Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
5c78e023dfdea (1)

 
Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza 
qilish
Erning tabiati yagona, uning qonunlari esa 
umumiydir. Tabiat davlat va ma’muriy chegaralarni 
bilmaydi. Olamshumul iqgisodiy vazifalarni bajarish 
uchun butun dunyo jamoatchiligining kuchini 
birlashtirishdan iborat ob’yektiv zaruratni anglash 
butun sayyoramiz miqyosida ekologik inqiroz xavfi 
kuchayib borgan sari asta sekin yuzaga keldi. 
Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish 
— davlatlararo hamkorlikning funksiyalaridan biri. 
Mavjud xalqaro ekologik qonunchilik asosida yangi 
huquqiy tuzilma — xalqaro ekologiya huquqi 
shakllandi. Bu umum e’tirof etgan prinsiplar va 
xalqaro huquq normalari asosida xalqaro ekologik 
resurslardan oqilona foydalanish, ularni saqlab qolish 
hamda insonning qulay atrof tabiiy muhitga ega 
bo’lish huquqini himoya ko’shish borasidagi 


davlatlararo ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
huquq normalarining majmuidir [3]. 
Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro 
huquqiy prinsiplari xalqaro jamoatchilik a’zolari 
bo’lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 
birgalikdagi harakatlari natijasida ishlab chiqilgan. 
Ular 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining 
alohida 
qarorlarida, Atrof muhit bo’yicha BMT Stokgolm 
konferentsiyasining, Evropada Xavfsizlik bo’yicha 
kengashning Yakuniy hujjatlarida (Xelsinki, 1975 y.), 
Butun jahon tabiat xartiyasining qarorlarida, BMT 
Atrof muhit va taraqqiyot bo’yicha xalqaro 
konferentsiyasining qarorlarida (Rio de Janeyro, 1992 
y.) va boshqa huj- jatlarda bayon etilgan. Ushbu 
prinsiplar 
umumlashtirilgan 
xolda 
quyidagicha 
ifodalanadi: 
1) inson ekologik huquqlarining ustunligi; 
2) davlatning o’z hududidagi tabiiy resurslarga 
nisbatan suvereniteti; 


3) bir davlat ekologik farovonligiga boshqasining 
ekologik zarari hisobidan erishishga yo’l qo’yib 
bo’lmaslik; 
4) barcha darajalarda ekologik nazoratni amalga 
oshirish;
5) xalqaro ekologik axborot bilan erkin 
almashish; 
6) davlatlarning favqulodda holatlarda bir-
birlariga yordam berishi; 
7) ekolognk huquqiy nizolarni tinch yo’llar bilan 
hal etish. 
Davlatlar atrof tabiiy muhitni ifloslantirishdan 
ko’rilgan zararni qoplash hamda ekologik zararning 
salbiy oqibatlari uchun xalqaro javobgarlik choralarini 
ishlab chiqish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish 
majburiyatini oladilar. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin