Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


Ayollar o’quv-trenirovka jarayonini tashkil etish xususiyatlari



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə48/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

3. Ayollar o’quv-trenirovka jarayonini tashkil etish xususiyatlari


Sport natijalarining o’sishi ayollarda, erkaklarda kabi, tanlangan sport kurashi turida ko’p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida trenirovka nagruzkalarini mehyorlash samaradorligiga bog’liq. Bunda OMTS ning to’lqinsimon tebranishlarini hisobga olgan holda nagruzkalarni rejalashtirish trenirovka jarayonini tuzishda murakkab vaziyatlardan hisoblanadi. Bir qator mutaxassislar OMTS fazalariga muvofiq holda trenirovka nagruzkalarining oylik tsiklini tuzish sxemasini taklif qiladilar (20-jadval).
20-jadval
OMTS fazalarini hisobga oluvchi mezotsikl tuzilmasi

OMTS fazalari

Trenirovka nagruzkasi (hajmi va shiddati bo’yicha)

Menstruatsiya fazasining 1-2-chi kuni

kichik

Menstruatsiya fazasining 3-5-chi kuni

o’rta

Postmenstrual faza

katta

Ovulyator faza

o’rta

Postovulyator faza

katta

Menstrual oldi fazasi

o’rta

Sport kurashining hozirgi zamon darajasi ayollarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligiga katta talablar qo’yadi. Umuman, ayollarni kurash texnikasiga o’rgatish erkaklarni o’rgatish uslubiyati tamoyillariga asoslanadi. Faqat farqi shundaki, ayollar tomonidan bajariladigan texnik harakatlar amplitudasi bir oz kattaroq. Biroq ayollarning jismoniy tayyorgarligi yuqorida aytib o’tilgan ularning organizmi xususiyatlari sababli farqqa ega. Ayollarda asab-mushak tizimi erkaklarga nisbatan kam natijalarga qodir. Ayollarning maksimal kuchi erkaklarnikiga qaraganda o’rtacha 40% past. Ayollar bilan shug’ullanish uchun mashqlarni tanlashda gavdani juda orqaga egish bilan bog’liq bo’lgan mashqlardan voz kechish lozim, chunki ular bachadon qiyshayishiga olib kelishi mumkin. Gavda mushaklarini (qorinning tekis va ko’ndalang mushaklari, gavdaning chuqur bukuvchilari) mustahkamlashga qaratilgan mashqlarga ko’p vaqt ajaratish zarur. Bir qator mashqlarni (og’irliklar yordamida kuchni rivojlantirish, chidamlilikni tarbiyalash va boshq.) ancha kam og’irliklar bilan hamda kam hajmda bajarish kerak. Trener, eng samarali uslubiyatdan foydalana turib, maqsadga muvofiq mashqlarni tanlayotib, erkaklarga nisbatan katta emotsional va qo’zg’aluvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan ayollar bilan ishlayotganligini doim yodda tutishi lozim. Shuning uchun ayollar bilan mashg’ulot olib borishda ehtiborli hamda olijanob bo’lishi kerak, bu ayniqsa tanqidiy ogohlantirishlarga taalluqlidir.


Ayollar bilan shug’ullanishda tibbiy va pedagogik nazorat, shuningdek o’z-o’zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Trener, tibbiy-pedagogik nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish mahlumotlarini umumlashtirib, vrach bilan birga sportchi qizlar organizmi holatini yanada puxtaroq, chuqurroq tahlil qilishi hamda shunga asoslanib o’quv-trenirovka tartibini keyinchalik tuzishda zarur tuzatishlarni kiritishi mumkin.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar



  1. Ayollar ishtirok etadigan musobaqa turlarini ayting.

  2. OMTS qizlarda qaysi yoshda boshlanadi?

  3. OMTS fazalari va ularning davomiyligini ayting.

  4. OMTS fazalarini hisobga olgan holda trenirovka nagruzkalarini tuzish xususiyatlari qanday?

  5. Ayollar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda tibbiy va pedagogik nazoratning ahamiyatini ochib bering.

A D A B I Yo T L A R:



  1. Poxolenchuk Yu.T., Svechnikov N.V. Sovremennqy jenskiy sport. Kiev, 1987.

  2. Rubtsov A.G. Uroki obo’ey fizicheskoy podgotovki dlya jeno’in. -M., 1971

  3. Fizicheskaya kulg’tura jeno’in. Pod.red. V.E Rqjnovoy. -M., 1963.

4.Uchenie o trenirovke. Pod.red. D.Harre. -M., 1971



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin