Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Ekologik  jinoyatlarda  ekologik huquqiy tartib



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Ekologik 
jinoyatlarda 
ekologik huquqiy tartib
ekologik xavfsizlik jinoiy 
tajovuz predmetiga kiradi. 
Ekologik jinoyatlarning ob’yekti tabiatdagi moddiy 
ne’matlar, ya’ni qonun bilan muhofaza qilinadigan 
tabiiy ob’yektlari va umuman, atrof tabiiy muhitdir. 


Bunday muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlarning 
ro’yxati «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi 
qonunda ko’rsatilgan. Bularga yer, yer osti boyliklari, 
suv, o’rmon, o’simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi
atmosfera havosi, atmosfera-ning ozon qatlami, tabiiy 
landshaftlar, tabiiy qo’riqxonalar va boshqalar kiradi, 
Ekologik jinoyatlar tufayli yetkaziladigan zarar 
iqtisodiy va ekologik shakllarda namoyon bo’lishi 
mumkin. 
Iqtisodiy zarar
 
tabiatdan foydalanuvchilarga, 
ularning mulki va daromadlariga yetkaziladi. 
Ekologik zarar
 
atrof tabiiy muhit, uning ayrim 
tabiiy ob’yektlari, umuman, tabiiy ekologik tizimning 
ifloslanishi, nooqilona foydalanilishi, kamayishi va 
buzilishida namoyon bo’ladi. 
Ekologik jinoyatdan jinoiy javobgarlikka olib 
kelmaydigan 
ma’muriy huquqbuzarlikni 
farqlash 
lozim. Ekologik huquqbuzarlikda jinoyat tarkibiga 
xos 
alomatlar 
bo’lmaydi. 
Ekologik 
huquqbuzarliklarga nisbatan qonunda quyidagi ta’sir 


choralari nazarda tutilgan: ogohlantirish, jarima, 
huquqbuzarlikni sodir etish qurollari va vositalarini 
olib 
qo’yish, 
g’ayriqonuniy 
tarzda 
topilgan 
mahsulotni musodara etish, fuqaroni muayyan faoliyat 
bilan shug’ullanishdan iborat maxsus huquqidan 
mahrum etish. 
Ekologik huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan 
ma’muriy javobgarlikning keng tarqalgan turlaridan 
biri jarima. Jarimadan ko’zlangan maqsad — 
tarbiyalash, ogohlantirishdir. U yetkazilgan zararni 
qoplash chorasi emas, shu bois jarima miqdori 
yetkazilgan zarardan ortiq bo’lishi yoki, aksincha, 
undan kam bo’lishi yoxud hech qanday zarar 
bo’lmagan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. Jarima 
to’lash aybdorni yetkazgan zararini qoplash 
majburiyatidan xalos etmaydi. 
Ekologik 
ekspertiza 
tushunchasi. 
Ekologik 
ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga 
oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning 
ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda 


ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish 
mumkinligini aniqlash tushuniladi. 
Ekologik ekspertiza maqsadlari.
Ekologik 
ekspertiza 
quyidagi 
maqsadlarda 
o‘tkaziladi: 
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil 
faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul 
qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning 
ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; 
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan 
xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit 
holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir 
ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik 
xavflilik darajasini aniqlash; 
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda 
tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini 
aniqlash. 


Ekologik ekspertiza turlari.
Ekologik ekspertiza 
davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek 
ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin