi, Boshqacha aytganda, bu ekologik huquqiy 
normalar amal qilishining natijasidir. 
Ekologik huquqiy tartibning tarkibiy qismini 
ekologik xavfsizlik 
tashkil etadi. Ekologik xavfsizlik 
insonning hayoti uchun muhim bo’lgan ekologik 
manfaatlari, avvalo, uning toza, sog’lom yashashi 
uchun qulay atrof tabiiy muhitta ega bo’lish 
huquqidan kelib chiquvchi ximoyalanganlik holatidir. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin