7-8-9-10 Ma’ruza: MILLIY KURAShChILARNI SPORT MAKTABLARIDA TAYYoRLAShNING TAShKILIY-USLUBIY XUSUSIYaTLARI
Reja
1.Guruhlarni to’ldirish va mashg’ulot jarayonini tashkil etish
2. Sport maktablari oldida turgan vazifalar.
Tayanch iboralar: BO’SM, BO’OO’M, OSMM, Kichik guruhlar taqdimotini tashkil etadi va o’tkazadi. Ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar olim’iya o’rinbosarlari maktab-lari oldida yuqorida aytilgan vazifalardan tashqari, yana bitta vazifa –tayyorgarlik vazifasi turadi. Kurashchilarni tayyorlash maxsus sport maktablarida olib boriladi. Ular bolalar-o’smirlar sport maktablari (BO’SM), ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar olimpiya o’rinbosarlari maktablari (BO’OO’M), oliy sport mahorati maktablari (OSMM), shuningdek, sportga ixtisoslashgan maktab-internatlarga (MI)ga bo’linadi.
Sport maktablaridagi ishlar ma’lum bir muayyan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.
BO’SM sportchilarning sog’lig’ini mustahkamlash va har tomon-lama jismoniy rivojlantirishni ta’minlagan holda har tomonlama rivojlangan yuqori malakali o’smir sportchilarni, shug’ullanuvchilar orasidan jamoatchi yo’riqchilar va hakamlarni tayyorlashda uslubiy markaz hisoblanadi hamda umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari ommaviy sport ishlarini tashkil qilishda yordam ko’rsatadi.
Ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar olimpiya o’rinbosarlari maktab-lari oldida yuqorida aytilgan vazifalardan tashqari, yana bitta vazifa –tayyorgarlik vazifasi turadi. Bu vazifa BO’OO’M uchun asosiy hisoblanadi va ularning butun faoliyatini belgilab beradi.
OSMM vazifalari quyidagilardan iborat:
- xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustalari, respublika terma jamoalariga nomzodlarni tayyorlash;
- sport mashg’ulotining ilg’or uslublarini ishlab chiqish, takomillashtirish va murabbiy-o’qituvchilar tarkibining ish amaliyotiga joriy etish;
- BO’SM, BO’OO’M, MI va boshqa sport tashkilotlarining o’quv-mashg’ulot ishida izchillikni amalga oshirish;
- shahar, viloyat va respublikada o’quv-mashg’ulot ishiga uslubiy rahbarlik qilish.
Sport maktabida muntazam shug’ullanish sportchilarning katta zahirasini talab etadi. Shu maqsadda sportga ixtisoslashgan maktab-internatlar tashkil qilinadi.
Maktab internatlarining asosiy vazifasi – birga ishlash sharti bilan respublika terma jamoasi uchun yuqori malakali sportchilarni tay-yorlashdan iborat.