Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
III. MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR 
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
“XALQ BOY BO‘LSA – MAMLAKAT 
HAM BOY, HAM QUDRATLI BO‘LADI”
P
artiya kuchli, barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni 
shakllantirishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. 
Iqtisodiy munosabatlarda har doim individual 
yondashuvni ta’minlash lozim deb hisoblaydi. 
Partiya mamlakatda o‘rta qatlamning ko‘payishi tarafdori 
bo‘lib, aholining o‘rta qatlamida qanoat va shukronalik
boy qatlamida mas’uliyat va ma’naviy qadriyatlarni e’tirof 
etish, oliyjanoblik kabi xislatlarni oshirishni targ‘ib etadi. 
Aholining real daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish, 
daromadlari bo‘yicha tabaqalanish darajasini pasaytirishni 
qo`llaydi.
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini keskin qisqartirish 
hamda xususiy mulkni himoya qilishni kuchaytirishga 
qaratilgan islohotlarni jadallashtirishda tashabbuskorlik 
qiladi. Tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga noqonuniy 
aralashuvga qat’iy chek qo‘yishni ta’minlash borasida 
amaliy takliflarni ilgari suradi.
Partiya milliy mahsulotlarimiz va brendlarimizning 
xorijga, salohiyatli xarid bozorlariga barqaror kirib borishini 
hayotiy zarurat, deb biladi.
Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va 
xizmat ko‘rsatish sohasini samarali qo‘llab­quvvatlash, 
O‘zbekistonda milliy manfaatlardan kelib chiqib olib 
borilayotgan faol tashqi iqtisodiy strategiyani yoqlaydi. 
Jahon bozorida “Made in Uzbekistan” milliy brendining 
obro‘sini oshirish uchun faol harakat qiladi.


22
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
Shu bilan birga, partiya O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning o‘z iste’molchilarimiz uchun qadrliroq 
bo‘lishini targ‘ib qiladigan tizimni shakllantirish zarur, deb 
hisoblaydi. 
Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin