Milliy tiklanish



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

“Milliy tiklanish”
– milliy urf­odat, an’ana 
va qadriyatlar, ko‘p asrlik tariximizni chuqur o‘rganish, 
tiklash, qadrlash va targ‘ib etish, har bir vatandoshimiz 
ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va 
mustahkamlashda jamiyatning hamjihatlikdagi harakatidir.
“Milliy yuksalish”
– mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqi­
mizning siyosiy­huquqiy tafakkuri, hayot darajasi va 
turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarish 
yo‘lidagi harakatdir.

Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!”
shiorini 
jonajon O‘zbekistonni qudratli davlat, O‘zbekiston xalqini 
farovon el bo‘lish yo‘lida birlashtiruvchi da’vatdir.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi:
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” shioriga 
tayangan “Insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirish” 


6
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
g‘oyasi bilan yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi 
islohotlarda faol ishtirok etishni;
ma’naviy­intellektual taraqqiyotga erishish uchun 
mam lakatni modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivoj­
lantirishga sharoit yaratishni;
O‘zbekistonni rivojlangan zamonaviy davlatga 
aylantirish, xalqaro miqyosdagi nufuzi va obro‘­e’tiborini 
yanada yuksaltirishni;
barcha sohada milliy manfaatlar ustuvorligini 
ta’minlash uchun kurashishni;
milliy, madaniy va ma’naviy boyligimiz, boy tarixiy 
merosimiz, O‘zbekiston xalqining urf­odat, an’ana va 
qadriyatlarini asrab­avaylash va ko‘paytirishni;
O‘zbekiston xalqining madaniy, an’anaviy va milliy­
ma’naviy qadriyatlarini chuqur e’zozlaydigan vatanparvar 
insonlarni o‘z safida birlashtirishni;
milliy­madaniy qadriyatlar hamda zamonaviy 
taraqqiyotning uyg‘unligini ta’minlashni;
jamiyatda huquqiy, siyosiy ong va madaniyatni 
oshirish orqali qonun ustuvorligini ta’minlashni;
davlat va jamiyat o‘rtasida ishonchli muloqot
mansabdor shaxslarning fuqarolar oldidagi hisobdorligi va 
fuqarolarning davlat boshqaruvidagi huquqlaridan samarali 
foydalanishini ta’minlashni o‘zining asosiy maqsad va 
vazifalari sifatida belgilaydi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin