Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə2/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

MUNDARIJA

I.

MA’RUZALAR KURSI………………………………………………..

6

1

Kirish. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish strukturasi…………………..

6

2

Tikuv korxona turlari va ularni tasnifi.........................................................

9

3

Tikuv buyumlarni tayyorlash texnologiyasi va texnologik jarayonlar........

14

4

Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik grafini tuzish……………

16

5

Tikuv korxonalarda oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish……………...

20

6

Tikuv korxonalarida oqim turlarining tasnifi……………………………..

22

7

Kichik seriyali oqimlar……………………………………………………

27

8

Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalash bosqichlari………………………………………………………………..

29

9

Tikuv sexi va texnologik jarayonlarni loyihalashning dastlabki ma’lumotlari………………………………………………………………

31

10

Ishlab chiqarish oqim turlarini tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash.

34

11

Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik yechimini shakllantirish….

37

12

Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik sxemasini tuzish………….

40

13

Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik sxemasini analitik va grafik tahlil qilish, tizimini ishlab chiqish……………………………………….

44

14

Detal va yarimfabrikatlarini tashish vositalari……………………………

49

15

Ishlab chiqarish oqimining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash va aniqlash……………………………………………………………………

58

16

Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirishni tashkil qilish…….

61

17

Ishlab chiqarish oqimini va sex planini tuzish……………………………

65

18

Tikuv sexiga qo’shimcha assortiment tanlash…………………………….

67

19

Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash texnologik jarayoni…………………

69

20

Gazlamalarni bichishga tayyorlash texnologik jarayoni va bichish jarayoni……………………………………………………………………

82

II.

AMALIY MASHG’ULOTLAR ………………………………………..

100

1

Model tanlash va asoslash………………………………………………...

100

2

Material tanlash va asoslash………………………………………………

101

3

Asbob-uskuna tanlash va asoslash………………………………………..

102

4

Buyumni tikish texnologik tartibini tuzish..................................................

103

5

Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va asoslash………………………….

103

6

Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi. Qo’shimcha assortiment hisoblash…………………………………………………………………..

105

7

Tashkiliy-texnologik sxemasini tahlil qilish……………………………...

109

8

Ishlab chiqarish oqimini texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash……

112

9

Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish va sex planini tuzish………………………………………………………………………

115

10

Qo’shimcha assortiment hisoblash………………………………………..

118

III.

MUSTAQIL TA’LIM…………………………………………………..

119

IV.

GLOSSARIY…………………………………………………………….

123




ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………………………….

126




ILOVALAR………………………………………………………………

128

Kirish
Mustaqil Respublikamiz mexnatkashlarini o’sib borayotgan moddiy ehtiyojini har tomonlama qondirish masalasini xal qilishda yengil sanoat va uning eng yirik tarmog’i - tikuvchilik ishlab chiqarish zimmasiga muxim vazifa yuklatilgan. Tikuvchilik sanoatini vazifasi O’zbekiston xalqini yuqori sifatli keng assortimentdagi zamonaviy kiyimlar bilan ta’minlash. Bu vazifani bajarish uchun modellarni avtomatik ravishda tayyorlash, yangi kam operatsiyali texnologiyalarni joriy qilish, tikuv buyumlarning asosiy xillariga unifikatsiyalashgan texnologiyani joriy qilish, ishlab chiqarishda eng yangi jixozlar, avtomat va yarim avtomatlarni qo’llash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishni davom ettirish, mexnatni ilmiy asosdan tashkil qilish yo’lidan borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yengil sanoat korxonalarining ishlash imkoniyatini oshirishning asosiy omillaridan biri bu ularning rivojlanishi uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Bu shartlarni bajarish uchun mahsulot ishlab chiqarishni doimo takomillashtirish, yangi buyum loyihalash jarayonini tezlashtirish zarur.
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish korxonalarini va firmalarni tashkil qilishni kengaytirish tikuv korxonalarni ixtisoslashtirishni amalga oshirish, yangi texnika va texnologiyaga ega tayyorlov-bichish va pardozlash sexlarini tashkil qilish, tikuv buyumlarini tayyorlash bo’yicha yuqori unumli kompleks mexanizatsiyalashgan oqimlarni sanoatga tadbiq etish, texnologik konstruktsiya bo’yicha buyum ishlab chiqarishni tashkil etishni talab etadi. Texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy shakllari esa texnologik jarayonlarni yarimavtomat va avtomat mashinalarini keng qo’llab kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun sharoit yaratadigan ko’p fasonli oqimlar hisoblanadi.
Insonlarning zamonaviy va sifatli kiyimga bo’lgan ehtiyojining doimiy o’sib borishi korxonalar tomonidan ularning assortimentini ko’paytirish va yaxshilash, sifatini oshirishni talab etadi. Bu vazifani bajarish tikuv korxonalari samaradorligini oshirish va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini qo’llash asosida kiyim tayyorlash jarayonini modellashtirish va loyihalashni takomillashtirish bilan uzviy bog’liq.
Bozor sharoitida modelning sifati va ishlab chiqarishga tayyorlash muddatlari alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun hozirda tikuvchilik sanoatining asosiy vazifalaridan biri moslanuvchan ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish va tadbiq etish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, buyum assortimentini tezda almashtirish imkoniyati, ularni tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi texnologik jarayonlarni EXM ni qo’llab loyihalashni takomillashtirish vazifalarini yechish bo’yicha ushbu muammolarni xal qilish imkoniyatini beradi.
Ko’p tikuv korxonalarida texnologik jarayonlarni loyixalashning avtomatlashtirilgan tizimlari (SAPR) qo’llanilmoqda. Bunday tizimlardan foydalanish mexnat sharoitlarini yaxshilash, qo’l mexnatini qisqartirish, bir qator ishlarni avtomatlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, mexnat unumdorligini oshirish va ish kuchiga bo’lgan ehtiyojni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. SAPR kiyimni konstruksiyalash, kiyimni konstruktiv modellashtirish, andozalar komplektini qurish, buyumni gradatsiyalash, andozalarni joylashtirish, konstruktorlik xujjatini ishlab chiqish, shuningdek, texnologik ma’lumotlarni tayyorlash, ya’ni tikuv buyumlarni tayyorlash bo’yicha texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish, elektron me’yoriy ma’lumotnomadan foydalanib sarf vaqti normasi va furnitura sarfi bo’yicha hisoblarni avtomatik bajarish, kiyim ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnologik sxemasini avtomatik shakllantirish, alohida ishchilarni va korxonani ishlab chiqarish bo’yicha amaldagi ma’lumotlarni hisobga olish, tikuv buyumini va oqimni to’liq sikl davomida loyihalashni ma’lumotnoma va loyiha ma’lumotidan foydalanishning yagona yondashuvini ishlab chiqish, chiqish xujjatlarini avtomatik shakllantirish vazifasini bajaradi.
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishning turli jarayonlarida operatsiyalarni bajaruvchi va xizmat qiluvchi robotlar va manipulyatorlar qo’llanilmoqda. Ular yordamida tayyorlov sexida ko’tarish va tushurish operatsiyalari, bichish sexida gazlama to’shamalaridan detallarni qirqib olish, tikuv sexida mexnat predmetlarini ish o’rinlariga tashish, berish va olish operatsiyalarini, belgilangan chiziq bo’yicha detallarni tikish va ularni taxtlash operatsiyalarini bajaradi. Bundan tashqari avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ham qo’llanilmoqda.



  1. Yüklə 1,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin