Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Buyurtma asosida tikish jarayoni



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə8/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Buyurtma asosida tikish jarayoni. Buyurtma asosida tikish jarayonida ommaviy ishlab chiqarishga nisbatan murakkabroq modellar tikilishi mumkin. Bunday jarayonlarga korxona texnik jixatdan tayyor boʼlishi lozim, yaʼni maxsus kompyuterlashgan, turli xil texnologik operatsiyalarni bajaruvchi jixozlarga ega boʼlishi kerak.
Buyurtma asosida ishlab chiqarishda tayyorlanadigan mahsulotning assortimenti turlicha
boʼlib, bu buyumning turiga qarab yilning har bir faslida oʼziga yarasha buyurtmalar boʼladi.
Masalan: kostyum-yubkalar, kostyum-shimlarni tikish koʼproq bahor va kuz oylarida boshqa
fasllarga nisbatan 6 barobar, palto va qishki kiyimlarni tikish esa qish faslida yoz fasliga nisbatan 5 barobar koʼproq tikiladi.
Bunday buyurtmalar texnologik jarayonlarning quyidagi sinflarida tikiladi:
- oqim metodi;
- brigada metodi.
Oqim metodida ishchilar soni bir oz koʼproq boʼlib, ularga maʼlum bir operatsiyalar biriktirib berilgan boʼladi. Bu metodda ishlab chiqarish uzluksiz boʼlib bir turdagi buyumlar oqim shaklida ketma-ket tikiladi.
Brigada metodida oqim metodiga nisbatan ishchilar soni bir oz kamroq boʼladi. Bunda 4-9 ta ishchilar oʼzlariga biriktirilgan operatsiyalarni bajarib mahsulotni ishlab chiqaridilar.
Brigadalar kiyim assortimentiga qarab boʼlinishi ham mumkin. Masalan: erkaklar ustki kiyimini tikish, ayollar ustki kiyimini tikish, ayollar yengil kiyimlarini tikish, erkaklar va ayollar shimlarini tikish va hokazo.
Kiyimning sifati va uni tikish narxi koʼp jixatidan tikish usuliga bogʼliq boʼladi.
Shuning uchun kam vaqt sarflab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan va zamonaviy mashina va moslamalardan maksimal foydalanish imkonini beradigan tikish usullari tanlanadi.
Bir vaqtda turli kiyim tikiladigan oqimlarni loyihalashda, ayrim uzellarni tikish uchun hamma tur kiyimlarini tikishga toʼgʼri keladigan yagona usul tanlangani maʼqul.
Nazorat savollari.

  1. Ommaviy ishlab chiqarish nima?

  2. Seriyali ishlab chiqarish nima?

  3. Yakka ishlab chiqarish nima?

  4. Buyurtmani qabul qilish qanday amalga oshiriladi?

  5. Buyurtmani bajarish texnologik jarayon sxemasi izohlang.

  6. Texnologik jarayonlarning qanday sinflari mavjud?




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin