Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari.
Ekologik 
ekspertizaning 
asosiy 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 
- qonuniylik; 
- xolislik; 
- asoslilik; 

ekologik 
xavfsizlik 
talablarini 
hisobga 
olishning majburiyligi; 
- har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va 
boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan - ekologik 
xavflilik prezumpsiyasi; 
- xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy 
muhitga 
va 
fuqarolar 
sog‘lig‘iga 
ta’sirini 
baholashning kompleksliligi. 
Ekologik ekspertizaning oshkoraligi. 
Ekologik 
ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida 
ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari 


mumkin. 
Bunday 
holda 
ekologik 
ekspertiza 
tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning 
natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi. 
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi 
e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan 
ob’ektlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab 
qo‘yiladi. 
Ekologik 
ekspertiza 
ekspertining 
mustaqilligi. 
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki 
boshqa manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertiza 
ekspertining 
faoliyatiga 
aralashuviga 
yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Ekologik 
ekspertiza 
buyurtmachisining 
huquqlari. 
Ekologik 
ekspertiza 
buyurtmachisi 
quyidagi huquqlarga ega: 
- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari 
bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish
- ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik 
ekspertiza ob’ektlari xususida takliflar, mulohazalar, 


tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim 
etish; 
- qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish 
to‘g‘risida iltimos qilish; 
- ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi 
haqida axborot olish.
Ekologik 
ekspertiza 
buyurtmachisi 
qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega 
bo‘lishi mumkin. 
Ekologik 
ekspertiza 
buyurtmachisining 
majburiyatlari.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi: 
- ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun 
hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etishi; 
- davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi 
uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq 
to‘lashi; 

davlat 
ekologik 
ekspertizasi xulosasida 
ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart. 


Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
bo‘lishi mumkin. 
Ekologik 
ekspertizani 
moliyalash. 
Davlat 
ekologik ekspertizasini va ekologik auditni moliyalash 
buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat 
notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari
. Davlat 
ekologik ekspertizasi ob’ektlari quyidagilardan iborat: 
- davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab 
chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha 
tarmoqlarini 
joylashtirish 
hamda 
rivojlantirish 
sxemalarining loyihalari; 

barcha 
turdagi 
qurilishlar 
uchun 
er 
uchastkalarini ajratish materiallari; 
- loyiha oldi va loyiha hujjatlari; 


- tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, 
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi 
normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning 
loyihalari; 
- texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, 
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir 
hujjatlar; 
- atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar 
sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan 
korxonalar va boshqa ob’ektlar; 
- keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik 
ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan 
hududlarni kompleks tekshirish materiallari; 
- shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; 
- maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin