Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023
BO’SM bo’linmalari boshlang’ich tayyorgarlik guruhlari va o’quv-mashg’ulot guruhlaridan shakllanadi. O’quv-mashg’ulot guruh-lari yuqori sport ko’rsatkichlariga ega bo’lganida va kelgusida sportda o’sish uchun zarur imkoniyatlar mavjud bo’lgan taqdirda BO’SM da sport takomillashuvi guruhlari tashkil qilinishi mumkin. Bunday guruhlarning ochilishi, BO’SM qaysi tashkilotga qarashl i bo’lsa, shu tashkilotning qarori bilan amalga oshiriladi. Ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar olimpiya o’rinbosarlari maktab-larida boshlang’ich tayyorgarlik, o’quv-mashg’ulot va sport takomil-lashuvi guruhlari tashkil etiladi. Bu guruhlardan tashqari BO’OO’Mda oliy sport mahorati guruhlari tashkil qilinishi mumkin. Oliy sport mahorati maktablarida faqat sport takomillashuvi guruhlari va oliy sport mahorati guruhlari tashkil etiladi hamda faqat ayrim hollardagina OSMMda o’quv-mashg’ulot guruhlari tashkil qili-nishi mumkin. Sportga ixtisoslashgan maktab-internatning sport kurashi bo’lin-masi umumta’lim maktabining kamida 6-sinfini muvaffaqiyatli tugat-gan, BO’SMga ma’lum bir tayyorgarlikdan o’tgan yoki musobaqalarda o’zini yaxshi ko’rsatgan, sport bilan shug’ullanishga o’ta qobiliyatli bolalar hamda o’smirlarni tanlov asosida qabul qilinadi. MIda o’quv-mashg’ulot guruhlari va sport takomillashuvi guruhlari tashkil qilinadi. Sport maktablarida o’quv yili 1 sentyabrdan boshlanadi. O’quv dasturining o’quv yillari bo’yicha va soatlardagi mazmuni 4-jadvalda keltirilgan. Hamma turdagi sport maktablari uchun tuzilgan yagona dastur tashkiliy tuzilmani o’smir sportchilar ko’p yillik tayyorgarlik ilmiy-usuliy tizimi bilan boshlang’ich tayyorgarlik guruhlaridan to oliy sport mahorati guruhlarigacha birlashtirishga imkon beradi. Turli miqyosdagi sport maktablarida zahira tayyorlashda quyidagi asosiy uslubiy qoidalar hisobga olinadi:
|