Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
4.2. Jamiyatda oila institutini va oilaviy qadriyatlarni 
mustahkamlash sohasida:
jamiyatda mustahkam oilalar bo‘lishini qat’iy ta’min­
lash, oilaviy ajralishlarni keskin kamaytirish va oldini 
olishga qaratilgan ilmiy asoslangan ijtimoiy­huquqiy cho­
ralarni belgilash;
oilaviy hamjihatlik, keksalarga hurmat va bolalarga 
g‘amxo‘rlik kabi oilaviy an’ana va qadriyatlarni targ‘ib etish 
va ta’minlash;
o‘zbek oilasiga xos odob­axloqni mustahkamlash va 
aksincha milliy mentalitetimizga mutloq yot bo‘lgan turli xil 
zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning rolini kuchaytirish, 
oilaning ma’naviy­huquqiy muammolarini yechish, tibbiy 
savodxonligi va madaniyatini oshirish, barqaror turmush 
tarzi, reproduktiv salomatlikka qaratilgan tarbiyaviy ishlarni 
jadallashtirish;
jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol yangi 
avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash maqsadida yosh 
oilalarga g‘amxo‘rlikni oshirish, ularning ijtimoiy­huquqiy 
muhofazasini kuchaytirish, sog‘lom va mustahkam oilalar 
sonini yanada ko‘paytirishga ko‘maklashish;
oilalar hayotida hamon saqlanib qolayotgan noxush 
holatlar, xususan, to‘y marosimlarini o‘ta dabdabali qilib 
o‘tkazish va isrofgarchilikka asoslangan boshqa tad­
birlarga barham berishga qaratilgan tashabbuslarni 
amalga oshirish;
yoshlar o‘rtasida an’anaviy oilaviy hayot, oilada 
shaxslararo munosabatlarni qadriyat darajasida qabul 
qilishga o‘rgatish bilan bog‘liq targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
fuqarolarga, ayniqsa, xotin­qizlarga moslashuvchan 
ish vaqti oralig‘ini belgilashni joriy etish, ayollarning oilada 
ko‘proq bo‘lishlari uchun sharoit yaratish.


33
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin