Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Tikuv buyumlarini yakka, seriyali, ommaviy ishlab chiqarish turlari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə6/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Tikuv buyumlarini yakka, seriyali, ommaviy ishlab chiqarish turlari.

Tikuv korxonalari tayyorlanadigan mahsulot turlari, takrorlanuvchanlik darajasi va korxonani ixtisoslashtirilishiga ko’ra yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo’linadi.
Yakka ishlab chiqarish turida bir-biridan farq qiladigan buyumlar donalab tayyorlanadi. Ular konstruktiv va texnologik jixatidan bir-biriga o’xshamaydi. Ularni tikishda qo’llaniladigan gazlama turlari, buyumni mavsumbopligi, o’lcham va bo’ylari, tashqi ko’rinishi boshqa modellardan farq qilib turadi.
Buyumni yakka tartibda ishlab chiqarish uchun quyidagi ishlar olib boriladi: buyurtmachidan o’lcham olish, unga mos modelni tanlash, asos konstruksiyasini tuzish, modellash, andoza tayyorlash, bichish, tikish usullarini tanlash va tartibini aniqlash, buyurtmachini gavdasiga moslash va ishlab chiqarish jarayoniga tushurish. Yakka ishlab chiqarishda texnologik jarayon ikki bosqichga ajratiladi: bichish va tikish. Bichish jarayonida buyum yakka holda donalab bichiladi. Bu usulni kamchiligi shundaki, andozalar orasidagi chiqindilar ko’p bo’lib, gazlamadan ratsional foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. Bu esa buyumni tannarxiga ta’sir etadi. Yakka tartibda ishlab chiqariladigan buyumlarni tannarxi ommaviy ishlab chiqariladiganiga nisbatan ancha katta bo’ladi.
Ishlab chiqarishning bu turiga atelelar va yakka tartibda buyurtma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar kiradi.
Seriyali ishlab chiqarish turida ma’lum vaqt ichida bir necha xil bir turli buyumlarni kichik seriyalarda navbatma-navbat ishlab chiqariladi. Buyumlarni seriyali tayyorlashda avval bir kiyim to’pi ishlab chiqariladi, so’ng keyingi to’pga o’tiladi. Masalan, ayollar ko’ylagi tikilgandan so’ng, ayollar kostyumi tikiladi. Bir to’p kiyimlarni tikib bo’lguncha texnologik jarayon o’zgarmaydi.
Ishlab chiqarishning bu turida universal va maxsus mashinalar, presslar, moslamalar, zamonaviy asbob-uskunalar keng ishlatiladi, materiallardan va asbob-uskunalardan unumli foydalaniladi. Buyumlarni yakka tartibda ishlab chiqarishga nisbatan andozalar orasidagi va boshqa chiqindilar miqdori kamayadi, mexnat unumdorligi oshadi. Bu esa mahsulotni tannarxini kamayishiga olib keladi va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’ladi.


  1. Yüklə 1,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin