Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ega o‘rta va uzoq muddatli dasturini deputatlarga taqdim 
etish amaliyotini joriy etish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlar 
va partiya guruhlari faoliyatini kuchaytirish, mahalliy 
Kengash raisining huquqiy maqomini aniq belgilash hamda 
mahalliy ijro hokimiyati faoliyati ustidan deputatlik va 
jamoatchilik nazoratini qat’iy o‘rnatish choralarini ko‘rish;
mahalliy ijro hokimiyati rahbarini bir vaqtning o‘zi­
da xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi bo‘lishini 
bosqichma­bosqich bekor qilish;
partiyaning barcha darajadagi vakillik organlari 
deputatlarining birgalikda, uzluksiz ish olib borishidan 
iborat tizimni yaratish.
1.3. Davlat boshqaruvi va davlat xizmatini yanada 
isloh etish sohasida:
davlat xizmatchilarining maqomini qonun darajasida 
mustahkamlash, davlat xizmatchisining bilim, malaka, 
qobiliyat va layoqatlilik talablari asosida obyektiv tan­
lanishi tizimini joriy etish, yosh milliy kadrlar zaxirasini 
shakllantirish, ularni davlat xizmatiga tizimli tavsiya etish 
orqali “ijtimoiy lift”ni ta’minlash;
barcha davlat tashkilotlari va xizmatchilari faoliyatini 
baholash tizimini joriy etish;
davlat xizmatchilarining xizmat lavozimlarida 
harakatlanish modelini yaratish;
davlat xizmatchilarining idoralararo rotatsiyasini
shu ningdek, tashkilotdagi ichki rotatsiyani keng joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati 
ochiqligini, davlat idoralari va rahbarlarining jamiyat va 
xalq oldida hisobdorligini oshirishga xizmat qiladigan 
islohotlarni qo‘llab­quvvatlash;
markaziy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 


12
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati va ijro organlariga 
bosqichma­bosqich o‘tkazish orqali ma’muriy buyruqbozlik, 
majlisbozlik, byurokratiyaga barham berish, ayni paytda, 
ularning mustaqilligini ta’minlash va mas’uliyatini oshirish;
avlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida samarali 
muloqot tizimini yaratish orqali fuqarolarning huquq 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish samaradorligini 
oshirish;
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari 
faoliyatida sog‘lom ma’naviy muhit va mafkuraviy 
immunitetni barqarorlashtirish, qonuniylikni ta’minlash, 
xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish;
fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi 
batafsil va ochiq axborotlardan foydalanish imkoniyatini 
ta’minlash, bu bilan xalqning davlatga nisbatan ishonchini 
yanada mustahkamlash;
davlat xizmatchilarining ijtimoiy muhofazasini kuchay­
tirish, huquqlarini himoya qilish, moddiy rag‘batlantirish 
tizimini kengaytirish, ayni paytda, ularning ijtimoiy 
mas’uliyatini oshirish;
fuqarolarning ehtiyojlari, talab va istaklarini o‘rganish, 
tahlil etishga yo‘naltirilgan xolis sotsiologik tadqiqotlar 
o‘tkazish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin