Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


-MA’RUZA. Mavzu: TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK GRAFINI TUZISH



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə9/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

4-MA’RUZA.
Mavzu: TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK GRAFINI TUZISH. (2-soat)
Reja:

  1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik tartibi asosida detallarni o’zaro bog’lanish matritsasi va texnologik jarayon grafini tuzish.

  2. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi.

  3. Buyumga ishlov berish jarayoni grafi.

  1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik tartibi asosida detallarni o’zaro bog’lanish matritsasi va texnologik jarayon grafini tuzish.

Har qanday masalaning asosida, ko’rilayotgan ob’yektni har tomonlama o’rganish yotadi.
O’rganilayotgan ob’ekt, o’nga yaqin bo’lgan tizim belgilari, ya’ni qo’yilgan maqsadning vazifalari, tarkibiy tavsiflar va tashqi muxit bilan bog’liq belgilar bilan yaqin bo’lgan ma’lum bir tizimdir.
“Texnologik jarayon” tushunchasi amaliyotda qo’llanilayotgan “texnologiya”, “ishlab chiqarish texnologiyasi” tushunchasi bilan birdek deb tushunib kelinadi. Ushbu tushunchalarning turdoshligi ularni bir-biri bilan almashinib kelishiga olib keladi, bu esa ular ustida izlanishlar olib borishda ma’lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun «texnologiya» va «texnologik jaryonlar» ni bir xil tushuncha emasligini tasdiqlab o’tish zarur. «Texnologiya» ilmiy jixatdan, fan va texnika yutuqlari asosida texnologik jarayonlarning yangi, ratsional sxema ishlab chiqadi, ularning ketma-ketlik qonun-qoidalarini aniqlab beradi va konstruktorlarga kerakli uskunalar majmuasini ishlab chiqishga topshiriq bergan holda mexnat quroliga ta’sir etish usullari sifatida o’rganiladi.
Texnologiya va mexnat quroli, bular birgalikda, moddiy ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini tashkil etadi. Bunda texnologiya yetakchi qism bo’lib, texnika esa texnologiyaning tashkil etuvchisi hisoblanadi va uni yordamida yuzaga keladi. «Texnologik jarayon» tikuvchilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida turlicha talqin etiladi. Bu, har bir ishda texnologik jarayonning ayrim jixatlarinigina nazarga olinishini bildiradi. Ya’ni ba’zi bir ishlarda texnologik jarayonni ob’ektlarning qayta ishlanishi “sifat” o’zgarishi bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayoning bir qismi deb qaralsa, boshqa ishlarda esa texnologik jarayonni texnologik operatsiyalar yig’indisining iqtisodiy va texnologik jarayon (TJ) ning tarkibiy jixatlari deb qaraladi.
O’tkazilgan izlanishlar natijalarini umumlashtirib, texnologik jarayonni (TJ) ni maqsadlarga qaratilgan, ya’ni tayyor mahsulotlarni olish maqsadida mexnat predmetiga ta’sir etuvchi mexnat vositasi deb qarash mumkin.


  1. Yüklə 1,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin