Partiya fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini
16
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
yuksaltirishga ko‘maklashishni o‘zining sudhuquq soha
sidagi muhim vazifasi deb biladi. Mamlakatda huquqiy
ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilim targ‘ibotini
yanada yaxshilashga qaratilgan tizimli choratadbirlar
qabul qilinishini ma’qullaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining xususiy
tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvini cheklashga
qaratilgan aniq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga
intiladi.
Partiya qonunlardagi havolaki normalarni eng kam
darajaga keltirish va qonunosti normativhuquqiy hujjatlar
sonini kamaytirish, ya’ni qonunlarning to‘g‘ridanto‘g‘ri
amal qilishiga erishish jarayonida faol ishtirok etadi.
2.1. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
faoliyatini yanada takomillashtirish, “Barqaror qonun
chilik” konsepsiyasini ilgari surish sohasida:
huquqiy ta’limni yanada yaxshilash, jamiyatda
huquqiy bilimlarni targ‘ib etishga qaratilgan tizimli chora
tadbirlarni qabul qilish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshi
rish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga
ishonchini mustahkamlash;
fuqarolarning xususiy mulkka oid huquqlarini amalga
oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish,
bu jarayonda sarsongarchilik, rasmiyatchilik va befarq
munosabatga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik muqar
rarligini ta’minlash;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoiy, ma’muriy,
fuqarolik va iqtisodiy ishlarni ko‘rib chiqishda advokatning
mavqeyi va rolini oshirish;
|