Kurashchining chidamliligi - bu butun bellashuv davomida harakatlarni yuqori surhatda bajarish va butun musobaqa davrida bir nechta bellashuvlarni shiddat bilan o’tkazish qobi- liyatidir. Yuqori darajadagi chidamlilik kurashchiga katta trenirovka va musobaqa nagruzkalarini o’zlashtirishga, muso-baqa faoliyatida o’zining harakat qobiliyatlarini to’laqonli ravishda amalga oshirishga imkon beradi.
Kurashda umumiy va maxsus chidamlilik farqlanadi.
Umumiy chidamlilik deganda sportchining sust shiddatdagi ishni uzoq vakt bajarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi.
Maxsus chidamlilik kurashchining musobaqa bellashuvi da-vomida turli xususiyatdagi harakatlar va amallarni har xil kuchlanishlar bilan hamda gavdaning turli holatlarida yuqori surhatda bajarish qobiliyati orqali tavsiflanadi.
Kurashchining musobaqa faoliyati ko’p qirrali va mushak tizimining ulkan ishi bilan bog’liq (kurashda statik va dinamik tartibda ishlovchi deyarli hamma mushak guruhlari qatnashadi). Shuning uchun chidamlilik nafaqat ishlayotgan mushaklarga etkazib beriladigan kislorod miqdori bilan, balki mushaklarning o’zining uzoq vaqt davom etadigan kuchli zo’riqishli ishga bo’lgan moslashishi bilan aniqlanadi. Sportchi trenirovka va musobaqa faoliyatida mahlum bir toliqishni engib o’tgan taqdirdagina uning chidamliligi takomillashadi. Jismoniy toliqish va chidamlilik asosida mushak faoliyatining turli xildagi tahminoti jarayonlari yotganligini bilgan holda ularning faoliyat ko’rsatish darajasini oshirish uchun ularga maqsadli tahsir etish mumkin.
Trenirovka nagruzkasi, sportchi organizmiga tahsir ko’rsatish chorasi sifatida, quyidagi tavsiflar bilan belgilanadi:
- mashq shiddati;
- mashq davomiyligi;
- takrorlash soni;
- dam olish oralig’i davomiyligi;
- dam olish xususiyati.
Bajarilayotgan mashq shiddati energiya tahminotining aerob va anaerob jarayonlari nisbati xususiyatiga tahsir ko’rsatadigan nagruzkaning eng muhim tavsifi hisoblanadi. To’rtta shiddat zonasini ajartish qabul qilingan: maksimal, submaksimal, katta, sust.
Mashq davomiyligi uni bajarish shiddatiga nisbatan teskari bog’liqlikka ega. Ish davomiyligining 20 - 25 sekunddan 4 -5 minutgacha ko’payishi bilan uning shiddati keskin kamayadi. Mashqning energiya tahminoti turi uning davomiyligiga bog’liq.
Anaerob-alaktat rejimdagi mashqlar davomiyligi 3-8 sekundga, anaerob-glikolitik rejimda 20 sekunddan 3 minutgacha hamda aerob rejimda - 3 minutdan va ko’proqqa teng.
Ko’p sonli tadqiqotlar natijalariga asoslanib, davomiyligi har xil bo’lgan maksimal jismoniy nagruzkada anaerob va aerob jarayonlarning umumiy energetik metabolizmga nisbatan hissasini aniqlash mumkin.
Tegishli natijalar 4-jadvalda kelitirligan.
Davomiyligi har xil bo’lgan maksimal jismoniy nagruzkada anaerob va aerob jarayonlarning umumiy quvvat sarflanishiga ketadigan nisbiy ulushi
Mashqlarni takrorlash soni ularning organizmga tahsir ko’rsatish darajasini belgilaydi.
Aerob sharoitlarda ishlashda takrorlash sonini ko’paytirish nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatini yuqori darajada uzoq vaqt ushlab turishga majbur qiladi.
Anaerob rejmida mashqlarni takrorlash soni kislorodsiz mexanizmlarning tugashiga yoki markaziy asab tizimining qurshovda qolishiga olib keladi.
Dam olish oralig’i davomiyligi organizmning trenirovka nagruzkasiga bo’lgan javob reaktsiyasi hajmi singari, uning xususiyatini ham aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Bunda dam olish oraliqlarida sodir bo’ladigan tiklanish jarayonlari quyidagilardan iborat:
- tiklanish jarayonlari tezligi bir xil emas - avval tiklanish tez kechadi, so’ng sekinlashadi;
- turli ko’rsatkichlar har xil vaqtdan keyin tiklanadi (geteroxronlilik);
- tiklanish jarayonida ish qobiliyati va boshqa ko’rsatkichlarning fazali o’zgarishi kuzatiladi.
Dam olish oralig’i tiklanish uchun etarli bo’lgan sust shiddatli mashqlarni bajarishda har bir keyingi urinish taxminan avvalgisiga o’xshagan ko’rinishda boshlanadi.
Ushbu holda dam olish oralig’ini kamaytirishda nagruzka ko’proq aerob nagruzkaga aylanadi, chunki odatda 3-4 minutga kelib vujudga kelayotgan nafas olish jarayonlari ham o’z kuchini saqlab qolgan bo’ladi.
Maksimal va submaksimal quvvatli mashqlardagi dam olish oralig’ini kamaytirish nagruzkani anaerob nagruzkaga aylantiradi, chunki mashq takrorlangan sari kislorod qarzi oshib boradi.
Dam olish xususiyati mashqlar o’rtasida faol, sust va aralash bo’lishi mumkin.
O’qitishning kritik nuqtasiga yaqin bo’lgan tezlikda ishlash paytida faol dam olish nafas olish jarayonlarini yuqori darajada ushlab turishga yordam beradi va ishdan dam olishga hamda aksincha holatga keskin o’tishning oldini oladi. Bu nagruzkani ko’proq aerob nagruzkaga olib keladi. Bundan tashqari, og’ir mehnatdan so’ng faol dam olish tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Mashqlar o’rtasida sust dam olish paytida sportchi, butkul tinch holatda bo’lib, hech qanday harakatlarni bajarmaydi.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo’llaniladi: bajariladigan mashqlar hajmi va shiddatini oshirish, o’zgaruvchan, oraliqli, o’zgaruvchan-oraliqli, takrorlash.
Hajmni oshirish uslubi shundan iboratki, jismoniy mashqlarni bajarish vaqti mashg’ulotlardan mashg’ulotga asta-sekin oshib boradi. Bu uslub mashg’ulotlar sonini ko’paytirishini nazarda tutadi.
Shiddatni oshirish uslubi jismoniy mashqlarni bajarish surhati, shuningdek butunlay mashg’ulot zichligini mashg’ulotdan mashg’ulotga asta-sekin oshirib borishni ko’zda tutadi.
O’zgaruvchan uslub shundan iboratki, jismoniy mashqlar har xil surhatda bajariladi. Bunda past surhatda o’tkaziladigan vaqt bo’laklari mashg’ulotdan mashg’ulotga kamayib, baland surhatda o’tkaziladiganlari ortib boradi.
Oraliqli uslub shundan iboratki, bunda jismoniy mashqlar bo’laklarga bo’linib (seriyalab), sust va faol dam olish oraliqlari bilan bajariladi. Trenirovka vazifalari mashqlarni bajarish surhati va davomiyligiga, shuningdek kurashchining mashqlanganlik darajasi hamda kayfiyatiga qarab, ish hamda dam olish oraliqlari davomiyligiga ko’ra har xil bo’lishi lozim.
Takrorlash uslubi shundan iboratki, sportchi bir mashg’ulotning o’zida yoki bir nechta mashg’ulotda xajmi va shiddatiga ko’ra bir xil bo’lgan mashqlarni takrorlaydi.
Sport trenirovkasi jarayonida hamma uslublar bir-biri bilan turlicha uyg’unlashtirilgan holda qo’llaniladi. Chidamlilikni tarbiyalash samaradorligi ko’p jihatdan trenirovka jarayonining oqilona tuzilganligi bilan belgilanadi. Turli yo’nalishdagi mashqlarni bajarishda mahlum bir ketma-ketlikka amal qilish va ularning ijobiy o’zaro tahsir etishini tahminlash juda muhimdir. Quyidagi ketma-ketlikka rioya etish maqsadga muvofikdir:
- avval alaktat-anaerob mashqlar (tezkor va tezkor kuch), so’ngra anaerob-glikolitik (kuch chidamliligi uchun) mashqlar;
- avval alaktat -anaerob, so’ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilik uchun);
- avval anaerob-glikolitik, keyin aerob mashqlar.
Agar mashqlar ketma-ketligi teskari bo’lsa, tez trenirovka samarasining o’zaro tahsiri salbiy bo’ladi hamda bunday mashg’ulot kam foyda beradi.