6. O’smir yoshdagi kurashchining jismoniy tayyorgarligi O’smir yoshdagi jismoniy tayyorgarlik to’g’ri qaddi-qomatni, harakatlanish malakalarini shakllantirish, har tomonlama jismonan takomillashtirish, kurashda texnik harakatlarni egallash uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
12-14 yoshda tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 15-16 yoshdagi o’smirlarda kuch rivojlana boshlaydi va tezkorlik kuch mashqlarini bajarishga qobiliyat namoyon bo’ladi. 16-18 yoshda ko’p kuch va tezlik talab etiladigan mashqlar osonroq o’zlashtiriladi, chidamlilikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. O’smir kurashchilarni tayyorlashda shularni ehtiborga olish juda muhimdir.
Chidamlilikni boshqa jismoniy sifatlar bilan birga rivojlantirish zarur. Professor V.P.Filinning (1980) tahkidlashicha, bu yoshda chidamlilikka qaratilgan uzoq vaqt davom etadigan va bir tomonli trenirovka o’smirlarga xos bo’lgan tezkorlik nagruzkalariga moslashishni pasaytiradi.
12-15 yoshda kuchni rivojlantirish asosan o’z massasi og’irligi, to’ldirma to’plar, gantellar, gimnastika tayoqchalari, sherik (turli og’irlikdagi) bilan hamda turli gimnastika sport anjomlarida mashklar bajarish yordamida amalga oshirilishi lozim.
16-18 yoshdagi kurashchilarda kuchni rivojlantiruvchi mashqlar sport anjomi og’irligini oshirish, dastlabki holatni o’zgartirish, mashq bajarish vaqtini uzaytirish, mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirish hisobiga murak- kablashtiriladi.
Yosh o’smirlarning chidamliligini rivojlantirishda ehtiyotkor bo’lish lozim o’rtacha nagruzkalar, kichik mehyor yoki dam olish uchun tanaffusli o’quv-trenirovka bellashuvlaridan iborat mashqlar). Nagruzkalarga moslashib borgan sari dam olish tanaffuslari qisqartiriladi. Masalan, tik turishda 2Q2 kurashida (navbatma-navbat hujumlar va himoyalar) 3 minutlik tanaffus asta-sekin 1 minutgacha qisqartiriladi. Parterda 2Q2 bo’lib 1 minut tanaffus bilan navbatma-navbat kurashishda trenirovka vaqtini 3Q3 gacha uzaytiriladi. Keyinchalik kurash surhatini kuchaytirish mumkin. Chidamlilikni rivojlantirish uchun chegaralangan joyda bir tomonlama qarshilik bilan (biri faqat hujum qiladi, ikkichisi faqat himoyalanadi), parterdan yuqori yoki tik turishga chiqish bilan kurash o’tkaziladi. Bu mashqlar qiyin holatlardan chiqib ketish yo’lini topishga o’rgatadi.
Professor V.P.Filin tadqiqotlarining ko’rsatishicha 13 yoshda bo’g’imlarda harakatchanlik yangidan oshadi,15 yoshda u eng katta hajmga ega bo’ladi, 16-17 yoshda harakatchanlik ko’rsatkichlari kamayadi. Shu sababli o’smirlik yoshida egiluvchanlik va bo’g’imdagi harakatchanlik mashqlari majburiydir.
12-18 yoshda egiluvchanlik va bo’g’imlardagi harakatchanlik buyumlarsiz hamda kichik og’riqlar bilan (gimnastika tayoqlari, gantellar, to’ldirma to’plar) bajariladigan faol-sust xususiyatiga ega mashqlar orqali yoki asta-sekin harakat amplitudasini kuchaytiruvchi va kengaytiruvchi sherik yordamida rivojlantiriladi. Shuningdek qaddi-qomatni shakllantirish mashqlari kattalarga nisbatan ko’p qo’llaniladi.
Shunday qilib, o’smirlarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi ko’pgina vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Yosh o’smirlar bilan ko’proq o’yin uslubi qo’llaniladi, mashg’ulotlar turlicha va ehtirosli o’tkaziladi. Hamma mashqlar asosiy mashg’ulot shakli - darsda bajariladi.
O’smir kurashchining jismoniy tayyorgarligini maqsadli amalga oshirish uchun kurashdagi o’quv-trenirovka jarayonida saf (tartibli) mashqlar (saflanish, buyruqlarni bajarish, qadam tashlab va yugurib harakatlanishlar) qo’llaniladi. Ularning maqsadi - kurash mashg’ulotini tashkil etish, to’g’ri qaddi-qomatni shakllantirish, intizom, o’zaro munosabat va tartibni tarbiyalashdir. Saf mashqlari darsning kirish, tayyorlov va yakuniy qismida mashqlarni bajarish uchun guruhlarni tashkil qilish, saflantirish va qayta saflanish uchun, shuningdek nagruzkadan so’ng zo’riqishni bartaraf etish maqsadida bajariladi.
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qatoriga oddiy gimnastika (qo’llar, oyoqlar, gavda, og’irliklar bilan, og’irliklarsiz, buyumlar bilan va buyumlarsiz hamda sheriklar bilan) mashqlari va og’ir atletika, eshkak eshish, sport o’yinlari kabi sport turlaridagi bahzi mashqlar kiradi. Bunday mashqlar kurashchining jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi,harakat malakalari zahirasini kengaytiradi, organizmning fukntsional imkoniyatlarini oshiradi, ish qobiliyatining tiklanishiga yordam beradi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar bilan bir vaqtda asab-mushakkuchlanishlari xususiyati va o’smir organizmining ish tartibiga ko’ra o’xshash bo’lgan mashqlarni ko’proq qo’llash zarur. Turli sport turlaridan olingan mashqlar, ularni bajarish xususiyati va shartlariga qarab, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda turli pedagogik vazifalarni hal etishga imkon berdi. Asosan kuch, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik va chaqqonlikni tarbiyalashga qaratilgan mashqlarni ajratish qabul qilingan. Og’irliklar bilan (tayoqlar, gantellar, to’ldirma to’plar va h.k.) gimnastika mashqlarini ko’p marta bajarish kuch chidamliligini rivojlantiradi. Ushbu mashqlarni katta tezlikda qisqa vaqt ichida bajarish tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Har bir mashq mahlum bir sifatni yoki bir guruh sifatlarni rivojlantiradi. Masalan, sherik qarshiligida yoki shtanga bilan bajariladigan mashqlar, o’z og’irligi bilan tortilish hamda qo’llarni bukib-yozish mashqlari kuchni; kesishgan joyda yugurish - chidamlilikni; katta tezlik bilan bajariladigan gimnastika mashqlari, qisqa masofalarga yugurish - kurashda harakat tezligini tarbiyalashga yordam beradi. Basketbol o’yini chaqqonlik, chidamlilik va tezkorlikni kompleks holda tarbiyalashga imkon yaratadi.
Yuqori emotsional qo’zg’alishda katta bo’lmagan shiddat bilan bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm ish qobiliyatini, ayniqsa shiddatli mashg’ulotlar o’tkazilgandan so’ng asab tizimini tiklashga yordam beradi. Ular ertalabki badan tarbiya vaqtida va trenirovka mashg’ulotlarida darsning birinchi bo’lagida (tayyorlov qismida) hamda asosiy qism oxirida qo’llaniladi. Bundan tashqari, o’rmonda, dalada, daryo bo’yida (suzish, eshkak eshish va to’p o’ynash bilan) jismoniy tayyorgarlik bo’yicha maxsus mashg’ulotlarni tashkil qilib turish shart.
Kurash mashg’ulotlarida katta jismoniy nagruzkadan so’ng organizmni nisbatan tinch holatga keltirish uchun o’smirlarni mushaklarni bo’shashtirishga, nafas olishni tinchlantirishga (o’ta bo’shashtirilgan mushaklarni silkitish harakatlari, chuqur nafas olish uchun o’pka qafasini kengaytiruvchi mashqlar va h.k.) qaratilgan mashqlarni mustaqil bajariga o’rgatish zarur.
Mushaklarni bo’shashtirishga qaratilgan mashqlar hatto bellashuv jarayonida ushlash va zo’riqishdan holi bo’lgan qisqa vaqt ichida kuchning yanada tez tiklanishiga yordam beradi.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar
Kurashchining jismoniy tayyorgarligiga tahrif bering.
Kurashchi jismoniy tayyorgarligining asosiy vazifalari qanday?
Umumiy jismoniy tayyorgarlik, yordamchi jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik tushunchalariga izoh bering.
Kurashchi kuchiga tavsif bering va uni rivojlantirish uslubiyatini ayting.
Kurashchi tezkorligiga tavsif bering va uni rivojlantirish uslubiyatini ayting.
Kurashchi chidamliligiga tavsif bering va uni rivojlantirish uslubiyatini ayting.
Kurashchi chaqqonligiga tavsif bering va uni rivojlantirish uslubiyatini ayting.
Kurashchi egiluvchanligiga tavsif bering va uni rivojlantirish uslubiyatini ayting.
O’smir yoshda kurashchining jismoniy tayyorgarligi xususiyatlari qanday?
A D A B I Yo T L A R
Verxoshanskiy Yu.V. Osnovq spetsialg’noy fizicheskoy podgotovki sportsmena. - M., 1988