Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
milliy iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini 
shakllantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa 
xizmat qilishi kerak” degan muhim hayotiy tamoyilga amal 
qilish;
xalqimizning kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi 
uchun sharoit yaratish;
inson hayoti va salomatligini nafaqat oila va jamiyat 
farovonligi, balki mamlakat barqarorligining muhim sharti 
deb belgilash;
jonajon Vatanimiz taraqqiyoti va jamiyat rivojida iqti­
sodiy va ma’naviy omillar, milliy va umuminsoniy qadriyat­
lar uyg‘unligiga asoslanish;
davlat va jamiyat boshqaruvida demokratiya tamo­
yillarini yanada kuchaytirish;
shaxsning huquq va manfaatlarini kafolatlash, fikr 
va so‘z erkinligini, qonun ustuvorligi hamda amaldagi 
ijrosini ta’minlash;
uzluksiz ta’lim bilan bir qatorda uzluksiz tarbiya ti­
zimini shakllantirish, uzluksiz tarbiya va ta’lim uyg‘unligini 
ta’minlash;
O‘zbekiston xalqining milliy, an’anaviy va mada niy­
ma’naviy qadriyatlarini chuqur e’zozlaydigan vatanparvar 
va halol shaxsni tarbiyalash;
barcha fuqarolarga, eng avvalo, yoshlarga o‘z ustida 
ishlash, rivojlanish uchun sharoit va imkoniyat yaratish;
siyosiy kuch sifatida, O‘zbekiston fuqarolarining 
jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeyidan 
qat’iy nazar, ixtiyoriy asosda birlashtirish va manfaatlarini 
faol ilgari surish;
aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash 
tizimini takomillashtirish, xotin­qizlarning ijtimoiy­siyosiy 


5
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
faolligini oshirish, gender tengligi tamoyillarini ta’min­
lash;
ilm­fanning bunyodkorlik salohiyatidan unumli foy­
dalanish, aholining umumiy ilmiy dunyoqarashi, madaniy 
saviyasini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli axborot tadbir­
larini jadal uyushtirish;
Vatanimiz xalqini tashkil etuvchi turli etnik guruhlarn­
ing milliy­madaniy muhitga kirishishi, unda o‘zini ishonchli 
his etishi uchun zarur shart­sharoitlarni takomillashtirish;
 ONA VATANIMIZ – O‘ZBEKISTON VA BARCHA 
O‘ZBEKISTONLIKLAR, XORIJDA ISTIQOMAT QILAYOT-
GAN, BIZ UCHUN DOIMO AZIZ BO‘LGAN VATANDOSH-
LARIMIZ MANFAATLARIDAN KELIB CHIQIB O‘ZINING 
2020-2024-YILLARGA MO‘LJALLANGAN SAYLOVOLDI 
DASTURINI E’LON QILADI.
Biz uchun 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin