Milliy tiklanish


partiyalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1


partiyalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol 
ishtirokini ta’minlash;
saylovlarni majoritar va proporsional saylov tizimlarini 
uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazish, ya’ni vakillik organlariga 
deputatlarning yarmini bir mandatli saylov okruglari, 
qolgan yarmini partiyalar ro‘yxati asosida shakllantirishni 
taklif etish;
davlat darajasidagi, hududiy va boshqa dasturlarni 
ishlab chiqishga fuqarolarni keng jalb etishning zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish;


10
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
davlat va hududiy dasturlar loyihalarini barcha 
darajadagi deputatlarga, shuningdek, Oliy Majlis Qonun­
chilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va 
shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun majburiy 
taqdim etish va ularning takliflarini olish tizimini joriy etish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
va idoralari tomonidan ishlab chiqilgan normativ­huquqiy 
hujjatlar loyihalarini tegishliligiga qarab siyosiy partiyalarga 
ekspertiza uchun yuborish amaliyotini joriy etish;
qabul qilingan qonunlarning samaradorligi, ularning 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy oqibatlarining sotsiologik 
jihatdan o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish;
davlat va jamiyat boshqaruviga oid xalqaro rey­
tinglarda ishtirok etishni kengaytirish, xususan, davlat 
siyosatiga ishonch reytinglarida keng ishtirok etish.
1.2. Xalq hokimiyatchiligini rivojlantirish, jamoat­
chilik nazoratini kuchaytirish, xalq deputatlari mahalliy 
Kengashlari faoliyatini takomillashtirish sohasida:
“Xalq davlat hokimiyatining birdan­bir manbayidir”, 
degan konstitutsiyaviy tamoyilni amalda ta’minlash 
choralarini ko‘rish;
mahalliy
 
davlat hokimiyati tizimida xalq deputatlari 
mahalliy Kengashlarining o‘rni va rolini oshirish, ularning 
vakolatlarini aniq belgilash;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy 
ijro hokimiyati organlari ustidan nazorat vakolatlarini 
yanada kengaytirish, xususan, mahalliy ijro organlarining 
ular oldidagi hisobdorligini oshirish;
mahalliy ijro organlari rahbarlarini lavozimga 
tayinlashdan oldin xalq deputatlari mahalliy Kengashlari 
muhokamasidan o‘tish, unda o‘zining aniq ko‘rsatkichlarga 


11

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin