Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


Ayollar organizmining yosh xususiyatlari



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə46/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

1. Ayollar organizmining yosh xususiyatlari


Ayolllar organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funktsional xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa - onalik bilan bog’liq. Shuning uchun ayollar bilan sport kurashi mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazishda turli yosh davrlarida (kichik yosh - 7 dan 11 gacha, o’rta yosh - 12 dan 15 gacha, katta yosh- 16 dan 18 yoshgacha va etuklik 19 yoshdan katta) ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Ushbu yosh davrlarida ayol organizmining rivojlanishi bir tekis kechmaydi. 11 yoshgacha bo’lgan qizlarda gavdaning uzunlikka o’sishi vaznning oshishga nisbatan jadalroq kechadi. Vaznning har yili oshishi o’rtacha 3-4 kg.ga teng bo’ladi, gavda uzunligi 4-5 sm.ga ko’payadi. Bu yoshda qiz va o’g’il bolalar o’rtasida bo’y, gavda og’irligi va tana qismlari proportsiyalarida farq kuzatilamaydi.
O’rta maktab yoshida qiz bolalar, o’g’il boalalarga qaraganda, intiluvchan, intizomli, harakat te xnikasiga ehtiborni osonroq jalb qiladilar, bardoshli va harakatchan bo’ladilar. Bu yosh davrida qizlarning jismoniy rivojlanishi avvalgi davrdagi rivojlanishdan muhim darajada farq qiladi, chunki faol jinsiy etilishi davri boshlanadi.
Jinsiy etilish sababli qizlarda endokrin tizimida chuqur o’zgarishlar vujudga keladi. Jinsiy bezlarning o’sishi boshlanadi, qalqonsimon bezlarning faolligi gipofiz orqa qismining garmonal funktsiyasi oshadi. Pubertat davrida jinsiy bezlarning morfologik va funktsional rivojlanishi ular og’irligining keskin ortishida namoyon bo’ladi. Jinsiy belgilarning ikkinchi rivojlanishi sodir bo’ladi. Qizlarda menetrual tsiklning boshlanish davri odatda 12-15 yoshga, bir qator hollarda esa 16-18 yoshga to’g’ri keladi. Minstruatsiya paydo bo’lishi vaqtidagi bunday katta farq ko’pgina omillarga: irsiyatga, sog’liqning ahvoliga, umumiy jismoniy rivojlanishga, qiz yashaydigan tashqi muhit sharoitlariga bog’liq. 28 kunlik tsikl (60%) eng ko’p uchraydi, u 4-5 kun davom etadi.
Jinsiy etilish davrida nafas olish tizimining o’sishi va rivojlanish surhati yuqori bo’ladi, organizmning aerob imkoniyatlari oshadi. Yurak-qon tomir tizimining jismoniy nagruzkalarga moslashish mexanizmlari ushbu davrda hali mukammal bo’lmaydi.
16-18 yoshda jinsiy farqliklar hajm va proportsiyalarda, o’smirlar hamda qizlarning funktsional imkoniyatlari va umumiy ish qobiliyatida yanada aniq ko’rina boshlaydi. Katta yosh guruhidagi qizlar o’smirlardan bo’yi o’rtacha 10-12 sm.ga, gavda og’irligi buyicha 5-8 kg.ga orqada bo’ladi. Qizlarning mushak og’irligi gavda og’irligiga nisbatan o’smirlarnikiga qaraganda taxminan 13% ga kam, yog’ to’qimasi gavda og’irligiga nisbatan taxminan 10% ga kam bo’ladi.



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin