Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlari va ularning vazifalari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə4/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlari va ularning vazifalari.

Tikuvchilik ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichi ma’lum bir vazifani bajaradi.
Tajriba sexining asosiy vazifasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy va sifatli modellarni tayyorlab berish, ya’ni modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlash: andozalar tayyorlash va joylashmalar bajarish, gazlama sarf normasini aniqlash, buyum tikish texnologik tartibini tuzish, model namunasini tikish, yangi modelga texnik xujjatlarini tuzish va ishlab chiqarishga tushurish.
Tikuv korxonasining tayyorlov sexida gazlamalar sifati va miqdori bo’yicha qabul qilinadi, ishni beto’xtov borishini ta’minlash uchun ularning zaxirasi tashkil etiladi, gazlamalar bichishga tayyorlanadi, xujjatlar rasmiylashtiriladi.
Bichish sexida buyum detallari bichiladi, ularni tikishga tayyorlanadi, komplektlanadi va bichiqlarni tikuv sexiga uzatiladi.
Tikuv sexlarida detallarga ishlov beriladi, buyum bo’laklari tayyorlanadi va tayyor mahsulotlar yig’iladi.
Tayyor mahsulotning sifatiga ta’sir etuvchi pardozlash ishlari tikuv ishlab chiqarishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bu ishlarni pardozlash sexida yoki tikuv sexining pardozlash bo’limida amalga oshiriladi.
Tikuv korxonasining asosiy tarkibiy bo’limi bu sexdir. Sex-bu ishlab chiqarish jarayonining ma’lum bir vazifasini bajarish uchun korxonaga ajratilgan joyning bir qismidir.
Mexnat quroliga texnologik ta’sir etib jarayonning ma’lum bir vazifasini bajarish uchun sexlarda ishlab chiqarish oqimlari tashkil etiladi. Ishlab chiqarish oqimlari esa sektsiyalarga ajratiladi.



1.1- rasm. Tikuv korxona strukturasi

Sektsiya-texnologik jarayonning qaysidir qismini bajarish uchun mo’ljallangan uzluksiz ishlab chiqarish oqimining bo’lagidir. (Masalan, detallarni tayyorlash sektsiyasi, yig’uv sektsiyasi va x.k.). Ishlab chiqarish oqimi va sektsiyalar ish o’rinlaridan iborat.


Ish o’rinlari - ma’lum bir ishni bajarishga mo’ljallangan ishlab chiqarish satxining bir qismidir.
Operatsiya - jarayonning ma’lum bir ishini texnologik jixatdan bajarishga mo’ljallangan yaxlit bir elementidir.
Ish o’rni va operatsiya birgalikda ishlab chiqarish jarayonining elementini tashkil etadi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin